Научная статья на тему 'AG‘DARMALAR CHO‘KISHINI KUZATISHNING MARKSHEYDERLIK TA’MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH'

AG‘DARMALAR CHO‘KISHINI KUZATISHNING MARKSHEYDERLIK TA’MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
35
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ag‘darma / deformatsiya / chо‘kish / jins / zichlanish / siqilish / tekisda chо‘kish / notekis chо‘kish / geodezik о‘lchash / reperlar / geometrik nivelirlash / to‘liq stvor / stvor qismlari / ketma – ket stvorlar / siljishlar / nuqta xatoligi. / Overturning / deformation / subsidence / rock / compaction / compression / plane subsidence / non-uniform subsidence / geodetic measurement / gauges / geometric leveling / complete wall / parts of the wall / series offsets / offsets / point error.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Abdiazizov Asliddin Adham o‘g‘li, G‘ayratova Madinabomu Zaxriddin qizi

Ushbu maqolada Respublikamizda faoliyat olib borayotgan kon korxonlaridagi mavjud ag‘darmalarni marksheyderlik kuzatish va ustuvorligi ta’minlashning maqbul yechimlarini ishlab chiqish va samarali natijaga erishish haqida bayon qilinadi. Bu ishlarni bajarishda noodatiy bo‘lgan usullardan biri stvorlar usulidan foydalanilgan va bajarish tartiblari ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF MARKHEIDING PROVISIONS OF MONITORING THE LANDING OF LANDMARKS

This article describes the development of optimal solutions for monitoring and prioritization of mining enterprises operating in our country and achieving effective results. One of the unusual ways to do these things is to use the step-by-step method and show how to do it.

Текст научной работы на тему «AG‘DARMALAR CHO‘KISHINI KUZATISHNING MARKSHEYDERLIK TA’MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH»

AG'DARMALAR CHO'KISHINI KUZATISHNING MARKSHEYDERLIK TA'MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH

Abdiazizov Asliddin Adham o'g'li G'ayratova Madinabomu Zaxriddin qizi

, QarMII "Marksheyderlik ishi" ta'lim yo'nalishi

QarMII Konchilik ishi kafedrasi stajyoq o qituvchisi

2-bosqich talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Respublikamizda faoliyat olib borayotgan kon korxonlaridagi mavjud ag'darmalarni marksheyderlik kuzatish va ustuvorligi ta 'minlashning maqbul yechimlarini ishlab chiqish va samarali natijaga erishish haqida bayon qilinadi. Bu ishlarni bajarishda noodatiy bo 'lgan usullardan biri stvorlar usulidan foydalanilgan va bajarish tartiblari ko 'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Ag'darma, deformatsiya, cho'kish, jins, zichlanish, siqilish, tekisda cho 'kish, notekis cho 'kish, geodezik о 'lchash, reperlar, geometrik nivelirlash, to 'liq stvor, stvor qismlari, ketma - ket stvorlar, siljishlar, nuqta xatoligi.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МАРКШЕЙДЕРСКОЕ ПОЛОЖЕНИЯ

КОНТРОЛЯ ЗА ПОСАДКОЙ ДОСТОПРИМЕЧАТЕЛЪНОСТЕ

Абдиазизов Аслиддин Адхам угли Гайратова Мадинабону Захриддин кизи

Образовательное направление КарИЭИ «Маркшайдерскоэ

Преподаватель-стажер кафедры «Горное дело» КарИЭИ

дело» студент 2 курса

Аннотация. В данной статье описана разработка приемлемых решений по мониторингу и приоритезации горнодобывающих предприятий, работающих в нашей стране и достигающих эффективных результатов. Один из необычных способов сделать это — использовать пошаговый метод и показать, как это сделать.

Ключевые слова: опрокидывание, деформация, проседание, коренная порода, уплотнение, уплотнение, плоскостное проседание, неравномерное растяжение, геодезические измерения, измерения, геометрическое выравнивание, полнота стены, участки стены, последовательность - смещения, смещения, точечный разлом.

IMPROVEMENT OF MARKHEIDING PROVISIONS OF MONITORING THE

LANDING OF LANDMARKS

Abdiazizov Asliddin Gayratova Madinabomu

Trainee teacher Department of the "Mining " department of „,,,,,,

„ KarEEI Markscheider educational direction 2nd stage student

KarEEI

doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10431804_

KON-METALLURGIYA VA ISHLAB CHIQARISH SANOATI www.srt-iournal.uz'

ГОРНОДОБЫВАЮЩАЯ МЕТАЛЛУРГИЯ И ОБРАБАТЫВАЮЩАЯ ПРОМЫШЛЕННОСТЬ -

MINING METALLURGY AND MANUFACTURING INDUSTRY 152

Abstract. This article describes the development of optimal solutions for monitoring and prioritization of mining enterprises operating in our country and achieving effective results. One of the unusual ways to do these things is to use the step-by-step method and show how to do it.

Keywords: Overturning, deformation, subsidence, rock, compaction, compression, plane subsidence, non-uniform subsidence, geodetic measurement, gauges, geometric leveling, complete wall, parts of the wall, series - offsets, offsets, point error.

Kirish. Konchilik insoniyat faoliya-tining asosiy ko'rinishlaridan biri bo'lib, hayot darajasi va ishlab chiqarishning o'sishini ta'minlaydi. Kon ishlari sanoatning yetakchi tarmog'i sifatida konlarni izlab topish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xomashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalarini qurish va turli vazifa-larni bajarishga mo'ljallangan yerosti insho-otlarini barpo etish kabilarni o'z ichiga oladi.

Hozirgi vaqtda konlarda markshey-derlik xizmati quyidagi vazifalardan iborat:

- yer osti teodolit yo'llarini o'tkazish;

- ruda qazib olishga yo'nalish berish;

- ruda xisobini yuritish;

- qazib olingan bo'shliq xajmini grafik usulda aniqlash;

- xosil qilingan ag'darma xajmini hi-soblash;

- ag'darmada kuzatuv ishlarini tamin-

lash.

Ushbu masalalardan biri ag'darmada kuzatuv ishlarini taminlash maqsadida geo-dezik kuzatuv va syomka ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Adabiyotlar tahlili va mеtodlar. Ag'darmalar deformasiyasi ularning og'irlik kuchlari ta'siri ostida va o'ziga turli xil tabiiy va texnogen faktorlar ta'sir etishi natijasida yuzaga keladi. Asosan ag'darma deformasiyasi ulardagi jins qatlamining xarakatiga bog'liq. Bu xarakatlar tik va gorizontal holatda yuzaga kelishi mumkin.

Ag'darmalarning tik deformasiyasi doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10431804

quyidagilarga bo'linadi:

- cho'kish-deformasiyalar, ag'darma tarkibidagi jinsning tashqi ta'sir va alohida holatlarida jinsning o'z og'irligi ta'sirida zichlanishi natijasida yuzaga keladi va bunda jins strukturasi tubdan o'zgarmaydi;

- siqilish deformasiyalari, jinsning zichlanishi natijasida yuzaga keluvchi va tashqi ta'sir sababli jins strukturasi tubdan o'zgarishiga olib keladi masalan, tuproqning namlanishi, muzlagan jinslarning erishi va hokazolar;

- bo'rtish deformasiyalari, jins qat-lamiga turli ximiyaviy moddalar ta'sirida yoki uning namligi, harorati o'zgarishi natijasida jins hajmining o'zgarishi;

- o'tirish deformasiyalari, yer osti qazilma boyliklarini qazib olish, gidro-geologik sharoitning o'zgarishi natijasida yuzaga keladi.

Ag'darma cho'kishining matematik xarakteristikasi-ag' darmaning boshlang' ich va cho'kish sodir bo'lgandan keyingi tekisliklari oralig'idagi tik kesma bilan ifodalanadi.

Agarda bu kesmalar ag'darmaning barcha nuqtalarida teng bo'lsa bunday cho'kish bir tekisda cho'kish deyiladi, agarda kesmalar teng bo'lmasa notekis cho'kish hisoblanadi. Shunday qilib bir tekisda cho'kish ag'darmaning barcha qismiga bo'lgan tashqi muhit ta'siri bir xilda bo'lgan, hamda ag'darma tarkibidagi tog' jinslarining bir xilda siqilishi natijasida

yuzaga kelishi mumkin. Bu holat amalda kam uchraydi.

Notekis cho'kishlar ag'darma qism-lariga turli xil ta'sir ko'rsatilishi va jinsning turlicha siqilishi natijasida yuzaga keladi va bu holat ag'darmalar asoslari og'ishiga, egilishi va boshqa xil o'zgarishlariga olib keladi. Bu o'zgarishlar sezilarli darajada bo'lganda ag'darmalarda katta ko'chish va surilishlar paydo bo'lishi mumkin.

Ag'darmalarning o'z og'irligi natijasida sodir bo'ladigan cho'kishlar jins qatlamining siqilib borishi natijasida ma'-lum vaqtdan keyin to'xtaydi.

Bunda odatdagiday, bo'shoq jinslarda cho'kish katta tezlikda harakatlanadi va tez to'xtaydi. Tuproq jinsli joylarda esa teskari holatda, ya'ni sezilarli bo'lmagan tezlikda boshlanib, ko'p yillar davomida tugamaydi.

Natijalar. Deformatsiyani kuzatish, ag'darma hosil qilish boshlangan vaqtdan, to undan foydalanish tugaguncha va uzoq yillargacha davom ettiriladi. Bunda kuzatish bosqichlari balandlik qiymatlari o'zgarmas bo'lgan punklarga bog'langan holda olib borilishiga talab qilinadi.

Ag'darmalarning siljishi va cho'kishini Marksheyderlik kuzatish maxsus texnik vazifaga binoan bajariladi. U yerda quyi-dagilar ko'rsatiladi:

a) ag'darmalarning kuzatilishi ke-rak bo'lgan qismlari;

b) boshlang'ich reperlar va cho'kish markalarining joylashishi;

c) kuzatish davriyligi;

d) talab qilingan aniqligi;

e) hisobot hujjatlarining ro'yxati.

Ag'darma deformatsiyasini kuzatish

natijalari, jinslarning qanchalik mustah-kamligini aniqlash hamda cho'kish sodir bo'lishining oldini olishga imkon beradi. Ushbu masalalarni hal qilish maqsadida doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10431804

quyidagi marksheyderlik va geodezik kuzatuv ishlarni amalga oshirish orqali yuqori aniqlikdagi natijalar olishda quyidagi ikki usulda ish amalga oshiriladi:

1) Geodezik о 'Ichash ishlari - aniqligi bo'yicha uch darajali nivelirlashga bo'linadi. Ikki marotaba bajariladigan nivelirlash ishlarining natijalari 1 - darajali nivelirlash uchun 1 mm dan, 2 - darajali nivelirlash uchun 2mm dan va 3 - darajali nivelirlash uchun 5mm dan oshmasligi kerak.

Chuqurlik reperlari metalli, qo'sh-metalli va qo'shtorli bo'lishi mumkin. Chuqurlik reperlarining bo'yi 2m dan 100 m gacha va undan ham uzunroq ko'rinishda barpo etiladi. Reperlarni qurilayotgan joy bosimi ta'sir doirasidan 0.5-2 km nariroqda o'rnatish lozim.

Chuqurlik reperlari ag'darma cho'kishi nivelirlashning 1-darajali nivelirlash aniq-ligida bajarilishi lozim bo'lgandagina o'rnatiladi. Agar inshoot cho'kishi nivelirlashning 2- va 3- darajali nivelirlash aniqligida bajarilsa, unda yer reperlari o'rnatiladi. Yer reperlari esa to'rt donadan kam bo'lmasligi kerak.

Reperlar ko'p vaqtgacha saqlanadigan qilib barpo etiladi. Ularning turg'unlik darajasi

M< ±mn b k x=V2ñ ifodadan topiladi. Bu yerda n -stansiyalar soni;

mn.b.k.x — birgina stansiyadan

aniqlanadigan nisbiy balandlikning o'rtacha kvadratik xatosi. 1 - darajali nivelirlash uchun bu qiymat ± 0,15 mm ni, 2 - darajali nivelirlash uchun ± 0,5 mm va 3 - darajali nivelirlash uchun ±1,0 mm bo 'lishi talab etiladi.

2) Geometrik nivelirlash usuli. Ko'pgina bir xil jinsli tarkibdagi ag'darmalar

www.srt-iournal.uz

154

cho'kishini kuzatish aniqligi I yoki II sinf nivelirlash usuli yordamida ta'minlanadi.

Faqatgina ayrim hollardagina cho'kish-ni aniqlashda yuqori aniqlikda nivelir-lashning maxsus usullari qo'llaniladi.

Nivelirlashning I sinf uslubida ag'dar-ma cho'kishini aniqlash asbobning ikki gorizontida, to'g'ri va teskari yo'nalishda, yuqori aniqlikdagi nivelirlar H - 05 va Ni -002 yordamida bajariladi. Nivelirlashda invarli reyka qo'llaniladi.

Nivelirlash tashqi muhit qulay va reyka shtrixlari tasviri yetarlicha aniq ko'rinadigan sharoitda amalga oshiriladi.

Yuqorida ko'rilgan usullar keng qo'l-lanilishiga qaramay hozirgi zamon talablari yuqori aniqlikdagi natijalarni talab qiladi. Shunday ekan biz amalda qo'llayotgan usullardan biroz farq qiluvchi noodatiy usullarda amalga oshirishni ko'rib chiqamiz.

Bizga noodatiy bo'lgan usullardan biri stvorlar uslidir ushbu usulning quyidagi turlari mavjud:

- To 'liq stvor sxemasi;

- Stvor qismlari sxemasi;

- Ketma - ket stvorlar sxemasi;

- Yopib qo 'yuvchi stvorlar usuli.

Ushbu usullardan eng samarali bo'lgan

usul stvor qismlari sxemasi va ketma - ket stvorlar sxemasi mos kelganligi sababli doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10431804

ushbu usullardan foydalanishni amalda qo'llaymiz.

Stvor qismlari sxemasi. Bu sxemada ag'darmada o'rnatiladigan kuzatish punkt-lari I-II orasidagi masofa (1-rasm) taxminan

teng to'rtta qismga 1.2, 2.4, 4.6, 6.11 bo'linadi. Avval umumiy stvor I-II ga nisbatan o'rtadagi 4-nuqta holati aniqlanadi.

Keyin 1.4 va 11.4 yarim stvorlarga nisbatan 2 va 6-nuqtalarni siljishi o'lchanadi va undan keyin har bir 1.2, 2.4, 4.6, 6.1 chorak stvorlarda qolgan barcha kuzati-layotgan nuqtalarning siljishi aniqlanadi. Shunday qilib, umumiy stvor faqat o'rtada joylashgan nuqtaning siljishini aniqlashda ishlatiladi. O'lchashlar to'g'ri va teskari yo'nalishlarda amalga oshiriladi. Ushbu ishlar yo'riqnomada ko'rsatilgan vaqtlarda qayta amalga oshiriladi va oldingilari bilan solishtirilib siljish, cho'kish va surilishlar bashorat qilinadi

Bu sxemada o'lchashlar turli stvorlarda bajarilganligi uchun aniqlangan siljishlarni umumiy stvorga keltirish masalasi vujudga keladi.

O'lchashlar quyidagicha amalga oshi-riladi

O'rtada joylashgan 4-nuqta uchun o'lchangan (y) va keltirilgan siljishlar (q) qiymati teng, ya'ni:

www.srt-iournal.uz

155

Bunda I-II punktlar orasida joylash-tirilgan nuqtalarda turib joylashtirilgan reperlarda teodolitda nuqtalar orasidagi masofa va vertikal burchaklar aniqlanadi.

У4=^4 = 8 m Ikkinchi nuqta uchun:

У2=^2+ ^2 yoki У2

Bu yerda S2 quyidagi nisbatda hisob-lanadi

£2 _ I12 У4 11.4

6-nuqta uchun uchun:

I ¿11.6

У6 = Я6+Я4 -,—

<•11.4

1-nuqta uchun:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

У1 =9l+ ¿1 + ^ bu yerda

0 „ ^1.1

01 = Ч2Т-

l1.2

о „ ^1.1

02= 44

<1.4

bundan:

У1 =^1+^2 Г" + Ч4Т-

<1.2 <1.4

Teskari yo'nalishda (II punktdan I ga nisbatan) nuqtalarda o'lchashlar quyidagi tartibda bajariladi: 4, 6, 2, 7, 5, 3, 1.

Agarda avvalgiday o'rtada joylashgan 4- nuqta xatoligini 1 ga teng deb qabul

qilsak, u holda boshqa nuqtalar uchun ruxsat etilgan xatolik quyidagicha bo'ladi:

1 va 7- nuqtalar......0.43

2 va 6- nuqtalar......0.71

3 va 5- nuqtalar......0.83

4-nuqta................1.0

doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10431804

Ko'rinib turibdiki, to'liq stvor sxe-masiga nisbatan bu nuqtalar orasidagi xatoliklar qiymatlari yaqinlashdi. Ammo o'rtada joylashgan nuqtalar xatoligi stvor chekkasidagi nuqtalarga nisbatan 2 baravar katta. Bu esa ushbu sxemaning asosiy kamchiligidir.

Ushbu usulning boshqalardan farqli o 'laroq aniq natijalar olish va har kuzatish ishlarini masofalarga asosan aniqlash imkoniyati mavjudligidir. Kamchiligi esa borib bo'lmas nuqtalani o'lchashda muam-molar yuzaga kelishligi va har o'lchashda xatoliklarning bir biridan farq qilishligi-dadir.

Ketma - ket stvorlar sxemasi. Bu sxemada geodeziyada ma'lum bo'lgan holat, ya'ni oriyentirlash aniqligi uzoq punktlarga vizirlaganda ortib borishi, masofa o'lchash aniqligi esa qisqa masofalarda yuqori aniq-likda bajarilishi qo'llanilgan. Ketma-ket stvorlar sxemasining mohiyati quyidagidan iborat.

Taxminan teng qismlarga bo'lingan stvorning boshlang'ich punktiga teodolit, oxirgi punktiga esa vizirlash markasi o'rnatiladi (2-rasm). Umumiy I-II stvorga

nisbatan faqat 1-nuqtaning siljishi o'lcha-nadi. Keyin teskari yo'nalish bo'yicha o'lchashlar davom ettiriladi. Teodolit II nuqtaga, vizirlash markasi esa I nuqtaga o'rnatiladi.

Umumiy 1.11 stvorga keltirish ifodasi

quyidagicha yoziladi:

У1 = 4i

У2 = 4l Г^1 + ^2

1.11

3.11 3.11

Уз = Ч1-3—+ 42-,— + Я 3

l1.1 l2.11

Agaгda stvoг o'гtasida joylashgan 4-kuzatish nuqtasining xatoligini 1 ga teng desak, u holda qolgan nuqta^ xatoliklari quyidagicha bo'ladi:

1 va 7- nuqta^.........0,70

2 va 6- nuqta^.........0,87

3 va 5- nuqta^.........0,97

4- nuqta.....................1 ,0

Bu sxemada siljishni o'lchash aniqligi boshqa ko'гib chiqilgan sxemalaгga nisbatan barcha nuqtalaг uchun biг-biгiga yaqin aniqlikda bajaгilgan.

O'гtadagi eng zaif nuqta xatoligi chek-kadagi nuqtalarga nisbatan V2 maгta oгtadi.

Bu sxemada o'lchash jarayonida xatolaг yig'ilib borishi kuzatiladi, bu esa asosiy kamchilik hisoblanadi.

Xulosa. Xulosa o'mida shuni ta'kid-lash joizki hoziгgi kunda ag^ama^m kuzatish va maгsheydeгlik kuzatish isЫaгini geodezik tayanch shaxobchalaгiga bog'lash ishlaгini zamonaviy o'lchash asboblaгi bilan bajarilishiga qaгamay kamchiliklaг mavjud ekanligini ko'гishimiz mumkin. Doimiy usullaгdan biroz faгq qiluvchi stvoгlaг usuli-dan foydalanish biг qancha muammolami bartaraf qilish hamda ko'pгoq amiq ma'lumotla- olishga xizmat qiladi. Stvoгlaг usulida marksheyderlik kuzatish ishlari tгigonometгik nveliñash va masofalami o'lchash imkonini be^anligi sababli nivelri-lashdan ancha samarali ekanligi ma'lum bo'ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Jo'rayev D.O. Kurs ishini bajarish uchun uslubiy qo'llanma. T., TAQI, 2015

2. Nishonboyev N.M. Amaliy geodeziy. Me'morlik obidalarini ta'mirlashda bajariladigan geodezik ishlar (Геодезические работи при реставрасии архитектурных памятников). O'quv qo'llanma, T, "O'qituvchi". 1992.

3. Muborakov X.M. «Geodeziya va kartografiya», Toshkent, O'qituvchi 2002y.

4. Norxo'jayev K.N. Injenerlik geodeziyasi. T., O'qituvchi, 1984.

5. Qatlamli konlarni yer osti usulida qazib olish o'quv qo'llanma: N.X. Sagatov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi: Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2013 y.

6. Tepaqo'ton konida qazish ishlarini nobudgarchiliksiz olib borishning istiqbolli yechimlari. Aralov M.M, Berdiyev D.F, Abdiazizov A.A. Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences scientific journal. Aprel, 2021.

7. Dehqonobod kaliy tuz konida marksheyderlik ishlarida "Heron lite" skanerlash asbobini qo'llash tamoillari. A.A.Abdiazizov, M.Z.G'ayratova, Sanoata raqamli texnologiyalar, sentabr 2023 y.

doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10431804_

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.