Научная статья на тему 'AHOLI TURAR JOYLARIDA OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB MUAMMOLARI'

AHOLI TURAR JOYLARIDA OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1488
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sog‘lom turmush / aholi / jismoniy tarbiya va ommaviy sport / sport / musobaqa / iqtidorli sportchilar / yoshlar / jismoniy tarbiya / jismoniy / ma’naviy / zararli odatlar / iste’dod / dolzarb vazifalar / jismoniy reabilitatsiya / xalqaro sport / aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash / trenerlar / yuksak madaniyat. / healthy lifestyle / population / physical culture and mass sports / sports / competitions / talented athletes / youth / physical education / physical / spiritual / bad habits / giftedness / current tasks / physical rehabilitation / international sports competitions / healthcare / coaches / high culture.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yarashov, K.D., Yadgarov, D.B.

Ushbu maqolada mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb muammolar xaqida bayon etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEMS OF ORGANIZING PUBLIC SPORTS EVENTS IN RESIDENTIAL AREAS

In this article, the importance of mass sports in human and family life in all regions of the country, to promote its physical and mental health, to protect young people from harmful habits, to give them their abilities and desire. He spoke about the important and pressing issues of creating the necessary conditions for the realization of their goals, the selection of talented athletes and the improvement of the system of targeted training.

Текст научной работы на тему «AHOLI TURAR JOYLARIDA OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AHOLI TURAR JOYLARIDA OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Yarashov K.D. p.f.n., professor.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti,

Yadgarov D.B. Urganch davlat universiteti Sport faoliyati kafedrasi o'qituvchisi yadgarovdoniyor7@gmail .com

Ushbu maqolada mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma 'naviy sog'lomlikning asosi ekanini targ'ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o 'z qobiliyat va iste'dodlarini ro'yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb muammolar xaqida bayon etgan.

Kalit so'zlar: sog'lom turmush, aholi, jismoniy tarbiya va ommaviy sport, sport,musobaqa, iqtidorli sportchilar,yoshlar, jismoniy tarbiya, jismoniy, ma'naviy, zararli odatlar, iste'dod, dolzarb vazifalar, jismoniy reabilitatsiya, xalqaro sport, aholi sog 'lig 'ini mustahkamlash, trenerlar, yuksak madaniyat.

THE PROBLEMS OF ORGANIZING PUBLIC SPORTS EVENTS IN

RESIDENTIAL AREAS

Yarashov K.D.

candidate of pedagogical sciences, professor.

Uzbek State University of Physical Culture and Sports,

Yadgarov D.B. Urgench State University Lecturer at the Department of Sports yadgarovdoniyor7@gmail .com

In this article, the importance of mass sports in human and family life in all regions of the country, to promote its physical and mental health, to protect young people from harmful habits, to give them their abilities and desire. He spoke about

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

the important and pressing issues of creating the necessary conditions for the realization of their goals, the selection of talented athletes and the improvement of the system of targeted training.

Keywords: healthy lifestyle, population, physical culture and mass sports, sports, competitions, talented athletes, youth, physical education, physical, spiritual, bad habits, giftedness, current tasks, physical rehabilitation, international sports competitions, healthcare, coaches, high culture.

Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimiz vakillarining Olimpiya o'yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o'yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O'zbekistonning obro'-e'tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o'yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e'tiborlidir.

Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma'naviy sog'lomlikning asosi ekanini targ'ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o'z qobiliyat va iste'dodlarini ro'yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 03.06.2017 yildagi PQ-3031-son.

Urganilganlik darajasi: Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotning maqsadi vazifalari: Jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.

Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog'lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo'nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish,

Tadqiqot uslublari: jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug'ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;

davlat sport ta'limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma'lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha etkazish;

joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to'rt bosqichli - tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o'quvchi-sportchilari o'rtasida «Bolalar sport o'yinlari»ni o'tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida «Talabalar sport o'yinlari»ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish;

aholining keng qatlamlari, jumladan umumta'lim maktabi o'quvchilari, professional va oliy ta'lim muassasalari o'quvchi va talabalari o'rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida «Umumta'lim maktab sporti» festivali, «Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa» ko'rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o'tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta'lim maktabi, professional va oliy ta'lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2020 yildan boshlab sport sohasida «Tashkent Marathon» xalqaro marafoni, «Save Aral» xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o'tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish;

aholining barcha qatlamlari o'rtasida «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sinovlarini o'tkazishni joriy etish;

sport turlari bo'yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilg'or innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik ta'minotni yo'lga qo'yish;

sport turlari bo'yicha 18 yoshgacha bo'lgan hududiy terma jamoa a'zolarini hududiy bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazlarining o'smirlar bo'limlarida va undan katta yoshdagi hududiy terma jamoa a'zolarini tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazib borish mexanizmini joriy etish;

2020 yil 1 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo'yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy etish; qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish;

NATIJALAR

O'zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo'yicha Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish;

xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida «xospitaliti xizmatlari»ni yo'lga qo'yish, «Sport Visa» qo'shimcha (elektron bo'lmagan) kirish vizasini joriy etish;

sport sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, shu jumladan sport tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo'yicha zarur choralar belgilash;

sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo'shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish;

huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tizimidagi ta'lim muassasalari, jumladan «Temurbeklar maktabi» o'quvchi-talabalari uchun «Armiya o'yinlari» dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha fakultativ mashg'ulotlar va to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish;

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish, sport inshootlari va muassasalarining boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan «Sport.uz» axborot tizimi orqali sport inshootlarining telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta'minlash;

milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va Olimpiya o'yinlari dasturlariga kiritish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzi va muxitni yaratadi. Jumladan turli kasalliklar, yoshlar o'rtasida zararli odatlarning oldini olish, mardlik, olijanoblik, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g'urur-iftixor bag'ishlaydi.

XULOSA

Jismoniy tarbiya va sport soxasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. Uzluksiz sport musobaqalari "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" kabilar yoshlarni ommaviy sportga, sog'lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.

Iste'dodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo'yicha uzluksiz tizim yaratildi. Umumta'lim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg'ulotlarda qobiliyati ko'zga tashlangan o'g'il-qizlar bolalar va o'smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib, professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda. Oliy o'quv yurtlari va o'quv-yig'in mashg'ulotlarida mahoratini oshirmoqda.

REFERENCES

1. Y36eKHCTOH PecnyönuKacu npe3HgeHTHHHHr «Y36eKHCTOH PecnyönuKacuHH aHaga puBO^naHTupum 6yÖHHa X,apaKaraap CTpareruacu TyFpHCHga»rH OapMOHH. «XanK cy3H» r.// 08.02.2017 h. №28 (6722).

2. Y3ÖeKHCTOH PecnyönuKacu npe3HgeHTH fflaBKar Mup3HeeBHHHr OHHH Ma^nucra Mypo^aaraoMacu. «XanK cy3H» r.// 23.12.2017.

3. CnopTHH aHaga OMManamTupum, Maxpparau Mypaööuö Ba cnopTHunapHH Tafiepnam Macananapu MyxpKaMa kh^hh^h. «XanK cy3H» r.// 01.11.2017.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Y36eKHCTOH PecnyönuKacu npe3HgeHTHHHHr OapMOHu "MagaHuaT Ba cnopT cox,acuga öom^apyB th3hmhhh aHaga TaKOMunnamTupum nopa-TagSupnapu Tyrpucuga" 2017 hhh 15 ^eBpan, nO-4956-coH. «XanK cy3u» r.// 17.02.2017. №35 (6729).

5. Y3ÖeKHCTOH PecnyönuKacuga ^hcmohhh Tapöua Ba cnopTHH aHaga TaKOMunnamTupum Ba OMManamrapum nopa-TagSupnapu Tyrpucugaru Y3ÖeKHCTOH PecnyönuKacu npe3ugeHTuHuHr OapMOHu, 24.01.2020 fiungaru nO-5924-coH

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.