Научная статья на тему 'ABDURAUF FITRAT SHE’RLARIDA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI IFODALOVCHI LISONIY VOSITALARNING LINVOPRAGMATIK TAHLILI'

ABDURAUF FITRAT SHE’RLARIDA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI IFODALOVCHI LISONIY VOSITALARNING LINVOPRAGMATIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
13
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
emotsiya / emotsionallik / ekspressivlik / emotiv / emotsional-ekspressiv ma’no / emotsional-ekspressiv bo‘yoq / denotativ / konnotativ va pragmatik ma’no / fonetik usul / morfologik usul / leksik usul / punktatsion usul. / emotion / emotionality / expressiveness / emotive / emotional-expressive meaning / emotional-expressive color / denotative / connotative and pragmatic meaning / phonetic method / morphological method / lexical method / punctuation method.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usmonova, Shahnoza Erkinjonovna

Emotsional-ekspressivlik tushunchasi bugungi zamonaviy tilshunoslikda hali ham markaziy tushunchalardan ekanligini yaxshi bilamiz. Ko‘plab shoir va yozuvchilarimizning asarlari misolida bu tushunchani bir necha tilshunoslik yo‘nalishlarida tadqiq qilingan. Faqat baho munosabatini ifodalaydigan bu so‘zlarni Fitrat she’rlarida qo‘llanishi va ularning lingvopragmatik tahlilini hali o‘rganilmagan. Shu bois mazkur maqolada Abdurauf Fitrat she’rlarida emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi lisoniy vositalarning lingvopragmatik xususiyatlarini tahlil qilinadi. Shu bilan birga Fitratning badiiy topilmalarini ham o‘rganilib, shoir aslida nima demoqchiligini yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINPOPRAGMATIC ANALYSIS OF LINGUISTIC MEANS EXPRESSING EMOTIONAL-EXPRESSIVENESS IN ABDURAUF FITRAT'S POEMS

We know well that the concept of emotional-expressiveness is still one of the central concepts in today’s modern linguistics. On the example of the works of many poets and writers, this concept has been studied in several areas of linguistics. The use of these words, wich express only the relation of value, in Fitrat’s poems and their linguo-pragmatic analyzis have not yet been studied. Therefore, this article analyzes the linguo-pragmatic features of linguistic tools expressing emotional-expressiveness in Abdurauf Fitrat’s poems. At the same time, the artistic findings of Fitrat are also studied, and what the poet actually wants to say is illuminated.

Текст научной работы на тему «ABDURAUF FITRAT SHE’RLARIDA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI IFODALOVCHI LISONIY VOSITALARNING LINVOPRAGMATIK TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ABDURAUF FITRAT SHE'RLARIDA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI

IFODALOVCHI LISONIY VOSITALARNING LINVOPRAGMATIK

TAHLILI

Usmonova Shahnoza Erkinjonovna,

Namangan davlat universiteti 2-kurs tayanch doktoranti e-mail: zafarbekismatov@gmail .com

ANNOTATSIYA

Emotsional-ekspressivlik tushunchasi bugungi zamonaviy tilshunoslikda hali ham markaziy tushunchalardan ekanligini yaxshi bilamiz. Ko 'plab shoir va yozuvchilarimizning asarlari misolida bu tushunchani bir necha tilshunoslik yo 'nalishlarida tadqiq qilingan. Faqat baho munosabatini ifodalaydigan bu so'zlarni Fitrat she'rlarida qo'llanishi va ularning lingvopragmatik tahlilini hali o'rganilmagan. Shu bois mazkur maqolada Abdurauf Fitrat she'rlarida emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi lisoniy vositalarning lingvopragmatik xususiyatlarini tahlil qilinadi. Shu bilan birga Fitratning badiiy topilmalarini ham o 'rganilib, shoir aslida nima demoqchiligini yoritiladi.

Kalit so'zlar: emotsiya, emotsionallik, ekspressivlik, emotiv, emotsional-ekspressiv ma 'no, emotsional-ekspressiv bo 'yoq, denotativ, konnotativ va pragmatik ma 'no, fonetik usul, morfologik usul, leksik usul, punktatsion usul.

ABSTRACT

We know well that the concept of emotional-expressiveness is still one of the central concepts in today's modern linguistics. On the example of the works of many poets and writers, this concept has been studied in several areas of linguistics. The use of these words, wich express only the relation of value, in Fitrat's poems and their linguo-pragmatic analyzis have not yet been studied. Therefore, this article analyzes the linguo-pragmatic features of linguistic tools expressing emotional-expressiveness in Abdurauf Fitrat's poems. At the same time, the artistic findings of Fitrat are also studied, and what the poet actually wants to say is illuminated.

Key words: emotion, emotionality, expressiveness, emotive, emotionalexpressive meaning, emotional-expressive color, denotative, connotative and pragmatic meaning, phonetic method, morphological method, lexical method, punctuation method.

KIRISH

"Emotsiya" fransuzcha so'z bo'lib, his-hayajonga solmoq, to'lqinlantirmoq ma'nolarini anglatadi. Lug'atlarda unga tashqi va ichki qo'zg'atuvchilar ta'siri natijasida odam va hayvonlarda paydo bo'ladigan ruhiy kechinma, his-tuyg'u, his-

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

hayajon, qo'zg'alish deb ta'rif berilgan. Shu o'zakdan kelib chiqqan "emotsional" termini esa his-tuyg'u ifodalovchi ma'nosini anglatsa, "emotsionallik" so'zi emotsional belgi, xususiyat, shunday belgi xususiyatga egalik ma'nolarini ifodalaydi.

"Ekspressiv" lotincha so'z bo'lib, asl ma'nosiga ko'ra "kuchaytirilgan" demakdir. Bu termin tilshunoslikka ko'chma ma'nosi bilan kirgan bo'lib, "kuchli hissiy obrazlilik xususiyati" degan ma'noni ifodalaydi [1;6]. His-hayajon psixologiya fanida tekshirilsa-da, tildagi vositalar orqali his-hayajon ifodalangani sabab tilshunoslar tomonidan o'rganiladi. Ekspressivlik va emotsionallik tushunchalari bir-biriga bog'liq bo'lgan, umumiy tushunchalarni ifodalaydi. [2;6]. "Nutqni yana-da yorqinroq, ta'sirchanroq, taassurotliroq qiladigan narsalarning hammasi ekspressiyadir. Demak, nutqning ekspressivligi - nutqni yorqin, ta'sirchan, tasviriy, taassurotli qiluvchi vositalardir" [3;99]. Ekspressivlik (lotincha expressio) -ifodaviylik, his-tuyg'uni, xavotirni bildiruvchi kuch degani.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Jahon tilshunosligida ko'p tilshunoslar, jumladan, F.Sossyur, V.Vundt, K.S.Lyuis, E.Bergen, V.F.Gegel, D.Bolingerlar o'z ilmiy ishlarida emotsional -ekspressiv so'zlar va ularning ma'no taraqqiyotini o'rganganlar. V.I.Shaxovskiy, E.M.Galkina Fedoruk, E.F.Patrishcheva, S.S.Plyamovataya, S.G.Lyubova, S.K.Abakumov, V.V.Vinogradov, Y.Y.Myagkova kabi rus tilshunoslari esa o 'z tadqiqotlarida emotsional so'zlarni ko'proq psixologiya faniga bog'lab o'rganishga erishishgan.

O'zbek tilshunosligida ham bu borada samarali tadqiqotlar olib borilganini kuzatishimiz mumkin. Dastlab Y.Pinxasov "Hozirgi o'zbek adabiy tili" ilmiy qo'llanmasida emotsional so'zlarni his-hayajonni bildiruvchi maxsus so'zlar va so'zlovchining predmet, voqea-hodisalarga ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalovchi so'zlar [4; 44]ga bo'lganini e'tirof etgan bo'lsa, I.Qo'chqortoyev so'zlarning bog'lanishi asosida emotsional-ekspressivlik hosil bo'lishini aytib o'tgan [5;168]. S.Usmonov, Sh.Rahmatullayev, F.Kamolov, H.Jamolxonov, G.Kabuljanova, G'.Qambarov, X.Donioyorov, M.Mirtojiyev, S.G'oyibov, R.Qong'urov, A.Abdullayevlarlarning ilmiy tadqiqotlarida ham emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi leksikalar tahlilini kuzatamiz.

O'zbek tilida nominativ ma'noga ekspressiya elementi qo'shilgan so'zlar ko'pligini bilamiz. Ularni o'rganishdan avval so'zning umumiy ma'nolari haqida ham fikr yuritish lozim . Bilamizki, so'zning umumiy ma'nosi denotativ, konnotativ va pragmatik ma'noga bo'linadi. Denotativ ma'no - obyektiv borliqning insoniyat ongidagi bevosita in'ikosi. Konnotativ ma'noni ayrim adabiyotlarda, jumladan,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

M.Hakimovaning "Semasiologiya"asarida emotiv, emotsional-ekspressiv ma'no [6;28] deb ham aytilgan. Bunga sabab esa konnotativ ma'no qo'shimcha ma'no bo'lib, emotsional-ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lishidir. Emotsional-ekspressiv bo'yoq ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Pragmatik ma'no ham tilshunoslikda katta ahamiyatga ega bo'lgani bois ijtimoiy, amaliy ma'no hisoblanadi, asrlar mobaynida qo'llanib kelinayotgan denotat yoki konnotat to'ldira olmayotgan bo'sh o'rinlarni, o'zi qoniqmayotgan jihatlarni ifodalash uchun millat tomonidan ma'naviy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-adabiy, geografik-areal, diniy-etnografik va boshqa jihatlarini o'zida namoyon qiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Yuqorida keltirilgan ilmiy asosli fikrlarni jadidimiz Abdurauf Fitrat she'rlari asosida tahlil qilishga harakat qilamiz, zero uning she'rlarida qo'llangan emotsional -ekspressivlikni ifodalovchi lisoniy vositalarni hali lingvopragmatik tahlil qilinmaganligini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun ham bu galgi maqolamizda uning bir nechta she'rlari misolida emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi leksikalarni linvopragmatik tahlil qilib chiqamiz.

TAHLIL VA NATIJALAR

Buning uchun esa avvalo, so'zning emotsional-ekspressivlik darajasi so'zlovchining layoqatiga bog'liq bo'lishini yodda tutgan holda emotsional-ekspressivlikni amalga oshirish mumkin bo'lgan usullardan ba'zilarini belgilab olamiz va aynan shu usullarga Fitrat she'rlaridan misollar k eltirish orqali shoir aslida nima demoqchi ekanligini ko'rib chiqamiz:

1. Fonetik usul. Bu usul orqali ekspressivlik yaratishda intonatsiya muhim rol o'ynaydi. Hozirgi o'zbek tilida fonetik usul bilan ma'no kuchaytirishning quyidagi ko'rinishlari mavjud:

a) unlini kuchli talaffuz qilish (zarb urg'usi) va unlini cho'zish (kvantitativ

Yaangigina kelin bo'lg'an bir qizning Ko'kragini eri bo'lgan yigitning Jonsiz yotgan gavdasi uzra qo'yub Nayza bilan teshmishlarL

("Sharq"poemasidan) [10;41] b) undoshni qavatlash (geminatsiya): Erka malak, achchig'lanmam senga Uchirsang-da ko kka yurak kulin.

urg'u);

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Achchig'lanmam senga, nozli quyosh, Yondirsang-da umidimning gulin.

("Achchig'lanma degan eding" she 'ridan) [10;36] Yo'q... yo'q... Tangri haqqi uchun yo'q!..

("Yurt qayg 'usi " sochma she'r)[10;31] Sanab o'tilgan fonetik hodisalaming qo'llanishida o'ziga xos shart-sharoitlar va qonun-qoidalar mavjud. Yuqoridagi misralarda qo'llangan "achchiq" va "haqqi" so'zlarida ch va q tovushining ikkilantirilishi asosida shoirning o'z tinglovchisiga nisbatan yo'llayotgan murojaatini kuchli ohangda aytayotganini kuzatish mumkin. Shuni ham ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda achchiq so'zida ch tovushini ikkilantirib qo'llash meyoriy holat hisoblanadi.

2. Sinonimlarni qo'llash bilan bog'liq usul. Ekspressivlik ifodalovchi leksik vositalar sifatida polisemantizm, stilistik chegaralangan leksika, sinonimiya va frazeologiya kabi hodisalarni belgilash mumkin. Sanab o'tilgan til hodisalari ekspressivlik hosil qilishda aktiv va sermahsul vositalardir. Sinonimiya stilistikaning asosi bo'lib, sinonimik birliklar ekspressivliklar yaratishda muhim o'rin egallaydi. Ayniqsa, gradatsiya imkoniyatiga ega bo'lgan til hodisasi hamma vaqt ekspressivlik ifodalash imkoniyatiga ham ega bo'ladi. Chunki gradatsiyaning o'zi ma'noning kuchi jihatidan darajalanishi demakdir:

Ey mungli xotun, sen kimsan? Ey giamli ona, nechuk mundan ayrilmaysan?

("Yurt qay'g'usi". Bir o'zbek nutqi)

[10;32]

Bu yerda mungli xotun, g'amli ona birliklari yordamida sinonimlar orasidagi gradatsiyaga guvoh bo'lamiz. Bu esa ushbu misralarda ekspressivlik mavjudligini anglatadi. Fitrat ushbu she'rida gradatsiyadan foydalanib o'zi yashagan davr ayollari orqali yurt qadri qanchalik balandligi haqida e'tirof etadi.

Bag'rim yoniq, yuzim qora, ko (nglim siniq, bo (ynim bukuk.

Sening ziyoratingga keldim, sultonim!

Ezilgan boshim, qisilgan vijdonim, kuygan qonim, o (rtangan jonim uchun bu sag'anangdan davo izlab keldim, xoqonim!

Turk uchun qo 'ydig 'ing davlat bitdi, turk ostig 'a qurdig 'ing hoqonlik yog'iygami ketdi.

Turkningnomusi, e'tibori, iymoni, vijdonizolimlarningayog'larin ostinda qoldi.

Turkningyurti, ulog% o'chog'i, Turoniyot qo 'llarg'a tushdi.

Turkning bilgisi, ongi, o (ylovi, ziyrakligi jaholat o'ljasig 'a ketdi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Sening omonatingg 'a xiyonat qilg 'anlarni ez, ur, o 'Idur!

Sultonim!

("Yurt qayg'usi".Temur Oldinda.) [10;33] Ushbu misralarda ham sinonimiyaga xos gradatsiyani kuzatamiz, bu orqali shoir o'z davrida bo'layotgan o'zgarishlardan bezovta ekanligini bildirib, Turonni yot qo'llarga berib qo'yilganidan azoblanayotganini aytib Temurdan uzr so'raydi. So'kish, qarg'ish, la'nat aralash bo'g'iq Shu qorong'u, yuraklarni(ng) butunlay Tovushlari senga to 'g 'ri yuksalgan. Quvilasen bu sezgusiz o'lkadan. (Ovunchoq)[10;3 7] Yuqoridagi she'rda keltirilgan So 'kish, qarg 'ish, la 'nat kabi sinonimik birliklar ham gradatsiya asosida tartiblanganini kuzatamiz.

3. Ko'p ma'noli so'zlar (polisemiya). Polisemantizmlar bir ma'nosi (to'g'ri, nominativ ma'nolar) bilan neytral, yana bir ma'nosi (figural — ko'chma ma'nosi) bilan esa ekspressiv-emotsional fikr ifodalash uchun xizmat qiladi[8;4]: Qip-qizil gulim, yop-yorug( oyim, Ketmay tur, bir oz men ko 'ray seni. Dardi jonimning sen davosimi? Mungli ko (nglumning podishosimi? Gulmi sen, ko 'zim, jonmi sen, ko 'zim? Ko (nglimning buti yo xudosimi? Bilmadim, gulim, ayt o 'zing kulib,

Oshiqing nechuk atag 'ay seni? ("Kim Deyay Seni? ")[7;20] Bu she'rda oshiq shoir o'z sevgilisiga metaforik o'xshatmalar: qip-qizil gulim, yop-yorug( oyim,mungli ko'nglumning podishosi,ko(nglimning buti yo xudosikabi murojaatlar orqali so'zlab, she'rdagi badiiy pafosni yana-da kuchaytirishga erishgan.

Qizil gulim, qora ko (zim, tilagim, Dunyo sening boqishingdan o 'rgulsun. Yovuz yorim, yuzingga hech boqolmam, Ko ingil dardin oyog iingg(a to kolmam. ("Bir oz kul ")[7;20] Yoriga bag'ishlab yozilgan bu galgi she'rida ham Fitrat chiroyli metaforik ekspressiyani vujudga keltira olgan.

Oh... u kunlar!...

Sho 'r suvlardan chiqib kelgan bu maymun, Tulki, ilon, shayton, aldovchi mal'un Anglizlar!...

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Hamda uning quyrug 'ini tutkanlar! ("Qor ")[7;22] Mazkur she'rda Fitrat inglizlami maymun, tulki, ilon, shayton kabi sifatlashlar orqali polisemik gradatsiyani yuzaga keltirgan. Bu orqali ingliz xalqining aldovchi xalq ekanligiga urg'u bergan.

Yig'la, bir oz o'ksuzlangan tilagim: Men ham senday baxsizlikka tutundim, Umidsizlik ora tushib yo'qsul jonim o'rtandi.

("Yana yondim ")[10;38] Fitrat davrini mutlaq yuzini ochib beruvchi yuqoridagi she'ridan keltirilgan parchada o'ksuzlangan tilak, yo'qsul jono'xshatishlari vositasida kuchli metaforik ekspressiyani vujudga keltirganini kuzatamiz.

Biroq bu kun, esizlarkim, bu o'lka Har tomondan talanmishdir yo 'Isizcha, Madaniyat degan g'arbli olbosti, Boqing, buning ko 'kragidan o 'q bosdi. ("Sharq ") "Sharq" poemasidan keltirilgan bu misralarda qo'llangan g'arbli olbostio'xshatishi Fitratning shaxsiy ekspressiv topilmalaridan biridir.

4. Leksik (so'z tanlash):

Orqadoshlar, to 'planaylik jahlning uyin yiqqali

("O 'qitg 'uchilar Yurtiga ")[10;42] Bu yerda orqadoshlar (Fitratning shaxsiy topilma so'zlaridan biri!) so'ziniqo'llashning o'zi bir jozibadorlikni oshirgan.

5. Morfemik (qo'shimcha variantlarini almashtirish) usullari. Ekspressivlik-emotsionallik ifodalashning morfologik usuli deganda maxsus so'z formalari vositasida, shuningdek, ma'lum bir grammatik ma'no ifodalovchi formani maxsus qo'llash (ko'chma ma'noda) orqali ekspressivlik-emotsionallik ifodalash tushuniladi.

-chaqo'shimchasi,odatda, maxsus ekspressivlik ifodalovchi vosita bo'lib, suyish, erkalash, yoqtirish, ba'zan, mensimaslik, tahqirlash, kesatish kabi ma'nolarni ifodalaydi. Lekin quyidagi misrada -cha qo'shimchasi harakatni

(o'qiduqcha) va harakatning belgisini (umidsizcha) anglatuvchi so'zlarga qo'shilib kelganini va yangi so'z hosil qilinganini kuzatamiz: O'qiduqcha, u izdan O 'zim uchun ko 'b umidlar to 'qidim. — Umidsizcha yashay olmam, netayin ("Shoir ") Fitrat she'rlarida morfologik usul yordamida hosil qilingan ko'plab go'zal ekspressiv ruhdagi misralarni ko'ramiz. Ayniqsa, -mi so'roq yuklamasining o'rnini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

almashtirib qo'llashi natijasida Fitrat yurtning fojiali qayg'usini yana-da kuchliroq, bo'rttiribroq ko'rsatishni maqsad qilgan misralari kishini ajablantiradi: Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmikerakdir? Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir? Temur bila Chingiz qoni toshdi tomrimizdan, Aytgil! Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir? Yov suqg'ali kelgach qilichini yuragingga, Tush oldiga, ol ko ksumi — qalqonmi kerakdir? Boq, boq, mana turk tengizi toshqun qila qoldi, Turon yovini quvg 'ali to fonmi kerakdir? Turon, yigiting, barchaga boq, qalqdi oyoqg 'a, Yurtda qorovul qo 'yg'ali arslonmi kerakdir?

("Yurt qayg 'usi ")[10;31] Endigi misralarda -lar qo'shimchasi harakatni anglatgan so'zlar(qarag(aylar, kulgaylar, qo(llag(aylar,ko(mak etkaylar )ga qo'shilib, ko'plik ma'nosidan tashqari bo'rttirishni ham anglatganini ko'ramiz, bu esa Fitratning yana bir ekspressiv leksika yasashdagi mahoratini ko'rsatadi: Kim ozg'ina qaragiaylar, kulgaylar Ingrab turgan jonini

Qo (llag (aylar, bir oz ko (mak etkaylar. ("Shoir ")[7;22] 6. Ekspressivlik ifodalashning yana bir usuli so'zlarining analitik takror formasidir. Bir o'zakli so'zlarning qaratqich-qaralmish formasida kelishi orqali ekspressivlikni hosil qilish esa she'riyatda keng uchraydi, shuning uchun buni Fitrat ijodida ham kuzatishimiz tabiiy hol: Ey arslonlar arsloni! Menim yozuqlarimdan o 't, Meni qo 'limni tut,

Belimni bog 'la, muqaddas fotihangni ber! ("Yurt qayg 'usi")

Lekin quyida keltirilgan ekspressiyada esa ham polisemik, ham qaratqich-qaralmish formadagi ekspressivlikni kuzatamiz, bu esa badiiy ijodda kamdan kam kuzatiladigan j arayondir:

Ey Chingizlarning, Temurlarning, O(g(uzlarning, Otillalarning shonli beshiklari! ("Yurt qayg 'usi")

Fitratning ushbu she'rida yana bir go'zal ekspressiyani uchratamiz, unda qani va nechun so'zining qaytarilishi asnosida analitik takror formali ekspressiya vujudga kelganining guvohi bo'lamiz. Bu orqali shoir o'z davrining xalqiga kuchli murojaat bilan chiqib, ozodlikka undaganini ko'ramiz:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Dunyoni «urho»lari bilan titratkan yo 'Ibars yurakli bolalaring qani?

Yer tuprog 'ini ko'klarga uchiraturg 'an tog' gavdali o 'g 'lonlaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydir?

Yer yuzining bir necha polvonlari bo 'lgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar?

Nechun ketdilar? Kurash maydonlarini o 'zgalarga nechun qo 'ydilar? Nechun... Nechun... nechun..?

Gapur menga, ey Ulug' Turon, arslonlar o 'lkasi! Senga ne bo 'ldi?!

("Yurt qayg 'usi ")

Ba'zan misralar orasida bir so'zning qaytariq holatida kelishi ham biz kutgandan-da a'loroq ekspressivlikni beradi. Bunga Fitrat she'rlaridan yaqqol misol keltiramiz:

Sening Turoningni o 'zim talatdim, Sening turkligingni o'zim ezdirdim, Sening omonatlaringga xiyonat o 'zim qildim.

("Yurt qayg 'usi ". Temur tili) Ur, ur!.. Sening tirnoqlaring nozli, nozli urdiqcha, Yuragimning bitib qolgan yaralari ochilsun!

("Parcha ")[10;41]

7. Punktuatsion belgilarning ishlatilishi uslubi. She'riy talab bilan gap bo'laklari bir-biridan uzilib qolsa, ular o'rtasida munosabatni tenglashtirish, turli his-tuyg'u va modal ottenkalarni ifodalashda tiredan foydalaniladi. Ayrim o'rinlarda tire ma'qullash, ayirib ko'rsatish kabi uslubiy vazifa ham bajaradi.[9;157]Bu holatni Fitratning quyidagi misralarida ham uchratamiz: Yig 'ladim, Kuldim, Yalindim — Tushundim:

Birtasi ham mizojiga yoqmadi.

Nechun meni sababsizcha unutdingiz— aytingiz?

O 'tinamen... yalinamen, qochmangiz — qaytingiz!

("Yana yondim ")[7;22] Turma — yugur, tinma — tirish, bukilma — yuksal, Hurkma — kirish, qo 'rqma — yopish, yo 'rilma — qo 'zg'al.

("O 'gut ")[10;41]

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

XULOSA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Abdurauf Fitrat she'rlarida emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi lisoniy vositalar juda ko'p va rang-barang. Shoirning bunday vositalardan foydalanishi esa she'rlarining qimmatini yana-da oshirgan.

Yuqorida misol qilib berilgan Fitrat she'rlarida ta'sirchanlik qanday vositalar orqali ifodalanganligini ko'rish orqali uni yana bir bor tengi yo'q ijodkor va shu bilan bir vaqtda yetuk tilshunos olim bo'lganligini isbotladik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Маджидова Р.У., Мухиддинова Х.С., Султонова Ш.М. Тилшуносликка кириш. - Тошкент,2015. - 6б.

2. Абдуллаев А. Узбек тилида экспрессивликнинг ифодалаииши. - Тошкент: Фан, 1983.- 6 б.

3. Галькина-Федорук Е. М. , Горшкова К. В., Шанский Н.М.Современннй русский язнк. M,1962. - T.I. - с. 99.

4. Пинхасов. Хрзирги узбек адабий тили. - Тошкент: Ук;итувчи,1969. - 44 б.

5. Кучкортоев И. Суз маъноси ва унинг валентлиги. - Тошкент: Фан, 1977.168 б.

6. Хдкимова М. Семасиология. - Тошкент, 2008.- 28 б.

7. «Шар; юлдузи» журнали.- Тошкент, 1991.- 6 тон. -20-22 б.

8. Абдуллаев А. Узбек тилида экспрессивликифодалашнинг синтактик усули. - Тошкент: Фан, 1987.- 4 б.

9. Э. Киличев. Узбек тилинтнг амали стилистикаси (грамматика).- Тошкент: Укитувчи, 1992. - 157б.

10. Фитрат. Танланган асарлар. 4 жилдлик. 1-жилд. - Тошкент: Маънавият, 2000. - 31-32-33-36-37-38-41-42- б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.