Научная статья на тему 'AKTIVLAR QADRSIZLANISHI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH'

AKTIVLAR QADRSIZLANISHI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aktiv / aktivlar qadrsizlanishi / xalqaro standartlar / buxgalteriya hisobi / assets / depletion of assets / international standards / accounting.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A., Turayeva F.

Maqolada aktivlar qadrsizlanishi haqida tushuncha, ularni qaysi xalqaro standartlar asosida tartibga solinadi va ularni qanday baholash mumkinligi haqida mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF ACCOUNTING FOR IMPAIRMENT OF ASSETS

The article discusses the concept of impairment of assets, which international standards are used to regulate them, and how they can be assessed.

Текст научной работы на тему «AKTIVLAR QADRSIZLANISHI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH»

Shirinov U.A. dotsent SamISI Turayeva F. magistrant SamISI

AKTIVLAR QADRSIZLANISHI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya: Maqolada aktivlar qadrsizlanishi haqida tushuncha, ularni qaysi xalqaro standartlar asosida tartibga solinadi va ularni qanday baholash mumkinligi haqida mulohazalar yuritilgan.

Kalit so 'zlar: aktiv, aktivlar qadrsizlanishi, xalqaro standartlar, buxgalteriya hisobi.

Shirinov U.A. associate professor SamIES Turayeva F. graduate student SamIES

IMPROVEMENT OF ACCOUNTING FOR IMPAIRMENT OF ASSETS

Abstract. The article discusses the concept of impairment of assets, which international standards are used to regulate them, and how they can be assessed.

Key words: assets, depletion of assets, international standards, accounting.

Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi va jahonning yetakchi davlatlari safiga qo'shilishi borasida izchil iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda. Har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini investisiyalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu esa o'z navbatida korxonalar moliyaviy hisobotlarini barcha uchun tushunarli va ishonchli tayyorlanishi va taqdim etilishini talab etadi. Bu xususda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev fikr yuritar ekan, quyidagilarni ta'kidlaydi: "Barchamiz so'zsiz tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o'zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog'liqdir. Ular yaqin va uzoq istiqbolga mo'ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni nafaqat ishlab chiqishi, balki amalga oshirishni ta'minlashi zarur"62.

62 Mnp3HeeB ffl. TaH^HgHH TaxflHfl, KarbHH TapTn6-HHTH30M Ba maxcun ®aBo6rapflHK - xap 6up pax6ap $ao^HHTHHHHr KyHgaflHK ^ongacn 6yflHmu KepaK. Y36eKHCTOH Pecny6flHKacu npe3HgeHTH fflaBKar Мнpзнноэвнннг MaM^aKaTHMH3HH 2016 HHflga HmuMOHH-H^THCogHH pHBO^flaHTHpumHHHr acocHH myHflapu Ba 2017 HHflra Myfl^aflflaHraH H^THCogHH gacTypHHHr энг MyxHM ycTyBop HyHaflHmflapura 6arumflaHraH

Darhaqiqat, moliyaviy va iqtisodiy organlarning samarali faoliyati orqali sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport va boshqa tarmoqlarni barqaror rivojlantirish mumkin. Keyingi yillarda davlat moliyaviy nazoratini kamaytirish, tadbirkorlarning faoliyatiga asossiz ravishda aralashishlarni cheklash maqsadida auditorlik faoliyatini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu borada mamlakatimizda auditorlik faoliyatining mustahkam normativ-huquqiy bazasi va o'ziga xos milliy auditorlik xizmatlari bozori shakllantirildi, uni rivojlantirish uchun ta'sirchan iqtisodiy omillar hamda soliq imtiyozlari qo'llanilmoqda, auditorlik faoliyatini lisenziyalash tizimi jiddiy ravishda soddalashtirildi hamda erkinlashtirildi. Amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalariga qaramasdan ".auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume'tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to'liq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko'nikmasining shakllanishini ta'minlamayapti."63. O'tkazilayotgan islohotlar natijasida mazkur muammoning echimi sifatida "yirik davlat korxonalarida moliyaviy hisobot tuzish va audit o'tkazishda xalqaro standartlarni joriy qilish" kabi muhim vazifalar belgilab qo'yildi. O'z navbatida, yuqoridagi vazifalar ijrosini ta'minlashda auditorlik tekshiruvlarida ilg'or xorij tajribasi va dasturiy vositalardan foydalanish, auditorlik faoliyatida xalqaro standartlardan keng foydalanishga oid chuqur izlanishlar olib borishni taqozo etmoqda.

Koxonalar faoliyatining asosi, moliyaviy xisobotlanrning muhim elementlaridan biri aktivlar hisoblanadi. Hisob va hisobotlarda ularning haqqoniy, aniq va eng asosiysi halqaro standartlar asosida aks ettirilganligini tekshirish auditning eng muhim masalalaridan sanaladi. Ayniqsa korxonalarda aktivlar holati to'g'risida real va shaffof ma'lumotlar taqdim etishda biz uchun deyarli yangi bulgan "qadrsizlanish"ni hisobga olish, undan kurilgan zararni tan olish masalalari auditning ham muhim masalalaridandir.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishga asos bo'lmoqda. Prezidentimiz ham qator ma'ruzalarida iqtisodiyotimizni rivojlantirish bo'yicha ta'kidlab kelmoqda, chunonchi "Bir yil ichida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish, biznesga keng yo'l ochish, bu borada qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash bo'yicha tizimli islohotlarni jadal davom ettirdik"64.

Barcha korxonalar balansida ko'p turdagi aktivlar, jumladan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investision aktivlar xamda boshqa aktivlar mavjud. Ushbu aktivlar vaqt o'tishi bilan, texnika texnologiyaning rivojlani yoki bashka

Ba3up^ap MaxKaMacHHHHr KeHranTHpuOTaH Ma®flHCHgara Ma*bpy3a, 2017 hh^ 14 aHBap. - TomKeHT: «Y36eKHCTOH», 2017. 27-6eT.

63 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3ugeHTHHHHr 2018 HH^ 19 cema6pgarH "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacuga ayguTop^HK ^ao^uaTHHH aHaga pHBO^amupum Hopa-Tag6Hp^apH TyrpucHga"™ nK^-3946-coH Kapopu. http://lex.uz/docs/3914502

64O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi. https://president.uz/oz/lists/view/6221

turli sabablarga ko'ra qiymati pasayishi mumkin. Bu esa aktivlarning qadrsizlanganligini anglatadi.

Aktivning qadrsizlanganligi yoki qadrsizlanmaganligini qanday aniqlash mumkin? Aktivlar qadrsizlanishining belgilari qanday? Buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak? Keyingi davrlarda qadrsizlanishdan yo'qotishlarni qaytarish mumkinmi? Bu masalalarning barchasi hozirda buxgalterlar uchun yangidir, chunki aktivlarning qadrsizlanishi masalalari iqtisodiy adabiyotlarda hyech qachon ko'tarilmagan va buxgalteriya hisobining oldingi standartlarida, ya'ni BHMSlarda aks ettirilmagan.

Aktivlar qadrsizlanishi hisobi va auditining nazariy-metodologik muammolari borasida xorijlik iqtisodchi olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ular jumlasiga Hami Amiraslani, George E. Iatridis, Peter F. Pope, Djeyms R. Xitchner, Stiven Xayden, Toye Adeladja, Tim Koller, Marc Goedhart, David Wessels M.E.Yxa^öBa, A.M.MapacHH, T.P.HcMarnnoBa, ^.B.Thxomhpob kabi olimlarni kiritish mumkin. Respublikamiz iqtisodchi olimlari tomonidan yaratilayotgan darslik, monografiya va o'quv qo'llanmalar, shuningdek, chop etilayotgan ilmiy maqola va tezislarda aktivlar va ularning ma'naviy eskirishi hisobi va auditining nazariy muammolari qisman o'rganilgan. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan M.K.Pardayev, I.N.Ismanov, R.Do'smurodov, K.B.Urazov, Sh.I.Ilxamov, N.F.Karimov, I.N.Qo'ziyev, M.E.Po'latov, S.N.Tashnazarov, K.R.Xotamov, N.K.Rizayev, I.R.Davletov,M.Fayzullayev, U.A.Shirinov va boshqalar ilmiy izlanishlar olib borganlar. O'zbekiston korxonalarida buxgalteriya hisobini MHXS talablariga asoslanadigan tizimga o'tkazish dolzarb masalalar sirasiga kirganligi sababli, IAS 36 "Aktivlarning qadrsizlanishi" ga muvofiq aktivlarning qadrsizlanishi muammolarini hal qilish kerak.

IAS 36 barcha aktivlarning qadrsizlanishiga nisbatan qo'llaniladi, ammo quyidagilar bundan mustasno:

* zaxiralar (2-son BHXS "Zaxiralar");

* 15-son MHXS "Haridorlar bilan shartnomalar bo'yicha tushum"ga muvofiq tan olinadigan, shartnoma bo'yicha aktivlar va shartnoma tuzish sarflari yoki uni bajarishdan kelib chiqadigan aktivlar;

* kechiktirilgan soliq aktivlari (12-son BHXS "Foyda soliqlari");

* 9-son MHXS "Moliyaviy instrumentlar" ning qo'llash doirasida bo'lgan moliyaviy aktivlar;

* haqqoniy qiymatda baholanadigan investisiya ko'chmas mulki (40-son BHXS "Investisiya ko'chmas mulki");

* 41-son BHXS "Qishloq xo'jaligi"ning qo'llash doirasida bo'lgan sotish sarflari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanadigan qishloq xo'jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar;

5-son MHXS "Sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyat"ga muvofiq, sotish uchun mo'ljallangan aktiv sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlar (yoki hisobdan chiqariladigan guruhlar).

IAS 36 boshqa standartlarga muvofiq qayta baholangan qiymatlarda hisobga olingan aktivlarga nisbatan qo'llaniladi, masalan, IAS 16 "Ko'chmas mulk, binolar va jihozlar", IAS 38-"Nomoddiy aktivlar"

1-rasm. Qadrsizlanishga tekshiriladigan aktivlar.

Xulosa qilib aytadiga bo'lsak aktivlar qadrsizlanishi bu korxona aktivlariga salbiy tasir qilishi va korxona aktivlarining kamayishiga olib keladi. Ularni o'z vaqtida aniqlab buxgalteriya hisobida to'g'ri aks ettirish maqsadga muvofiq bo'lib hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Hami Amiraslani, George E. Iatridis, Peter F. Pope Accounting for asset impairment: a test for IFRS compliance across Europe.

2. Tim Koller, Marc Goedhart, David Wessels Valuation: Measuring and Managing the Value of Companiyes, 7th edition.

3. Toye Adeladja Accounting for Depreciation of Non-current Assets and Bookkeeping: Depreciation, Impairment and Revaluation of Non-current Assets/

4. М.Б.Ухажова/ Справедливая стоимост и ее исползование в бухгалтерском учете: состояние и перспективы/автореферат,

5. А.М.Марясин/Методология признания убытков от обессенения нефинансовых активов/Финансовый журнал / Financial journal №6 2018.

6. Пулатов М. Номоддий активларнинг хдсоби ва аудитини такомиллаштириш масалалари. И.ф.н. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация иши. Тошкент 2006 й.

7. Ширинов, У. А. (2021). Improvement of methodology of auditoral assessment of segmentary accounting and reporting reality in committees providing communication services. Экономика и социум, (5-2), 642-647.

8. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини такомиллаштириш. Экономика и социум, (6-2 (97)), 810-813.

9. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика и социум, (6-2 (97)), 814-817.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.