Научная статья на тему 'AKTYORLARNI TARBIYALASHDA K.S.STANISLAVSKIY SISTEMASINING MOHIYATI'

AKTYORLARNI TARBIYALASHDA K.S.STANISLAVSKIY SISTEMASINING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
93
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyor / rejissor / artistizm / dramaturgiya / ijodiy g’oyalar / yetakchi xatti-harakat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — R.P.Zununov

Ushbu maqolada yosh aktyorlarni tarbiyalashda K.S.Stanislavskiy sistemasining ahamiyati, ushbu ta’lim teatr va kino ijodkorlarining asosi ekanligi, barcha «aktyorlik» va «rejissyorlik» maktablari san’atining asosiga aylanganligi haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORLARNI TARBIYALASHDA K.S.STANISLAVSKIY SISTEMASINING MOHIYATI»

AKTYORLARNI TARBIYALASHDA K.S. STANISLAVSKIY SISTEMASINING MOHIYATI

R.P.Zununov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh aktyorlarni tarbiyalashda K.S.Stanislavskiy sistemasining ahamiyati, ushbu ta'lim teatr va kino ijodkorlarining asosi ekanligi, barcha «aktyorlik» va «rejissyorlik» maktablari san'atining asosiga aylanganligi haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: aktyor, rejissor, artistizm, dramaturgiya, ijodiy g'oyalar, yetakchi xatti-harakat

THE ESSENCE OF K.S. STANISLAVSKY'S SYSTEM IN THE EDUCATION

OF ACTORS

R.P.Zununov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article tells about the importance of K.S. Stanislavsky's system in educating young actors, that this education is the basis of theater and film creators, and that it has become the basis of the art of all "acting" and "directing" schools.

Keywords: actor, director, artistry, dramaturgy, creative ideas, leading behavior

Bu ta'lim san'atkorlarning dunyoqarashlari, ular ijodidagi xalqchillik bilan uzviy chambarchas bog'lanib ketganK. S.Stanislavskiy butun jahonga teatr san'atining reformatori sifatida mashhur bo'lgan. Uning yaratgan «sistema»si -realistik san'at bo'lib, barcha «aktyorlik» va «rejissyorlik» maktablari san'atining asosiga aylangan. Stanislavskiy g'oyalarida bir qancha artistik avlodlarning tajribasi umumlashtirilgan bo'lib, unda zamonaviy teatr estetikasining asosiy qirralari shakllangan.Shu sababli uning ijodiy g'oyalari, estetik dasturi butun jahonda tan olingan.Uning estetik qarashlari hamda ijodiy jarayon haqidagi g'oyalari badiiy ijodiyotning barcha yo'nalishlarida qo'llanib kelinmoqda. Konstantin Sergeyevich Stanislavskiy (Alekseyev) 1863 yilning 17 yanvar kuni Moskvada san'atsevar savdogar oilasida dunyoga kelgan. Stanislavskiy yoshligidanoq teatrga alohida mehr qo'yadi. O'ztengdoshlari qatori ko'chada bekorchilikda o'ynab yurmas, balki kitob o'qir, teatr yoki muzeyga borar edi. Chunki ularning oilasiga o'sha davrdagi Moskvaning yetakchi ilg'or doirasiga kiruvchi ziyolilar tez-tez tashrif buyub turishar, mehmonlar davrasidagi suhbatda yosh Konstantin ham ishtirok etardi.

Stanislavskiy o'zi xotiralarining ko'p sahifalarini Chexovga va u yozgan pyesalarning postanovkalariga bag'ishlagan. Chexov pyesalari о'zining badiiy qimmati, dramaturgik novatorligi jihatidangina Stanislavskiyga yaqinroq, qadrli bo'libgina qolmay, balki yangi hayotning jarchisi bo'lgani uchungina ham u uchun aziz edi.

Badiiy teatr Stanislavskiy hayotining ikkinchi davri ya'ni 1906-1907 yillar uchun tinimsiz izlanishlar bilan to'lib-toshgan yo'lning davomi bo'ldi.

U bu izlanishlar davomida Gamsunning "Hayot dramasi" va Leonid Andreyevning "Inson hayoti" singari asarlarni sahnaga qo'yadi hamda bu tajribalardan butunlay ixlosi qaytadi. Bu haqida u shunday deb yozadi: "Realizmdan uzoqlashib biz barcha artistlar oyog'imiz ostidagi zaminni ham sezmay, o'zimizni ojizdek his etdik" Badiiy teatr bu zaminni "Gamlet" asarida ham his eta olmadi. Bu postanovkani qo'yishga ingliz rejissyori Gordon Kregningm chaqirilishi xam foyda bermaydi.1921 yilda "Teatr madaniyati" jurnalida sahna san'ati asoslarini ochib berishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan uning "Hunar" nomli nazariy maqolasi bosilib chiqadi.

Ammo, u teatr masalalari bo'yicha mashhur yozuvchi sifatida bir necha yildan keyin kitobxonlar tomonidan darhol e'tirof etilgan "San'atdagi hayotim" kitobi chiqqandan keyin ko'zga ko'rinadi. 1928 yilda boshlangan og'ir yurak kasalligi Stanislavskiyning aktyorlik ishini umrbod to'xtatib qo'yadi, ammo rejissyor-pedagog va olim sifatida hormay-tolmay ishlaydi. U aktyorning o'z ustida ishlashi haqida kitoblar yozgan.Yangi tashkil qilingan opera va dramatik maktabida teatr yoshlarini tarbiyalaydi. Ularga o'zining barcha bilimlarini, boy ijodiy tajribasini beradi. K.S.Stanislavskiy hayotining oxirgi davrlari avj olgan ijodiy faoliyatining keng ko'lami ulug' san'atkorning ikkinchi yoshligidan dalolat beradi. Chunki u 75 yoshga to'lgan bo'lsa ham san'atkor sifatida tinib-tinchimasdi.

K.S.Stanislavskiy umri davomida bor kuch-qudratini san'atga, xususan teatr san'atini rivojlantirishga, professional teatr yaratish maqsadida sarf qiladi. U nafaqat rus teatri tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini, balki jahon teatri rejissurasi va undagi aktyorlar faoliyaiti bilan keng tanishadi. Hamkorlikda bir necha spektallar yaratadi. Shuningdek u o'z ijodiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyatlarini barcha bajargan ishlarini xotirlab, 8 tomdan iborat bo'lgan memuar teatr asarlarini yaratib, mazkur asarlari orqali o'z sistemasining mohiyatini tushuntirishga harakat qiladi. U yaratgan "sistema" realistik san'at bo'lib, barcha aktyorlik va rejissyorlik maktablarining asosiga aylangan. Ushbu sistemada bir qancha artistik avlodlarning tajribasi umumlashtirilib, zamonaviy teatr estetikasining asosiy qirralari shakllangan. Shuning uchun ijodiy g'oyalari va estetik dasturi butun jahonda tan olinadi. U o'zining sistemasi bilan aktyorlarni marionetkaga aylantirib, haqqoniy haqiqatni sahnadan haydayotgan ba'zi decadent (antirealistik)-rejissyorlarga qarshi chiqib, realistik sahna

san'atini rivojlantirib, insonning ichki dunyosini to'liq ochib bera oladigan yangi aktyorlik uslublari va texnikasini namoyish etadi. 1912 yilda Stanislavskiy L.A.Sulerjitskiy bilan hamkorlikda o'zining sistemasidagi g'oyalarni jamlab, rivojlantirish uchun MXT-1 studiyasini tashkil etadi. Keyinchalik esa bu studiyadan ko'plab mashhur aktyorlar va rejissyorlar yetishib chiqadi. K.S.Stanislavskiy o'zining sistemasi bilan aktyorlik va rejissyorlik san'atida buyuk o'zgarishlar yasadi. Dunyodagi juda ko'plab millat san'atkorlari uning hayotbaxsh nazariyalaridan bahramand bo'lishga intildilar. U o'zining butun hayotini sahnaga, jonli obraz yaratishga, hayotiy haqiqatning tantana qilishiga bag'ishlaydi. Sahnada ko'pchilik oldida ijod qilganda rolni chinakamiga his etish hamda tuyg'uni aktyorchasiga, yolg'ondakam qilib ko'rsatmay, balki insoniychasiga, mantiqan izchillik bilan maqsadga muvofiq holda unumli xatti-harakat orqali paydo qilish Stanislavskiy sistemasining asosiy mohiyatini tashkil etgan. Stanislavskiy sistemasining yaratilishi aktyorlar, rejissyorlar, teatr pedagoglari uchun ehg qimmatbaho qo'llanma bo'lib xizmat qilmoqda.

"Stanislavskiy sistemasi"ni quyidagi tamoyillarga bo'lamiz:

1. Hayotiy haqiqat.

2. Oliy maqsad.

3. Faollik va yetakchi xatti-harakat.

4. Tabiiylik.

5. Aktyorning obrazda yashash tamoyili, ya'ni siymo qiyofasiga kirishish chog'ida aktyor o'zligini yo'qotmay, ijodiy yondashuvi tamoyilidir.

Stanislavskiyning "Aktyorning o'z ustida ishlashi" kitobi rejissyor-pedagog Arkadiy Nikolayevich Torsov va uning yordamchisi Ivan Platonovich Raxmanovlarning saboqlari misolida uni tahlil qilish asosida paydo b'lgan.Biz Stanislavskiy sistemaning mazmuniniketma-ketlik asosida quyidagicha o'rganamiz:

1. Diletantizm;

2. Sahna san'ati va sahna hunari;

3. Hatti-harakat, "agarda", "berilgan shart-sharoitda";

4. Tasavvur;

5. Sahnaviy diqqat;

6. Muskullarni bo'shatish;

7. Parchalar va vazifalar;

8. Haqiqat tuyg'usi va ishonch;

9. Hissiyotlarni eslab qolish qobiliyati;

10. Munosabat;

11. Artistning mahorati, imkoniyatlari, moslashish va boshqa elementlar;

12. Ruhiy hayot dvigatellari;

13. Ruhiy hayot dvigatellarining intilish chiziqlari;

14. Ichki sahnaviy sezgi;

15. Oliy maqsad. Yetakchi hatti-harakat;

16. Artistning sahnaviy sezgilarni anglashi.

Stanislavskiy sistemasining yana bir yaxshi ahamiyatli tomoni shunda ediki, u o'zi yaratgan "oliy maqsad" hamda "oliy-oliy maqsad" haqidagi ta'limi bilan aktyor va rejissyorlar qo'liga juda o'tkir, juda kuchli g'oyaviy qurol berdi. Ushbu ta'lim teatr va kino ijodkorlarining asosidir. Bu ta'lim san'atkorlarning dunyoqarashlari, ular ijodidagi xalqchillik bilan uzviy chambarchas bog'lanib ketgan, ya'ni sahnaga chiqayotgan har bir aktyor bugun aynan shu yerda, shu onda nima uchun sahnaga chiqqanini, uo'z oldiga qanday oliy maqsad qo'yayotganini bilmog'i kerak. Bu oliy maqsad uning sahnada, spektaklda rol ijro etish paytidagi barcha xatti-harakatlarini asoslab beradi va uni sahnada mantiqan maqsadga muvofiq ravishda ijod qilishga da'vat etadi. Sahna san'atida hamma narsa bir maqsadda, g'oyaga qaratilgan bo'lmog'i lozim.Har bir spektaklning asosi - asarning asosiy g'oyasidir. Sahna san'atida g'oyani topish va uni tadbiq etishni K.S.Stanislavskiy o'z ijod jarayonining asosi deb hisoblagan. Stanislavskiy dramatik materialni pyesaning g'oyaviy ma'nosini o'rganish jarayoniga «oliy maqsad» va «yetakchi xatti-harakat» tushunchalarini ham rejissyor, ham pedagog sifatida kiritib, bu tushunchalarni har bir rol uchun yoki pyesa, spektakl uchun qo'llash mumkinligini uqdirib o'tadi.«Oliy maqsad» hamda «yetakchi xatti-harakat»- hayotning asosiy mazmuni va pyesaning tomiridir. Oliy maqsad-xohish, yetakchi xattiharakat esa - uni bajarishga intilishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi). Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

2. M.Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati". "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

3. M. Abdullayeva. "Rejissura". "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

4. B. Sayfullayev, J. Mamatqosimov "Aktyorlik mahorati". -T:, 2013

5. U. Boltaboeva "Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology " //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

6. Beknazarov K. Pedagogical conditions for developing musical competence of future music teachers using uzbek folk instruments //Current research journal of Pedagogics. - 2023. - T. 4. - №. 06. - C. 101-107.

7. Beknazarov X. Bo'lajak musiqa o 'qituvchilarini musiqiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik tamoyillari //Integration Conference on Integration of

Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes. - 2023. - C. 104-106.

8. Beknazarov K. Strings of my dutar //International Journal of Advance Scientific Research. - 2022. - T. 2. - №. 04. - C. 59-63.

9. Nazarov, A. (2022). TV Adaptation of the Theatrical Play. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 264-266.

10. Madaminov, O. (2023). On the Organization of Andijan Region Puppet Theater. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 29-32.

11. Madaminov, O. (2023). Features of Acting in Modern Puppet Theater. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(11), 82-84.

12. Otabek, A. (2022). PERFORMANCE BY RAHMONJON POLATOV ACTOR OF THE KOKAND MUSICAL DRAMA THEATER. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 116-120.

13. Anvarov, O. R. O. G. L., & Usmonov, S. Y. (2023). BADIIY OBRAZ YARATISHDA O 'ZIGA HOS YONDASHUV (MAHORATLI AKTYOR BAXROMJON RAHIMOV MISOLIDA). Oriental Art and Culture, 4(1), 420-426.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.