SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
AGIOGRAFIK ADABIYOTDA TAZKIRA
Sayidolimov Javoxirbek Baxtiyorjon o'g'li,
FarDU o'qitvchisi.
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Sharq agiografik adabiyotining janrlaridan hisoblanga tazkiralar haqida so'z yuritiladi. Shu bilan bir qatorda tazkirlarning agiografik xarakteri haqida ham ma 'lumot beriladi.
Kalit so'zlar: agiografiya, tazkira, tasavvuf, pir, murshid, xrestomatiya.
This article talks about tazkiras from the genres of Eastern hagiographic literature. Along with this, information is also given about the hagiographic character of tazkirs.
Key words: hagiography, tazkira, mysticism, pir, murshid, chrestomathy.
Tazkira lug'aviy jihatdan "eslamoq, zikr etmoq" kabi ma'nolarni anglatar ekan, ma'lum bir shaxs eslanganda, ko'p hollarda, uning yaxshi xislatlari eslanadi. Shuning uchun tazkiralar o'zida agiografik ruhni aks ettiradi. Buni qay darajada yoritib berish esa muallifning ijodiy yondashuvi va g'oyaviy maslagiga bog'liq. Har bir zamon va makonda mashhur insonlar ideallashtirilgan. Ijodkor tazkirani o'zi xohlagan usulda, masalan, abjad tizimida, hududiy yo sulola jihatidan, ba'zan alifbo asosida, shaxsan ko'rgan yoki muloqotda bo'lgan-bo'lmaganlik asosida joylashtirishi mumkin. Muallif ijodiy yondashuv vaqtida tazkiralarda ta'rif etilayotgan ijodkor haqida etarli faktlarga ega bo'lmagan, ba'zi paytlarda xalq orasidagi obro'-e'tibori jihatidan mazkur shaxslarning ijodini yoritish vaqtida agiografik xususiyatlariga e'tibor qaratiladi. Mualliflarning o'tmish mutafakkirlari haqidagi tafsilot va ma'lumotlari ikki jihati bilan kitobxon diqqatini o'ziga jalb etadi:
Birinchidan, muallif u yoki bu mutafakkirning hayoti, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi haqida fikr yuritar ekan, ko'pincha tug'ilgan yili, manzili, bolalik va yigitlik onlari, qaysi kasb orqasidan kun kechirishi, faoliyati haqida batafsilroq ma'lumot berishga intiladi. Ayni paytda o'sha donishmandning dunyoqarashi, ustodi-piri, nasl-nasabini ham uqtiradi, bu uning ruhiy olamini chuqurroq idrok etishda muhim omil hisoblanadi. Shu jihatdan ham tazkiralar agiografik xususiyatni namoyon etadi. Masalan, Alisher Navoiy Bobo Xushkeldi haqida quyidagicha ma'lumot beradi: "Niso shahri atrofidagi qishloqlarning birida yashardi. Bobo Ali balo bilan urushdik, balo bizni bosdi, ammo Xushkeldi o'z dushmanini bosdi, degandek, vabo Nisoning barcha qishloqlariga tarqaldi, ammo Xushkeldi yashaydigan qishloq aholisining
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
birontasi vaboga uchramadi [1. 210]. Ko'rinadiki, Bobo Alining g'ayrioddiy xislatiga urg'u berilmoqda va bu hol to'laligicha agiografiyaga qo'yilgan talablarga mos keladi.
Ikkinchidan, har bir shaxs siymosini kitobxon ko'z oldida to'laroq namoyon etish maqsadida ijodkor tasvirlayotgan shaxs hayotida ro'y bergan favqulodda ruhiy holatlardan, ilmiy va jismoniy qudrati-yu karomatlaridan eng diqqatga molik lavhalarni keltirib o'tadi. "Naqldir. To'rt yuz sufiy bilan Barriyaga kirdi. Och qoldilar. - Yo shayx! Bizga bitta pishgan kalla, issiq non bersang, - dedilar. - O'tiringiz, -dedi. Qo'lini hirqasiga suqib, bitta pishgan kallani issiq nonga o'ralgan holda olib, oldilariga qo'ydi. Yangi xurmo so'radilar. - Keling, meni daraxtdek siltang, - dedi. Siltadilar, yangi xurmolar to'kildi. To'ygunlaricha edilar" [2.134]. Har doim ham mazkur turdagi asarlarni to'g'ridan to'g'ri qabul qilish maqbul emas, chunki ayrim o'rinlarda sharh va izoh talab qilinadi. Bunday hollarda majoziylikka e'tibor qaratish lozim. "Meni silking, muddaoingiz hosil bo'ladi", deyilganda ma'rifat nazarda tutilmoqda. Ilm bu rizqlantiruvchi vosita ekani hamda e'tiqod rizqqa eltuvchi yo'l ekanligiga urg'u berilmoqda. Mana shuning o'zi ham tazkiralarning agiografik asarlar qatoriga kirishini ko'rsatib turibdi. Mansur Xalloj haqidagi jumlalar va avliyolarning faoliyatlari bilan bog'liq tafsilotlar bunga misol bo'la oladi. Shu narsani ham unutmaslik kerakki, agiografik asarlar tarixiy shaxslarni gavdalantirsa-da, boshqa turdagi tarixiylikka asoslangan asarlardan farqlanadi. Tarixiy manbalarda nomi keltirilgan shaxslarni tarixiy jihatdan yoritib berishda aniq faktlarga murojaat qilinadi. Muayyan shaxslarning ichki olamini ta'riflash va mavhum bo'lgan tushunchalarni aniqlashtirish maqsadida to'qima obrazlardan keng foydalaniladi. Lekin to'qima obrazlarning tarixiy asardagi o'rni asar qurilishiga deyarli ta'sir qilmaydi, aksincha voqealar tafsilotini to'ldiruvchi element bo'lib xizmat qiladi. Agiografik asarlarda to'qima obrazlar deyarli qatnashmaydi, aksincha, asar qahramonining ruhiy holatini yoritib berish maqsadida uning o'z nafsi bilan bo'lgan ichki konflikt jarayonida uning ruhiy holati ochib beriladi. E'tiqodiy jihatdan o'zini haq yo'lda hisoblagan har bir shaxs, aslida, o'zi bilan emas, nafsi bilan kurashadi. Buning sababi, yuqorida keltirib o'tilganidek, inson e'tiqodiy qarashlarda ko'pincha aqliy faoliyatga emas, hissiy tuyg'ularga tayanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sayfiddin Ali Safiyning "Turli toifalar haqidagi latifalar" (latifa deganda satira yo yumorni tushunmaslik lozim, latifa - dastavval ibratomuz hikoya va pand-nasihat ruhida bo'lgan, unda mo'jizaviy voqealar hikoya qilinadi [3.248]. Latif so'zining lug'aviy ma'nosi "yoqimli" bo'lgani sababli ham xalq bunday suhbatlarni intiqlik bilan kutgan), Zayniddin Vosifiyning "Badoe' ul-vaqoe'" ("Ajoyib voqealar") asarida ham yuqoridagi kabi holatlarni ko'rishimiz mumkin. Forsiy hamda turkiy tillarda
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Fariduddin Attor, Jomiy, Navoiy, Sayfiddin Ali Safiy, Fanoiy kabi ijodkorlar diniy hikoya va qissalarning go'zal namunasini yaratganlar. Ayniqsa, fors-tojik adabiyotida, xususan, Fariduddin Attorning "Tazkirat ul-avliyo" va "Mantiq ut-tayr" kabi asarlarida agiografik hikoyatlarning betakror namunalarini uchratamiz. XIV-XV asrlarga kelib bunday asarlar yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Dastlab "Abdurahmon Jomiy, keyinchalik Navoiy sardorlik qilgan bu katta ijodiy maktabda ilmiy-nazariy bahslar qissaxonliklardan tashqari voizlik, latifago'ylik, lutf va zarofatga juda katta e'tibor berilar edi. Mushoirayu mubohasalarda adib va noqillar o'z nutqlarida o'tmish va zamon voqealari, mashhur kishilar hayoti va faoliyati xususida hikoyatlar keltirishar, Qur'oni Karim-u payg'ambar hadislarini nasr va nazmda ta'sirchan yo'sinda bayon etganlar. Keyinchalik bunday hikoyatlar "Habib-us siyar", "Makorim-ul axloq", "Majolis-un oshiqin", "Badoe'-ul vaqoe'", "Nafohat-ul uns", "Futuvvatnoma" singari asarlar tarkibiga kiritildi" [4.239]. Bundan tashqari, tazkiralarning agiografik asarlar qatorida e'tirof etilishi jahon adabiyoti tajribasida ham mavjud. Shaxsning ruhiy poklanishi jahon adabiyotida ko'pincha yaxlit asar sifatida yaratiladi, misol uchun Lev Tolstoyning agiografik xarakterdagi "Avliyo Sergiy" qissasida asar qahramonining ruhiy poklanishi, bunga qadar bo'lgan hamda ruhiy poklanishdan so'nggi holati batafsil bayon etiladi. Asar so'nggida esa Sharq adabiyotidagi tazkiralar singari kichik bir voqea orqali xulosalab beriladi. Tazkiralarda esa bunday jarayon sezilmaydi, ya'ni ruhiy poklanishga sabab bo'lgan voqea-hodisa va ruhiy poklanishdan keyingi karomatlari bayon etiladi. Ahamiyatli joyi shundaki, jahon adabiyotida tazkira sifatidagi asarlar Sharq agiografiyasida manoqib tipidagi asarlarga to'g'ri keladi. "Qisas ul-anbiyo" turkumidagi asarlarda ayrim payg'ambarlar, avliyolar yo hakimlar hayoti va faoliyati bilan bog'liq voqea -hodisalar keng tafsilotlarsiz qisqa holda zikr etilgan. Shu kabi lavhalarning mavjudligi ham tazkiralarning agiografik xarakterini namoyon etadi. Bu mazkur turdagi asarlar bir biridan oziqlangan holda rivojlanib kelganligini ko'rsatadi. "Ibn Sa'dning "At taboqot al-kubor" asarida "Muhammad alayhissalom hayoti va faoliyati bilan bog'liq tafsilotlar bilan bir qatorda sahobalar haqidagi qisqa ma'lumotlar keltirib o'tiladi. Bunda mazkur sahobalar hayotidagi ibratli jihatlar tazkiralarga xos usulda bayon etilgan". [4] Tazkiralar jahon adabiyotida, dastavval, xrestomatiyalar shaklida yaratilgan bo'lib, keyinchalik o'zining asl mohiyatini yo'qotib borgan: "Xrestomatiyalar dastlab diniy maktablar tomonidan tuzilgan bo'lib, ularda payg'ambar va avliyolar, odamning yaratilishi haqidagi diniy asarlardan parchalar keltirilgan" [6.339].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
1. Алишер Навоий. Насойим ул-мухдббат. Тошкент. O'zbekiston - 2018. Б-210.
2. Фаридуддин Аттор. Тазкират ул-авлиё. Тошкент. Узбекистон миллий энциклопедияси -1997. Б. 134.
3. N Rahmonov N. O'zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrda XV asrning birinchi yarimigacha). Toshkent.: Sano-stabdart. 2017-y.248-b
4. Хрмидий X,. Ку^на Шарк даргалари, Тошкент. 1999, Б.239
5. https : //moturidiy.uz/oz/news/1309
6. Хотамов.Н, Саримсоков.Б. Адабиётшунослик терминларининг руча-узбекча изошли лугати. Тошкент. Укитувчи. 1979. Б. 339.
7. Umarov, D. (2023). THE FIRST STAGES OF UZBEK STORYTELLING. Modern Science and Research, 2(6), 854-859. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21240
8. Umarov, D., & Tojimatova, Z. (2023). INTERPRETATION OF THE HERO OF A LITERARY WORK. Modern Science and Research, 2(6), 1104-1106.
9. Odiljon o'g'li, U. D. (2023). ADABIY ASAR QAHRAMONI TALQINIDAGI O 'ZIGA XOSLIKLAR. IQRO, 2(2), 777-785.
10. Umarov, D. (2023). THE IMPORTANCE OF LITERARY CRITICISM ARTICLES IN LITERARY STUDIES. Modern Science and Research, 2(6), 848-853.
11. Baxtiyorjon o'g'li, S. J. (2023). SHARQ AGIOGRAFIYASI RIVOJIDA SIYRA JANRINING AHAMIYATI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(14), 38-41.
12. Sayidolimov, J. B. O. G. L. (2023). AGIOGRAFIK OBRAZLARNING MAZMUN-MOHIYATIDAGI EVRILISHLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 1318-1322.