Научная статья на тему 'ADDURAUF FITRATNING MILLATGA “NAJOT YO‘LI”NI KO‘RSATGAN ASARI'

ADDURAUF FITRATNING MILLATGA “NAJOT YO‘LI”NI KO‘RSATGAN ASARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
837
360
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fitrat / bosmaxona / “Rahbari najot” / ilmi aqliya / “Qutqaruv yo‘li”.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usmonova Feruza Luqmon Qizi

Ushbu maqolada buyuk o‘zbek mutaffakiri Addurauf Fitratning asarlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADDURAUF FITRATNING MILLATGA “NAJOT YO‘LI”NI KO‘RSATGAN ASARI»

JffiTALQINVA

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

ilmiy-uslubiy jum&H

J" JlJ J's

ATYTITTR ATTF FTTR ATlVTlVn IVfTT T ATCA "IVA TOT VO'T T"1VT I^O'R« ATY^ATV

ADDURAUF FITRATNING MILLATGA "NAJOT YO'LI"NI KO'RSATGAN

#

>

ASARI

j | ]>.■»

Usmonova Feruza Luqmon qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti "Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik" yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7249285

Annotatsiya: Ushbu maqolada buyuk o'zbek mutaffakiri Addurauf Fitratning

asarlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Fitrat, bosmaxona, "Rahbari najot", ilmi aqliya, "Qutqaruv yo'li".

Fitrat ham mamlakatdagi qashshoqlik, tengsizlik, ilm-fan, texnika sohasidagi qoloqlikdan qutulish yo'lini topish uchun Qur'on va hadislarga rioya qilish lozim deb

D,, nnrnpUlnri „m'nn 101 Q Trili fXrn lOK Trili A/Timmm

hisoblaydi. Bu qarashlari uning 1913-yili fors-tojik tilida yozilib, 1915-yili Munzim

Buxoriy noshirligida Petrograd shahridagi M.N. Maxsugov bosmaxonasida nashr etilgan falsafiy, axloqiy-didaktik asari "Rahbari najot"da o'z ifodasini topadi.

Bu davrda Turkiston va Buxorodagi mutaassib ruhoniylar dunyoviy bilimlarni

"kufrlik" deb atab, madrasalarning dars jadvallaridan olib tashlaydilar. Fitrat o'z asarida Qur'on oyatlari va hadislardan misollar keltirib, ularning bu ishlari noto'g'ri ekanligini isbotlab beradi. U islom dini hech qachon ilm o'rganishga, dunyoviy fanlarga qarshi bo'lmaganligini, aksincha, ilmga da'vat etganligini ko'rsatadi. Yosh

avlod ta'lim-tarbiyasi, ularning aqliy va ma'naviy kamoloti uchun diniy va dunyoviy

........ ............... . , . .

ilmlarni birdek zarur deb biladi. Jadidlar kabi yangi usul maktablari o'quv rejasiga

/Inm rATrnr 11 ml nr V\11 nn Vm rrvn rlmur 11 m 1 orn 1 nm n a'cUicUih 1 r\ti m

dunyoviy ilmlar bilan birga diniy ilmlarni ham qo'shishni lozim topdi.

Fitrat "Rahbari najot"da o'rta asr Sharq mutafakkirlari ijodiga xos an'anani davom ettirib, fanlar tasnifini beradi. Bu narsa unga zamondosh boshqalar ijodida uchramaydi. Fitrat tomonidan fanlar tasnifini berilish sabablarini Sh.G'oyipova shunday izohlaydi: "Birinchidan, o'sha paytlarda dogma (qotib qolgan) holida qolib ketayotgan diniy ilmlarni nazariy rivojlantirishga e'tiborni qaratish, ikkinchidan madrasalarda dars jadvallaridan olib tashlangan dunyoviy fanlar haqida atroflicha J-jt ma'lumot berish, ularni targ'ib va tashviq qilish"16.

Adib "Rahbari najot", "Mavludi sharif yoxud mur'oti xayrul bashar" (1914 y), "Oila" ("Vazifai xonadori") (1916 y) kabi ta'limiy-axloqiy asarlarida o'zining islohotchilik qarashlarini talabalarga singdirishga uringan.

Fitrat "Rahbari najot" ("Qutqaruv yo'li" yoki "Najot yo'li") asarida fanlarni tasniflab, butun ilmlarni ikkiga: ilmi naqliya va ilmi aqliyaga bo'ladi. Ilmi naqliya -

"naql" so'zidan olingan bo'lib, bu avlodlarga rivoyat qilish, yozib qoldirish orqali _

ie-

16 Axatova Durdona. "Abdurauf Fitratning ma'rifiy-pedagogik qarashlari" nomli diss. 1998. 76-bet.

Sp^"^J J^ ' J^Sp^""

JffiTALQINVA

%#TADQIQOTLAR No4 2022

^^ ilmlyuHuOty iumali i»--r «-W"

yetkaziladigan bilimlar ma'nosini beradi. Ilmi naqliyani yana ilmi diniya va ilmi

dunyoviyga bo'ladi. Ilmi diniya ham bir necha qismlarga bo'linadi;

ilmi tafsir (Qur'on va hadislar ma'nosini kengaytirib beradigan ilm); ilmi fiqh va usuli fiqh (islom shariatida qonunshunoslik ilmi); -ilmi kalom (xudoshunoslik, e'tiqod ilmi, teologiya);

ilmi hadis (Muhammad (s.a.v)ning xabar yo rivoyatlari va imomlarning naqli haqidagi ilm) kabilar. Ilmi dunyoviyga esa: ilmi lisoniya (til to'g'risidagi ilm); ilmi tarix; jo'g'rofiya; ilmi tabobat;,

ilmi riyoziyot (arifmetika, handasa (geometriya));

* ; •

nujum (astronomiya);

*<3>

musiqa;

»

manozir va maroe (optika); algebra, muqobala;

-Jarri askol (mexanika) fanlari kiritiladi.

Fitrat aqliy ilmlarni insoniyatning kashfiyotlari natijasi va bu ilm xususiy bo'lmasdan umumiydir deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu ilmlarni ilmi nasora

»

m?

(xristian) yoki ilmi islomiyaga bo'lish mumkin emas. Bu fanlar butun insoniyatga tegishli bo'lib, Fitrat ularni umumiy qilib hikmat deb ataydi.

Hikmat yoki ilmi aqliya 3 ta katta qismga bo'linadi: 1. Ilmi tabiyot. 2. Ilmi riyoziyot. 3. Ilmi falsafa.

Olim ilmi tabiyotni: 1. Ilmi tabobat. 2. Hikmati tabiiy. 3. Ilmi nabotat (botanika).

A T1 • 1 , / , \ r T1 , J / • , Nil - 1 1C11-

4. Ilmi hayvonot (zoologiya). 5. Ilmi ma'dan (mineralogiya) kabi qismlarga bo'ladi.

Ilmi riyoziyotga esa 1. Hisob. 2. Jabr (algebra). 3. Handasa (geometriya). 4. Ilmi hayat (astronomiya, kosmografiya) kabi fanlarni kiritadi.

Adibning fikricha, ilmi falsafa quyidagi fanlarga bo'linadi: 1. Ahvoli ryh, (psixologiya). 2. Ilmi axloq (etika). 3. Ilmi ilohi (teologiya). 4. Ilmi mantik (logika).

5. Hikmat

Fitrat o'zi tasniflagan bu ilmlarni ba'zilarni yana bir necha qismlarga bo'ladi. Masalan, tarix ilmini: muqaddas tarix va jamiyat tarixiga ajratadi. Jamiyat tarixi yana uch qismga a) ilm va adabiyot tarixi; b) tarixi tabiiy; v) tarixi siyosiyga bo'linadi va

m

siyosiy tarixni ham umumiy va xususiy tarixdan iborat deb ko'rsatadi.

Axatova Durdona ilmiy izlanishlari natijasida shuni aniqlaganki, Fitratning fanlarni tasniflash tizimi Ibn Sinoning "Ash Shifo" asarida berilgan tasniflash tizimiga yaqin. Ibn Sino bu asarida 22 ta fanni tasniflab, har biriga bag'ishlab alohida kitob yozadi. Bu fanlarning 8 tasi tibbiyotga, 9 tasi mantiqqa, 4 tasi riyoziyotga va 1

! >3> >

v> ¡>

>q ] i )> >

—arzzr&Trziz-z—«¿at :>

144

* ^ * :>

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

»

Miiiif-iwuuif juman

17

tasi ilohiyotga oid fanlardir . Ibn Sino riyoziyot fanlariga geometriya, arifmetika,

- - - ~ ~ - '

astronomiya va musiqani kiritadi. Fitrat esa bunga hisob, jabr, handasa, astronomiyani kiritib, musiqani alohida go'zal san'atlarga qo'shadi.

"Rahbari najot" asarida ta'lim mazmuniga oid o'z qarashlarini ishlab chiqadi. Ta'lim mazmunini ishlab chiqishda ham o'tmish mutafakkirlarimiz g'oyalariga tayanadi.

Fitrat o'ziga xos ravishda fanlar tasnifini ishlab chiqadi, unta barcha diniy va dunyoviy ilmlarni kiritadi. U siyosiy va iqtisodiy ilmlarni ham e'tibordan chetda qoldirmaydi. Sanoat, qishloq xo'jalik ilmlari haqida ham ma'lumotlar beradi.

Adibning "Rahbari najot" - "Qutqaruv yo'li" asari esa didaktik-axloqiy asar bo'lib hisoblanadi. Fitrat bu asari orqali xalqni nodonlikdan, mamlakat va millatni qoloqlikdan qutqaruvchi najot yo'llarini izlaydi. U bu najot yo'lini ilm va Qur'on ko'rsatib beradi degan xulosaga kelib, ularni birgalikda tadqik, etadi. Shu tadqiqotlari natijasida adib har tomonlama yetuk inson tarbiyalash haqsdagi g'oyalarini yaratadi. Bu asarni tahlil qilish jarayonida Fitratda komil inson haqida alohida o'ziga xos

m i

*

g'oyalaг boгligini ko'гish mumkin.

Fitrat hayot mazmuni haqida o'z ta'limotini ishlab chiqadi. Bunda ham din bilan ilmni qo'shishga harakat qiladi. U inson kamoloti masalasini din bilan bog'lashga

intilishida o'zidan oldingi mutaffakkiñaming tartiyaga musulmon dini talablaridan

kelib chiqib yondashgan qarashlarini davom ettiradi.

Uning fikricha, hayot mazmuni bu ikki dunyo saodatiga erishmoqdir, ikki dunyo

saodati tolibi bo'lgan kishigina komil musulmon bo'la oladi. Fitrat faqat shu dunyoni

o'ylab, boylik ortirish, yeb-ichishni hayot maqsadi deb bilganlar; ham yoki hayot ..... , .. ....... , , , , ..

g'oyasini narigi dunyo saodatiga eгishishdan iborat deb, bu dunyo saodati uchun Ышг

ish qilmay, bu dunyo kofirlar uchun jannat, musulmonlaг uchun do'zax deb Mlgan^ ham xato o'ylaydilaT, ulaг insoniyat vazifalaгini bilmaydito deb hisoblavdi. Foydalanilagan adabiyotlar ro'yxati:

1.Abduгauf Fitгatning "Rahbaгi najot" asari. Toshkent. "Ma'naviyat", 2006. 2.Shoira Abdujalilovaning "Abduгauf Fitгatning oila taгbiyasiga oid qarashlari"

3.Yoqub Saidov "Fitгat badiiy asariari leksikasi" disseгtatsiya, 2001.

4.Na^is Davuгboyeva "Fitгat dгamalaгida milliy ozodlik g'oyasining talqini" dissertatsiya, 1999.

5.Drn-dona Axatovaning "Abduгauf Fitгatning ma'гifiy-pedagogik qarashlari" dissertatsiya, 1998.

6.Muhabbat Quгbonovaning "Fitratning tilshunoslik meгosi" disseгtatsiya, 1993. 7.Ilhom G'aniyevning "Fitгat dгamalaгi poetikasi" dissertatsiya, 1998. 8.G'oyibova Shahnozaning "Abduгauf Fitratning ijtimoiy-falsafiy qaгashlaгi"

dissertatsiya, 1996.

щщ Ы > _

17

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17 Axatova Durdona. "Abdurauf Fitratning ma'rifiy-pedagogik qarashlari" nomli diss. 1998. 76-bet

- > ■ и -к- ^ >

is* ч

145

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.