Научная статья на тему 'Aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmati samaradorligini baholash'

Aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmati samaradorligini baholash Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
123
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
audit / ichki audit / ichki audit xizmati / samaradorlik / xolislik / ishonchlilik / muataqillik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Lochinbek Begaliyevich Haydarov

Mazkur maqolada ichki audit xizmati samaradorligini baholashda ichki audit xizmatining muhum jixatlariga to‘xtalib o‘tilgan. Hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan katta va o‘rta korxonalarda yangi risklarning paydo bo‘lishi ichki va tashqi foydalanuvchilarni ishonchli, xolisona bo‘lgan axborotlarga bo‘lgan extiyojini qondirish maqsadida ichki audit xizmatining ro‘li va faoliyat mexanizmiga e’tibor qaratilgan. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ahamiyati shundaki, ichki audit xizmati samaradorligini oshiradi, auditor mustaqilligini ta’minlaydi va uning xolisligi va ishonligini yanada oshiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmati samaradorligini baholash»

Aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmati samaradorligini baholash

Lochinbek Begaliyevich Haydarov Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada ichki audit xizmati samaradorligini baholashda ichki audit xizmatining muhum jixatlariga to'xtalib o'tilgan. Hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan katta va o'rta korxonalarda yangi risklarning paydo bo'lishi ichki va tashqi foydalanuvchilarni ishonchli, xolisona bo'lgan axborotlarga bo'lgan extiyojini qondirish maqsadida ichki audit xizmatining ro'li va faoliyat mexanizmiga e'tibor qaratilgan. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ahamiyati shundaki, ichki audit xizmati samaradorligini oshiradi, auditor mustaqilligini ta'minlaydi va uning xolisligi va ishonligini yanada oshiradi.

Kalit so'zlar: audit, ichki audit, ichki audit xizmati, samaradorlik, xolislik, ishonchlilik, muataqillik

Assessment of the effectiveness of the internal audit service in

joint stock companies

Lochinbek Begaliyevich Haydarov Tashkent Institute of Finance

Abstract: This article focuses on the critical aspects of the internal audit service when evaluating its effectiveness. The emergence of new risks in currently operating large and medium-sized enterprises focuses on the role and mechanism of the internal audit service in satisfying the need for reliable and objective information of internal and external users. The significance of the conducted scientific research is that it improves the efficiency of the internal audit service, ensures the auditor's independence, and increases its objectivity and reliability.

Keywords: audit, internal audit, internal audit service, efficiency, impartiality, reliability, independence

KIRISH

Aksiyadorlik jamiyatida ichki audit xizmatini samaradorligini oshirish ichki auditorlarni xizmat vazifalarini bajarishda jamiyatning ijro organiga bog'liqligi yani ularning mustaqilligi qisman cheklanishi, ichki auditorlarni bilim darajalari yetarli bo'lmasligi natijasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish zarurligidan kelib

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 357 [Ml^^^H

chiqadi. Ushbu muammoni samarali yechimi ichki audit xizmati rolini kuchaytirish va auditorlarni bilimlarini doimiy oshirib borish bilan uzviy bog'liq. Bunda turli tashqi va fundamental ichki omillar ta'sirini hisobga olish muhim hisoblanadi.

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktyabr kungi 215-sonli qarorning 2-ilovasining "Korxonalarda ichki audit xizmati to'g'risida"gi Nizomiga asosan, ichki auditning asosiy vazifalari, funksiyalari, ichki auditning huquq va majburiyatlari, ichki audit xizmatiga qo'yiladigan talablar, ichki audit xizmatining mustaqilligi va uning javobgarligi nazarda tutilgan. Ushbu nizomda belgilangan tartibda kuzatuv kengashiga, kuzatuv kengashi bo'lmagan taqdirda umumiy yig'ilishga xisobot taqdim etadi. Hisobotni taqdim etish tartibi va shartlari nizom asosida belgilangan.

Tashqi auditor singari, ichki auditor ham kompaniyadagi barcha jarayonlarni tahlil qilish va baholash uchun mustaqil ekspertizadan o'tkazishi kerak. U kompaniyada amalga oshirilayotgan ichki hujjatlar va moliyaviy operatsiyalarning mamlakatning amaldagi qonunchiligiga muvofiqligini ta'minlash uchun zarurdir. Bundan tashqari, u kompaniyaning moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarining to'g'riligini tekshiradi va ta'minlaydi. Jahon amaliyotida ichki audit xizmati ya'ni ichki auditorlar turli yo'nalishdagi mutaxassislar tushuniladi. Jumladan, buxgalteriya masalalarini yuqori darajada tushunuvchilar, boshqalari IT yoki texnik yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar bo'lishi mumkin. Ichki audit xizmati ko'plab omillarga asoslanadi: tashkilotni faoliyat sohasini, strategiyasi va bozordagi pozitsiyasi shular jumlasidandir. O'zbekistonda ham ichki audit rolini oshirish maqsadida ularga qo'yilgan talablar va huquq hamda majburiyatlari qayta ko'rib chiqish lozimligini ko'rsatmoqda.

ADABIYOTLAR SHARHI

Tashkilotdan manfaatdor tomonlar ichki audit samaradorligini baholash orqali ularning ish sifati darajasini aniqlashdir. Bu orqali risklarni boshqarish va maqsadlarga erishishda to'g'ri qaror qabul qilish imkonini yaratadi. Xalqaro ichki auditorlar instituti tomonidan uch chiziqli himoya modelini taqdim etgan. Bular quydagilar:

- korporativ boshqaruv;

- direktorlar kengashi roli;

- menejmentning roli jumladan, birinchi va ikkinchi chiziq.

Uch chiziqli himoya modeli tashkilotga eng yaxshi maqsadlarga erishishda boshqaruv samaradorligi va riskini boshqarishda tuzilma va jarayonlarni aniqlashda yordam beradi deb hisoblashadi [1].

Auditorlik tekshiruvining samaradorligi va sifati uning samarali rejalashtirilishini belgilaydi. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish - bu auditorlik protseduralarini o'tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirishning muayyan bosqichlari hamda tartibiga xos bo'lgan qat'iy tashkil etilgan jarayon. Auditorlik tekshiruvining ushbu bosqichining

samaradorligida xalqaro audit standartlariga muvofiqligi katta ahamiyatga ega. A.S.Loseva va I.V.Fetskovich rejalashtirishning quyidagi ta'rifini berishgan: "Rejalashtirish umumiy auditorlik ishining asosiy bosqichi bo'lib, ko'p vaqt talab qiladigan va murakkab tashkiliy jarayon bo'lib, ko'p hollarda auditor tomonidan olib boriladigan ishlarning umumiy vaqtini oladi" [2].

TAHLIL VA NATIJALAR

Biz bilamizki faoliyat olib borayotgan tashkilotlarning aksariyat qismi o'z vaqtida to'g'ri qaror qabul qilish uchun yetarli ma'lumot olishda muammolarga duch keladi. Buning natijasida umumiy maqsadlarga erishish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini cheklaydi. Tashkilot bu umumiy maqsadlarga erishish uchun ishlaydigan jarayonlar, resusrslar va odamlar to'plami bo'lib, bu yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etiladi. Ularning asosiy maqsadi foyda olish va tobora ko'proq faoliyat yuritishini ko'zlaydi. Shuning uchun tashkilot ustidan nazorat qiluvchi shaxslarni tayinlash zarurati yuzaga keladi. Ushbu masalalarni aksiyadorlik jamiyati misolida ko'rib chiqamiz.

O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-may kungi 0'RQ-370-sonli "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish ta'g'risida"gi qonuniga muvofiq quyidagilar:

- aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi;

- kuzatuv kengashi;

- ijro organi

jamiyatning boshqaruv organlaridir. Ushbu qonunning 12-bobida jamiyat faoliyatini taftish komissiyasi (taftishchi), jamiyatning ichki audit xizmati, auditorlik tashkiloti, jamiyatning korporativ maslaxatchisi tashkil etish orqali nazorat qilish mumkunligi belgilangan. Bunda ichki audit xizmatining tashkil etish muhum amahamiyat kasb etib, bunda ichki audit xizmatini tashkil etish vakolati kuzativ kengashiga berilgan [3].

Ichki audit - korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo'linmalari tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, ta'sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish y o'li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma'lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to'liqligi va ishonchliligini ta]minlash, ho'jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tamoillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsplari joriy etilishi bo'yicha korxona tarkibiy bo'linmasining (ichki audit xizmati) faoliyatidir [4].

Ichki audit - korporativ boshqaruv va risklarni boshqarishning (shu jumladan ichki nazorat) muvofiqligi va samaradorligini kafolatlash va tushunishni ta'minlash uchun rahbariyatdan mustaqil ravishda ishlaydigan shaxslar [1].

Ichki audit xizmati - Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktyabrdagi 215-sonli

qarorining 2 ilovasi "Korxonalarda ichki audit xizmati to'g'risida"gi nizom talablari hisobga olingan holda korxona Kuzatuv kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditini amalga oshiradigan tarkibiy bo'linmadir.[4]

Kuzatuv kengashi ichki audit xizmatini tashkil etish va xodimlarni tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish vakolatiga ega. Hozirda ichki audit sertifikatiga ega auditorlar soni 692 ta tashkil etmoqda. O'zbeksiton Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining 2019-yil 8-iyul kungi 2019-45-sonli qarori bilan "Yuridik shaxslarni yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to'g'risida"gi nizomning 4 bandi bo'yicha 2023 yil 1 oktyabr sanasiga soliq qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan yirik soliq to'lovchilar soni 1631 dona tashkil etgan. Hududlar kesimida quyidagicha:

Hududlar kesimuda yirik soliq to'lovchilar

■ Andijon

■ Buxoro

■ Farg'ona

■ Jizzax

■ Namangan

■ Navoiy

■ Qashqadaryo

■ Qoraqalpoq

■ Samarqand

■ Sirdaryo

1-rasm. Hududlar kesimida yirik soliq to'lovchilar1 Yuqoridagi ma'lumotdan xulosa chiqarishimiz mumkunki hozirda ichki audit sertifikatiga ega bo'lgan auditorlar soni kamligi va ularning mustaqilligi qisman cheklanganligi natijasida ichki audit xizmati samarali tashkil etishda qiyinchilik yuzaga keladi.

Ichki audit xizmatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktyabrdagi 215-sonli qarorining 2-ilovasi "Korxonalarda ichki audit xizmati to'g'risida"gi nizomiga muvofiq tashkil etiladi. Bunda ichki audit xizmati xodimlari korxonaning shtatlar jadvaliga kiritish va ichki auditor sertifikatiga ega b o'lishi shart deb belgilangan. Bu orqali jamiyat faoliyatini nazoratini ta'minlash inobatga olingan bo'lsada, hozirgi siyosiy va iqtisodiy muhidda alternativ variantlarni ko'paytirish ham muhumdir. Jumladan, ichki audit xizmati xodimlari korxonaning shtatlar jadvaliga kiritish va ichki auditor sertifikatiga ega bo'lishi yoki auditorlik tashkiloti tomonidan ichki auditorlik xizmatini jalb qilish shart deb belgilashi natijasida samaraga erishadi

1 Muallif tomonidan tayyorlangan

deb o'ylayman. Yuqoridagi holat yuzasidan uning afzal va kamchilik tomonlarini quyidagi jadval asosida ko'rib chiqsak:

1-jadval

№ Ichki audit xizmatini shtatlar jadvaliga kiritish orqali tashkil etish Ichki audit xizmatini auditorlik tashkilotini jalb qilish orqali tashkil etish

Afzalliklari

1 Jamiyatning ish faoliyati jarayonida keng qamrovda tushunchaga ega bo'ladi Etarlicha mutaxassis bilan ta'minlash imkoniyati (auditor, soliq maslaxatchi va boshqa ekspertlar)

2 Ijro organi va kuzatuv kengashi xotirjamligini oshiradi (xar qanday xavf bo'lsa himoyachi oldimda, yoki noqonuniy ish bo'lmasligi oldini oladi) Mustaqillik darajasi oshadi ya' ni mustaqillik ta'minlanadi, jumladan oylik va boshqa qo'shimcha to'lovlar, kasallik yoki xizmat safari uchun to'lovlar qoplash ta'sir doirasi mavjud emasligi yani moliyaviy qaramlik yo'qoladi.

3 Moliya Vazirligi tomonidan auditorlik tashkilotining xizmatlari sifatini nazoratga olishi, mavjud audit xizmatining sifati yuqoriligi ta'minlanadi

4 Audit xizmatlari natijasida yuzaga kelgan moliyaviy risklarning ta'minlanganligi (sug'urtalanganligi)

Kamchiliklari

1 Auditorlar miqdorining kamligi va barcha soha bo'yicha muammolarni yechishda mustqil yoki yakka qaror qabul qilishi Jamiyatning ish faoliyati jarayonida doimo aloqada bo'lish imkoniyati kamligi

2 Auditor mustaqillik qisman cheklanganligi

3 MHHS talabiga javob bera oladigan ichki auditorlarning kamligi

4 Ichki audit xizmatining sifatini tekshiruvchi organning kamligi

Hozirda xalqaro amaliyotda ichki audit xizmatini tashkil etish aloxida standart darajariga ko'tarilgan bo'lib, uning xar bir ishi aniq standart bilan tartibga solinadi.

Xalqaro amaliyotda ichki audit tizimini baholashda quyidagi asosiy ko'rsatkichlarni baholash tavsiya etiladi:

1) samaradorlik;

2) natijaviylik;

3) sifat;

4) miqdor.

Asosan, Rossiya va Yevropa davlatlarida ichki audit xizmatini tashkil etishda, shtatga auditorni tayinlash yoki tashqi audit xizmatidan foydalanib orqali tashkil etiladi.

Ichki audit xizmati samaradorligini baholashda ichki audit xizmati samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlarni ishlab chiqish kerak. Men ushbu maqolada amaliyotda qo'llash uchun quyidagi ko'rsatkichlarni tavsiya etaman:

1) ichki audit xizmati xodimlari yani auditorlar axloq kodeksiga amal qilishi;

2) ichki audit xizmati xodimlarining ish faoliyati yuzasidan elektron faoliyati tarixini yaratish;

3) ichki audir xizmati xodimlarining malaka darachasini belgilovchi ko'rsatkichlar;

4) ichki audit xizmati xodimlari ish tajribasi yuqoriligi.

Yuqoridagi ichki audit xizmati samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlarni ichki audit xizmati samaradorligini baholashda qo'llash orqali maqsadga erishamiz deb xisoblayman. Ushbu ko'rsatkichlarni alohida tahlil qilib o'tsak.

Ichki audit xizmati xodimlari yani auditorlar axloq kodeksiga amal qilishi. Ichki audit sertifikatiga ega bo'lgan shaxs auditor maqomiga loyiq bo'lishi zarur. U nafaqat bilim darajasi balki odob axloqi, yurish turishi, muomilasi va xar bir xatti xarakati ushbu kasb egalarini nufuzini oshirishga xizmat qilish kerak. Bu orqali ushbu kasbga bo'lgan yangi yosh avlodni dunyo qarashini to'g'ri shakllanishiga va ushbu sahaga bo'lgan kadrlar miqdorini oshiradi. Natijada hozirgi mavjud auditorlar sonining kamligi va mustaqilligi oshadi deb hisoblayman.

Ichki audit xizmati xodimlarining ish faoliyati yuzasidan elektron faoliyati tarixini yaratish. Auditor sertifikatiga ega bo'lgan xar bir auditorning ish faoliyati yuzasidan mijoz tomonidan elektron tavsiyalar berish imkonini beruvchi eletron plotformasini tashkil etish kerak. Bunda tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta'sir etgan auditorlar jumladan, auditor xizmat vazifasiga noloyiq, noqonuniy faoliyatga aralashish, o'z mansab lavozimidan shaxsiy manfaatini ko'zlab xisobot tayyorlash kabi ko'rsatkichlar auditorlar tarixini yaratish. Bunda auditor xizmatiga extiyoj sezgan mijoz tomonidan auditor xulq atvori, bilim darajasi tarixini ochiq elektron platforma orqali tekshirish imkonini beradi.

Ichki audir xizmati xodimlarining malaka darachasini belgilovchi ko'rsatkichlar. Auditor malaka darajasini belgilashda auditor faqat ichki audit sertifikatiga ega bo'lishi yetarli bo'lmaydi, balki ichki audit xizmati xodimlarining boshqa ko'rsatkichlari ham inobatga olish tavsiya etiladi. Bunda xalqaro sertifikatlar, soliq maslaxatchi sertifikati va boshqa experlik darajasi

Ichki audit xizmati xodimlari ish tajribasi yuqoriligi. Auditor ko'p yillik tajribaga hamda ko'p soha tarmoqlarida ishlaganligi, xar yilgi malaka oshirish kurslaridan o'tganligi bilan belgilanadi. Bunda auditor o'zining kasb brendiga ega bo'lib, unga bo'lgan talab va lavozimlar berilishi nazarda tutadi. Bunda katta korporatsiyada ishlash uchun unga keng qamrovli bilim va amaliy ko'nikmalar ega auditor topishiga yordam beradi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, ichki audit xizmati samaradorligini baholash hozirgi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ichki audit xizmatini tashkil etishda tashqi audit xizmati ro'lini oshirish orqali ichki audit xizmati samaradorliga erishiladi. Bunda ichki audit xizmatini tashkil etishdagi amaldagi normativ xuquqiy xujjatlarni qayta ko'rib chiqish zarur. Bunda ichki audir xizmatini alternativ

variantlarini taklif qilish imkonini beruvchi va ularni samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar taklif qilish zarur. Yuqoridagi taklif etilayotgan ko'rsatkichlar kelajakda ichki audit xizmati samaradorligini baholashda katta o'rin tutadi deb hisoblayman.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. www.theiia.org // three-lines-model-updated-russian.pdf (theiia.org)

2. Трунтаева Ю.В., Шибилева O.B. Компьютерные программы автоматизации аудита. - Москва: Новый университет. 2013

3. O'zbekiston Rеsрublikаsining 2014-yil 06-maydаgi 'Ak:siyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi O'RQ-370-son Qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 08.05.2014-y., 19-son

4. O'zbekistоn Resрublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ustav fondida davlat ulushi Ьо'^ап korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 215- son Qarorining 2-ilovasi "Korxonalardagi ichki а^й xizmati to'g'risida"gi Nizom, 2006-yil ^-о^аЫ" // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.10.2006-y., 42-son

5. O'zbekiston Rеsрublikasining 2021-yil 25-fevraldagi "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi O'RQ-677-son Qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son.

6. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Social-economic significance, essence and theoreticalmethodical basis of medium-term budget practice. Science and Education, 3(12), 991-996.

7. Qarshiyeva, M. A. Q., & Xidirav, N. G. I. (2022). O^kiston '^shil" iqtisodiyot sari. Science and Education, 3(12), 984-990.

8. Khidirov, N. G. (2023). Application of derivatives in economic problems. Science and Education, 4(12), 704-707.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.