Научная статья на тему 'ADABIY TILNING RIVOJLANISHIVA SHAFFOFLIGINI TA’MINLASHDA MEDIANING O’RNI'

ADABIY TILNING RIVOJLANISHIVA SHAFFOFLIGINI TA’MINLASHDA MEDIANING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Adabiy til / OAV tili / matbuot tili / til madaniyati / til me'yori / tavtologiya. / Literary language / media language / press language / language culture / language norm / tautology.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jaqsimuratova Guljahan Jenisbay Qizi

Mazkur maqolada adabiy tilning rivojlanishi va taraqqiy etishida OAV tili ayniqsa, matbuotning tilining o‘rni va ta'siri, shuningdek, bu jarayonda jurnalistlar oldiga quyiladigan ustuvor vazifalar xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE MEDIA IN ENSURING THE DEVELOPMENT AND TRANSPARENCY OF THE LITERARY LANGUAGE

This article discusses the role and influence of media language, especially the language of the pressin the development and progress of literary language, as well as the priority tasks assigned to journalists in this process.

Текст научной работы на тему «ADABIY TILNING RIVOJLANISHIVA SHAFFOFLIGINI TA’MINLASHDA MEDIANING O’RNI»

é

Ws,

THE ROLE OF THE MEDIA IN ENSURING THE DEVELOPMENT AND TRANSPARENCY OF THE LITERARY

LANGUAGE Jaqsimuratova Guljahan Jenisbay qizi

Student of Karakalpak State University https://doi.org/10.5281/zenodo.11409593

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 22th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024

KEYWORDS Literary language, media language, press language, language culture, language norm, tautology.

This article discusses the role and influence of media language, especially the language of the press in the development and progress of literary language, as well as the priority tasks assigned to journalists in this process.

ADABIY TILNING RIVOJLANISHI VA SHAFFOFLIGINI TA'MINLASHDA

MEDIANING O'RNI

Jaqsimuratova Guljahan Jenisbay qizi

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11409593

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 22th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024

KEYWORDS Adabiy til, OAV tili, matbuot tili, til

madaniyati, til me'yori, tavtologiya.

Mazkur maqolada adabiy tilning rivojlanishi va taraqqiy etishida OAV tili ayniqsa, matbuotning tilining o'rni va ta'siri, shuningdek, bu jarayonda jurnalistlar oldiga quyiladigan ustuvor vazifalar xususida so'z boradi.

OAVning qudrati tuyg'ularimizga tafakkurimizga, qadriyatlarimiz tizimiga xatti-harakat va fe'l-atvorimizga ta'sir etadi. Ushbu ta'sir shaxs rivojiga va dunyo qarashida ijobiy yoki salbiy iz qoldirishi mumkin.

Til bilan bog'liq va unga putur yetkazuvchi illatlar haqida gapirganda barcha medialar ayniqsa, telkanallarda efirga uzatilayotgan dasturlarga alohida to'xtalishimiz lozimdir. Garchand "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida ommaviy axborot vositalari o'z faoliyatini "Davlat tili haqida"gi qonunga muvofiq amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan, barcha OAVni ham bu talablarga rioya etyapti deb aytolmaymiz.

Rus tadqiqotchisi V.Agravonskiy gazeta sahifasidagi xatoni til fo'jeasi deya ta'riflagan. Xato gazetda bosildimi minglab o'quvchilar tomonidan u haqiqat sifatida qabul

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

qilinadi.Shunday ekan, tahririyat maqolalarning nafaqat mazmuni, balki imloviy, stilistik kamchiliklardan xoli bo'lishi uchun ham mas'uldir.

Tadqiqotimizda gazetalarning nafaqat orfografik, punktuatsion balki ulsubiy va leksik kamchiliklarni tahlilga tortdik. Shuningdek, jumla tuzish bilan bog'liq xatolar maqola mazmunini o'zgarib ketishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqot obiekti sifatida milliy matbuoatimiz yetakchi nashrlaridan bo'lmish "Hurriyat", "Xalq so'zi", "Ma'rifat" gazetalari tanlab olindi.

So'zning noto'g'ri qo'llanishi jumlaning umumiy mazmuniga sezilarli ta'sir o'tkazadi. Misol uchun: "Bandlikka ko'maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan ijtimoiy xizmatga olingan 17,6 mingdan ziyodyolg'izkeksalarsog'lomlashtirildi» [1].

Mazkur maqolada "xizmat" so'zining noo'rin qo'llanishi natijasida «keksalar xizmatga olingan» degan ma'no kelib chiqqan. Yana bir misol: "Shuningdek, bugun yurtimizdagiyetakchi klinika va tibbiyotmarkazlarida eng ilg'or texnologiyalar yordamida noyob operatsiyalar amalga oshirilayotgani alohida e'tirofga loyiq"[2]. Bu erda ham «noyob» so'zi «opertasiya»ga nisbatan qo'llanilishi leksik xato hisoblanadi.

Tadqiqotchilarnig fikricha, gazeta jumlalari o'rtacha 8-14 so'zdan iborat bo'lganda gina o'quvchi tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Qolaversa, dunyoning yetakchi media-ekspertlari gazeta tilida ko'proq sodda gaplardan foydalanishni maslahat berishadi. Biroq aksariyat nashrlarimiz uchun asosan qo'shma va murakkab-qo'shma gaplarni qo'llash xosdir. Masalan, « Yangi O'zbekiston» gazetasida berilgan «Totuvlik va farovonlik garovi» [3] sarlavhali maqolada jami 41 gap ishtirok etgan etgan bo'lib, ulardan 4 tasigina sodda, qolgan 37 tasi qo'shma va murakkab gaplardir.

Zamonaviy matbuot tilida ayrim so'zlarning noto'g'ri varianti shu qadar ommalashganidan, ularning asl mazmuni unutilib ketgan. Ana shunday so'zlardan biri -"tadbir" hisoblanadi. "O'zbek tilining izohli lug'ati"ga ko'ra "tadbir" - chora, iloj, yo'l-yo'riq, harakat tarzi»dir. Biroq matbuotda "tadbir"" so'zi "yig'ilish", "majlis" ma'nolarida qo'llaniladi. Masalan, «Tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi" [4].

Jumla tuzish bilan bog'liq xatolar asosan gap bo'laklari tartibining buzilishi bilan bog'liq. Shuningdek, matbuot sahifalarida butunlay xato tuzilgan jumlalar uchrab turadi. Masalan: «Millat zakosida barqarorlashgan « yaxshini begonaga berma» hikmati xuddi Sarsengul hayotida o'z dalolatini topgandek taassurot uyg'otadi» [5]. Yana shuningdek, "Erta tongdan yana «ishim»deya shoshayotgan bir ayol faolligi qanchadan-qancha qishloqlar mushkulini oson qilishga xizmat qildi» [6].

Gazetalardagi imloviy kamchiliklar ko'p bora tanqid ostiga olingan. Shunday so'zlar borki, ularning to'g'ri muqobilidan xato varianti ommalashib ketgan. Bunday so'zlar sirasiga «tatqiq» (aslida tadqiq), « ohangrabo (aslida ohanrabo), poyafzal ( aslida poyabzal), «hech qisiyo'q» (aslida hechqisi yo'q), "avf ( aslida afv) va boshqalarni kiritish mumkin.

Achinarlisi shundaki,o'zbek adabiy til qoidalariga rioya etmaslik holati uchun hech bir OAV javobgarlik va ma'suliyatni his qilmayapti. Davlat tili haqidagi qonun talablarining buzilganligi uchun huquqiy javobgarlikning mavjud emasligi bu boradagi xatolarning kengroq yoyilishiga sabab bo'lmoqda.

é

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

O'rganishlarga ko'ra adabiy qoidalariga rioya etmaslik bilan bog'liq nuqsonlar ko'pchilik hollarda hududiy gazetalar faoliyatida yo'l qo'yilmoqda. Bu esa mazkur nashrlarda kadrlar bilan bog'liq muommo mavjudligidan dalolat beradi.

References:

1. Xalq so'zi // G'amxo'rlikdan obod ko'ngillar. 10.10.2015 .

2. Hurriyat. // Ko'zlarimiz nurafshon bo'lsin. 10.06.2015

3. "Yangi O'zbekiston" gazetasi. 19.11.2021

4. Hurriyat. //Tadbirkorlar manfaatining ishonchli himoyasi. 15.02.2021

5. "Ustoz joli" gazetasi. 13.03.2021

6. "Ustoz joli" gazetasi. 13.03.2021

7. МЕДИА МАТНЛАРИ САРЛАВ^АЛАРИДАГИ ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР. ГС Сеитназарова - Journal of Universal Science Research, 2023

8. PRESS LANGUAGE IS A QUALITY OF LITERARY AND ORAL LANGUAGE SIZE. G Seitnazarova - Конференции, 2020

9. Relativity of the Genre, Theme, Idea and Image in Artistic Expression. SG Suxanatdinovna.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.