Научная статья на тему 'AHOLI XONADONLARIDA BEDANA BOQISHDA E’TIBOR BERILADIGAN JIHATLAR'

AHOLI XONADONLARIDA BEDANA BOQISHDA E’TIBOR BERILADIGAN JIHATLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
79
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dezinfeksiya / avitaminoz / ospa / difterit / gepotit / xolera / polaponlar / namlik / inkubatsiya / disinfection / beriberi / smallpox / diphtheria / hepatitis / cholera / measles / wet / incubation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D To’raboyeva

Bedana go’shti va tuxumida nafaqat organizm uchun zarur bo’lgan oqsillar , balki inson uchun foydali bo’lgan kerakli moddalar mavjud.Ushbu maqolada aholi xonadonlarida bedana boqishda, parvarishlashda yo’l qo’yiladigan xatoliklar yoritiladi.Qolaversa, bedanani oziqlantirishda, kasalliklarini oldini olishda, ko’paytirishda e’tibor talab etadigan jihatlar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASPECTS TO PAY ATTENTION TO WHEN RAISING QUAILS IN THE HOUSEHOLD

Quail meat and eggs contain not only proteins necessary for the body, but also useful substances for humans. This article talks about the mistakes that can be made in the breeding and care of quails at home. In addition, Aspects requiring attention in raising quails described disease prevention and breeding.

Текст научной работы на тему «AHOLI XONADONLARIDA BEDANA BOQISHDA E’TIBOR BERILADIGAN JIHATLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

AHOLI XONADONLARIDA BEDANA BOQISHDA E'TIBOR BERILADIGAN

JIHATLAR To'raboyeva Diyora Ulug'bek qizi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Toshkent filiali talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7440104

Annotatsiya. Bedana go'shti va tuxumida nafaqat organizm uchun zarur bo'lgan oqsillar , balki inson uchun foydali bo'lgan kerakli moddalar mavjud. Ushbu maqolada aholi xonadonlarida bedana boqishda, parvarishlashda yo'l qo'yiladigan xatoliklar yoritiladi.Qolaversa, bedanani oziqlantirishda, kasalliklarini oldini olishda, ko'paytirishda e 'tibor talab etadigan jihatlar bayon etiladi.

Kalit so'zlar: dezinfeksiya, avitaminoz, ospa, difterit, gepotit, xolera, polaponlar, namlik, inkubatsiya

АСПЕКТЫ, НА КОТОРЫЕ СЛЕДУЕТ ОБРАТИТЬ ВНИМАНИЕ ПРИ ВЫРАЩИВАНИИ ПЕРЕПЕЛОВ В ДОМАШНЕМ ХОЗЯЙСТВЕ

Аннотация. Мясо и яйца перепелов содержат не только необходимые организму белки, но и полезные для человека вещества.В данной статье рассказывается об ошибках, которые можно допустить при разведении и уходе за перепелами в домашних условиях.Кроме того, аспекты, требующие внимания в кормлении перепелов и описаны профилактика болезней и разведение.

Ключевые слова: дезинфекция, авитаминоз, оспа, дифтерия, гепатит, холера, корь, сырость, инкубация.

ASPECTS TO PAY ATTENTION TO WHEN RAISING QUAILS IN THE HOUSEHOLD

Abstract. Quail meat and eggs contain not only proteins necessary for the body, but also useful substances for humans. This article talks about the mistakes that can be made in the breeding and care of quails at home. In addition, Aspects requiring attention in raising quails described disease prevention and breeding.

Keywords: disinfection, beriberi, smallpox, diphtheria, hepatitis, cholera, measles, wet, incubation.

KIRISH

Hozirgi kunda bedana boqish tufayli ko'plab aholi iqtisodiy jihatdan daromadini orttirib bormoqda.Bedana o'ta mahsuldor bo'lib bir yil davomida 300 dona tuxum beradi. Qolaversa tuxumdan chiqqan polaponlarining yashovchanligi 90 % ni tashkil etadi. Bedana tuxumlarida A, PP,B1, B2 vitaminlari va mineral moddalar tovuq tuxumiga nisbatan yuqori bo'ladi.Bedana tuxumidagi oqsillar,yog'lar,uglevodlar inson organizmi uchun juda mos keladi. Bedana boqishning afzalliklari:

S bedana tez ko'payadi S yil davomida ko'p tuxum qo'yadi S tovuqqa nisbatan kasalliklarga chidamli

S tana hajmi kichikligi tufayli boqishda katta maydon talab etmaydi S tana harorati 40-41 C bo'lganligi tufayli qishda issiqlikka muhtojligi kam bo'ladi.

Bedana uchun kataklar . Bedanalarga qurishda juda katta e'tibor berish va kataklar bedanaga shikast yetkazmasligiga ishonch hosil qilish lozim. Bedana uylari ikki xil bo'ladi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

S yopiq turdagi S ochiq turdagi

Katak yasashda tozalash va dezinfeksiyalashda oson bo'ladigan materiallardan foydalanish lozim va har bir katakda oziqlantiruvchi, ichuvchi,tuxum yig'uvchi, axlat sepsis bo'lishi kerak. Bedana oziqlanganda ozuqani sochib tashlaydi shuning uchun yemdonlari chuqurligi 5-7 sm bo'ladi va 2/3 qismi ozuqa bilan to'ldiriladi.Yosh bedanalrga kichik likopchada suv berish qulay hisoblanadi,chunki ularni yuvish ,qaynatib sterillash oson hisoblanadi.Bedana katagining uch tomoni yopiq va shamol o'tkazmaydigan bo'lishiga e'tibor berish lozim, chunki bedanalar shovqinda va uzoq vaqt quyosh nurida bezovtalanib bir-birlarini va tuxumlarini cho'qib tashlaydilar . 24 soatlik quyosh nurida bedanalr ko'p tuxum beradi ammo mahsuldorligi tez kamayib ketadi, bedana tez qariydi. To'rtinchi tomoni esa to'rdan bo'lishi bedanalarga quyosh nuri tushishida yordamlashadi,qolaversa bedana katagining pastki tomoni qiya bo'lishi tuxumlarni yig'ishga ko'maklashadi. Bedanalarni haftada bir qumda cho'miltirish tufayli ularni zararkunandalardan tozalashimiz mumkin bo'ladi.Katakka balandligi 8 sm keladigan idish ichidagi 4 sm qalikdagi qum bilan qo'yiladi.Bedanalar boqilayotgan xonaning niisbiy namligi 60-70 % bo'lishi lozim aks holda namlik kamaysa, bedanalar patlari hurpayadi,hansirab,tumshug'ini ochib nafas oladi, tuxum berishi kamayadi.Lekin bedanani doimiy nam joyda ham saqlab bo'lmaydi.Bedana turadigan kataklarni har hafta tozalab turish tavsiya etiladi.Buning uchun bedana vaqtinchalik boshqa katakka olinadi va kataklar yaxshilab tozalaniladi yuvib, quritiladi.Bedana go'ngining bug'i inson va bedanalar uchun zararli bo'lgani uchun katakni tez-tez tozalab turish lozim.Yapon zotli bedanalar uchun bir katakda 3-5 bosh makiyon va 1 ta xo'roz bedana saqlanadi.Xona harorati +17-25 C va kunlik yorug'lik 18 soat bo'ladi. Katak balandligi 15-17 sm va polining o'lchami 50x25 sm ni tashkil etadi.

Bedanani oziqlantirish. Bedanalar bir kunda 3-4 marta oziqlantiriladi va ularning ozuqalar tarkibida asosan oqsil, don, vitaminlardan iborat bo'ladi.Qo'shimcha qilib,mayda tosh va suv beriladi. Mayda toshlar bedananing muskulli oshqozonida ozuqani ishqalab maydalashda ko'maklashadi. Bedanalar tomoqlari va og'zini suvda chayishni yoqtirishadi natijada suv tez ifloslanadi .Shuning uchun bir kunda 2- 3 marta suvni almashtirib turish kerak bo'ladi.Tuxum beradigan bedanalar ozuqasi tarkibida 21-25 % xom protein bo'lishi shart,protein miqdori tuxum sifatiga ta'sir etadi.Agarda protein kam bo'lsa tuxumlari mayda bo'ladi va bedanalar cho'qib tashlaydi, Agarda ko'p bo'lsa jo'ja chiqarish uchun yaroqsiz, sariqligi ko'p bo'lgan tuxumlar soni ko'payadi.Shuningdek bedanalarga tvorog,farsh, guruch, pishirilgan no'xat berish ham mahsuldorlik ortishiga olib keladi.Tuxumdan qolgan qari bedanalar ozuqasida proteinni kamaytirish kerak.Donli ozuqalarni kechasi berish tavsiya etiladi, chunki sekin hazm bo'lgani sababli bedanalar o'zini ertalabgacha to'q tutadi.Don aralashmasiga bug'doy ,makkajo'xori suli va arpa kiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Hozirgi bedanalarning barchasi yovvoyi soqov yoki yapon bedanalaridan kelib chiqqan. Yapon bedana-yovvoyi qushnikiga o'xshash patlarga ega.makiyonlar -150 gramm, erkak bedanalar-130gramm bo'ladi.40-50 kunlikdan tuxum qo'yish boshlanadi, yiliga 320 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxum vazni 9-11 grammgacha yetadi .Ingliz yoki ingliz qora- bu nasl Angliyada ishlab chiqilgan va 1971-yil Vengriyaga olib kelingan. Rangi jigarrang, qora bo'ladi. Bu naslning tirik vazni ko'p lekin tuxum berish darajasi past .Ingliz yoki ingliz oq tanlilar-bu bedana zoti Angliyada yapon bedanalaridan olingan.1987-yilda keng tarqalgan.Urg'ochilarning rangi oq , erkaklari oq lekin ba'zida qora dog'li bo'lishi mumkin.Ko'zlari kulrang qora bo'ladi. Texas oq- Texas fir'avni deb ham yuritiladi,chunki asosan Texas shtatida ishlatilgan.Go'sht zoti sifatida katta mashhurlikka erishgan.Urg'ochilari 450-500 grammgacha yetishi mumkin.O'rtacha ozuqa miqdori maksimal vazn yig'a oladi.Fir'avn-urg'ochilari vazni -300-400 gramm ,tuxum berish darajasi past ,ammo tuxumi 18 gramm bo'ladi.

Bedanalarni ko'paytirish uchun 3-8 oylikdagi va narlaridan 3-6 oylikdagi bedanalar tanlanadi.Inkubatsion tuxum olish uchun 1 ta narga 5-6 ta makiyon to'g'ri keladi.Yapon makiyonlari narlariga ko'nikib qoladi va yangi narni qabul qilishmaydi va tuxum berish kamayadi.Bedanani juftlashish paytida ozuqasida ko'p protein va vitaminlar bo'lishiga e'tibor berish kerak bo'ladi.Ayniqsa bug'doy kepagi bo'lishiga .Juftlashish davomida bir haftadan so'ng olingan tuxumlarni inkubatorga qo'yish mumkin bo'ladi.Jo'ja olish uchun tuxumlar oddiy inkubatorga qo'yiladi:37.5 C harorat va 60 % nisbiy namlik bo'lishi lozim.Yapon bedanalarini 20 kunligida patining rangidan ajratib olish mumkin bo'ladi.Narlarining bo'yni va ko'kragi to'q jigarrang bo'ladi.Makiyonlarda esa och jigarrang bo'lib ,yirik qora nuqtalari bo'ladi.Boshqa bedanalarni ajratish qiyin va ularni kloakasidan ajratiladi.Narlarda kloakasi atrofi qizg'ish rangda, makiyonlariniki jigarrang bo'ladi.Qolaversa makiyonlar tana vzani jihatidan narlardan yirikroq bo'ladi.

Bedanalar asosan mas'uliyatsiz qarash oqibatida kasal bo'ladi. Bedanalarga vaqtida ozuqa bermaslik, ozuqa tarkibi sifatsiz bo'lishi ,kataklar vaqtida tozalanmasligi,suv vaqtida almashtirmaslik, dezinfeksiya qilmaslik,nihoyatda dim va iflosgarchilik kasalliklarning asosiy sababchisi hisoblanadi. Bedana kasalliklarining keng keng tarqalgani avitaminoz bo'lib, ularning nimjon bo'lishi va moddalar almashinuvining buzilishi , kasalliklarga beriluvchan bo'lishi oqibatida A, D, B guruh avitominozi tez - tez yuz beradi.A avitaminozida bedananing ishtahasi yo'qolib makiyonlar tuxum bermay qo'yadi,jo'jalar o'sishdan to'xtab qoladi va harakat qilishida aktivlik kamayadi va ko'z atrofidan yosh tomchilaydi.Bunday hollarda bedanaga yangi o'rilgan beda, qizil sabzi berish tavsiya etiladi.raxit kasalligi esa D vitamini yetishmasligi oqibatida yuz beradi ya'ni quyosh nuridan yaxshi foydalana olmaslik hisoblanadi.Bunda tumshuqlar qyshayishi,tuxumlarining po'stlog'i yumshoq va nozik bo'lishi , qovurg'a uchlarining yo'g'onlashib ketishi kabi holatlar kuzatiladi.Bu holatlarga asosan jo'jalar moyil bo'ladi.bedana tanasida titroq va bo'yni va oyoqlari shol bo'lishi esa B vitamini yetishmayotganligidan dalolat beradi.Bunday vaqtlarda hamirturush , sut va ko'katlar bedana oziqasiga qo'shib berilishi kerak

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'ladi.Jumladan bedanalarda ospa, difterit,paratif,gepotit,xolera, qurt kasalligi,teri parazitar kasalliklari ham uchrab turadi. XULOSA

Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki,bedana boqishda eng katta talab bu oziqani to'g'ri tashkillashtirish hisoblanadi.Chunki bedanalar sifatsiz ozuqa hisobiga turli kasalliklarga duchor bo'lishadi hamda bedanalarning katagidagi tozalikka nihoyatda katta ahimyat berish zarur. Chunki bedana go'ngining hidi bedana va insonlar uchun zaharli hisoblanadi. Kasallangan bedanani darhol kechiktirmasdan davolash maqsadga muvofiq hisoblanadi.Doimo vaqtida dezinfeksiya ishlarini vaqtida amalga oshirish hamda bedananing ichadigan suvining tozaligiga doimo ahamiyat berish oqibatida biz bedanada uchraydigan kasalliklarni qisman oldini olishimiz mumkin bo'ladi.

REFERENCES

1. "Chorvachilik va parrandachilik asoslari" - M.Z.Murtozayev , A.A.Kushakov , T.A.Aliboyev

2. "Bedanani parvarishlash bo'yicha tavsiyalar "-X.I.Normuhumedov, E.P.Rahmatullayev -Toshkent2014

3. "Chorvachilik texnologiyasi" - kasb-hunar kollejlari uchun darslik - T.H.Ikromov T:"Sharq",2003

4. "O'zbekiston parrandachiligi"ilmiy-ommabop,axborot-ma'rifiy jurnal -X.I.Normuhumedov, E.P.Rahmatullayev - Toshkent 2019

5. "Bedanalarni parvarishlash"- ushbu qo'llanma "Agrobank"ATb muassisligida tayyorlangan

6. Internet sayti : https://agronet.uz/bedana-kasalliklari/

7. Internet sayti : https://agro-olam.uz/bedana-kasalliklari/#

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.