Научная статья на тему 'ABU RAYXON BERUNIYNING AQLIY TARBIYA TO‘G‘RISIDAGI FIKRLARI'

ABU RAYXON BERUNIYNING AQLIY TARBIYA TO‘G‘RISIDAGI FIKRLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qomusiy olim / aqliy tarbiya / ilm-fan / yaxshi xulq / kamol toppish / ma’naviy-ma’rifiy qarash / oilaviy tarbiya / diniy qadriyatlar. / Encyclopedist / intellectual education / science / good behavior / maturity / spiritual and educational outlook / family education / religious values.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shomurotova N.D.

Ushbu maqola orqali siz Abu Rayhon Beruniyning hayot yo‘li, ijodi, jahon fanining taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari haqida bilib olasiz. Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysiva muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilimi va ma’rifatida deb biladi. Qomusiy olimning qimmatli fikrlari, asarlari haqida boy ma’naviy bilimga ega bo‘lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABU RAIKHAN BERUNI'S THOUGHTS ON MENTAL EDUCATION

Through this article, you will learn about Abu Rayhan Beruni's life path, creativity, and contributions to the development of world science. Abu Rayhan Beruni, as a great patron and admirer of science, believes that the prosperity of the country lies in the flowering of science, and the happiness of a person lies in his knowledge and enlightenment. You will gain rich spiritual knowledge about the valuable thoughts and works of the encyclopedist.

Текст научной работы на тему «ABU RAYXON BERUNIYNING AQLIY TARBIYA TO‘G‘RISIDAGI FIKRLARI»

Shomurotova N.D.

Urganch Davlat Universiteti Pedagogika Fakulteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 212-guruh talabasi

ABU RAYXON BERUNIYNING AQLIY TARBIYA TO'G'RISIDAGI

FIKRLARI

Annotatsiya. Ushbu maqola orqali siz Abu Rayhon Beruniyning hayotyo 'li, ijodi, jahon fanining taraqqiyotiga qo 'shgan hissalari haqida bilib olasiz. Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysiva muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilimi va ma'rifatida deb biladi. Qomusiy olimning qimmatli fikrlari, asarlari haqida boy ma 'naviy bilimga ega bo 'lasiz.

Kalit so'z: Qomusiy olim, aqliy tarbiya, ilm-fan, yaxshi xulq, kamol toppish, ma 'naviy-ma 'rifiy qarash, oilaviy tarbiya, diniy qadriyatlar.

Shomurotova N.D.

student

212th group of Pedagogy and Psychology Department

Faculty of Pedagogy Urganch State University

ABU RAIKHAN BERUNI'S THOUGHTS ON MENTAL EDUCATION

Abstract. Through this article, you will learn about Abu Rayhan Beruni's life path, creativity, and contributions to the development of world science. Abu Rayhan Beruni, as a great patron and admirer of science, believes that the prosperity of the country lies in the flowering of science, and the happiness of a person lies in his knowledge and enlightenment. You will gain rich spiritual knowledge about the valuable thoughts and works of the encyclopedist.

Key word: Encyclopedist, intellectual education, science, good behavior, maturity, spiritual and educational outlook, family education, religious values.

Kirish: Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asming boshlarida, g'oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 362-yil 3- zulhijjada (milodiy 973-yil 4-sentabr) Xorazmning Qiyod (Kat) shahrida dunyoga keldi. Beruniy yoki birun so'zi «tashqari»degan ma'noni anglatadi. Beruniy tibbiyotga bag'ishlangan „Saydana" asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyatni o'zgarishi natijasida Beruniy 998-yili Jo'rjon shahriga ketishga majbur bo'ladi. U bu davrga qadar Kat va Ray shaharlarida o'zining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Jurjonda kechgan

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

643

yillar (998-1004-yillar) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot davri bo'ldi. O'zining ilk astronomik tajribalarni 16 yoshida Kat shahrida boshlagan alloma, Jo'rjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan shug'ullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" uning Jurjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning ko'p qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Umuman, Beruniy Jo'rjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar bo'ldi. Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun ibn Ma'mun Beruniyni o'z saroyida katta izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Ma'mun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi. Xorazmning Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo'ydi. Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqqiyotiga g'oyat ulkan xissa qo'shgan zo'r iste'dod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o'lmas ilmiy asarlari jahon fani taraqqiyotida benihoyat yuksak ahamiyatga molikdir. Beruniy tug'ilib, o'sgan davrda Xorazm somoniylar davlatiga qaram bo'lsa-da, ma'lum darajada mustaqil edi. O'rta va yaqin Sharqning yirik ilmiy va madaniy markazaridan biri edi. Abu Rayhon Beruniy butun umrini ilmga bag'ishladi, o'zi hayot paytidayoq o'sha davrining eng buyuk olimi va mutafakkiri sifatida taniladi. Beruniy ilmfan rivojiga g'oyat katta hissa qo'shdi. «Aql va ma'rifatda xali unga o'xshash biror kishini davron yarata olgani yo'q»,- deb yozgan edi XIIIasr tarixshunosi Yoqut. Abu Rayhon Beruniy ham inson bilimlarni aqlning sezgi a'zolari bergan ma'lumotlar orqali egallashini aytadi. Beruniyning fikricha, inson barhayot ekan, extiyojlari saqlanadi. Oltin va kumushning kishi turmushida bevosita hech qanday ahamiyati yo'q, ular faqat vositaginadir. U yozadi: «Chunki ularning har ikkalasi toshdirlar, ularning o'zlari na to'ydira, na tashnalikni qondira, na zo'ravonlikni to'xtata, na yomonlikdan saqlay oladilar»Beruniy muruvvat va shavkatni eng yaxshi insoniy fazilat deb hisoblaydi. Uning ta'kidlashicha, muruvvatli kishi (ma'rv) boshqalarning qarzini to'lab yuboradi, o'zgalarga bag'ishlaydi. Shavkatli odam esa (fato) o'z qobiliyati, xushmuomalaligi, shavkatliligi, qat'iyligi, chidam, fazilat va kamtarlik xislatlari bilan ajralib turadi. Beruniy o'z asarida muruvvat va futuvvatni ulug'lash bilan birga, ular o'rtasida farqni ham ko'rsatib o'tadi. Chunki muruvvat va futuvvat turli asoslarga ega. Biriga qodir bo'lgan odam ikkinchisiga qodir bo'lmasligi mumkin. Yana har bir ish o'z o'rnida va me'yorida bo'lishi shart. Xaddan tashqari qilingan ish oqilona bo'lmaydi. Ma'lumki, kishi kamolotida uch narsa (irsiyat, muhit, tarbiya) asosiy va yetakchi rol o'ynaydi. Beruniy inson ma'naviyati haqida ga'irganda, uni go'zallik, ko'rkamlik, oliyjanoblik, mardlikda deb bildi. Biz - deb yozadi, olim, eratalab nonushtasini qilib, kechqurun shomligini yeb-ichib yurganni mard kishi demaymiz. Mard kishi shunday odamki, ertayu-kech dushmanga zarar-u, do'stlarga foyda yetkazgan. Beruniy o'zining ma'naviy-ma'rifiy qarashlarida aniq fanlarni, chunonchi, eng avvalo, matematika, tabiyatshunoslik, fizika, kimyo va boshqalarni o'rganish, qolaversa, o'quvchi,

'^KOHOMHKa h ^HyMM №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

644

albatta, falsafa, mantiq va til ilmini bilish zarurligini alohida uqtiradi. Buyuk mutafakkiming ta'limtarbiya sohasidagi isЫari o'z ichiga quyidagilami qamrab oladi:

- aqliy va axloqiy tarbiya;

- nafosat va mehnat tarbiyasi;

- oilaviy tarbiya;

- do'stlik va baynalminal taгbiya

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xo^m mutafakkiгlaгining pedagogik qarashlari fanidan o'quv-uslubiy majmua. Urganch-2023

2. Pirmat Shermuhamedov. «Dahoning tug'ilishi yoxud Abu Rayhon Beгuniy qismati». Toshkent sh.

3. A. Zununov. Pedagogika tarixi. Toskkent-2004.

4. B.X. Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent,2017

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

645

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.