Научная статья на тему 'AFG'ONISTONDA AMIR HABIBULLAXON DAVRIDA MA’RIFATCHILIK HARAKATLARI VA “YOSH AFG'ONLAR” HARAKATINING PAYDO BO'LISHI'

AFG'ONISTONDA AMIR HABIBULLAXON DAVRIDA MA’RIFATCHILIK HARAKATLARI VA “YOSH AFG'ONLAR” HARAKATINING PAYDO BO'LISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

235
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Afg’oniston / Amir Abdurahmonxon / Habibulloxon / ma’rifatchilik / ta’lim tizimi / “Habibiya” litseyi / ta’lim bosqichlari / “Shohiy” madrasasi / “Siroj-ul axbor” gazetasi / ma’rifatparvarlik g’oyalari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdimomin Shaxanovich Tursunov

Maqolada 1901-1919 yillarda Afg’onistonni boshqargan Amir Habibulloxon davrida amalga oshirilgan o’zgarishlar haqida so’z yuritilgan bo’lib, xususan ijtimoiy-ma’naviy sohadagi o’zgarishlarga keng urg’u berilgan. Xususan yangi maktab va litseylarning ochilishi, ma’rifatparvarlik g’oyalarining rivojlanishi va ularning jamiyat hayotidagi ta’siri. “Yosh afg’onlar” harakatining vujudga kelishi va uning afg’on jamiyati va davlatchiligida tutgan o’rni haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AFG'ONISTONDA AMIR HABIBULLAXON DAVRIDA MA’RIFATCHILIK HARAKATLARI VA “YOSH AFG'ONLAR” HARAKATINING PAYDO BO'LISHI»

AFG'ONISTONDA AMIR HABIBULLAXON DAVRIDA MA'RIFATCHILIK HARAKATLARI VA "YOSH AFG'ONLAR" HARAKATINING PAYDO

BO'LISHI

Abdimo'min Shaxanovich Tursunov

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada 1901-1919 yillarda Afg'onistonni boshqargan Amir Habibulloxon davrida amalga oshirilgan o'zgarishlar haqida so'z yuritilgan bo'lib, xususan ijtimoiy-ma'naviy sohadagi o'zgarishlarga keng urg'u berilgan. Xususan yangi maktab va litseylarning ochilishi, ma'rifatparvarlik g'oyalarining rivojlanishi va ularning jamiyat hayotidagi ta'siri. "Yosh afg'onlar" harakatining vujudga kelishi va uning afg'on jamiyati va davlatchiligida tutgan o'rni haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Afg'oniston, Amir Abdurahmonxon, Habibulloxon, ma'rifatchilik, ta'lim tizimi, "Habibiya" litseyi, ta'lim bosqichlari, "Shohiy" madrasasi, "Siroj-ul axbor" gazetasi, ma'rifatparvarlik g'oyalari.

KIRISH

XIX asr oxirida Afg'onistonda Amir Abdurahmonxon (hukmronlik davri: 1880-1901 yy.) tomonidan butun mamlakatni yagona hukumatga birlashtirib, tizimli ichki boshqaruv tartibini o'rnatishi mamlakatning inglizlardan mustaqil bo'lishi va barcha sohalarda rivojlanish sari tashlagan katta qadamlaridan biri bo'ldi. Amir Abdurahmonxon vafotidan so'ng taxtga o'gli Habibulloxon (hukmronlik davri: 19011919 yy.) o'tirdi. Uning hukmronlik davri juda ko'plab yangilanishlarga boy davrlardan biri bo'ldi. Bunda ta'lim tizimidagi ijobiy o'zgarishlar: yangi ta'lim tizimi, yangi litsey va maktablar ochilishi va natijada yangi bir ma'rifatparvar qatlamning yetishib chiqishiga olib keldi. Afg'on jamiyatida yangi gazetalar nashri paydo bo'ldi, xalq bu orqali jamiyat hayotida bo'layotgan o'zgarishlardan bahramand bo'la boshladi. Bu o'zgarishlar natijasi o'laroq ma'rifatparvarlarning yangi jamiyat va partiyalari vujudga kelaboshladi. Bularning eng mashhuri "Yosh afg'onlar" jamiyati edi. Ushbu jamiyat yetishtirgan vakillar orqali keyinchalik butun mamlakat boshqaruvida demokratik o'zgarishlar sari qadamlar tashlandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bu davrda ma'rifatchilik harakati rivojlanib, "Yosh afg'onlar" harakatining rivojlanishi afg'on jamiyatida ma'lum o'zgarishlarga olib keldi. Bu ayniqsa ta'lim sohasida ham ancha

June, 2022

1133

ko'zga tashlandi. 1903-yilda Afg'onistonda ilk bor litsey ochiladi. Bu mashhur "Habibiya" litseyi edi. Bu vaqtgacha mamlakatda faqat 12 yillik hind-ingiliz tizimida asoslangan ta'lim bor edi. Bu ta'lim hind-ingliz sistemasi bo'yicha o'qitilar edi. Bu litseyida o'ziga to'q oilalarning farzandlari ta'lim olar,12 yoshdan 40 yoshgacha bo'lganlar qabul qilinar edi. Litsey ochilganida ta'lim oluvchilar soni 250-270 kishini tashkil qilar edi. Litseyni 1895-yilda amir xizmatiga o'tgan hind musulmoni Abdulg'ani boshqarar edi. Litseyda tajribali afg'on o'qituvchilari va hind musulmonlari, shuningdek turk o'qituvchilari dars berargan. Litseyda ta'lim turi hind-yevropacha usulda olib borilib, o'quvchilar diniy va dunyoviy ta'lim olar edilar.

Litseyda dars 3 bosqichda: boshlang'ich, o'rta va yuqori bosqichda o'tilar edi. Boshlang'ich ta'lim 4 yil davomida o'qitilgan. Unda islom dini qonunlari, fors tili, arifmetika, geografiya va kalligrafiya o'qitilar edi. 2-bosqich 3 yil davom etib, unda islom dini qonunlari, geografiya, fors va pushtun tillari va ingliz yoki nemis tillari o'qitilar edm. 3-bosqich ham 3 yil davom etgan. Unda islom dini qonuniyatlari chuqurlashtirilib o'tilgan. Bundan tashqari fors tili va adabiyoti, tarix, algebra, geometriya, mexanika, ximiya, ingliz tili o'qitilgan. Litseyda mamlakatdagi birinchi katta kutubxona ochilgan. Kobulning bir necha tumanlarida 6 ta yordamchi bo'limi ochilgan. Litseyga Hindistondan Najaf Ali va Muhammad Charog' dars berish uchun taklif qilingan. Tezda litseyning talabalari soni 269 taga yetdi.Bu litsey faoliyati tufayli afg'on jamiyatida ilg'or fikrlovchi kishilar soni ancha ko'paydi. To'gri, bu litseyda faqat zodagonlar farzandlari ta'lim olishlari mumkin edi, lekin ular kelajakda xalqni ma'rifatli bo'lishida katta hissa qo'shdilar. Ular o'qishlarini chet davlatlarda davom ettirib, yuqori malakali mutaxassislar bo'lib yetishdilar. Yurtlariga qaytib, mamlakatning qanchalik taraqqiyotdan ortda qolib ketayotganligini xalqqa tushintirishga harakat qildilar. Ularning sayi-harakatlari tufayli Afg'onistonda ilm-fan rivojlana boshladi. Ular milliy uyg'onish nima ekanligini izohlab, barcha afg'on xalqi savodli bo'lishi zarur ekanligini uqtirdilar. Xalq hayotida ilm-ma'rifat yuqori o'rinni egallashi lozim ekanligini bod-bod takrorladilar. Ijtimoiy turmushning taraqqiy etishida aholi ma'rifatliligi va ma'naviyatliligi birinchi o'rinda turishini isbotlab berdilar.

Bu vaqtda mamlakatda "Harbiya" litseyi ham o'zfaoliyatini olib borga edi. Unda asosan harbiy masalalar o'rgatilgan. Shu bilan bir qatorda XX asr boshlarida ilk maktablarham ochilgan. Ularda Qur'on, fiqh va hadisdan saboq berilgan, arab va fors tillari grafikasi puxta o'rgatilgan. "Habibiya" litseyiga kirish uchun avval maktablarni o'qib tugatish majburiy qilib qo'yilgan. Birinchi jahon urushi davrida ta'lim tizimida biroz o'zgarish bo'lgan. Bu davrda turk ta'lim tizimi birinchi o'ringa chiqadi. Ta'lim

June, 2022

1134

dasturlari turk usulida tayyorlashgan va o'qituvchilar ham Turkiyadan kelib dars bergan.

Habibulloxon hokimiyatining oxirgi yillarida o'quvchilar soni biroz kamaygan. 1916-yilda Kobul okrugida boshlang'ich maktablarni atigi 130-kishi tamomladi. Mamlakatda ko'plab madrasalar ham tashkil etilgan edi. Ularda Qur'on o'rgatilar edi. Bularni tugatib o'quvchilar zamonaviy maktablarda ham ta'lim o lish imkoniyatiga ega bo'lar edi.

Birinchi jahon urushi davrida 1913-yilda hukumat an'anaviy ta'lim berish usulini zamonaviylashtirish to'g'risida qaror chiqaradi. Ammo maktablarda ko'pincha mullalar dars berar edi . Ularning ko'pchilligi faqat diniy ta'limdan dars bera olar edi. Shuning uchun 1913-yilda bir qancha yangi usulda dars beriladigan maktablar ochiladi.

1911-yilda "Arjuman-e maoref" jamiyati tashkil etiladi. Jamiyatni Inoyatullaxon boshqarar edi. Bu jamiyat yangi o'quv dasturlarini ishlab chiqadi. Imtihon tartiblarini ham biroz o'zgartiriladi. Ular ta'lim tizimini butunlay isloh qilish zarurligini targ'ib qildilar. Bu jamiyat yetakchlari asosan ma'rifatparvar kishilar ekanligi bilan ajralib turar edi. Ular jaholat, bilimsizlik, madaniyatsizlik, mutaassiblik, ilm-fandan yiroq bo'lish inson azob-uqubatlarining asl sababi deya talqin etdilar. Ular mavjud tuzum, uning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy sohalaridagi barcha salbiy ko'rinishlariga va kamchiliklariga qarshi kurashish; maorif, erkinli k, hayotning insoniy-madaniy jihatlarini shakllantirish, ularni qo'llab-quvvatlash va himoya qilish, ma'naviy va axloqiy me'yorlarni takomillashtirish; xalq ommasi manfaatlarini himoya qilish, xalq farovonligini oshirishga sidqidildan intilish yo'lidan bordilar.

Bu jamiyat ma'rifatparvarlari tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilgan chora tadbirlar qatorida islom dini meyorlarini, Qur'on oyatlari va hadislarni, shariyat hukmlarini to'gri talqin etish, ta'lim tizimini isloh etish, uni zamon talablariga moslashtirish kabilar bor edi. Afg'on milliy taraqqiyparvarlari va ziyolilari musulmon ruhoniylarining fanga nisbatan salbiy munosabatda bo'lgan vakillarini qoraladilar. Ma'rifatparvarlar islom dini har bir musulmon erkak va ayolining bilimga ega bo'lishlarini, ularning zimmasiga burch qilib qo'yilganligini keng targ'ib qildilar. Ma'rifatparvarlar ilm-fanni taraqqiyotning va farovonlikning asosiy yo'naltiruvchi kuchi hamda jaholatga qarshi kurashning birdan bir vositasi deb hisobladilar. Ularning fikriga ko'ra chin musulmon bo'lish uchun diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy bilimlarni, ayniqsa, matematika, tarix, fizika, tibbiyot va boshqa fanlarni bilishlari zarur deb hisoblaganlar. Buni muqaddas Qur'on va hadislar orqali tasdiqladilar.

June, 2022

11З5

Shu bilan birgalikda marifatparvarlar o'z faoliyatlarida islomni to'g'ri izohlashga uringanlar, shuningdek islomga putur yetkazadigan urf-odatlarga, jamiyat rivojiga va taraqqiyotiga xalal beradigan salbiy ko'rinishdagi holatlarga qarshi chiqdilar. Ma'rifatparvarlar johillikni tugatishga, jamiyatda hurfikrlar, taraqqiyparvar g'oyalar uyg'otishga intildilar. Ularning an'anaviy ta'lim tizimlari islom dini qoidalari asosida tashkil qilingan bo'lib, maktab va madrasalarda diniy ta'lim bilan birga dunyoviy fanlar ham yuqori darajada o'qitildi. Boshlang'ich ta'lim maktablarda olib borilib, 5-7 yil davom etgan. O'quvchilar maktablarda o'qish va yozish bilan birgalikda arab tili, fors tili va Yevropaning biron bir tilini boshlang'ich darajada o'rganar edilar. O'quvchilarga oliy ta'lim dastlab madarsalarda berilar edi. Madrasalarni bitiruvchilari islom qoidalari, shariyat ahkomlari, Qur'oni karim oyatlari va suralarining sharhlarini to'liq o'zlashtirar edilar. Ular dunyoviy bilimlarni ham yetarli darajada o'zlashtirishga harakat qilar edilar. Madrasa bitiruvchilari hukumatning joylardagi vakolatli organlarida, maktablarda va boshqa davlat idoralarida ishlash huquqiga ega edilar.

1914-yilda Kobulda ilk bor o'qituvchilar tayyorlaydigan markaz ochiladi ("Dor-ul muallemin"). Ular har yili o'rtacha 30 ta o'qituvchi tayyorlanar edi.

Bu o'qituvchilar boshlang'ich maktablarda dars berar edilar. Biroq konservativ mullalar ta'sirida zamonaviy ta'lim sustlashib borar edi. Ular ko'pgina o'qituvchilarni islomdan yiroqlashib ketganligi va shariyat ahkomlarini bilmasliklarini bahona qilib, darslarni mullalar olib borishlari zarurligini uqtirar edilar. Ularning fikricha jamiyatda islom to'liq hukmron bo'lsagina, insonlar o'z maqsadlariga yetishadilar.

Ta'limni zamonaviylashtirish evaziga yangicha fikrlaydigan afg'on kadrlari yetishib chiqarish masalasi ma'rifatparvarlar tomonidan oldingi o'rinlarga qo'yildi. Bu ishni amalga oshirishda hind musulmonlari katta rol o'ynadilar. Ular Hindistonda ham ozodlik harakatlariga boshchilik qilar edilar va u yerlarda ham xalqni jaholat botqog'idan olib chiqishga intilar edilar.

Bundan tashqari Kobulda bir qancha inqilobga xizmat qiluvchi hind emmigrantlari ham yashar edi. Ular Afg'onistonda milliy burjuaziya yaratishga intilar edilar. Shundan so'ng Afg'onistonga Turkiya va Erondan ham emmigrantlar kela boshladilar. Ular inqilobga xizmat qilar edilar va tashqi kuchlar vositasida rag'batlantirib turilar edi. Ular Afg'onistonda ma'rifatparvarlarning harakatlariga to'sqinlik qilar va eskicha tartibni saqlab qolish uchun kurashar edilar.

XX asr boshlarida mamlakatda qator ijtimoiy muammolar

kelib chiqqan edi. Mamlakatda liberallar (Habibiya litseyi

June, 2022

tarafdorlari) va konstitutsiyaviy monarxiya tarafdorlari o'rtasida kurashlar boshlanadi.

1906-yilda yashirin siyosiy tashkilot - "Mashruta" tuziladi. U tuzgan tashkilotchilar o'zlarini "Yosh afg'onlar" deb atadilar. Ularning yetakchilaridan biri "Habibiya" litseyining direktori Abdulg'ani Panjobiy edi. U Angliyaning Oksford universitetini tamomlagan. O'sha vaqtlarda "Yosh afg'onlar" harakati rahbarlari litseyda, maktab va madrasalarda, shuningdek shoh saroyida xizmat qilar edilar. 1905-yilda "Shohiy" madrasasi katta o'qituvchisi va saroy mullasi Abdurauf Qandahoriy va "Habibiya" litseyi o'qituvchisi Muhammad Sarvar Qandahoriy "Siroj-ul axbor" gazetasini tashkil etadi. Bu yosh afg'onlarning birinchi nashri edi. Bu nashrda xizmat qilganlar asosan aholining ziyoli qatlami, vatanparvar yoshlari, shuningdek taraqqiyparvar kayfiyatdagi zobit va ilg'ar askarlar, amaldorlar va savdogarlardan iborat edilar.

Gazeta redaksiyasi tarkibida hind musulmonlaridan Najaf Alixon va Haydar Alixonlar bor edi. Ular ham jamiyatni yangi g'oyalar bilan boyitish tarafdorlari edilar. Shu sababli bu kishilar afg'on ma'rifatchilik harakatlarida muhim rol o'ynadilar.

1906-yilda 11-yanvar kuni "Siroj-ul axbore afg'oniya" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi. Bu kun afg'on xalqi uchun unutilmas kun bo'lib qoldi, chunki bu gazeta tufayli afg'on xalqining ma'rifatlilik darajasi bir pog'ona yuqoriga ko'tarilgan edi. Nashriyotning tinimsiz ravishda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy holatini talqin etishi xalq orasida katta o'zgarishlarga olib keldi.

Tez orada "Siroj-ul axbor" jamiyati qoshida siyosiy harakat vujudga keldi. Uni taniqli adabiyotshunos Muhammad Sarvar Vosif boshqargan. U 1903-yilda "Habibiya" litseyiga o'qituvchi sifatida kelgan edi. Uning afg'on ma'rifatchiligidagi o'rni beqiyosdir. U o'zining taraqqiyparvar g'oyalari bilan siyosatga ham ta'sir etishga harakat qilgan. Bu siyosiy harakat yetakchilarining sa'y-harakatlari bilan mahalliy aholi tomonidan yoshlarni xorijda o'qib kelishiga ketadigan xarajatlar uchun mablag'lar yig'ildi. Shu bilan birgalikda ular XX asrning boshlaridagi dunyoda ro'y bergan siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar va xorijdagi siyosiy partiyalar dasturlarini ham qiyosiy tahlil etdilar. Shu vaziyatda taraqqiyparvarlar afg'on xalqining tinchlik sevarligidan kelib chiqib, barcha muammolarni tinch yo'l bilan hal etishga harakat qildilar. Chunki afg'on ma'rifatparvarlari qonli to'qnashuvlarga va urushlarga buyunlay qarshi edilar. Ularning mafkurasida islom dini shaxsning ma'naviy kamolotiga va jamiyat rivojidagi

ahamiyati muhim o'rin tutgan.

June, 2022

"Yosh afg'onlar" harakati rahbarlaridan biri Mir Qosim Lag'moniy edi. U ham harakatning keyingi siyosiy hayotida muhim rol o'ynagan. Bundan tashqari Toj Muhammad Balujiy, Fayz Muhammad kotib, Muhammad Anvar, Ahmad Lodinlar "Habibiya" litseyiga birlashib, mamlakatning siyosiy hayotiga o'z ta'sir o'tkazardilar. Ularning talablari quyidagicha edi:

- despotizmni cheklash va konstitutsion tuzum o'rnatish;

- parlamentni saylov yo'li bilan tasdiqlash;

- hokimiyatni qayta tashkil etish;

- madaniyatni rivojlantirish, ilm-fanga ko'proq e'tibor berish va uni taraqqiy ettirish;

- zamonaviy sivilizatsiyani kengaytirish;

- ijtimoiy tenglikni ta'minlash, xalq huquqlarini himoya qilish;

- xalq birligini mustahkamlash;

- xalq tuzumi bilan siyosiy mustaqillikka erishish;

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Albatta bu partiyaviy dastur emas edi.O'sha vaqtda bunday partiya dasturi bo'lgan emas. Xalq tezda ularni davlat to'ntarishi o'tkazishiga ishondilar. Bu islohot tarafdorlari saroyda "yashirin saroy partiyasi" a'zolari sifatida tanilgan edilar. Chunki ular mamlakatda katta o'zgarishlar qilishlari uchun davlat to'ntarishi zarur deb hisoblar edilar. Ular xalqning xohish-irodasiga qarab ijtimoiy hayot asoslarini yaratish yo'lidan borganlar. Afg'on jamiyatini isloh qilish ularga hukumatni ham o'zgartirish sharti qo'yildi. Buning sababi hukumat ko'pchilik yangiliklarga e'tiborsiz bo'lib, oldingi an'analar davom etishidan manfaatdor edilar.

Ma'rifatchilik harakatiga amirning o'g'li, Omonullaxon, ham qo'shiladi. U bu harakatga keyinchalik, rahbarlik qiladi. U afg'on ma'rifatparvarlari ta'sirida voyaga yetgan bo'lib, uning dunyoqarashi qolgan shahzodalardan butunlay farq qilar edi. U jamiyatni ma'rifatli qilish uchun uni butunlay qayta isloh qilish zarur deb hisoblar edi. "Yosh afg'onlar" harakati a'zolarining hammasi ilmli yoshlar bo'lgan. Ular Kobuldagi siyosiy harakatga rahbarlik qilar edilar. Ularning ichidan keyinchalik mashhur siyosiy arboblar yetishib chiqqan. Afg'onistonning ziyoli va ilmli yoshlari tufayli bu harakat keng quloch yozadi. Bu harakatning amalga oshirgan ishlari, xalqning ma'rifatli bo'lishiga qaratilgan edi. Ular faqat tashviqot-targ'ibot ishlarining o'zi yetarli emasligini tushunib yetgach, o'z harakatlariga siyosiy tus beradi.

"Yashirin partiya"ga, asli badaxshonlik bo'lgan, Muhammad Valixon rahmarlik qilgan. Keyinchalik, u

Afg'onistonning mashhur siyosiy arbobi bo'lib yetishadi. U bilan

June, 2022

bir qatorda Said Qosim Lag'moniy, Mir Zamoniddinxon, Mir Yorbek Darvaziy, Nizomiddinxon Arg'andivol, Javharshoh G'urmandiy va boshqalar ham bu guruhga a'zo edilar. Ular birgalikda amir Habibullaxonni taxtdan tushirib, o'rniga Omonullaxonni taxtga ko'tarmoqchi edilar. Chunki shahzoda "yosh afg'onlar" g'oyaviy ta'sirida ulg'aygan edi. Ular birgalashib otaliq-Nasrullaxonni qo'lga olishga harakat qilar edilar. Chunki Nasrullaxon saroyda katta ta'sirga ega edi.

"Yosh afg'onlar" harakati orasida aristokrat va o'qituvchilardan tashqari armiya ofitserlari, yirik savdogarlar, yirik yer egalari ham bor edi. Ular o'rtaga Qur'on, shashka va qalamni qo'yib ont ichadilar. Bu yerda Qur'on - islom dini qonun-qoidalari bo'yicha eng muqaddas kitob, shashka - mustaqillikka erishish belgisi, qalam - harakat qilish timsoli deb bildilar.

Tez orada "yosh afg'onlar" harakati qatnashchilari orasida ham sotqinlar borligi ma'lum bo'ldi. Ular saroy amaldori Muhammad Azimxon, o'qituvchi Muhammad Kabirxon va Toj Muhammad Pag'moniy edilar. Ular 1909-yilda amirga harakat yetakchilarini sotadi.Shundan so'ng ko'pchilik harakat yetakchilari qatag'onga uchraydilar.Ko'pchilik qamoqqa olinadi. Ulardan 7 tasi o'limgamahkumqilinadi. Qatagon ularning irodalarini sindira olmadi, aksincha, ularga yanada kuchliroq harakat qilish zarurligini uqtirib qo'yildi. Endilikda ular katta kuch bilan harakat qila boshladilar. O'z oralaridagi sotqinlar tez orada fosh qilingach, tarkib yana bir bor ko'zdan kechirilib chiqildi. Ular kurashning g'oyaviy usulini qo'llashga harakat qildilar.Davlatda butunlay yangicha mafkura targ'ib etila boshladi. Bu g'oyalar tizimi butun xalq ongiga singdirildi.

Afg'on ma'rifatparvarlari mamlakatning mustaqil taraqqiyot talablariga mos keluvchi qiziqishlarini jamiyatga tatbiq etishga harakat qildilar. Ular shuni ta'kidlaydilarki, Afg'onistondagi milliy taraqqiyot va ijtimoiy jarayonlar afg'on jamoatchiligi butkul mustaqillikni, suverenitet va ozodlikni qo'lga kiritguncha ro'yobga chiqadi. Hukumatga qarshi ko'tarilgan qo'zg'alon tufayli afg'on taraqqiyparvarlari qo'lga tushib qoldilar. Ko'pchilik qamoqqa olinadi. Ulardan 7 tasi o'limga mahkum qilinadi, 38 tasiuzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi.O'limga mahkum etilganlar orasida Muhammad Sarvarxon va Javxar shoh G'urbandiylar bor edi. Ular ma'rifatparvarlarning ilg'or vakillari edilar.

Qamalganlarning ko'pchiligi Habibullaxon o'limidan so'ngina ozodlikka chiqadilar. Sotqinlar amir tomonidan mukofotlandi. Amir tarafdorlari Kobuldagi barcha yangi usuldagi maktablarni yopishga qaror qiladilar. Shundan so'ng Hirot,Qandaxor va Jalolobod shaharlarida ham yosh afg'onlarga

qarshi harakatlar keng quloch yozadi.

June, 2022

Yosh afg'onlar harakati yetakchilari shundan so'ng "Siroj ul-axbor" gazetasi tevaragida birlashadilar. Yosh afg'onlarning keyingi tarkibida quydagikishilar edi:

- Mir Yor Bekxon Doniyoriy- ta'lim bo'limi boshlig'i;

- Mir Zamoniddin-moliyaviy ishlar yetakchisi;

- Abdul Quddusxon-bosh vazirning o'g'li, harbiy ishlar bo'yicha maslahatchi;

- Maxovuddin Artiy-islom mafkurasini afg'on jamiyatida to'g'ri talqin etilishiga mas'ul shaxs;

- Abdul Husayin Aziz- siyosiy ishlar yetakchisi;

- Shujo ud-Davlaxon- aholidan jamg'armalar yig'ib olishga mas'ul shaxs;

- G'ulom Ahmad E'timodiy va boshqalari

"Siroj ul-axbor" gazetasi shijoat bilan ishlay boshladi. Uning sahifalarida davlatni qoloqlikdan olib chiqish, xalqni uyg'otish va ma'rifatli qilish haqida so'zlar bosilib chiqar edi. Ular ma'naviyat va madaniyatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqa boshladilar. Tez orada xalq orasida katta obro qozondilar. Gazeta muxbirlari afg'on ma'rifatparvarlarining eng ilg'or vakillaridan iborat edi.

Yosh afg'onlar harakatining navbatdagi talablari quydagicha edi:

- Konstitutsiya qabul qilish;

- Konstitutsion hokimyat yaratish;

- Xalq kengashini tasdiqlash;

- Vazirlar idorasini yangilash;

- Ijtimoiy tenglikni ta'minlash va keng islohotlar o'tkazish;

- Ma'naviyat va marifatni rivojlantirish;

- Yangi texnologiyalar bilan ilm-fanni rivojlantirish;

- Fikr erkinligini joriy etish;

- Iqtisodiy mustaqillik uchun kurash;

- Ingliz kolonistlariga qarshi kurashish.

Yosh afg'onlar shiddat bilan ishlashga o'tdilar. "Siroj ul-axbor" gazetasi orqali ular xalqni turli qatlamlariga kirib bordilar.

1918-yilda yosh afg'onlarning o'ng qanoti rahbari Abduraxmon Hodin amirga qarshi suiqasd qilishga harakat qiladi. Ammo suiqasd haqida hukumat xodimlari oldinroq xabardor bo'ladilar va amir tirik qoladi. Bu safar harakat qatnashchilarini o'ldirmaydi. Ularni uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qiladi. Chunki ular qatl etilsa, xalq orasida hukumatga qarshi noroziliklar kelib chiqishi aniq edi.

Shu yillarga kelganda yosh afg'onlar harakati ichida g'oyaviy bo'linish yuzaga keladi. Ularning bir guruhi faqat islom dini ananalari bo'yicha davom etmoqchi bo'lib, ular konservativ ruhdagi insonlar edilar. Ular afg'on xalqini ma'rifatli bo'lishiga qarshi emas edilar, balki

June, 2022

1140

ma'rifiy ishlar faqatgina islom qonunlari bilan hamohanglikda olib borilishini qo'llab-quvvatlar edilar. Ular ko'pgina yangiliklarga qarshi chiqib, ularsiz ham xalqni ziyoli qilish mumkinligiga ishonar edilar. Bundan tashqari, xalq farovonligini ta'minlash uchun jamiyatni butunlay isloh qilish shart emas deya hisoblardilar.

Yosh afg'onlarning bir guruhini Nasrulloxon boshqarar edi. Uning tarafdorlari feodal an'analaga sodiq kishilar edi. Ular o'rta asr an'analaridan voz kechmaydigan radikal guruhga aylandilar. Ularning mamlakatdagi faol siyosiy harakatlari oqibatida bir qancha siyosiy ziddiyatlar kelib chiqdi. Nasrullaxon ham "Habibiya" litseyi o'quvchisi edi. Keyinchalik uning g'oyalari o'zgarishiga islom radikal ruhoniylari ta'sir qildi. Shu sababli u jamiyatda oldingi an'analarni saqlab qolib, ilm-fanni islomiy tarzda o'rganish zarur deb o'ylay boshladi. Uning ortida esa mamlakatning yirik feodallari turar va uni munosib himoya qilar edilar. Shu sababli u faol siyosiy kurash ham olib borgan edi. Yosh afg'onlar guruhi yetakchilari asosan islohotlar yo'li bilan jamiyatni ma'rifatli qilish mumkin deb o'ylardi va buning uchun kurashar edilar. Yangi afg'on jamiyatida aholining ziyoli qatlami muhim ro'l o'ynashiga katta e'tibor berdilar. Shu sababli ziyolilarga katta imkoniyatlar berishga harakat qildilar. Ularni muhim lavozimlarga tayinlash va mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari tarafdorlari edi. Chunki ular aholi orasida ma'rifat urug'larini sochishga qodir edilar. Afg'on taraqqiyparvarlarining eng muhim vazifalaridan biri xalqni ongida ma'rifat tushunchasini aks ettirishdan iborat edi.

XULOSA

Afg'oniston tarixida XX asr boshidagi kabi ma'rifatparvarlik harakatlari bo'lmagan. Marifatparvarlar xaqiqiy vatanparvar insonlar bo'lishgan. Ular dunyodagi barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa o'zgarishlardan xab ardor edilar. Islom dini afg'on xalqi hayotida ustun bo'lgaligi uchun ham, islom dini har bir musilmon erkak va ayolning bilimga ega bo'lishlarini ularning zimmasiga burch qilib qo'yilganini keng targ'ib qilgan.

REFERENCES

1. Hughes, Basil, History of the Royal Regiment of Artillery: Between 1919-39. London: Brassey's. 1992, ISBN 0-08-040984-9.

2. Мир Гулам Мухаммад Губар, Афганистан на пути истории, М. 1987

3. Шумов С. А., Андреев А. Р. История Афганистана. М., 2002, c.213.

4. Снесарев А.Е. Афганистан. М., 2003,стр.103

5. Сикоев Р. Р. Панисламизм. Истоки и современность. Джамалуддин Афгани и его религизно-политические последователи XX - начала XXI века. М., 2010, с. 143.

the Wars , С. 24

June, 2022

1141

6. Habibi Abdulhay, Jumbushe mashrutiyat dar Afg'oniston, Kobul, 1984, 63-bet.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Muhammad Ibrohim Atoi, "Torixe muasseri Afg'oniston', Kobul, 2010, 201-bet.

8. "Mellat", haftalik gazetasi, 2013-yil, 6-soni

9. Коргун В. Г, История Афганистана, М,. 2004, стр.35

10. Loyn, David , Butcher & Bolt: Two Hundred Years of Foreign Engagement in Afghanistan. London: Windmill Books, 2009, ISBN 978-0-09-9522638.

11. Poullada Leon,Reform and Rebellio in Afghanistan,1919-1929 . Cornell (Ithaca and London),1973,p.109.

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.