Научная статья на тему 'AJDODLARIMIZ QOLDIRGAN ILMIY ME’ROSNING YOSHLAR XULQIY-TARBIYAVIY ONGI SHAKLLANISHIDAGI PSIXOLOGIK O‘RNI'

AJDODLARIMIZ QOLDIRGAN ILMIY ME’ROSNING YOSHLAR XULQIY-TARBIYAVIY ONGI SHAKLLANISHIDAGI PSIXOLOGIK O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

114
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AJDODLARIMIZ QOLDIRGAN ILMIY ME’ROSNING YOSHLAR XULQIY-TARBIYAVIY ONGI SHAKLLANISHIDAGI PSIXOLOGIK O‘RNI»

AJDODLARIMIZ QOLDIRGAN ILMIY ME'ROSNING YOSHLAR XULQIY-TARBIYAVIY ONGI SHAKLLANISHIDAGI PSIXOLOGIK

O'RNI

U.B. Mamanazarov

Al -Buxoriy oliy ta'lim muassasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi uchqunmamanazarov@gmail.com

Bugunki kunda mamlakatimizda saqlanib turgan tinchlik va xotirjamlik muhitida o'sib kelayotgan yosh avlodni xar tomonlama puxta ta'lim-tarbiya asosida voyaga yetqazish davr talablaridan biri desak adashmagan bo'lamiz. Bunga sabab XXI asrda turli hildagi informatsiyalarning tezlik bilan tarqalish imkoniyatiga ega ekanligi hamda axborot oqimining keng qamrovli ekanligidadir. Bunday sharoitda yoshlar va umuman mamlakatimiz aholisini o'zga yot g'oyalardan himoya qila olish va buzg'unchi o'y-fikrlarga berilmasligini ta'minlashda ulug' ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy meros namunalarini yana ham yaxshiroq o'rganish hamda ularni hayot-turmush tarzimizga yanada kengroq singdirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki ayni davrimizda dunyoning turli mintaqalaridagi submadaniyatlashuv hodisasi, millatchilik, qo'poruvchilik va shu kabi umuminsoniyinsoniy qadryatlarga zid bo'lgan qarashlarni targ'ib qiluvchi ijtimoiy tarmoqlarning mavjudligi fikrimizni isbotlaydi.

Yaqin kunlarimizda yuqoridagi hatarlar bilan bir qatorda mamlakatimiz aholisining aksariyati e'tiqod qiluvchi islom dini va ulug' ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy me'rosga nisbatan ham tahdidlar borligi ma'lum. Ushbu tahdidlar mustaqilligimizning dastlabki yillarida ayniqsa ko'zga tashlangan edi. Buzg'unchi g'oyalar birinchi navbatda hali diniy va dunyoviy bilimlarga yetarlicha ega bo'lmagan hamda hali hayotda o'z yo'lini topishga ulgurmagan ayrim yoshlarni o'z yo'llariga og'dirib olishga xarakat qilishgan bo'lsa, ikkinchidan asrlar davomida yurtimiz aholisi o'rgangan va amal qilgan diniy manbalar yani aqida, kalom, fiqh, tasavvufiy masalalarga nisbatan shubha keltirib chiqarish hamda o'zlaridagi yot g'oyalarni singdirish va bu bilan mamlakatda ijtimoiy-siyosiy parokandalikni keltirib chiqarishga bo'lgan

D.G'. Sultonova

Sirg'ali tibbiyot kolleji Hamshiralik ishi kafedrasi shodiyamukarrak@gmail.com

xarakatlar qo'zga tashlangan edi. Yaratganga beadad shukrlar

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

bo'lsinki, mamlakatimizdan yetishib chiqqan yetuk olimlarimiz va mutasaddi hodimlar yuqoridagi kabi holatlarga nisbatan o'zlarining tegishli raddiyalarini bera olishdi va berib kelishmoqda ham.

Bugungi kunda dunyoning turli hududlarida, xususan Yaqin Sharq mintaqasida ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to'qnashuvlarga teran qarash hissini oshirish, har qanday ko'rinishdagi tahdidlarga qarshi ma'naviy-ma'rifiy ishlar zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda kishilik jamiyati oldida bir qator kompleks vazifalarni hal etish dolzarb vazifa bo'lib turibdi. O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov 2013 yil 31 avgustda << Shahidlar xotirasi >> xiyobonida o'tkazilgan marosimda ulamolar, jamoatchilik vakillari bilan suhbat chog'ida ushbu masalaga alohida to'xtalib shunday degan edi << Bunday g'arazli kuchlarning asosiy niyati - hali hayotiy tajribasi, siyosiy-ijtimoiy saviyasi yetarli bo'lmagan, sodda va g'o'r yoshlarni yo'ldan urish, o'zining qabih niyatlari yo'lida foydalanish ekanini hech qachon unutmasligimiz kerak. Faqatgina mustaqil fikrlaydigan, imon-e'tiqodi mustahkam, ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan ezgu qadryatlarga sadoqatli bo'lgan insongina bunday qutqularga uchmasligi, to'g'ri yo'ldan adashmasligi mumkin. Buning uchun, albatda, birinchi navbatda farzandlarimizni yuksak bilim va ma'naviy fazilatlar bilan qurollantirishimiz lozim. Ularga biz uchun muqaddas bo'lgan islom dinining chinikam insoniy mohiyatini, uning tinchlik, yaxshilik, mehr-shavqat, hamjihatlik dini ekanini to'g'ri tushuntirib berishimiz kerak. Bizga yot va begona bo'lgan turli zararli oqimlardan himoyalanish uchun odamlarga bu boradagi bor haqiqatni yetkazish zarur. Ta'bir joiz bo'lsa, bunday xavf-xatarlardan odamlarni, avvalambor, yosh avlodni haqiqat bilan himoya qilish kerak >>. Shu maqsadda, diniy mutaassiblik, ekstremizmning kelib chiqishi, ularga moliyaviy, ruhiy ko'mak beruvchi radikal diniy-siyosiy tashkilotlarning faoliyati, g'oyalari va g'arazli maqsadlarining tahliliga bag'ishlangan tizimli tadqiqot yaratish hamda keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Barkamol avlodni tarbiyalashda diniy qadriyatlarimizdan foydalanishimiz bizga faqatgina foyda beradi, xolos. Muqaddas dinimiz haqida Birinchi Prezidenti-miz I.A. Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida shunday degan: «Din azaldan inson ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to'g'risidagi orzu-armonlarini o'zida mujassam etgan, ularni

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g'oya va qarashlaming mustahkam bir tizimidir.

Shuningdek, muayyan tarixiy davrlarda xalq bilan yonma-yon turgan ulug' o'tmishdoshlarimiz haqiqiy odamiylik timsoliga aylanib qolishgani sir emas. Misol, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ajdodlarimiz mardlik, jasorat, rahbarlik borasida, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abdulholiq G'ijduvoniy, Bohouddin Naqshband singari aziz avliyolarimiz hadis, aqoid, tasavvuf kabi ilmlar rivojiga, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab, Ogahiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Behbudiy kabi bir qancha ulkan istedod egalari donishmandlik, ilm-ma'rifat borasida barchamiz uchun o'rnak timsoliga aylanib ulgurgan. Shu o'rinda Abu nasr Forobiyning odamlar o'zaro hamjixat bo'lib, do'stlik-birodarlikda yashashi ularning asl maqsad-muddaolariga mos ekanini ta'kidlab, Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang'ich asos -insoniylikdir. Binobarin, odamlar insoniyat qavmiga mansubligi tufayli o'zaro tinchlikda yashamog'i zarur.

Darhaqiqat inson deb atalmish odamzodning xar tomonlama mukammal shaxs sifatida jamiyatda o'zining munosib o'rnini topishida ta'lim-tarbiyaning o'rni beqiyosdir.

Xulosa o'rnida Abdulla Avloniyning tarbiya xususidagi qarashlari keltirib o'tmoqchimiz. Tarbiya-pedagogika, yani bola tarbiyasi fani demakdir. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o'rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib hastaning badanidagi kasaliga davo qilg'oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga " yaxshi xulq " degan davoni ichidan, " poklik " degan davoni ustidan berib katta qilmog'i lozimdir. Nazofat deb a'zolarimizni, kiyimlarimizni, asbob-uskunalarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokni keng va o'tkir qilur. Xalq orasida e'tibor va shuhratga sabab bo'lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrini bilgan bo'lurmiz. Pok bo'lmak salomatligimiz, saodatimiz uchun yeng kerakli narsadur.Pok bo'lmagan kishi Alloh hamda xalq qoshida sevimsizdur. Yirtiq, eski kiyimlar kiymak ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog'ini chiqarib yurmak zo'r ayb va gunohdur.

REFERENCES

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

1. A.HASANOV VA BOSHQ.(2013). DINIY MUTAASSIBLIK: MOHIYAT, MAQSADLAR VA OLDINI OLISH YO'LLAR. MOVAROUNNAHR.

2. Abdivalievna, A. N. (2022). FEATURES OF COGNITIVE DISORDERS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 101-105.

3. ABDULLA AVLONIY.(1992). TURKIY GULISTON YOHUD AXLOQ. O'QITUVCHI.

4. ABU NASR FOROBIY.(1993). FOZIL ODAMLAR SHAHRI.G'AFUR G'ULOM.

5. Gayibova, N. A. (2016). Influence of the sibling statuse's of teenagers on interpersonal relations. European Journal of Education and Applied Psychology, (2), 68-69.

6. I.A.KARIMOV.(2008). YUKSAK MA'NAVIYAT - YENGILMAS KUCH. MA'NAVIYAT.

7. Isayeva, M. A. (2014). Religious and psychological aspects of family functions. The Way of Science, 90.

8. Mirqosimova M., Rasulova F. Parental and child relations as a factor leading to aggressive behavior.Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI)Volume 12, Issue 7, July 2021: 4915-4921 .

9. Rasulova, F. F. (2016). CHARACTERISTICS OF PRINCIPAL WAYS AND METODS OF CORRECTION OF AGGRESSIVE BEHAVIOR AMONG TEENAGERS. Theoretical & Applied Science, (9), 173-176.

10. Rasulova, N. T. (2021). PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF REPRODUCTIVE CONSCIOUSNESS AND BEHAVIOR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 375-380.

11. AKpaMOB, M. P. (2021). nCHXHKAHHHr PKBO^nAHHfflKTA BY^rAH 3KOnCHXO^OrHK ËHAAfflYBHHHT ACOCHH KOH^A^APH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2),

12. Аскарова, Н. (2021). Диктат етишмаслиги синдромли ва гиперактив болаларда эмоционал соха коррекциясининг асосий методлари. Общество и инновации, 2(10/S), 548-554.

13. Дусмухамедова, Ш. А. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ОЦЕНКИ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special

199-202

Issue 2), 355-361.

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-257-261

14. Назаров, А. С. (2020). Психологический анализ уровней принятия управленческих решений и факторов, влияющих на него. Молодой ученый, (21),

15. Расулов, А. И. (2018). ПСИХОДИАГНОСТИЧЕСКИЙ ТЕСТ КАК МЕТОД ИЗУЧЕНИЯ ЛИЧНОСТИ. 1п Сфера знаний: процессы развития современной научной мысли (pp. 95-100).

16. Тойирова, Л. И., & Абдуганиева, Д. А. (2019). ИННОВАЦИИ В ОБРАЗОВАНИИ: С УЧЕТОМ ВОЗРАСТНЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОБУЧАЮЩИХСЯ. 1п Перспективные этапы развития научных исследований: теория и практика (рр. 21-23).

739-740.

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.