Научная статья на тему 'ABU NASR FOROBIYNING BOSHLANG‘ICH BILIMLAR HAQIDAGI QARASHLARI'

ABU NASR FOROBIYNING BOSHLANG‘ICH BILIMLAR HAQIDAGI QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
92
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang‘ich bilim / aksioma / sezgi / aql / ilm / inson / mulohaza. / Basic knowledge / axiom / intuition / reason / science / man / reasoning.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Boygaziyev, T., Ochilov, A.

Ushbu maqolada Forobiyning boshlang‘ich bilimlar haqidagi qarashlari ilmiy metodologik jihatdan tahlil qilingan. Mutafakkir insonning sezgilar orqali olinadigan bilimlarni yuqori darajaga qo‘yadi. Shuningdek, maqolada allomaning aksiomalar haqidagi ta’limoti abstrakt holda paydo bo‘lgani bayon qilingan. Xususan, Ibn Sino, Ar-Roziy, N.Tusiy kabi allomalar boshlang’ich bilimlarning kelib chiqishi va jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida ma‘lumotlar berib o‘tishgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABU NASR FORABI'S VIEWS ABOUT BASIC KNOWLEDGE

In this article, Farabi's views on elementary knowledge are analyzed from a scientific and methodological point of view. The thinker puts the knowledge gained with the help of human senses on a high level. The article also says that scientists think about axioms in an abstract form. In particular, such scientists as Ibn Sina, Ar-razi, N.Tusi gave information about the origin of basic knowledge and their role in society.

Текст научной работы на тему «ABU NASR FOROBIYNING BOSHLANG‘ICH BILIMLAR HAQIDAGI QARASHLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ABU NASR FOROBIYNING BOSHLANG'ICH BILIMLAR HAQIDAGI QARASHLARI

Boygaziyev T.

ShDPI mustaqil tadqiqotchisi Ochilov A.

ShDPI mustaqil tadqiqotchisi

Ushbu maqolada Forobiyning boshlang'ich bilimlar haqidagi qarashlari ilmiy metodologik jihatdan tahlil qilingan. Mutafakkir insonning sezgilar orqali olinadigan bilimlarni yuqori darajaga qo 'yadi. Shuningdek, maqolada allomaning aksiomalar haqidagi ta 'limoti abstrakt holda paydo bo 'Igani bayon qilingan. Xususan, Ibn Sino, Ar-Roziy, N.Tusiy kabi allomalar boshlang'ich bilimlarning kelib chiqishi va jamiyat hayotida tutgan o 'rni haqida ma 'lumotlar berib o'tishgan.

Kalit sozlar: Boshlang 'ich bilim, aksioma, sezgi, aql, ilm, inson, mulohaza.

В данной статье взгляды Фараби на элементарное знание анализируются с научно-методологической точки зрения. Мыслитель ставит знания, полученные с помощью человических органов чувств, на высокий уровень. В статье также говорится, что учение мыслители об аксиомах появилось абстракной форме. В частности, такие ученые, как Ибн Сина, Ар-рази, Н.Туси дали сведения о происхождении базовых знаний и их роли в жизни общества.

Ключевые слова: Базовые знания, аксиома, интуиция, разум, наука, человек, рассуждение.

In this article, Farabi's views on elementary knowledge are analyzed from a scientific and methodological point of view. The thinker puts the knowledge gained with the help of human senses on a high level. The article also says that scientists think about axioms in an abstract form. In particular, such scientists as Ibn Sina, Ar-razi, N.Tusi gave information about the origin of basic knowledge and their role in society.

Keywords: Basic knowledge, axiom, intuition, reason, science, man, reasoning.

Sharq Uyg'onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiyning boshlang'ich bilimlar haqidagi qarashlari izchil ishlab chiqilganligi bilan boshqa bir qator faylasuflarlar qarashlaridan alohida ajralib turadi. Alloma "Mantiq ilmiga kirish" asarida boshlang'ich bilimlarning quyidagi turlarini ko'rsatib o'tgan:

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

1.Maqbulot - nufuzli, obro'li kishilar tomonidan tasdiqlangan va ular belgilab bergan bilimlar.

2.Mashhurot - insonlar orasida keng tarqalgan va chin deb qabul qilingan bilimlar.

3.Mahsulot- sezgi a'zolari vositasida hosil qilingan bilimlar.

4.Maqbuloti avval - ilmning boshlanishidayoq ma'lum bo'lgan chin fikrlar, ya'ni aksiomalardir[1, 203-b].

Donishmandlar fikrini muhokama va munozarada isbotsiz qabul qilish boshlang'ich bilim sifatida talqin etish, faqat Forobiydagina emas, Ilk o'rta asrlar davri musulmon Sharqining boshqa faylasuflari asarlarida ham uchraydi.

Buyuk qomusiy olimning bu masalaga oid fikrlari to'g'ri tafakkurlashning eng muhim tamoyilllaridan biri bo'lgan yetarli asos qununi bilan bog'liq masalalarni hal qilishda katta ahamiyatga ega. Unga ko'ra, nufuzli shaxslarga asoslanish deganda, biror fikr-mulohazaning chinligini isbotlashda asoslashda obro'li e'tiborli manbalarga murojaat qilish tushiniladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Forobiy shaxslarning ko'rsatmalariga asoslanishda me'yorga amal qilish zarurligini ta'kidlaydi. Uningcha, inson hech qachon nufuzli shaxslarni haqiqatdan ustun qo'ymasligi kerak. "Inson aqliy qobiliyatlarini shunday yaxshilashi kerakki, uning irodasi haqiqatga yo'naltirilgan bo'lsin. Aristotelga taqlid qilish shunday bo'lishi kerakki, toki unga bo'lgan muhabbat hech qachon shu darajaga yetmasinki, uni haqiqatdan afzalroq ko'rmasinlar, toki undan nafratlanmasinlar va uni rad etish istagida bo'lmasinlar''[2, 13-b]. Mutafakkirning bu fikrlari hozirgi davrda ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

Xulosalash, isbotlash uchun asos bo'luvchi bilimlar qatoriga Forobiy insonlar orasida keng tarqalgan ular tomonidan haqiqat deb tan olingan bilimlarni kiritadi. Bu kabi bilimlarni mashhurot deb ataydi. Ular chin yoki xato bo'lishi mumkin. Masalan "Ota-onani hurmat qilish har bir farzandning burchidir" degan fikr xuddi shu kabi chin bilimni ifodalaydi. Mutafakkir hammaga ma'lum bo'lgan fikrlarni sakkiz turga bo'ladi va ularni ifodalovchi quyidagi mulohazalarni ko'rsatib beradi:

1. Ham chin, ham ishonchli bo'lgan mulohazalar;

2. To'liq yoki qisman chin bo'lgan mulohozalar;

3. Haqiqatga o'xshash mulohazalar;

4. Tushuntiruvchi mulohazalar;

5. Zaruriy mulohazalar;

6. Shartsiz mulohazalar;

7. Ehtimoliy mulohazalar;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

8. Nazariy va amaliy fanlarning mulohazalari [3, 512-b].

Forobiy sezgi a'zolari vositasida hosil qilinadigan bilimlarni hissiy bilish natijalari - mahsulot deb ataydi. Uning fikricha buyum va hodisalarning muayyan fizik xususiyatlarining sezgi a'zolariga ta'siri natijasida inson bu buyumlar va ularning xususiyatlari haqida bilimga ega bo'ladi. Bu bilim asosan buyum va hodisalarning tashqi belgilarini ya'ni aksidensiyalarni ifodalaydi. Inson hissiy bilish vositasida buyumning tashqi ko'rinishi tuzilishi haqida bilimga ega bo'ladi, lekin buyumning mohiyatini bila olmaydi. Bu haqda Forobiy shunday deb yozadi: "Tashqi sezgilar sof tushunchalarni qabul qilmaydi ularni (moddiy substrat bilan) aralashtirib yuboradi va qabul qilayotgan obyekt yo'qolgandan so'ng ularni mustahkamlaydi. Sezgi (masalan) Zaydni insonning sof tushunchasi sifatida qabul qilmaydi (real) insonni unga faqat son, sifat, o'rin, vaziyat va boshqa (kategoriya)lar emas, balki yanada ko'p sonli holatlarning taalluqli bo'lishini qabil qilmaydi. Agar bu holatlar inson (tushunchasining) haqiqiy mohiyatiga kirganda, unda ular hamma odamlar uchun umumiy bo'lgan bo'lardi" [4, 137-138-b].

Demak, Forobiyning fikricha, sezgilar vositasida inson yakka buyumlarning juz'iy jihatlarini biladi va ular haqida empirik tushuncha hosil qiladi. Lekin sezgilar umumiy tushunchalar haqida bilim bermaydi.

Aristotel kabi Forobiy ham ilmning boshlanishidayoq ma'lum bo'lgan haqiqiy fikrlar (ma'qbuloti avval)ni, ya'ni aksiomalarni boshlang'ich bilimlar qatoriga kiritadi.

Bu bilimlar qachon va qanday vujudga kelganligini hech kim bilmaydi, lekin ulardan asos, argument sifatida keng foydalaniladi. "Bir-toq son, ikki-juft son", "butun uni tashkil qiluvchi qismlardan katta" kabi fikrlar shunday bilimlar jumlasiga kiradi. Aksiomalar faqat bir ilm sohasiga tegishli bo'lib qolmay, o'zaro bog'liq ilmlar sohasida ham mavjud bo'ladi. Masalan, nozidlik qonuni barcha ilmlar uchun umumiy bo'lgan aksiomani ifodalaydi.

Yuqorida ko'rib o'tilganidek, Forobiy isbotlash uchun asos bo'luvchi bilimlarning to'rt turini ko'rsatib o'tdi. U, Aristoteldan farqli ravishda sezgilar vositasida olingan bilimlarni ham boshlang'ich bilimlar qatoriga qo'shdi. Forobiy inson boshlang'ich bilimlarni qanday qilib oladi degan savolga javob berib, shunday deb yozadi: "Bolaning joni boshlang'ichlarni va tamoyillarini sezgilar yordamida qabul qilishga moyil. Bular unda anglanilmagan va beg'araz holda ishlab chiqiladi. Bularning ishlab chiqilishiga sabab jonning ularga moyilligidir" [5, 67-b]. Demak, jon boshlang'ich bilimlarga moyil bo'lganligi uchun uni qabul qiladi. Lekin boshlang'ich bilimlarning o'zi, ayniqsa aksiomalar qanday paydo bo'lgan, degan savol Forobiyda ham o'z yechimini topmaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish joizki, Forobiy nafaqat boshlang'ich bilimlar haqida, balki ilmlarning bir qancha turlari kelib chiqishida o'z hissasini qo'shgan buyuk allomalardan biri edi, albatta. Hozirgi kunda buyuk mutafakkirlarimiz, xususan, Forobiyning ilmiy me'rosini o'rganish, yosh avlodning Yangi O'zbekistonni barpo etishida poydevor vazifasini o'taydi.

REFERENCES

1. Аль-Фараби. Вводные разделы по логике //Логические трактаты. -Алма-Ата: Наука, 1973. -С. 203.

2. Аль-Фараби. О том, что должно предшествовать изучению философии //Философские трактаты. - Алма-Ата: Наука, 1970. -С. 13.

3. Аль-Фараби. Риторика //Логические трактаты. -Алма-Ата: Наука, 1970. -С. 512.

4. Аль-Фараби. Основы мудросты //Материалы по истории прогрессивной общественно-философской мысли в Узбекистане. -Ташкент: Фан, 1976. -С. 137138.

5. Казибердиев А.Л. Сочинения Абу Насра Аль-Фараби в рукописах института Востоковедедения АН. Уз ССР. Т.:Фан, 1975. -С. 67.

6. Ochilova, G. A. (2020). Philosophical analysis of the development of social consciousness. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology" PJAEE, 17(7).

7. Омонов, Б. (2021). Значение религиозных ценностей в формировании культуры личной экологии. In Proceedings of Global Technovation 4th International Multidisciplinary Scientific Conference Hosted from Paris, France February 27th.

8. Omonov, B. (2021). Problems And Consequences Of Water Deficiency In Central Asia. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(8).

9. Омонов, Б. Н. (2021). ВЫРАЖЕНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В РЕЛИГИОЗНЫХ ЦЕННОСТЯХ. In СОВРЕМЕННЫЕ НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 301-303).

10. Nurillaevich, O. B., Aralovna, O. G., Shavkatovich, N. K., Khurramovich, M. Y., & Aralovich, O. B. (2022). Factors Of The Formation Of Ecological Culture In The Education And Training System. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 984989.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

11. Ochilova G.A. Yoshlar - Yangi O'zbekistonning ma'naviy elitasi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. https://oriens.uz/media/journals/ORIENS_Volume_2__ISSUE_10.pdf) 1288-1294.

12. Omonov, B. (2015). The use of water resources in the center of environmental policy in the region. In The Fifth International Conference on History and Political Sciences (pp. 53-58).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.