Научная статья на тему 'AHOLINING OVQATLANISH HOLATINI BAHOLASHDA STEPS TIZIMINING AFZALLIKLARI'

AHOLINING OVQATLANISH HOLATINI BAHOLASHDA STEPS TIZIMINING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

191
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Obyektlarni tanlash / quvvat ehtiyojlari / ovqatlanishni baholash.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Anatoliy Sagatbayevich Xudayberganov, Muzaffar Jо‘Raxon О‘G‘Li Muzaffarov, Sultanbek Maratovich Kitaybekov

Tadqiqotning maqsadi tadqiqot obyektlarini tanlashda, kunlik quvvat extiyojlarini aniqlashda va sо‘rov usuli bilan aholining ovqatlanishini baholashda STEPS (Science and Technology Excellence in the Public Service) tizimidan foydalanish jarayonini baholash. Tadqiqot natijalari О‘zbekiston aholisining barcha hududlarida jinsi va yosh guruhlariga nisbatan ovqatlanish holatini baholashning mavjud metodologiyalarini xalqaro STEPS tizimiga moslashtirish imkonini berdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHOLINING OVQATLANISH HOLATINI BAHOLASHDA STEPS TIZIMINING AFZALLIKLARI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

AHOLINING OVQATLANISH HOLATINIBAHOLASHDA STEPS

TIZIMINING AFZALLIKLARI

Anatoliy Sagatbayevich Xudayberganov

Canitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor

anatoliyhud@mail.ru

Muzaffar Jo'raxon o'g'li Muzaffarov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti

m.muzaffar@internet.ru

Sultanbek Maratovich Kitaybekov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti

sultanbek0622@gmail.com

Tadqiqotning maqsadi tadqiqot obyektlarini tanlashda, kunlik quvvat extiyojlarini aniqlashda va so'rov usuli bilan aholining ovqatlanishini baholashda STEPS (Science and Technology Excellence in the Public Service) tizimidan foydalanish jarayonini baholash.

Tadqiqot natijalari O'zbekiston aholisining barcha hududlarida jinsi va yosh guruhlariga nisbatan ovqatlanish holatini baholashning mavjud metodologiyalarini xalqaro STEPS tizimiga moslashtirish imkonini berdi.

Kalit so'zlar: Obyektlarni tanlash, quvvat ehtiyojlari, ovqatlanishni baholash.

The purpose of the study is to evaluate the process of using the STEPS (Science and Technology Excellence in the Public Service) system in the selection of research objects, determination of daily power extremes and assessment of Population Nutrition by the survey method. The results of the study made it possible to adapt the existing methodologies for assessing the state of nutrition in relation to gender and age groups in all regions of the population of Uzbekistan to the international STEPS objects, power outputs, nutrition assessment).

Keywords: Selection of objects, energy consumption, nutrition assessment.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

April, 2023

KIRISH

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan butun dunyoda yuqumli bo'lmagan kasalliklarning xavf omillarini tarqalishini oldini olishni monitoring qilish dasturini ishlab chikishni taklif qildi [1]. Birlamchi profilaktika nuqtai nazaridan, asosiy xavf omillarini kuzatish yuqumli bo'lmagan kasalliklar rivojlanishining oldini olish vositasi bo'lishi mumkin [2]. Monitoring tizimi strategik qarorlar qabul qilish jarayonini takomillashtirish, aholi salomatligini muhofaza qilish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha harakatlar dasturlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi ma'lumotlarni to'plashning uzluksizligini nazarda tutadi. Muayyan kasallik bilan bog'liq ko'plab omillarga ta'sir qilish mumkin emasligini hisobga olib, monitoring tizimini yaratishda asosiy e'tibor ta'sir qilishi mumkin bo'lgan xavf omillariga qaratiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yuqumli bo'lmagan kasalliklarning asosiy xavf omillari dinamikasini o'rganish amalga oshirilayotgan say-harakatlarning samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Masalan, yurak-qon tomir kasalliklarining kamida 75% holatlari tana massasi indeksining oshishi, yuqori qon bosimi va salbiy qon lipidlari bilan bog'liq bo'lib, bu o'z navbatida noto'g'ri ovqatlanish bilan bog'liq [3]. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda rivojlangan mamlakatlarda bo'lgani kabi o'limning asosiy ulushini 91,4% yuqumli bo'lmagan kasalliklar [3], ya'ni yurak ishemik kasalliklari, arterial gipertenziya va ularning asoratlari (miokard infarkti va miya insultlari, va boshqalar.). Umumiy o'limning ikkinchi eng keng tarqalgan sababi saraton (7,8%). Yuqumli bo'lmagan kasalliklar xavf omillariga ta'sirini o'rganish odatda JSST tomonidan epidemiologik tadqiqotlar uchun tavsiya etilgan 24 soatlik anketa-so'rovnoma usuli yordamida amalga oshiriladi [4]. Biroq, bu tadqiqotlar asosiy yuqumli bo'lmagan kasalliklar xavf omillarining tarqalishini o'rganish uchun mo'ljallanmagan, shuning uchun ular ushbu masala bo'yicha ba'tafsil ma'lumot bermagan, bundan tashqari, ular har doim ham butun mamlakat aholisini qamrab ololmagan (tadqiqot alohida hududlarni o'z ichiga olgan), tor yosh toifasi uchun ma'lumotlarni taqdim etgan, shuningdek, turli metodologiyalar yordamida olib borilgan va har doim ham tibbiyot dalillariga asoslanmagan. Shu munosabat bilan, ovqatlanish omilini kompleks epidemiologik o'rganish, jumladan, qishloq va shahar sharoitida, ham mamlakatning barcha hududlari ishtirokida kunlik quvvat extiyojini o'rganish zarurati tug'ildi. Bunday tadqiqot yuqumli bo'lmagan kasalliklarga qarshi kurashda erishilgan yutuqlarni baholash uchun boshlang'ich nuqta sifatida qo'llaniladi. Bunday holda,

April, 2023

217

tadqiqot ma'lumotlarining ishonchliligini ta'minlash uchun biz STEPS (Science and Technology Excellence in the Public Service) tizimidan foydalandik [5].

Tadqiqotning maqsadi tadqiqot obektlarini tanlashda, kunlik quvvat extiyojlarini aniqlashda va so'rov usuli bilan aholining ovqatlanishini baholashda STEPS (Science and Technology Excellence in the Public Service) tizimidan foydalanish jarayonini baxolash.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Yuqumli bo'lmagan kasalliklarning yetakchi xavf omili bo'lgan ovqatlanish holatini baholash maqsadida aholi so'rovining obyektivligini (ishonchliligini) oshirish maqsadida biz 4 asosiy bosqichdan iborat STEPS tizimini taklif qildik:

1-bosqich - tayyorgarlik - quyidagilarni o'z ichiga oladi: metodologiya bilan tanishish; va tadqiqotga tayyorgarlik, tadqiqotning reprezentativ namunasini shakllantirish; tadqiqotni rejalashtirish, axoli ichidan ro'yxatni tayyorlash va zarur jihozlarni; standart so'rovnomani moslashtirish, JSSTning maxsus shakllari, tarjima va ularni chop etish.

2-bosqich - tadqiqot o'tkazish - quyidagilarni o'z ichiga oladi: sotsiologik guruhni tanlash; dala ishlarini rejalashtirish; ma'lumotlar yig'ish metodologiyasi bo'yicha seminar o'tkazish; anketani sinovdan o'tkazish va uni moslashtirish.

3-bosqich - ma'lumotlarni tahlil qilish va sharhlash - quyidagilarni o'z ichiga oladi: elektron ma'lumotlar bazasini birlashtirish va moslashtirish; standart analitik jadvallarni tuzish; standart faktlar varaqlari va ma'lumotlar to'plamini tuzish, ma'lumotlarni tahlil qilish va sharhlash, yakuniy hisobot yozish bo'yicha o'quv seminarini o'tkazish.

4-bosqich - olingan ma'lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish -quyidagilarni o'z ichiga oladi: tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish bo'yicha tadbirlar o'tkazish; tadqiqot natijalari asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish; ovqatlanishni yaxshilash bo'yicha milliy rejalar va dasturlarga samarali tadbirlarni kiritish.

Ma'lumotlarni sifatli yig'ishni ta'minlash maqsadida barcha moslashtirilgan vositalar o'zbek va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan. Tadqiqot jarayonida respondentlarning tadqiqotda qatnashish uchun yozma roziligidan foydalaniladi.

Namuna shakllantirish. Tadqiqot ishi 18 yoshdan oshgan aholi o'rtasida olib borilgan bo'lib, 3ta yosh guruxiga ajratilgan holda o'rganildi: 18-29 yosh, 30-64 yosh va 65 yoshdan katta, shuningdek, har bir yosh guruhida jinsi (erkaklar va ayollar) bo'yicha tabaqalanish bilan bir butun sifatida taqdim etilgan. Vakolatli statistik tanlov uchun tasodifiy sonlar

April, 2023

218

usulidan foydalangan holda vaznli, ko'p bosqichli, klasterli namunaviy dizayn tavsiya etiladi. Tadqiqotning namunaviy hajmi JSST STEPS maxsus asbobi (Excel formatidagi sample_size_calculator) yordamida quyidagi usul bo'yicha aniqlandi. Dastlabki tanlama hajmi - n - ishonch oralig'ini hisobga olgan holda aniqlanadi -95% (Z=1,96); ruxsat etilgan xatolar chegarasi - 5% (e=0,05); ko'rsatkichlaming asosiy darajasi - 50% (R=0,5).

n

= Z2 x

P x

(1-P)

e^

n =

1,962 x

0,5 x (1-0,5)

0,052

384,16 = 384

Tanlanma hajmiga qo'shimcha kuzatishlar yosh va jins toifalari bo'yicha guruhlar sonini hisobga olgan holda amalga oshiriladi (3ta yosh va jins guruhlari;); klasterni tanlash uchun dizayn effekti (Deff=1,5); taxminiy yo'qotishlar darajasi 20% (0,8):

Namuna hajmi =

384 x 6 x 1,5 08"

= 4320

Statistik jihatdan vakili tasodifiy tanlamani tanlash JSST tomonidan ishlab chiqilgan vositalar yordamida aniqlanadi (Sapmling.xls, Randhold.xls) [5]. Birlamchi tanlab olish birligi sifatida ma'muriy-hududiy bo'linish birligi - tuman va shahar qo'llaniladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha 12 viloyat kesimidagi tumanlar va shaharlar to'g'risidagi ma'lumotlar tanlov vaqtida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan olinadi. Ikkilamchi namuna olish birligi sifatida, mintaqadagi uy xo'jaliklari ikkinchi darajali namuna olish birligi sifatida xizmat qilishi kerak. Har bir tanlangan xonadondan 18 yoshdan oshgan respondentlarni yakuniy tanlash «Kish» usuli yordamida amalga oshiriladi [5].

April, 2023

219

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 I Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

XULOSALAR

1. Aholining ovqatlanish holatini baholash uchun so'rovnomada STEPS tizimini moslashtirish bo'yicha taklif etilayotgan metodologiya energiya xarajatlarini (jismoniy faollik) va aholining ovqatlanish holatini baholash bo'yicha bir vaqtning o'zida olingan ma'lumotlarning ishonchliligini oshirish imkonini beradi.

2. Barcha uy xo'jaliklari aholisining jinsi va yoshiga qarab respondentlarni tasodifiy tanlash metodologiyasiga kiritish har bir guruh uchun ovqatlanishni yaxshilash bo'yicha aniq tavsiyalar bilan qaror qabul qilish imkoniyatiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Дoклад o шстоянии здравooхранения в мире 2002: Уменьшение риска, ^действие здoрoвoму o6pa3y жизни. Женева. ВОЗ, 2002. - 28 с.

2. Еврoпейскoе регшнальше бюрo ВОЗ , КЪпенгаген, 2005. Питание и здoрoвье в EBpo^, Швая oснoвa для действий (WHO regional publications. European series; No. 96)

3. Рацшн, питание и предупреждение хрoнических зaбoлевaний. Дoклaд Сoвместнoгo кoнсyльтaтивнoгo сoвещaния экспертoв ВОЗ/ФАО. http://whqlibdoc.who.int/trs /WHO_TRS_916_rus.pdf. Женева, ВОЗ, 2003. (Серия технических дoклaдoв ВОЗ, No 916).

4. Мартинчик А.Н., Батурин А.К., Феoктистoвa А.И., Свяхoвскaя И.В. Методические рекoмендaции no oценке галичества пoтребляемoй пищи метoдoм 24-чaсoвoгo (суточшго) вoспрoизведения питания: Метoд. рекoмендaции / Poœ. — М., 1996.

5. WHO STEPS surveillance manual. Part 6: templates and forms. Geneva: World Health Organization; 2008 http://www.who.int/chp/steps/Part6.pdf, accessed 2 June

2014.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.