Научная статья на тему 'AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI'

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
133
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasavvuf / so'fiy / tariqat / pir / murid / mutasavvif / Yassaviy. / Sufism / Sufi / Tariqat / Pir / Murid / Sufi / Yassavi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Marjona Safarova

Maqolada tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, tasavvuf ta'limotining mohiyati, uning pedagogik qarashlari va g'oyalari haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan fikrlar Yassaviy hikmatlari misolida dalillanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the activities of the mystical scholar Ahmad Yassavi, the essence of mystical teachings, his pedagogical views and ideas. The above ideas are proved by the example of Yassavi's wisdom.

Текст научной работы на тему «AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI

Marjona Safarova

ToshDO'TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti 2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, tasavvuf ta'limotining mohiyati, uning pedagogik qarashlari va g'oyalari haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan fikrlar Yassaviy hikmatlari misolida dalillanadi.

Tayanch so'zlar: Tasavvuf, so'fiy, tariqat, pir, murid, mutasavvif, Yassaviy.

The article discusses the activities of the mystical scholar Ahmad Yassavi, the essence of mystical teachings, his pedagogical views and ideas. The above ideas are proved by the example of Yassavi's wisdom.

Keywords: Sufism, Sufi, Tariqat, Pir, Murid, Sufi, Yassavi.

Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlogDida SHayx Ibrohim xonadonida tug'iladi. Yetti yoshida otasidan, so'ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo'lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o'rganib, so'ng Turkistonga qaytadi va o'z tariqatiga asos soladi. U so'fiylik g'oyalari, shuningdek, o'z tariqati asoslarini targ'ib etishda she'rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o'z asoslagan g'oyalarni she'riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to'g'ridan-to'g'ri Qur'on g'oyalari va payg'ambar Muhammad Alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg'ambar Muhammad Alayhis-salom ta'limotida ulug'langan ma'naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo'ylik targ'ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo 'lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o'rin tutadi. Ularning barchasida so'fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g'oyalar o'z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko'zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo'llaridan biri sifatida e'tirof etiladi.

Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko'zlik, o'g'rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan ko'risha oladi, nafsga mute bo'lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:

Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg'on, Har kim topsa, rozi bo'lib, bo'yi sung'on Yaxshilarga xizmat qilib duo olg'on, Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo'q. Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg'on, Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg'on, Bu gumrohdin so'rmang savol, yo'lda qolgan, Haqni topgan o'zi pinhon, so'zi pinhon Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga. Banda bo'lsang mehnat tortg'il g'ofil odam, Oqil ersang g'animatdur senga shul dam Omonatdir aziz joning yurma beg'am, Eshitib o'qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.

Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, maDnaviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, maDrifat boDlmagan o'lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o'tadi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yoDlini targDib qilar ekan, insonni jaholat botqog'idan xalos qilish lozimligiga urgDu beradi. U shariatda orif-biloh bo'lishni, tariqatda voqif-asror boDlishni, haqiqatda komilDmukammal bo'lishni, ma'rifatda daryoi ummon bo'ishni talab qiladi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan gDoyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos boDlish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.

Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G'azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish,-unga muhabbat qo'yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to'g'rilik, rostgo'ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g'olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta'minlanishi uchun turli yo'llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta'limoti g'oyalariga ko'ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta'kidlanganligidan guvohlik beradilar.

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

XIV asrning boshlariga kelib, Movarounnahrda so'fiylikning yana bir oqimi Naqshbandiya tariqati shakllandi.

Naqshbandiya ta'limoti o'zining hayotiy g'oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining DildiziD uzoq davrlar, ya'ni, Sharq Uyg'onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim- Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so'fiylik ta'limoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta'kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G'azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.

2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

3. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O □ RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

4. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O^QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

5. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O □ RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O^RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

6. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO^JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

7. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

8. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O^QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O □RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

9. Do□ Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O^QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O^RGANISH. Scientific progress, 1(6).

10. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O^QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O^RNI. Scientific progress, 1(6).

268

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

11. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

13. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Хдйдаров, С. А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.