Научная статья на тему 'ABDULHAMID II DAVRIDA (1876-1909) XOTIN-QIZLAR TA’LIMI'

ABDULHAMID II DAVRIDA (1876-1909) XOTIN-QIZLAR TA’LIMI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sibyoniye / Ibtidaiye / Ruşdiye / Idadıye / Sanayı / Dorulmuallimot. / Sibyoniye / Ibtidaiye / Rushdiye / Idadiye / Sanayı / Darulmuallimot.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Izzatova, Ra’No Ulug’Bekovna

Mazkur maqolada, Usmonli davlatining sultoni Abdulhamid II davridagi xotin-qizlar ta’limi, ta’limdagi amalga oshirilgan islohotlar to’g’risida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION OF WOMEN AND GIRLS IN THE PERIOD OF ABDULHAMID II (1876-1909)

This article talks about women's education and reforms in education during the reign of Sultan Abdulhamid II of the Ottoman state.

Текст научной работы на тему «ABDULHAMID II DAVRIDA (1876-1909) XOTIN-QIZLAR TA’LIMI»

Research BIB / Index Copernicus

ABDULHAMID II DAVRIDA (1876-1909) XOTIN-QIZLAR TA'LIMI

Izzatova Ra'no Ulug'bekovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistrant Ranoizzatova377@gmail.com

Mazkur maqolada, Usmonli davlatining sultoni Abdulhamid II davridagi xotin-qizlar ta 'limi, ta 'limdagi amalga oshirilgan islohotlar to 'g'risida so 'z boradi.

Kalitsoizlar: Sibyoniye, Ibtidaiye, Ru§diye, Idadiye, Sanayi, Dorulmuallimot.

This article talks about women's education and reforms in education during the reign of Sultan Abdulhamid II of the Ottoman state.

Key words: Sibyoniye, Ibtidaiye, Rushdiye, Idadiye, Sanayi, Darulmuallimot.

XIX asr Usmonli imperiyasining ijtimoiy hayotga ta'sir qiluvchi ko'plab voqealar sodir bo'lganligi shuningdek, jamiyatni birlashtirish va shakllantirish uchun tegishli siyosatlar ishlab chiqilgan davr bo'lganligi bilan harakterlanadi. Jamiyatni birlashtirish va shakllantirishning bir tartibi bu ta'lim sohasida bo'ldi. Sulton Mahmud II. (1808-1839) davrida ta'limni rivojlantirish uchun qilingan ishlar, Sulton Abdulhamid II (1876-1909) davrida davom ettirildi. Ta'limning butun mamlakat bo'ylab tarqalishiga harakat qilindi va boshlang'ich ta'limdan oliy ma'lumotgacha bo'lgan qizlar va o'g'il bolalarni tarbiyalashda miqdor va sifat jihatidan ham muhim qadamlar tashlandi.

XIX asr boshlarida Usmonli imperiyasidagi ta'lim tizimiga nazar tashlaydigan bo'lsak qiz va o'g'il bolalarning birdek ta'lim olishi uchun Sibyon maktabi deb atalgan boshlang'ich maktablar mavjud edi. 5-6 yoshdan boshlab o'g'il va qiz bolalar boradigan ushbu maktablarda ta'lim taxminan 3-4 yil davom etardi. Ushbu maktablarning asosiy maqsadi musulmon bolalarni o'qish va yozishga o'rgatish, Qur'oni Karimni yodlash va ba'zi bir asosiy diniy bilimlarni berishdan iborat bo'lgan. Ammo bu maktablarning asosiy dars rejalari yo'q , vaqf hisobidan tashkil etilgan maktablar edi va tabiiyki vaqt o'tishi bilan ta'lim darajasi ham pasayib ketti. Bundan tashqari Sibyon maktablarini tugatgandan so'ng ba'zi o'g'il bolalar ta'limini madrasalarda davom ettirishi mumkin, qiz bolalarning esa bunday imkoniyatlari yo'q. xalqning qarashlarida ham qiz bolalarning o'qishi, ta'lim olishiga extiyoj yo'q deb hisoblab qizlarni turmushga berilardi. Ba'zi moddiy holati yaxshi bo'lgan oilalargina

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

o'z qizlarini o'qituvchi yollab o'qitar yoki bo'lmasam otasi ilmli inson bo'lsa qizlar otalaridan ta'lim olishardi.1

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'limdagi ba'zi kamchiliklarni bartaraf etish va islohotlarni amalga oshirish uchun Usmonli sultoni Mahmud II tomonidan tashkil etilgan komissiya davlatdagi qiyinchiliklarining eng muhim sabablaridan biri ta'lim tizimining zamon ehtiyojlarni qondira olmayotganligini shuningdek, chora sifatida yangi G'arb usulidagi uch bosqichli ta'lim tizimini tashkil etishni taklif qildi. Ushbu yo'nalishda 1839-yil 11-martda islohotlar boshlandi. Bu davrda ochilgan maktablarning eski maktablardan farqi endilikda o'quvchilarga Arab va fors tillari, diniy darslar bilan birgalikda bir G'arb tilini o'qitish bo'ldi. 1945-yil, 1957-yil, 1969-yillarda ta'limga doir qarorlar qabul qiladigan tashkilotlar yuzaga keldi2.

Xususan Usmonli davlatida 1969-yil "Maorif-i Umumiye Nizomnomasi" tayyorlandi. Bu nizomnomaning axamiyatli jihati shundaki qizlar uchun ochiladigan o'rta maktablarga doir muhim qoidalar kiritildi. Unga ko'ra, "500 dan ortiq xonadonli har mahallada qizlar uchun o'rta maktablar ochiladi. Sibyon maktablarida bo'lgani kabi, qizlarning o'rta maktablarida ham o'qituvchi ayollar dars beradi va agar ayol o'qituvchilar yetarli bo'lmasa, qizlarning o'rta maktablarida bo'lgani kabi o'rta maktablarda ham tegishli erkak o'qituvchilar tayinlanishi mumkin". Ushbu maktablarda o'qitiladigan kurslar, maktabning o'qish muddati, maktabda ishlaydigan o'qituvchilarning malakasi va soni, maktabga qabul qilinadigan o'quvchilarning malakasi kabi masalalar ham bu nizomnomada batafsil bayon etilgandi3.

1869-yilgi Nizomnomaning to'qqizinchi moddasida olti va o'n yoshdagi qizlarning boshlang'ich ta'limi majburiy etib belgilab qo'yildi. Shuningdek, O'n oltinchi moddasida qiz va o'g'il bolalarni alohida o'qitish va Sibyon maktablarini ham ayri-ayri tashkil etish belgilab qo'yildi Lekin alohida qizlar uchun birinchi qizlar Sibyon maktabi faqat 1880-yilda Komil afandi tomonidan ochilgan4.

1876-yil taxtga kelgan Sulton Abdulhamid II davrida boshlang'ich ta'lim bilan bog'liq bo'lgan muommoni bartaraf etish maqsadida asosiy qonun ya'ni konstitutsiyaning 114-moddasida boshlang'ich ta'lim majburiy etib belgilab qo'yildi. Endilikda qiz va o'g'il bolalarni o'qitish bo'yicha qonuniy majburiyat yuzaga keldi.

1 Sebel Dulum, Osmanli devletinde kadinin statüsü egitimi ve çaliçma hayati (1839-1918), Eskiçehir 2006, s. 24-25.

2 Cezmi Eraslan, Objektiften Yansiyanlara Sultan II. Abdülhamid döneminde egitim, Üsküdar belidiyesi, istanbul 2017,

3 1869 Maarif-i Umumiye Nizamnamesi hakkinda daha detayli bilgi için bkz. Mahmut Cevat ibnû'ç §eyh Nâfi, Maârif-i Umumiye Nezareti Târihçe-i Teçkilat ve icrââti -XIX. Asir Osmanli Maarif Tarihi-, Yeni Türkiye Yayinlari, Ankara, 2001, s. 424-459.

4 Esma Parmaksiz, II.Abdülhamid dönemi (1876-1909), egitim sistemi egitim yapilari ve askeri Rûçdiyeler, istanbul 2008, s. 56

s.14

Research BIB / Index Copernicus

Usmonli ta'lim tizimidagi majburiy ta'limdan foydalangan holda qizlarni ham jamoat hayotiga kiritish kerak degan fikr konstitutsiyaning ushbu moddasi bilan kun tartibiga keltirildi5.

Abdulhamid davrida boshlang'ich ta'lim beradigan maktablar ikkiga ayrildi. Birinchisi Sibyoniye maktablari bo'lsa ikkinchisi Ibtidoiye deb nomlangan maktablardir. Sibyoniye maktablarida darslar eski va an'anaviy usullar bilan olib borilardi. Ushbu maktablar, Abdulhamid II davridan oldin har bir qishloq va mahallada mavjud bo'lgan. Davlat bu maktablarning ta'lim, binolar va o'qituvchilar jihatidan yetarli darajada emasligini bilar edi. Ammo bu maktablardagi muommolarni hal qilish oson emas edi. Chunki jamiyatning ma'lum bir qismi bu maktablarni shu tarzda qabul qilgandi. Shu bilan birga, ushbu maktablarni isloh qilish davlat ulamolariga ham zarar keltirishi mumkin va bu davlatga zarar yetishi bilan barobar edi. ushbu maktablarning ta'limni davom ettirishi uchun diniy ta'lim bilan birga yangi usul bilan ta'lim berish sharti qo'yildi. Boshqa tomondan, Yangi tashkil e tilgan Iptidoiye maktablari davr ehtiyojlariga javob beradigan tarzda ta'lim beradigan maktablarga aylandi. Shunday qilib, boshlang'ich ta'limda dual tizim shakllandi. Ushbu tizim bilan Sibyon maktabi an'anaviy ta'limni davom ettirdi, iptidai maktabi esa innovatsion ta'lim tizimini qabul qildi6.

1873-yilda Nuru usmoniy masjidida, yangi tartib asosida tayyorlangan o'quv dasturini amalga oshirish va tajribasi uchun maktab ochildi. 1880 yilga kelib Istanbulda 19 ta yangi turdagi maktablar mavjud edi, ulardan 3 tasi qizlar uchun, 16 tasi o'g'il bolalar uchun bo'lgan7.

1905-1906 yillarda Usmonlida qizlar uchun 304 ta rasmiy, 36ta xususiy boshlang'ich ta'lim beradigan-ibtidoiy maktablar mavjud edi. Raqamlardan ko'rib turibmizki Abdulhamid II davrida o'g'il bolalar ta'limi bilan birga qizlarning boshlang'ich ta'limiga ham katta e'tibor berilgan8.

Usmonlida qizlarning o'rta ta'lim olishi uchun Ruçdiye deb atalgan maktablar ham mavjud bo'lgan. 1859 yilda, Istanbul Sultanahmetda, Jevri Xalfa tomonidan qizlar uchun o'rta ta'lim beradigan birinchi Ruçdiyelar ochildi. Biroq, bu maktab dastlab sakkiz yoki o'n yoshli qizlarni maktabga yuborishga odatlanmagan jamoatchilik tomonidan unchalik e'tiborga olinmadi. So'ng shu davrda chiqarilgan Taqvim i vekayi gazetasi orqali qizlarni maktabga yuborish to'g'risida e'lon qilindi9.

Ruçdiyelarning ta'lim davri birinchi marta ochilganda to'rt yil edi, ammo keyingi yillarda ular olti yilga aylantirildi. Abdulhamid II hukmronligi davrida

5 Bayram Kodaman, Abdülhamid Devri Egitim Sistemi, Türk tarih kurumu basimevi, Ankara 1991, s. 67.

6 Bayram Kodaman, Abdülhamid Devri Egitim Sistemi, Türk tarih kurumu basimevi, Ankara 1991, s. 68.

7 Süleyman Boztepe, II. Abdülhamid dönemi idadîlerde tarih ve cografya egitim-ögretimi, Konya 2015, s. 25

8 Bayram Kodaman, Abdülhamid Devri Egitim Sistemi, Türk tarih kurumu basimevi, Ankara 1991, s. 105.

9 Süleyman Boztepe, II. Abdülhamid dönemi idadîlerde tarih ve cografya egitim-ögretimi, Konya 2015, s. 28

Research BIB / Index Copernicus

Ru§diyeler butun mamlakat bo'ylab tez tarqaldi va ayniqsa viloyatlarda sezilarli o'sish kuzatildi. 1880 yildan so'ng, Idadilarga (o'rta maktab) ko'proq ahamiyat berilgan, Ru§diyelarning axamiyati pasaygan. 1892 yilda idadiler va Ru§diyeler birlashtirilib (Litsey) muddati 3 yilgacha qisqartirildi. Shunga qaramay, imperiyaning turli qismlarida o'rta maktablar mavjud edi10.

Qizlar uchun birinchi Ru§diyelar 1859-yilda ochilgan bo'lsa keyingi 47 yil ichida ularning soni 85 ga yetgani muvaffaqiyatlidir. Bu o'sishda Sulton Abdulhamid II ning hissasi katta bo'lgan. Sababi, Abdulhamid II davriga qadar mamlakatdagi qizlar Ru§diyelarining soni 9 ta bo'lib, ularning hammasi Istanbulda bo'lgan bo'lsa, keyingi 33 yillik davrda yana 76 ta yangi maktab ochildi va ularning soni 85 taga yetdi, ulardan 7 tasi Istanbul va qolgan 69 tasi viloyatlarda edi11.

Ru§diye maktablarida asosan din darsi, Tarix va Jog'rafiya, Usmonli lisoni (lug'ati), Usmonli tili gramatikasi, hisob, boshlang'ich arapcha va forscha, Rasm, Imlo va yozuv, Tikish, uy ishlari, musiqa o'qitilar edi12.

Ru§diyelardan tashqari o'rta ta'lim olish uchun Idadi deb nomlangan maktablar tashkil etilgan. Qizlarning Oliy ta'limi borasida ham islohotlar amalga oshirishga harakat qilindi. Ammo aytarlik natijaga erishilmadi13.

Usmonli davlatida Qiz Ru§diye maktablarining ko'payishi munosabati Ayol o'qituvchilarga extiyot paydo bo'la boshladi. Chunki ko'plab oilalar qizlari uchun dars beradigan o'qituvchilar erkak kishi ekanligini bilib qizlarini maktabga yubormay qo'ydi. Mavjud muommoni hal qilish uchun14 Qizlar ta'limining 1869-yilgi, "Maorifi Umumiye Nizomnomasi'"ning 68-70 moddalarida qiz Sibyon va Ru§diye maktablari uchun ayol o'qituvchilarni tayyorlash maqsadida (Darulmuallimot) ochilishi rejalashtirildi va ilk marotaba 1870-yil Istanbulda Dorulmuallimot ochildi. Qizlarga oid maktablarning ochilishi va qiz maktablarining ahamiyati haqida "Xonimlar uchun maxsus gazeta" orqali xalqqa turli xil e'lonlar berila boshladi15.

Abdulhamid II davrida Qizlarning ta'limi borasidagi qarashlar o'zgara boshlaganligini qayt etishimiz lozim.

Ta'lim, faqat og'il bolalar uchun emas balki qizlar uchun, ham oila hayotida ham jamiyat hayotida muhim ekanligi qabul qilindi. Chunki bugunning yosh qizlari kelajakning onalaridir. Mamlakatning kelajagi ham ular tarbiyalaydigan bolalarning

10 Cezmi Eraslan, Objektiften Yansiyanlara Sultan II. Abdülhamid döneminde egitim, Üsküdar belidiyesi, istanbul 2017, s. 45

11 §efika Kurnaz. Cumhuriyet Öncesinde Türk kadini. 1839-1923. Ankara 1991, s. 17

12 Elifnur Atalay, sultan II Abdülhamid döneminde kadin ve kadinin sosyal hayattaki rolü, Erzurum 2020, s.21

13 Ömer Kür§at Koçyigit, II Abdülhamid dönemindeki mesleki okullarin modernleçmeye etkileri, Tekirdag, 2019, s.25

14 Gizem Özturk, Osmanli kadin hareketi öncülerinden hanimlara mahsus gazate'de ideal evlilik ve aileye bakiç, Tekirdag 2019, s.33

15 Arzu §eyda, Kadin egitimi baglaminda hanimlara mahsûs gazete, A.Ü.Türkiyet Araçtirmalari Enstitüsü dergisi sayi29, Erzurum 2006, s.283

Research BIB / Index Copernicus

qo'lida. Bo'lajak onalarning bilimli yaxshi tarbiyachi bo'lishi jamiyat rivoji uchun xizmat qiladi16

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Usmonli davlatida, rivojlanish yo'lining ta'limdan kechganligini yaxshi anglagan humkdorlari, xususan Abdulhamid II davrida Jinsiyat ayirmachiligiga yo'l qo'yilmasdan qiz bolalarning ta'limi masalasi davlat darajasiga ko'tarildi. Bu borada konstitutsiyada va bir qancha hujjatlarda qarorlar qabul qilinishi, poytaxt Istambuldan tashqari viloyatlarda ham ko'plab maktablarning ochilishi, ayol o'qituvchilar tayyorlashni yo'lga qo'yilishi va bir qancha islohotlarning amalga oshirilishi bu fikrning dalilidir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Atalay, Elifnur sultan II Abdülhamid döneminde kadin ve kadinin sosyal hayattaki rolü, Erzurum 2020.

2. Boztepe Süleyman, II. Abdülhamid dönemi idadilerde tarih ve cografya egitim-ögretimi, Konya 2015.

3. Dulum Sebel, Osmanli devletinde kadinin statüsü egitimi ve ?ali§ma hayati (1839-1918), Eski§ehir 2006.

4. Eraslan Cezmi, Objektiven Yansiyanlara Sultan II. Abdülhamid döneminde egitim, Üsküdar belidiyesi, Istanbul 2017.

5. Kodaman Bayram, Abdülhamid Devri Egitim Sistemi, Türk tarih kurumu basimevi, Ankara 1991.

6. Kurnaz §efika, Cumhuriyet Öncesinde Türk kadini. 1839-1923, Ankara 1991.

7. Özturk Gizem, Osmanli kadin hareketi öncülerinden hanimlara mahsus gazate'de ideal evlilik ve aileye baki§, Tekirdag 2019.

8. Parmaksiz Esma, II.Abdülhamid dönemi (1876-1909), egitim sistemi egitim yapilari ve askeri Rü§diyeler, Istanbul 2008.

9. §eyda Arzu, Kadin egitimi baglaminda hanimlara mahsüs gazete, A.Ü.Türkiyet Ara§tirmalari Enstitüsü dergisi sayi29, Erzurum 2006.

XULOSA

16 Arzu §eyda, Kadin egitimi baglaminda hanimlara mahsûs gazete, A.Ü.Türkiyet Araçtirmalari Enstitüsü dergisi sayi29, Erzurum 2006, s.283

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.