Научная статья на тему 'A WOMAN WHO FOUND HAPPINESS IN A NEW SOCIETY'

A WOMAN WHO FOUND HAPPINESS IN A NEW SOCIETY Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Alfraganus
Ключевые слова
socio-political system / cultural and spiritual level / gender equality / spiritual maturity / family / woman / motherhood and childhood / talent and talent / socio-political system / cultural and spiritual level / gender equality / spiritual maturity / family / woman / motherhood and childhood / talent and talent

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Elmuratova Shoxista, Raxmonberdiyeva Nodira

In this article, an opinion is expressed about the participation of the female race in the process of creativity and creativity, which has a unique position in the development of human history. He evaluates the situation based on the requirements of the current period, passing the skeptical views created in the conditions of different socio-political systems through the prism of the new era. Advancing ideas tend to be developed based on the concept of past, present and future

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A WOMAN WHO FOUND HAPPINESS IN A NEW SOCIETY

In this article, an opinion is expressed about the participation of the female race in the process of creativity and creativity, which has a unique position in the development of human history. He evaluates the situation based on the requirements of the current period, passing the skeptical views created in the conditions of different socio-political systems through the prism of the new era. Advancing ideas tend to be developed based on the concept of past, present and future

Текст научной работы на тему «A WOMAN WHO FOUND HAPPINESS IN A NEW SOCIETY»

Elmuratova Shoxista Ablakulovna 1 Raxmonberdiyeva Nodira Bilalovna 2

YANGI JAMIYATDAN BAXT TOPGAN AYOL

ЖЕНЩИНА, НАШЕДШАЯ СЧАСТЬЕ В НОВОМ

ОБЩЕСТВЕ

A WOMAN WHO FOUND HAPPINESS IN A NEW

1 Alfraganus University "Xalqaro munosabatlar va tarix" kafedrasi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori email: fender4555@mail.ru ORCID: 0009000154934357

2 TIQXMMI-MTU "Gumanitar fanlari" kafedrasi assistenti email: raxmonberdieva@tname.uz

Annotatsiya: Ushbu maqolada insoniyat tarixi rivojlanishida o'ziga xos mavqeiga ega bo'lgan ayolning yaratuvchilik va bunyodkorlik jarayonidagi ishtiroki haqida fikr bildiriladi. Turli ijtimoiy-siyosiy tizimlar sharoitida yaratilgan skeptik qarashlarni vujudga kelgan yangi davr prizmasidan o'tkazgan holda davr talablaridan kelib chiqqan holda bahosini beradi.

Ilgari surilayotgan fikrlar masalaga o'tmish, bugun va kelajak konsepsiyasidan kelib chiqqan holda rivojlantirilib borishga intilinadi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy-siyosiy tizim, madaniy va ma'naviy daraja, gender tenglik, ma'naviy barkamollik, oila, ayol, onalik va bolalik, iste'dod va talant.

Аннотация: В данной статье высказывается мнение об участии женской расы в процессе творчества и творчества, занимающей уникальное положение в развитии истории человечества. Он оценивает ситуацию, исходя из требований текущего периода, пропуская скептические взгляды, сформировавшиеся в условиях разных общественно-политических систем, через призму новой эпохи. Передовые идеи, как правило, развиваются на основе концепции прошлого, настоящего и будущего.

Ключевые слова: общественно-политический строй, культурно-духовный уровень, гендерное равенство, духовная зрелость, семья, женщина, материнство и детство, талант и талант.

Abstract: In this article, an opinion is expressed about the participation of the female race in the process of creativity and creativity, which has a unique position in the development of human history. He evaluates the situation based on the requirements of the current period, passing the skeptical views created in the conditions of different socio-political systems through the prism of the new era.

Advancing ideas tend to be developed based on the concept of past, present and future.

Key words: socio-political system, cultural and spiritual level, gender equality, spiritual maturity, family, woman, motherhood and childhood, talent and talent.

KIRISH

"Meni kishilarimizning ongida paydo bo'lgan stereotip ko'p o'ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo'rg'onining qo'riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to'g'ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak".

Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilanib kelingan. Buning ustiga gap zamonaviy ayol va uning o'zi istiqomat qilayotgan jamiyat haqida so'z borar ekan uning salmog'i yanada ortadi. "Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o'rinlarini yaratish, mehnat hamda turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi" [1] deydi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. Ayniqsa, ayollarga sharqona ehtirom va e'zoz biz uchun ibratli merosdir. Islom dinining zabardast allomalaridan biri Imomi A'zam o'sha davrning mashxur so'fiysi, avliyo ayol Robiya Adaviya kelib o'tirmasdan o'z ma'ruzalarini boshlamas ekan. Shunda ba'zi betoqat tinglovchilar "Taqsir, ma'ruzani boshlayvermaysizmi? Shu ayolni kutish shartmi?" deganlarida, "Qanday qilib fil ko'tarishi kerak bo'lgan yukni chumoliga ortishim mumkin",- degan ekanlar.

METODOLOGIYA

Olam yaralibdiki, kimdir uni "eng ulug' xilqat" desa, yana kimdir "Yaratganning bemisl san'ati" deya e'zozlaydi. Yana kimdir "ayol vafo timsoli, hayot davomchisi" deya ta'rif beradi. Uning ozoridan va xiyla, makridan aziyat ko'rgan insonlar nomidan buyuk sarkarda Zahriddin Bobur bir g'azalida bunday degan edilar: "Yuz yomonlig' ko'rib andin, telba bo'lding ey ko'ngil, yaxshilikni ko'z tutarsan ul parivashdin yana."

Boshqa bir Yevropalik imperatorlardan biri: Ayollar bilan bo'lgan munosabatlarda ular qalbiga to'g'ri yo'l topa olmasdan, "to'rtta ayolni boshqarishdan ko'ra butun Yevropani boshqarish: menga osonroqdir" deydi. Buyuk so'z sehrgari Hofiz Sheroziy esa: Agar ko'nglimni shod etsa, o'shal Sheroz jononi, Qora xoliga baxsh etgum Samarqandu Buxoroni, -deya saxiylik qiladilar.

Ayolning jamiyatdagi o'rni, mavqeini belgilash osonlikcha kechgan emas. Qahramon To'marisdan tortib benazir shoiralarimiz Nodirai davron va Uvaysiygacha bir kam dunyoning qattol, tahlikali va beqaror kunlaridan aziyat chekib, qalblari ezilib dunyodan o'tganlar. Yoxud chorizm va sovet davrida huquqsiz, iymon-e'tiqodi toptalgan ayollarimizning qismati, onalarimizni qon yig'latgan qatog'on yillarini eslaylik.

MUHOKAMA

Sobiq sho'rolar davrida ayollarning erkaklar bilan teng huquqli ekani haqida ko'p gapirilsa-da, amalda ularga nisbatan past munosabatda bo'lishdi.

Turli yillarda jamiyat taraqqiyotida ayollarning mavqei va o'rni alohida ahamiyatga ega ekanligini, ularning jamiyat hayotida yuz beradigan o'zgarishlarga qobiliyatliligi haqida mutafakkirlar tomonidan alohida qaydlar qoldirilgan. A.Toynbi bu masalada quyidagi fikirni ilgari suradi: "Jamiyatda ixtisoslashuvning qaysi shakli joriy bo'lmasin, ayollar erkaklarga qaraganda ixtisoslashuvda uncha chuqur ketmaydilar. Shu sababli jamiyat keskin burilish, talofatlar va o'zgarishlarni boshdan kechirayotgan paytlarda aynan ayollar egiluvchanlik, yangi yuzaga kelayotgan vaziyatga moslashuvchanlikni namoyon etadilar"

Shu bilan birgalikda yangi tahrirdagi asosiy Qonun-Konstitutsiyamizning 19-moddasida keltirib o'tilgan quyidagi tushunchalar ayollarning xuquqiy manfaatlarini asosi sifatida ko'rishimiz mumkin. "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va

erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar" deyilishi jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jihatdan ayollarga bo'lgan munosabat va e'tibor bilan belgilanishi to'g'ri hisobga olinib, Konstitutsiya bu masalani yanada qat'iylashtirib, 58-moddada "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi" deyilgan. Bugun O'zbekiston ayollari barcha jabhalarda o'z o'rni va munosib mavqeiga ega bo'lib bormoqda. Keyingi saylovlarda yurtimiz tarixida birinchi marta milliy parlament tarkibidagi xotin-qizlar soni dunyo miqyosida namunali ko'rsatkichga ko'tarilgani ham bu fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.

Gap shundaki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Senatda bu ko'rsatkich qariyb 25 foizga yetdi. Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi jonkuyar, faol ayollardir. Ana shunday natijalar tufayli O'zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, milliy parlamentimiz ayol deputatlar va senatorlar soni bo'yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o'rtasida 37-pog'onaga ko'tarildi.

Shuningdek, boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi-27 foizga, siyosiy partiyalarda-44 foizga, oliy ta'lim tizimida-40 foizga, tadbirkorlik sohasida esa 35 foizga yetdi.

• ayollar huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

• ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;

• aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to'g'risida xabardorligini oshirish;

• huquqni qo'llash amaliyotida ayollar huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash uchun mas'ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy normalar asosida o'qitish kabi muhim yo'nalishlarda olib borilmoqda.

So'nggi yillarda milliy qonunchiligimiz va xalqaro konvensiyalar orqali bu yo'nalishda zimmaga olingan majburiyatlarni bajarish yuzasidan amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar natijasida yigirmadan ortiq normativ-huquqiy hujjat imzolandi. Xususan, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi, "Xotin-qizlarni tazyiq

va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunlar, Prezidentimizning xotin-qizlar huquqlarini va gender tenglikni ta'minlash, ayollarni zo'ravonlik va zulmdan himoya qilish, ularning tadbirkorlik maqomini kuchaytirish to'g'risidagi farmon va qarorlari shular jumlasidandir.

Gender tenglikni ta'minlash strategiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi esa mamlakatda inson huquqlariga nisbatan hurmat bilan qarashni shakllantirish, O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Gender tenglik haqida so'z borganda, ushbu tushuncha faqat ayollar manfaatlarini ifodalash bilangaina cheklanmasligiga e'tibor qaratish lozim. Aksincha, gender tenglik tamoyili har ikki jins vakillarining o'z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ko'zda tutadi.

Rivojlangan huquqiy davlat va demokratik jamiyat talablaridan biri - erkak va ayol huquqlari tengligining ta'minlanishidir. Binobarin, gender tenglik, ya'ni erkaklar va xotin-qizlar tengligi insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi.

So'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, ushbu omil eng yuqori darajadagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotning ham negizidir. Mutaxassislarning fikricha, faqat erkaklardan iborat

jamoaga nisbatan 50/50 foiz erkak va ayollardan iborat mehnat jamoalari, ayniqsa agar ular aqliy mehnat bilan band bo'lsa, o'z ish faoliyatida bir necha barobar yuqori natija ko'rsatar ekan.

Shu ma'noda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish

va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilingani ayni muddao bo'ldi. Qaror ijrosi doirasida, jumladan, O'zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil etildi. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash alohida e'tibor markazida turibdi. Shu maqsadda «Ayollar daftari» tizimi joriy etilib, Davlat byudjetidan har yili 300 mlrd so'm mablag' ajratib borish yo'lga qo'yildi.

Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning o'qish to'lovlarini qoplab berish tizimi joriy etildi. Oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi.

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning ana shunday natijalari xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o'rniga ijobiy ta'sir ko'rsatayotgani muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Jahon bankining "Ayollar, biznes va qonun" indeksida O'zbekiston 2020 yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog'onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o'rinni egalladi.

Bugungi kunda O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to'laqonli ishtirok etishiga erishish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan davlat siyosatini jahon hamjamiyati e'tirof etmoqda. Yangi O'zbekistonda bu borada qo'lga kiritilayotgan yutuqlar BMT, Xalqaro mehnat tashkiloti, YuNISEF, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Bularning barchasi so'nggi yillarda gender tenglikni ta'minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish borasidagi tizimli ishlarning samaralaridir.

XULOSA

Jamiyatimizda tinchlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib voyaga yetkazishda beqiyos o'rin tutadigan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi nufuzini yanada oshirishimiz zarur. Ular uchun munosib shart-sharoitlar, yangi ish o'rinlari yaratish, opa-singillarimizning og'irini yengil qilish, salomatligini mustahkamlash, iste'dod va qobilyatini ruyobga chiqarish bundan keyin ham muhim vazifa hisoblanadi.

FOYDANALINGAN ADABIYOTLAR

1. Sh. Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi"- Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti. 2022, -B. 244.

2. A.Toynbi. Postijeniye istorii. Sbornik. Per, s angl. J.D.Jarkova. M,: Ayris press. 2004, -S.212.

3.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T,: "O'zbekiston" NMIU. 2023, - B. 13-37. 4. O. Ibrohimova. Yangi O'zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarimiz alohida o'rin tutadi. http://pravacheloveka.uz/oz/articles/m655 08.01.2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.