Научная статья на тему 'AJDODLAR MEROSIDA HAMKORLIKDAGI FAOLIYAT DIDAKTIK QADRIYAT SIFATIDA'

AJDODLAR MEROSIDA HAMKORLIKDAGI FAOLIYAT DIDAKTIK QADRIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
22
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qadriyat / ustoz-shogird an’anasi / didaktik qadriyat.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jalilova Nilufar Toxir Qizi

Maqolada ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan o’quv faoliyatidagi ustoz-shogird hamkorligi qadriyat sifatida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AJDODLAR MEROSIDA HAMKORLIKDAGI FAOLIYAT DIDAKTIK QADRIYAT SIFATIDA»

AJDODLAR MEROSIDA HAMKORLIKDAGI FAOLIYAT DIDAKTIK QADRIYAT

SIFATIDA Jalilova Nilufar Toxir qizi

O'zPFITI 2-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10113276

Annotatsiya. Maqolada ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan o 'quv faoliyatidagi ustoz-shogird hamkorligi qadriyat sifatida yoritilgan.

Kalit so 'zlar: qadriyat, ustoz-shogird an'anasi, didaktik qadriyat.

Abstract. The article highlights the value of teacher-student cooperation in educational activities promoted by our ancestors.

Keywords: value, teacher-student tradition, didactic value.

Аннотация. В статье подчеркивается значение сотрудничества учителя и ученика в образовательной деятельности, пропагандируемой нашими предками.

Ключевые слова: ценность, традиция учитель-ученик, дидактическая ценность.

Ta'limda talaba o'z o'quv faoliyatining subyekti sifatida qaralib, o'qituvchi va talaba o'quv faoliyatda hamshtirokchi, hamdo'st sifatida ishtirok etadilar. Ajdodlarimiz merosida hamkorlik pedagogikasiga oid g'oyalar aks etgan bo'lib, eng qadimiy yozma yodgorlik "Avesto".da ustoz-shogird munosabatlarida ustoz shaxsining ustuvorligi, ta'limga jiddu jahd bilan yondashish, nazariya va amaliyot birligi, ekologik ta'limning ustuvorligi kabi didaktik qadriyatlar ilgari surilgan bo'lib, maktab-madrasalarda bolalarga amaliy bilimlar berishga alohida e'tibor qaratilgan:_

"Avesto" davrida ta'limning amaliy yo'nalganligi

O'qitilgan fanlar matematika, tib ilmi, astronomiya kabilar o'qitilgan

Amaliyot o'tash ob'ektlari Otashkadalar qoshidagi ustaxonalar, sihatgoh (kasalxona), dorixona

Nazorat (imtixon) turlari va erishiladigan natija Lanamzadan - kadxudo -(uy xojasi) (17 yoshda); Zanzadan - kadbonu (uy bekasi) (15 yoshda)

Didaktik qadriyatlar mazmunini aniqlash ta'lim metodologiyasi (ta'lim nazariyasi, ta'limni tashkil etishning shakl, usul va vositalari), muayyan davrda yetakchilik qilgan ta'lim konsepsiyalari, ta'lim-tarbiya birligi, tarbiyada yetakchilik qilgan asosiy qadriyatli yo'nalishlarni aniqlanishi bilan bog'liq.

Ana shunday o'ziga xos ta'lim usullarini ilgari surgan allomalardan biri Yusuf Xos Hojib (1016-1070)ning "Qutadg'u bilig" asarida yoshlarni ilm egallashga undab, Qur'oni Karimda ilgari surilgan ta+lim-tarbiyaning eslatma, ibrat usullaridan foydalangan"Uquv qut beradi, bilim shon-sharaf', "Bilimdan boshlanar donolik yo'li", "Xat chiroyli bo'lsa, ko'ngil ochilar", "Olim ilmi elga bo'ladi mash'al", "So'nggi o'git" boblari ularga bilim egallashning ahamiyatini anglatishga qaratilgan. Uquv (farosat) va zehn nasldan naslga o'tsa ham, bilimlarni egallash uchun qunt bilan o'qish va o'rganish zarur. Mutafakkir "Bilimni biluvchilar uni qanday qilib bilib oladilar?" deb savol qo'yadi va bu savolga bilimlarni kichiklikdan o'rganish, bunda uzluksizlik tamoyiliga tayanish zarurligini uqtiradi. Ya'ni, inson bir umr o'qishi, bilim egallashi lozim. "Dunyoda haqiqiy kishi deb ataladigan ikkita toifa bor: ularning biri o'rgatuvchi, bo'lagi - o'rganuvchi. Kishi bir

narsani boshqalarga o'rgatmasa, yohud o'zi o'zgalardan o'rganmasa, uning hayvondan nima farqi qoladi?!". Demak, muallimlik (o'rgatuvchilik) va shogirdilk (o'rganuvchilik) maqomi insonning bir umrlik yo'ldoshi bo'lishi kerak.

"Hujjat ul -islom" nomi bilan tarixda qolgan, "Mukoshafat-ul qulub" (Qalblar kashfiyoti)", "Tavba kitobi", "Ihyou ulumid-din"("Din ilmlarini jonlantirish") kabi ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlar muallifi, mudarris va voiz Imom Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad Abu Homid at-Tusiy al-G'azzoliy (1058-1111) g'oyalari tasavvuf ta'limotiga xos ruhiy-akselogik, akmeologik yo'nalishlarga tayanadi. Imom G'azzoliy "Ihyou ulumid-din" (Din ilmlarini jonlantirish) kitobining "Ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchi odoblari haqida" deb nomlangan beshinchi bobida madrasa talabalariga qo'yiladigan talabalarni ishlab chiqqan. Ularni didaktik qadriyat sifatida hozirgi davrda ham qo'llash mumkin[2,119-131]:

Imom G'azzoliyning madrasa talabasiga qo'ygan talablari

Talaba avvalo qalbini jirkanch xulqlardan, mazmum - yomon sifatlardan poklab olishi kerak; [2,119]

shogird ustozining tavsiyalariga quloq solmagunicha, qalbini ilm eshitish uchun hozirlamagunicha uni fahmlay olmaydi. Muallimning ko'rsatmalarini go'zal tarzda eshitishi, unga izzatli bo'lishi, shukrini, xursandligini, minnatdorligin izhor etishi lozim

Talaba ustozga nisbatan yumshoq tuproqdek bo'lishi kerak. Qachon yumshoq tuproqqa mo'l yomg'ir yog'sa, darrov o'ziga singdiradi. Xuddi shuning singari ustoz dars davomida biror narsa buyursa, o'z fikridan voz kechib, so'zsiz unga itoat etish talabaning burchidir. Zero, ustozning yanglish so'zi uning o'z nazdidagi to'g'ri so'zidan foydaliroq. Manfaati katta bo'lishi bilan birga eshitilishi g'aroyib sanalgan daqiq narsalar tajriba orqali bilinadi; [2, 123].

Tolibi ilm barchaga mahmud ilmlarni, ularning biron turini qoldirmasdan o'rganmog'i va oldiga qo'ygan maqsadiga yetishmog'i lozim. Ilmlarni o'rganib bo'lgach, umr sarmoyasi yetsa, ularni chuqurlashtirishi kerak. Ilmlarning barchasini egallashning imkoni bo'lmasa, eng muhimlari bilan shug'ullanishi, ularni mukammallashtirishi lozim. Qolganlarining kerakli jihatlarini o'rganish kifoya qiladi.

Ilmlar o'zaro bog'liq hamda bir-birining ko'makchisidir. Hech bo'lmasa, bilmaslik tufayli dushman bo'lib qolmaslik uchun oz bo'lsada, boshqa ilmlarni ham o'rganish lozim. Chunki insonlar o'zlari bilmaydigan narsalarning dushmanlaridir;

Ilm olishda shogird turli ilmlarga kirishib ketmasligi, barcha tartiblarga rioya qilishi va muhimrog'idan boshlash lozim. Zero, inson umri barcha ilmlarni egallash uchun yetmaydi. Bas, shunday ekan, har bir ilmning chiroyli taraflarini o'rganib, o'sha ilmlarning ozi bilan kifoyalanish kerak;[2,127]

Avvalgi fanni mukammal o'rganmasdan turib, boshqasiga kirishmaslik. Chunki ilmlarning zaruriyatiga ko'ra tartib-martabasi bor. Bir ilm ikkinchi ilmga yo'l vazifasini o'taydi. Demak, o'sha tadrij va tartibga rioya qilgandagina muvaffaqiyat qozoniladi. ... Ya'ni, bir fanni ilmiy, amaliy o'rganmaguncha, boshqasiga o'tmaydilar. Demak, har bir ilmni mukammal o'rganib bo'lgach, ulardan yuqori darajadagi ilmga kirishmoq lozim; [2,128].

Sharafli ilmlarga olib boradigan sabablarni ham bilish lozim. Sabablar deganda ikki narsa nazarda tutilyapti: birinchisi, natijaning sharafli bo'lishi, bunga din va tib ilmlari misol bo'ladi. Ikkinchisi, dalillarning quvvatli va ishonchli bo'lishi, bunga hisob-kitob va nujum ilmlarini misol keltirish mumkin. [2,129]

Tolibi ilm ilmlarning maqsadga yetkazuvchi nisbatini yaxshi bilishi lozim. Maqsadlarga yaqin va yuksak bo'lgan ilmlar maqsadlardan uzoq bo'lgan ilmlardan afzaldir. Muhim bo'lgan ilmlar muhim bo'lmagan ilmlardan muqaddamdir. Muhim bo'lgan ilmlardan murod ahamiyatli bo'lganlaridir. Sening dunyo va oxiratdagi xolatingga bog'liq bo'lgan ilmlar ahamiyatli hisoblanadi [2,131].

Jaloliddin Rumiy ilmni shunday bepoyon dengizga o'xshatadiki, uni qamrab olib bo'lmaydi. Lekin talabalar bamisoli g'avvos kabi ilm dengizidan gavhar terishlari shart: Ilmu fan - dengiz ko'rinmas unga had, tolibi ilm unda g'avvosdir faqat. Zero, ilmdan murod uni o'rganish va o'zlashtirishdir. Lekin ilmni o'rganish uchun jamiyat hurmatini qozongan ustozdan saboq olish lozim. Shogirdlikka qo'yilgan talablar qanchalik og'ir bo'lmasin, uni ado etish, ustoz hurmatini o'rniga qo'yish kerak. Aks holda, shogird kamolotga erisha olmaydi: Aylasang ustozga sarkashlik agar, bo'lgay ul qobilliging ham besamar. Shuningdek, Rumiy faol ta'lim tarafdori. U o'quv jarayonida suhbatni, talabaning ustozga savollar bilan murojaat qilishini ma'qul ko'radi: Chun ilmning yarmi ermishdir savol, har kishi so'rmoqqa topmaydir majol.[2,119]

O'tmishda shunday ta'lim shakl va usullari qo'llanilganki, ularni yangi sharoitga tatbiq etish ta'lim jarayonini mislsiz boyitishga xizmat qiladi.

Didaktik qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati shundaki, u zamonaviy-novatorlik texnologiyalarini yaratish va amaliyotga tatbiq etishda muayyan darajada ahamiyatga ega bo'lib, ta'limning hozirgi kundagi dolzarb muammolari: hayot davomida uzluksiz ta'lim olish g'oyasini amalga oshirish, mustaqil izlanish va yangi bilimlarni o'zlashtirishga rag'batlantirishga ko'maklashadi. O'rta Osiyo mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan va asoslangan ta'limiy qadriyatlar hozirgi kunda ham dolzarbligicha qolmoqda. Ta'lim sub'ektlari (inson) shaxsini oliy qadriyat deb bilish, nekbin ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga tayanish - ajdodlarimiz pedagogik konsepsiyasining mohiyatini belgilab beradi. Tarixiy va zamonaviy gumanistik aksiologik nazariyalar o'zaro aloqadorligiga asoslanibgina, gumanizm g'oyalari bilan yo'g'rilgan didaktik qadriyatlarning modernizatsiyalashuviga erishish mumkin.

REFERENCES

1. Abu Homid Muhammad al-G'azzoliy. Ihyou ulumi-din. Birinchi kitob. - T.: Yoshlar matbuoti bosmaxonasi, 2003.

2. Jaloliddin Rumiy. Hikmatlar. - T.: O'zbekiston, 2013. - 246 b. - 119-b.

3. Safarova R., Inoyatova M., Ne'matov Sh.. Tarix qatida qolgan didaktik qadriyatlar: Maqola. - Ош: Наука, образование, техника. Межд. научный журн. №3 (29), 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.