Научная статья на тему 'ABDULLA QODIRIY ASARLARI LEKSIK IMKONIYATLARI XUSUSIDA'

ABDULLA QODIRIY ASARLARI LEKSIK IMKONIYATLARI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
145
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abdulla Qodiriy / asarlari / soʻzlar / isteʼmolda qo'lashnilmaslik / adabiy taʼlim / yetakchi xususiyatlar / "O'tkan kunlar" asari

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Habibullayeva Mashrabxon Muhammadjon Qizi, Umidjon Qo’Ziyev

Mustaqillik davri adabiy ta'limining yetakchi xususiyatlarini o'quvchi ma'naviyatini yuksaltirish, ijodkorning hayoti haqidagi ma'lumotlarni o'rgatish vositasida yoshlarda ham yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatlarini tarkib toptirish, ularning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ijodkor shaxsiga xos namunaviy sifatlar ta'sirida o'quvchilarning ilmga, san'at va adabiyotga mehrini, hurmatini o'stirish, muayyan ijodkor ruhiyatini his qilish vositasida o'quvchilarni o'zga odamlar qalbini anglashga o'rgatish, o'zgalar dardini anglashga yo'llash kabilar tashkil etadi. Shu tamoyildan kelib chiqib qarasak, Abdulla Qodiriy faqat asarlari bilan emas, balki bosib o'tgan hayot yo'li, o'zining yaxshi fazilatlari bilan ham o'quvchilarga katta ta'sir ko'rsatadi. Ushbu maqolada, Abdulla Qodiriy asarlaridagi soʻzlarning hozirda isteʼmolda qo'llanilmasligi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QODIRIY ASARLARI LEKSIK IMKONIYATLARI XUSUSIDA»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

ABDULLA QODIRIY ASARLARI LEKSIK IMKONIYATLARI XUSUSIDA Habibullayeva Mashrabxon Muhammadjon qizi

NamDU talabasi Umidjon Qo'ziyev

NamDU dotsenti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.7360170

Annotatsiya. Mustaqillik davri adabiy ta'limining yetakchi xususiyatlarini o'quvchi ma'naviyatini yuksaltirish, ijodkorning hayoti haqidagi ma'lumotlarni o'rgatish vositasida yoshlarda ham yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatlarini tarkib toptirish, ularning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ijodkor shaxsiga xos namunaviy sifatlar ta'sirida o'quvchilarning ilmga, san'at va adabiyotga mehrini, hurmatini o'stirish, muayyan ijodkor ruhiyatini his qilish vositasida o'quvchilarni o'zga odamlar qalbini anglashga o'rgatish, o'zgalar dardini anglashga yo'llash kabilar tashkil etadi. Shu tamoyildan kelib chiqib qarasak, Abdulla Qodiriy faqat asarlari bilan emas, balki bosib o'tgan hayotyo'li, o'ziningyaxshi fazilatlari bilan ham o'quvchilarga katta ta'sir ko'rsatadi. Ushbu maqolada, Abdulla Qodiriy asarlaridagi so 'zlarning hozirda iste 'molda qo'llanilmasligi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: Abdulla Qodiriy, asarlari, so'zlar, iste'molda qo'lashnilmaslik, adabiy ta 'lim, yetakchi xususiyatlar, "O 'tkan kunlar " asari.

Abstract. The ability of literary education during the independent era to increase readers' spirituality, compose creative, creative qualities even in young people, develop their capacity for independent thought, cultivate students' love and respect for science, art, and literature under the influence of standard qualities inherent in the creative personality, teach students to think critically, and According to this tenet, Abdullah Qadiri greatly influences readers not just via his writings but also by his positive traits and the style of life he led. This article expresses opinions and considerations regarding the fact that Abdulla Kadiriy's works are not now consumed.

Uyushiq bo'laklarning ikkitasi o'z sifatlashlari bilan qo'shilib birikma holida o'zaro ohang bilan bog'langan, keyingi uyushiqlikda ko'rkam so'zi alohida olinib, u sifatlovchi birikma holida oq yuzli bo'lagi bilan va bog'lovchisi orqali bog'langan va ohang, ko'ryapsizki, o'zgartirilgan, keyingi bo'lak murakkab birikma holida kelishgan qora ko'zli tarzida shakllantirilib, unga mos ravishda keyingi bog'lanuvchi uyushiq bo'lak ham uch so'zli qilib murakkab shaklda tanlangan (mutanosib qora qoshli) va bu ham ohang bilan bog'langan. Nihoyat, oxirgi uyushiq bo'lak olti so'zdan iborat qilib tuzilgan hamda u endi yana va bog'lovchisi orqali bog'langan:

a) uyushiq bo'laklar tuzilishiga ko'ra ikki so'zli, bir so'zli, uch so'zli, olti so'zli ko'rinishda;

b) oldingi ikkitasi bog'lovchisiz bog'langan, keyingi ikkitasi va bog'lovchisi orqali bog'langan; yana ikkita murakkab uyushiq bo'laklar bog'lovchisiz holda; undan keyingisi esa bog'lovchili holda bog'langan;

d) uyushiq bo'laklikning o'zi san'atkorona tuzilgan, shakllantirilgan. Uyushiqlikda oddiy sanashdan tashqari, ta'kid va musiqiylik, rang-baranglik ko'zga tashlanadi.

Bu ikki kishining bittasi: gavdaga kichik, yuzga to'la, ozroqqina soqol, murtli, yigirma besh yoshlar chamalik bir yigit. Ikkinchisi: uzun bo'yli, qora cho'tir yuzli, chog'ir ko'zli, chuvoq soqol, o'ttiz besh yoshlarda bo'lgan ko'rimsiz bir kishi edi. Keltirilgan uyushiqlikda boshqa bir, alohida shakllantirish kuzatiladi: gavdaga kichik, yuzga to'la. Chunonchi, muallif bu o'rinda, bemalol, kichik gavdali, to'la yuzli birikmalarini ishlatishi mumkin edi. Shunda ham, asosiy holat

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

jiddiy o'zgarib qolmas edi. Biroq yozuvchi asar tili rang-barangligini keltirib chiqarish, kitobxonni qiziqtirish, o'qimishlilikni ta'minlash, ta'sirchanlikni oshirish maqsadini ko'zda tutib jonli tildagi qo'llanishni tanlagan va maqsadga erishgan. Ozroqqina soqol, murtli uyushiqlarida xuddi shu maqsadlarda soqol so'zi tarkibida qo'llanilishi lozim bo'lgan li qo'shimchasi tushirilgan bo'lsa, murtli so'z shaklida aynan shu li qo'shimchasining "ega ekanlik" ma'nosini ifodalashidan o'rinli foydalangan. Yigirma besh yoshlar chamalik bir yigit birikmasida ham yozuvchi xalq tiliga oid qo'llanishni ma'qul ko'rgan.

Buni yigirma besh yoshlardagi bir yigit yoki yigirma besh yoshlar bir yigit; yigirma besh yosh chamalik bir yigit kabi shakllarda ham berish mumkin edi. Biroq bunday holatlarda taxmin ma'nosini bo'rttirish o'z ifodasini topmas edi. Matnda: "besh yoshlar va chamalik birliklari birga qo'llangan va bu narsa taxmin ma'nosini bo'rttirishga xizmat qildirilgan. Mana shu keyingi holatdagi uyushiqlikka monand holda yozuvchi Hasanali qiyofasini ham tasvirlaydi: "Bu chol Hasanali otlik bo'lib, oltmish yoshlar chamasida, cho 'ziq yuzli, do 'ngroq peshonali, sariqqa moyil to 'garak qora ko 'zli, oppoq uzun soqolli edi".

Matnda chamalik so'zi o'rnida chamasida so'z shakli qo'llangan. Barcha uyushiq bo'laklar oxirida li affiksini, albatta, o'ziga xos ishlatgan. E'tibor bering: bir bo'lakda ishlatadi, boshqa bo'lakda bu qo'shimchani ishlatmaydi (chog'ir ko'zli, chuvoq soqol); hamma bo'laklarda bu qo'shimchani ishlatadi (cho'ziq yuzli do'ngroq peshonali; "qora ko'zli, oppoq uzun soqolli). Bu gapni, masalan, Oltmish yoshlar chamali, cho'ziq yuz, do'ng peshona, sariqqa moyil to'garak qora ko'zli, oppoq uzun soqolli edi" tarzida tuzish mumkin edi. Biroq yozuvchi tanlagan shakllar asar matni uchun o'ta mutanosibdir.

Muallif ega ekanlik ma'nosini ifodalovchi li qo'shimchasini bir holatdagi uyushiqliklarda har bir bo'lakka alohida-alohida qo'shgan holda qo'llasa, boshqa bir holatda ayrim uyushiq bo'laklarga qo'shib, ayrimlariga qo'shmagan holda yoki faqat oxirgi bo'lakka qo'shgan holatda qo'llaydi. Ba'zi holatlarda esa bu qo'shimchani umumiy qo'llamagan holda uyushiqlikni shakllantiradi: "Mirzakarim ismlik (Hasanali tasvirlanganda, unga nisbatan otlik so'zi qo'llangan edi. Rahmatga nisbatan ham otlik so'zi ishlatilgan. Endi esa, Mirzakarim qutidorga nisbatan otlik so'z shakli o'rnida ismlik so'z shakli qo'llanilayotganini ko'ramiz) "Qirq besh-ellik yoshlar chamasida, qora qosh, qora ko 'z, ko 'rkam yuz, yaxshigina kiyingan bir kishi bo 'lib, Akram hoji ellik besh yoshlar orasidagi bir keksa edi". Avvalo, aytish kerakki, taxmin-chama ma'nosi bu o'rinda uchta vosita orqali o'ta bo'rttirib berilgan (qirq besh-ellik; yoshlar; chamasida) ; ikkinchidan, qora qosh, qora ko'z, ko'rkam yuz birliklari -li qo'shimchasi tushirilgan holda berilib, belgining doimiylik holatiga, muayyanligiga diqqat qilingan; uchinchidan, Akram hoji so'zi borligi uchun otlik va ismlik so'zlarini qo'llash ehtiyoji yo'q, shuningdek, taxmin ma'nosi ham bo'rttirilmagan hamda chamasidagi so'zi (chamali ko'rinishda ham bo'lishi mumkin) orasidagi so'zi bilan almashtirilib betaraflik munosabatini ifodalashga xizmat qildirilgan.

Ko'rinadiki, Abdulla Qodiriy shaxs belgilarini tasvirlashda uyushtirish shakllarining turli ko'rinishlarini qo'llash orqali asar tilining jozibadorligini orttirgan: chamasida, chamasidagi, chamali; otlik-ismlik, qora qosh-qora ko'z kabi qo'llanishlar ham ana shu maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qildirgan. Yozuvchi asarda tilga olingan deyarli har bir personajni o'ziga xos tarzda tasvirlaydi. Tasvirlashda uning yoshiga alohida e'tibor qaratadi:qirq besh-ellik yoshda; yigirma besh yoshda; oltmish yoshlar; o'ttiz besh yoshlarda; ellik besh yoshlar; yetmishlardan o'tgan kabilar. Bular ham uyushiqlikni shakllantirishda o'ziga xos o'rin tutadi. Adib kishilarning

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

yoshlarini, haqiqatan ham taxminan belgilaydi. Chunki ularning yoshlari noaniqdir. Real holat-shu. Kishining yoshini taxminan bo'lsa-da belgilamaslik esa shu o'rinlarda mumkin emas edi.

Albatta, Abdulla Qodiriyning uyushiq bo'lakli gaplardan foydalanishdagi o'ziga xos mahorati alohida, jiddiy tadqiqotlarni talab etadi. Bu o'rganilishi o'ta dolzarb bo'lgan muammo. Ammo yuqorida keltirilgan uyushiqli shakllarning o'ziyoq yozuvchining, haqiqatdan ham, uyushiq bo'laklardan foydalanishga alohida diqqat qilinganligini ko'rsatib turibdi. Shunga qaramay, bu fikrni qat'iyroq tasdiq etish uchun, uyushiqlikni shakllantirishning, u orqali badiiylikni orttirishning, bizningcha, yuksak namunasi bo'lgan bir necha uyushiq bo'lakli birikma-jumla namunasini keltirib o'tish maqsadga muvofiqdir: "Uyning to'riga solingan atlas ko'rpa, par yostiq quchog'og'ida, sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi, uyg'oq yotgan bir qizni ko 'ramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to'zg'ib, quyuq jingila kiprik ostidagi tim qora ko'zlari bir nuqtaga tikilganda, nimadir bir narsani ko'rgan kabi qop-qora kamon, o'tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho'chigan kabi to'lgan oydek g'uborsiz oqyuzi bir oz qizillikka aylangan-da, kimdandir uyalgan kabi". Gapdagi atlas ko 'rpa, par yostiq; erinibmi va yo boshqa bir sababdanmi; tartibsiz suratda to'zg'ib; quyuq jingila kiprik; tim qora ko'zlar; bir nuqtaga tikilganda chimirilgan-da qizillikka aylangan-da; ko 'rgan kabi- cho 'chigan kabi- uyalgan kabi; qop-qora kamon; o 'tib ketgan nafis; qiyiq qoshlar. Jumlada to'xtamning (uch nuqta) uyushtirilishi hayratlanarli holdir. Har bir to'xtamda tasvirlovchining o'zi nafasini rostlab, entikib turib keyin tasvirni davom ettiryapti.

Ana shu entiktirgan belgilar yashirin holda, sukut orqali ifodalangan. Yozuvchi bu tasvir uchun alohida tayyorgarlik ko'rgan bo'lishi mumkin. "O'tkan kunlar" asari tilidagi joziba, o'zbek milliy adabiy tilining shakllanishini ta'minlagan asosiy omil, til boyligini namoyish etish va undan foydalanishning yuksak namunasi yuqorida keltirilgan parchadagi tasvirlashda ochiq ko'rinadi. "O'tkan kunlar" tilidagi hamma birdek tan olgan joziba - ana shu!!! Jumladagi -gan+da shaklining; -gan+kabi shaklining, birikmalarni birikmalar uchun sifatlovchi tarzida tarkib toptirib turgan, shu vazifa uchun qo'llangan; quyuq jingila kiprik; kiprik ostidagi tim qora ko 'zlar; qop-qora kamon, qiyiq qoshlar; o'tib ketgan nafis, qiyiq qoshlar; to'lgan oydek g'uborsiz; g'uborsiz oq yuz kabi. Yoki: nimadir bir narsadan;(takror- uyushiqlik); kimdandir olmoshlari takror-uyushiqlari ham ma'lum bir maqsad uchun-ta'kidlash, ta'sirchanlikni oshirish, musiqiylikni ta'minlash-poetika uchun qo'llanilgan. Belgining kamlik- ortiqlik darajasini ko'rsatish uchun bir o'rinda qora, quyuq, tartibsiz, qiyiq, g'uborsiz, oq kabi oddiy darajadagi sifatlardan foydalangan bo'lsa, ikkinchi bir o'rinda qop-qora tarzdagi shakldan, uchinchi holatda tim qora tarzidagi shakldan, (uchinchi holatda tim qora shaklidan), to'rtinchi holatda o'tib ketgan shaklidan, beshinchi o'rinda to'lgan oydek yoki bir oz qizillikka aylangan kabi shakllardan foydalanadiki, bu ham yozuvchining o'zbek tili ifoda imkoniyatlarini mukammal bilganligidan darak beradi.

Endi tasvirdagi so'zlarning tilimizda qo'llanilishi darajasi, mavqeyi masalasiga ham e'tibor qarataylik. Uyushiq bo'laklardan tashkil topgan bu jumlada 50 ta atrofida lug'aviy birlik mavjud bo'lib, parchadagi hamma so'zlar o'zbek tilimizda keng iste'molda, hamma uchun tushunarli, xalq tilida keng qo'llanadi, hammasi adabiy til uchun ham xarakterlidir. Grammatik shakllar ham xuddi shu kabi hamma bildiradigan birliklar bo'lib, keng iste'moldagi shakllardir. Bu matnda qora so'zi -uch marta; nimadandir so'zi ikki marta; bir so'zi uch marta; kabi ko'makchisi uch marta; narsa so'zi ikki marta qo'llanilgan. Bunday takroriy qo'llash matn tarkibidagi ortiqchalikni keltirib chiqarmagan, aksincha, asar tilining ohangdorligini ta'minlash

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

uchun xizmat qilgan. Yana so'zlarning har birini o'z o'rnida ishlatishga ham e'tibor qaratilganligi kuzatiladi.

Matndagi -gan kabi, -ganda (tikilgan-da, chimrilgan-da, aylangan-da) tarzida berilan takrorlar badiiylikni yuksak darajada bo'lishini ta'minlagan. Bundan tashqari, tasvirda bir narsaning turli jihatlari zanjirsimon bog'lanishda, bir-birini to'ldirib turib izohlangan: qop-qora kamon, o'tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari (qosh tasviri); quyuq jingila kiprik ostidagi tim qora ko'zlari (ko'z tasviri-qora; tim qora; kiprik ostidagi; jingila kiprik ostidagi; quyuq jingila kiprik ostidagi); to 'lgan oydek g 'uborsiz oq yuzi (yuz tasviri to'lgan oydek; g'uborsiz oq. Matn go'yo o'zbek tilining boy ifoda imkoniyatlarini ataylab namoyish etish uchun yaratilgandek. Bunday tasvirlarni A.Qodiriy asarlaridan ko'plab keltirish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, asarlarda qo'llanilayotgan bu murakkablashgan sodda gap bo'lib, har bir aqlli musulmon kishi-murakkab gapdir. Qochib ketkusi kelur edi qismi esa murakkab tuzilishdagi kesimdir. Ega gapning bosh qismida kesim esa gap oxirida kelgan. O'rtada keltirilgan turli xil uyushgan gap bo'laklari ohang, va ham, yana, kabi vositalar bilan biriktirilgan holda uyushtirilgandir. Uyushgan bo'laklar sifatida ko'ruvchi va biluvchi davom etdiruvchi, isrof qiluvchi; dushmanlik ortdiruvini va qon to'kuvini; ming turluk azob va xo'rlik; zoe qiluvlarini, bulg'atib ko'rsatuvlarini, o'zlari kulki bo'lmoqlarini; xor va qahr-g'azabga giriftor; sharmisor va benasib bo'luvlariga kabilarni ko'rsatish mumkin. Ularning aksariyati kengaytirilgan (yoyiq) bo'laklardir. Shu holda bo'laklarni uyushtirgan holda gap tuzish matn ta'sirchanligini oshirgan, hodisaga aloqador bo'lgan oqibatlarni umumlashtirib, bir joyda bayon etilishini ta'minlagan.

REFERENCES

1. Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar - Toshkent: Sharq, 2000.

2. Jamolxonov H. Hozirgi 0'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -Toshkent, 2013.

3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o'zbek adabiy tili. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

4. To'xliyev B. Adabiyot o'qitish metodikasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.

5. Khashimova, K., & Kuziev, U. (2020). PARTICIPATION OF LANGUAGES OF OTHER SYSTEMS IN THE FORMATION OF THE UZBEK LITERARY LANGUAGE. Збiрник наукових праць Л'ОГОЕ, 22-25.

6. Saidova, M. (2019). MAN, LANGUAGE AND CULTURE. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(4), 223-226.

7. Кузиев, У. Я. (2017). About sociolects and their place in glossaries (in example Uzbek language and dictionaries). In Научные исследования: теория, методика и практика (pp. 281-286).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.