Научная статья на тему 'ABU NASR FOROBIYNING ILMIY, IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARI'

ABU NASR FOROBIYNING ILMIY, IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Forobiyning ilmyi / ijtimoiy va falsafiy qarashlarida / yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib / ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mirzamiddinov Asliddin Abdumuminovich, Ermatov Valijonabdivaitovich, Raxmatullayev Ravshan Qo‘Shmurodovich

Forobiyning ilmyi, ijtimoiy-falsafiy fikirlari o‘zning ijod qilgan va xozirgi davr uchun ham o‘zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi jihatdan katta ahamiyatga egaligi bilan qadrlanadi. Forobiy o‘rtaasr mutafakkirlaridan birinchi bo‘lib jamiyat haqidagi bir butun ta’limotni ishlab chiqdi. Uning bu xizmati jahon ilmiy adabiyotida barcha yetuk olimlar tomonidan qabul qilingan. Forobiy o‘z asarlarida insoniyat taraqqiyotida sezilarli darajada bir qator masalalarni yoritib bergan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU NASR FOROBIYNING ILMIY, IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

ABU NASR FOROBIYNING ILMIY, IJTIMOIY-FALSAFIY

QARASHLARI.

Mirzamiddinov Asliddin Abdumuminovich

Toshkent islom insitituti o'qtuvchisi.

Ermatov Valijon Abdivaitovich Guliston davlat universiteti O'qituvchi Raxmatullayev Ravshan Qo'shmurodovich

Guliston davlat universiteti Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10853193

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-March 2024 yil Ma'qullandi: 15- March 2024 yil Nashr qilindi: 22- March 2024 yil

KEY WORDS

Forobiyning ilmyi, ijtimoiy va falsafiy qarashlarida, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo'lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog'lanishdadirlar

Forobiyning ilmyi, ijtimoiy-falsafiy fikirlari o'zning ijod qilgan va xozirgi davr uchun ham o'zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi jihatdan katta ahamiyatga egaligi bilan qadrlanadi. Forobiy o'rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo'lib jamiyat haqidagi bir butun ta'limotni ishlab chiqdi. Uning bu xizmati jahon ilmiy adabiyotida barcha yetuk olimlar tomonidan qabul qilingan. Forobiy o'z asarlarida insoniyat taraqqiyotida sezilarli darajada bir qator masalalarni yoritib bergan.

Forobiyning ilmyi, ijtimoiy-falsafiy fikirlari o'zning ijod qilgan va xozirgi davr uchun ham o'zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi jihatdan katta ahamiyatga egaligi bilan qadrlanadi. Forobiy o'rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo'lib jamiyat haqidagi bir butun ta'limotni ishlab chiqdi. Uning bu xizmati jahon ilmiy adabiyotida barcha yetuk olimlar tomonidan qabul qilingan. Forobiy o'z asarlarida insoniyat taraqqiyotida sezilarli darajada bir qator masalalarni yoritib bergan.

Mavzuning dolzarbligi. Forobiy o'zinig bir qancha asarlarida Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa deb ta'riflagan g'oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: "Har bir inson, o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishish uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, u bir o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi va ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug'uladi... bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda, ularning harbiriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo'lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko'payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o'rnashadilar, natijada inson jamoasi vujudga keladi".

Forobiyning ilmyi, ijtimoiy va falsafiy qarashlarida, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo'lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog'lanishdadirlar.

Birinchi bosqich - birinchi sabab (Alloh);

Ikkinchi bosqich - samoviy jismlar borlig'i;

Uchinchi bosqich - faol aql;

To'rtinchi bosqich -ruh;

Beshinchi bosqich - shakl;

Oltinchi bosqich- modda.

Yuqorida keltirilgan qarashlardan Alloh va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog'lanish mavjuddir. O'zlarining sababiy bog'lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko'rinishga ajratiladilar:

1. "vojibul vujud"- shunday narsaki, mavjudligi o'zidan kelib chiqadi;

2. "mumkinul vujud"- shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi.

"Mumkinul vujud" o'zining bor bo'lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo'lsa, boshqa narsa tufayli, "vojibul vujud" ga aylanadi.

Forobiyning ibtido haqidagi ta'limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta'sir o'tkazgan bo'lib, u ilk islom e'tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.

Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo'lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo'ladi. Yerdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko'rinishga bo'linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo'lmagan hayvonlar, o'simliklar, minerallar, to'rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo'lib, moddaning eng oddiy ko'rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo'lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo'shilishlari natijasida paydo bo'ladilar. Forobiy fikricha, "barcha ashyollarning umumiy turi dunyo" bo'lib, oddiy jismlardan tashkil topgan va "dunyodan tashqarida hech narsa yo'q".

Har qanday jism, avvalo imkoniyatda mavjud bo'ladi va undan keyingina voqeylikka aylanadi. Imkoniyatdan voqeylikka o'tish moddaning muayyan shakl bilan natijasida sodir bo'ladi. Forobiyning qarama-qarshiliklar va ularning

qo'shilishi qarama-qarshi

shakllarining bir-birlari bilan to'qnashishi haqidagi fikrlari, tabiatdagi o'zgarishlarni tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan bo'lganligidan, juda ham qimmatlidir.

Forobiy bilimni amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo'ladi. Nazariy bilimlar doirasida bosh o'rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo'lgan nisbatini umumning xususiyga bo'lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi "fanlar fani" degan qoida o'z ifodasini topgan.

Forobiy o'rta asrlar davrida birinchi bo'lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o'sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo'ladi:

1. Yetti bo'limdan iborat til haqidagi fan.

2. Mantiq.

3. Yetti mustaqil fanga bo'linadigan riyoziyot, ya'ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og'irliklar haqidagi fan va mexanika.

4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.

5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom. O'zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o'rganadigan narsaning o'ziga xosligi,

uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo'lgan bilish vositalarini hisobga oladi.

Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub'ektiv xohish va istakdan emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Yevropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta'sir o'tkazib, ular taraqqiyotida katta o'rin tutdi.

Borliq qabul qiluvchidan (sub'ekt) oldin keladi, "his-tuyg'u orqali qabul qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib olinadigan narsa, unga taluqli bilimdan oldin mavjud bo'ladi". Forobiy tabiatni bilish jarayonining cheksizligini qayd etib, uni bilmaslikdan bilish tomon ko'tarilishi, oqibatdan sababga, hodisadan mohiyatga, orazdan (aksidensiya) javhar (substansiya) tomon boradi, deb hisoblaydi. Forobiy bilishning ikki bosqichini - hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko'rsatadi. Hissiy bilimning o'rniga to'xtalib, Forobiy insonni tashqi dunyo bilan bog'laydigan besh xil sezgining har biriga alohida e'tibor qaratadi. Forobiy sezgining har bir turini uni muayyan his qiluvchi badan a'zosi bilan bog'liq ravishda ko'rib chiqadi. Forobiy fikricha, har qanday sezgi badanning his qiluvchi a'zolariga hech kimga bog'liq bo'lmagan (ob'ektiv) holda mavjud bo'lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi jismoniy ta'siri natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va fikrlash orasidagi o'rtalik joyni ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari bilan bog'laydi. Uning fikricha, ularning jismoniy a'zolari miyaning oldingi qismida joylashgan. Ammo inson uchun xos xususiyat ayrim olingan alohida hayvonlarda ham uchraydigan sezgi va zehn emas, balki aqldir. Hayvonlardan farqli o'laroq, "inson aql va sezgilar orqali bilim kasb etadi". "Aqliy kuch" tashqi buyumlarning fikriy qiyofasini beradi. His-tuyg'udan farqli o'laroq, tafakkur ashyolarni fikrlash jarayonida bilib boradi, ya'ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg'ib, undagi eng umumiy va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, his-tuyg'udan farqli o'laroq, tushunish xosdir. Mavhum ilmiy tushunchalar, jumladan, riyoziyotga doirlari ham, qanchalik tashqi dunyodan ajralgan bo'lib ko'rinishlaridan qat'iy nazar, muayyan mavjud bo'lgan jismlarning xususiyatlarini aks ettiradilar. Bilimning ikki shaklining usul va xususiyati - hissiy va aqliy - ularni ikki xilda bayon qilishni belgilaydi: sezish sifatlaridan fikriy mohiyatlarga, ya'ni muayyanlikdan majhullikka va jismlarning fikriy tomonlaridan ularning hissiy sifatlariga, ya'ni majhullikdan muayyanlikka.

Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. Bu - muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so'ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida - muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon bo'ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o'tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo'shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta'sirida aqliy bilim amalga oshadi.

Insonni dunyoni bilib olishida faol aql (al-aql al-faol) ishtirok etadi. U his-tuyg'u ma'lumotlarini tafakkur uchun etkazadi. Tafakkur chuqur va har tomonlama bilimga olib boradi. Pirovardida, u dunyo to'g'risidagi barcha bilimlar bilan boyib, abadiylikka olib keladi. Faol aql inson bilan birinchi sabab o'rtasida vositachi sifatida xizmat qiladi. Birinchi sabab uning o'ziga ham taalluqlidir. Faol aql badanda joylashgan ruh bilan bog'langan, va shunday qilib, ilohiy hayotning xususiyati insonga o'tadiki, uning bilimlari aqliy kuch timsolida abadiylikka qadam qo'yadi.

Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo'lib, u tufayli alohida unvon bo'lgan "al-Mantiqiy" laqabini olgan. U Arastuning mantik sohasidagi barcha asarlariga sharhlar yozgan.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Bundan tashqari, uning o'zi ham mantiq bo'yicha ko'plab asarlarning muallifidir.

Forobiy mantiqda ilmiy bilimning usulini ko'rdi. Mantiq fikriy jarayonning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi va kategoriyalar, ya'ni aql bilan tushuniladigan mohiyatlar bilan ish ko'radi. "Mantiq, - deb yozadi Forobiy, - qachonki falsafaning u yoki bu qismlarida qo'llanilsa, mohiyat jihatidan qurol bo'lib, uning yordamida nazariy san'at nimani qamrab olgan bo'lsa, o'shalarning barchasi haqida ishonchli bilimlarga erishtiradi". Forobiy mantiqiy terminlarni (atamalarni) ishlab chiqishga ham katta hissa qo'shdi. U mantik bilan grammatika, mantiqiy fikr va uning nutqiy ifodasi o'rtasida aloqa topishga harakat qildi. Masalan, mantiq ob'ektini belgilab, u quyidagilarni ko'rsatadi:

1) Iste'dodga ega bo'lish va uning yordamida inson tushunchalar orqali fikrlaydi, fan va san'atni egallaydi;

2) inson ruhida paydo bo'lgan va ichki nutq deb ataluvchi kategoriyalar;

3) aqlda paydo bo'lgan ifoda - buni tashqi nutq deb ataydilar.

Forobiyning mantiq bilan grammatikaning o'zaro aloqasi haqidagi talqini hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab qolgan.

Forobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni qarab chiqishga katta e'tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini tekshirib, Forobiy mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi munosabatlari, bo'linishlari va turli ko'rinishdagi tavsif va belgilari hamda ilmiy tushunchalarning xos xususiyatlari - ularning oddiy tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, ya'ni ilmiy istilohlar masalasiga to'xtab o'tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy hajm va mazmundan kelib chiqib, sub'ekt (ega) va predikat (kesim)ning o'zaro munosabatlarini qarab chiqadi. Forobiyning hukmlarni ularda predikatlar sifatida chiqadigan predikabillarga bog'liq ravishda ajratishga urinishi alohida e'tiborga sazovordir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. XaHpy.AaHeB M.M. Oopo6HH Ba yHHHr $a.ca$HH puco^a^apu. TomKeHT .1963.

2. XaHpy.AaeB M. MKKHHHH Mya.AHM. FF Ty.AHCT0H.T0mKeHT.1975, №9

3. Xafipy.AaeB M. YfiFOHHm gaBpu Ba fflap; MyTa^aKKupu. T.1971

4. Xafipy.AaeB M. fflap; peHeccaHCH Ba Oopoôufi. OaH Ba TypMym, TomKeT. 1975, 239 -6

5. A6y Hacp Oopo6ufi. Puco.a.ap. - TomKeHT, OaH, 1975.

6. A6y Hacp Oopo6ufi. Oo3H. ogaM.ap maxpu. - TomKeHT, A6gy..a ;ogupHH HOMugaru xa.; Mepocu HampuëTH, 1993.

7. A6y Hacp Oopo6ufi. Oa3H.aT, 6axT, caogaT Ba KaMO.OT x,a;Hga . - TomKeHT, Ë3yBHH, 2001.

8. My^ugguHoBa O. "Oopo6ufi cuëcHH - xyKyrçuïï Ta^AHMoraga ;oHyH Ba ;oHyHHH.HKHH TaKoMHA.amTHpum KoHcencuncu". TomKeHT, 2005, 55-6eT

9. A6y Hacp Oopo6uH. Oa3H.aT, 6axT-caogaT Ba KaMo.oT x,a;uga."MyTa^aKKup" xa.;apo ^afipuH ^aMFapMacu. TomKeHT "Ë3yBHH".2002 ,37-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.