Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
19 - ASRDAGI TURKIYA MODERNIZATSIYASIDA VESTERNIZATSIYA VA AN'ANAVIYLIK TAMOYILLARINING O'ZARO MUTANOSIBLIGI
Isayeva Maftuna Mirkomil qizi
O'zbekiston Milliy Universiteti "Falsafa va mantiq"kafedrasi magistranti
isaevamaftuna1995@gmail.com
ANNOTATSIYA.
Mazkur maqolada usmonli turklar davlatida amalga oshirilgan modernizatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Ayni davrda amalga oshrilgan modernizatsiya jarayonlariga oid konsepsiyalarning evolyutsiyasi ochib beriladi, shuningdek mazkur davr islohotlarida an'anaviylik va zamonaviylikning o'zaro uyg'unligi hamda g'arb standartlarining ta 'siriga alohida diqqat qaratiladi.
Kalit so'zlar: modernizatsiya, vesterinizatsiya, an'anaviyik, zamonaviylik, usmonli turklar, islohotlar, harbiy islohotlar, ijtimoiy ong.
ВЗАИМОСВЯЗЬ ПРИНЦИПОВ ВЕСТЕРНИЗАЦИИ И
ТРАДИЦИОННОСТИ В МОДЕРНИЗАЦИИ ТУРЦИИ В XIX ВЕКЕ
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируются процессы модернизации, проводимые в государстве турок-османов. Раскрывается эволюция концепций, связанных с модернизационными процессами, проводившимися в этот период, а также особое внимание уделяется взаимной гармонии традиционализма и современности и влиянию западных стандартов в реформах этого периода.
Ключевые слова: модернизация, вестернизация, традиционализм, современность, турки-османы, реформы, военные реформы, общественное сознание.
RELATIONSHIP OF THE PRINCIPLES OF WESTERNIZATION AND TRADITIONALITY IN THE MODERNIZATION OF TURKEY IN THE 19TH
CENTURY
ABSTRACT
This article analyzes the processes of modernization carried out in the Ottoman Empire. It reveals the evolution of concepts associated with the modernization processes undertaken during this period, paying special attention to the mutual harmony of traditionalism and modernity, and the influence of Western standards on the reforms of this period.
Key words: modernization, westernization, traditionalism, modernity, Ottoman Turks, reforms, military reforms, public consciousness.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
KIRISH
Ijtimoiy o'zgarishlar tushunchasi G'arbda Uyg'onish davri bilan bog'liq holda qayd etilgan hodisadir. Bu ijtimoiy fikrdagi siljishlarni ham belgilaydi. Ijtimoiy o'zgarishlar tushunchasi umumilmiy ma'noda modernizatsiya kategoriyasi orqali tavsiflanadi. Ayni kategoriya dastlab g'arb svilizatsiyasi tafakkurida paydo bo'lib, shunga mutanosib ravishda g'arb jamiyatida amalga oshirilgan zamonaviylashuv jarayonining konseptual asosi bo'lib xizmat qildi. Modernizatsiya nazariyalarining mumtoz shaklida g'arb jamiyati ochiq dinamik transformatsiyaga mos sotsium o'laroq tavsiflangan bo'lsa, sharq qoloq, yopiq, turg'un tizim sifatida tasavvur qilingan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
18-asrda Yevropada dunyoning boshqa qismlarida jamiyatlar inert va befarq bo'lib qolganligi haqidagi g'oya keng tarqaldi va mashhur bo'ldi. Misol uchun, Charden: "Osiyo - turg'unlik, Yevropa esa doimiy o'zgarishdir" deb ta'kidladi. 11740-yilda Musnier "Yevropa, fikrlash va axborot sohasidagi rivojlanish tufayli-o'zgaruvchan dunyo, boshqa mintaqalar turg'un holatda harakatsiz qolmoqda", degan fikrlarni bildirgan edi. O'z navbatida, Usmonli imperiyasi Yevropaga geografik jihatdan juda yaqinligi tufayli ham, u bilan majburiy qarama-qarshilik tufayli ham Yevropadan tashqarida ongni o'zgartirish amaliyotiga murojaat qilgan birinchi davlat bo'ldi. Moliyaviy, ma'muriy va ijtimoiy sohalardagi islohotlar yoki o'zgarishlar muqarrar, rivojlanishning tabiiy natijasi sifatida qabul qilinishi kerak edi. Ijtimoiy ongdagi o'zgarishlar harbiy jihatdan zaiflashgan davlatda harbiy islohotlarni amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida namoyon bo'ladi.Turkiya buning yaqqol misolidir.
17-asrda harbiy islohotlar birinchi marta kun tartibiga kiritildi. Ibn Xaldunning davlat mavjudligining o'ziga xos xususiyatlari, jumladan, har qanday siyosiy shaxsning o'limining muqarrarligi haqidagi konsepsiyasi Usmonli ma'rifatparvar elitasi orasida keng tarqalgan bo'lsa-da, ular ayni g'oyani qo'llab - quvvatlamadilar. Aksincha, harbiy islohotlar o'tkazish orqali davlatning mavjudlik muddatini mangu uzaytirish mumkin degan ishonchga tayangan holda harakat qildilar. Shuning uchun 17-asr harbiy islohotlarning loyihalarida Ibn Xaldun g'oyalariga havolalarni uchratish imkonsiz.O'sha davrning Kojibey, Selyaniki, Katib Chelebiy va Mustafo Naim singari eng mashhur publitsistlari asarlarida zarur harakatlar qatorida usmonli imperiyasidagi boshqaruv jarayonlarini tartibga solish g'oyasi ilgari suriladi. Soddaroq qilib aytganda ,ular Usmonli imperiyasidan boshqa shakldagi davlat rejimi haqida fikr yuritmaganlar. Shunisi ham qiziqki, bu takliflarning deyarli ko'pi 19-
1 Ortayli I. Batililaçma Sorunu. // Tanzimattan Cumhuriyete Türkiye Ansiklopedisi, eilt 1, s. 133.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
asrdagi islohotlarga o'xshaydi 2 .18-asrdagi islohot loyihalari va elchixona hisobotlarini (sefaretname) bu toifalarda baholab bo'lmaydi. Ularda davr ruhining chuqur tahlilini uchratish deyarli imkonsiz bo'lib, bunday manbalarda bayon qilish usuli ham birmuncha jo'nroq xususiyat kasb etadi.Bular ko'proq islohotlarni amalga oshirish bo'yicha amaliy maslahatlarni esga oladi.Ular biron bir muayyan siyosiy nazariya yoki falsafaga, hattoki kasbiy bilimga ham emas, balki faqat tajriba va kuzatishga asoslanadi. Shu nuqtai nazardan, Usmonli jamiyati uchun bu asrni o'zgarishlar davri deb atash qiyin, aksincha, uni o'ziga xos o'tish davri deb hisoblash kerak. Faqat Salim III hukmronligi davridan boshlab modernizatsiya jarayoni yanada tizimli tus oldi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bunday tizimli modernizatsiya jarayoni o'sha davr mutafakkirlarining islohotlarga nisbatan baholarida ham o'z aksini topadi. Shunday qilib, El-Haj Alipasha 1803 yilgi "Nasihatnoma" ("Yo'riqnoma") asarida turli mamlakatlardagi harbiy islohotlarni ko'rib chiqdi va ularni qiyosiy tahlil qildi. 19-asrdan boshlab modernizatsiyaning tizimli bosqichiga o'tilishi va bunga javoban qarama-qarshi xarakterdagi hodisalarning paydo bo'lishi bilan birinchi marta innovator - an'anaviy, ilg'or shaxs - reaktsioner, ma'rifatli odam -johil ko'rinishidagi nazariy dixotomiya paydo bo'ldi. Aslida, 18-asrda G'arblashuv haqida gapirish mumkin edi, ammo bu kontseptsiyani amaliyotga kiritish qiyin edi. Chunki G'arb haligacha notanish va tushunarsiz hodisa. Modernizatsiya davom etmoqda va bu modernizatsiya mohiyatan G'arb qadriyatlarini o'zlashtirib olishdir, lekin Usmonli ma'rifatparvar doiralari bu jarayonni hech qanday ta'riflamaydi va, ehtimol, bundan bexabarhamdir. Bunga kofírlarning bir-birini o'ldirish jarayoni sifatida qaragan Halet Afandining Fransiya inqilobi haqidagi takabbur hukmlari yorqin misoldir.Keyinchalik, Usmonli ziyolilari, ilmiy jihatdan G'arb Usmonli imperiyasidan ancha oldinda ekanini ko'rib, anglab yetardi. Bu tushuncha birinchi harbiy islohotlar natijasida vujudga kelgan. Zamondoshlarning qarashlari qanday o'zgarganiga misol qilib, "Fransa sefaretnamesi" (Fransiyadan elchixona xabarlari) Yirmi sekiz Mehmed Chelebi "Vyana sefaretnamesi" (Venadan elchixona xabarlari) Ahmad Resmi-afendi "Avusturya sefaretnamesi" (Avstriyadan elchixona xabarlari) Abubekir Ratib "Rusya sefaretnamesi"bo'lishi mumkin. Balki sefaretname(habarnoma) janridagi eng qiziqarli asar Mustafo Sami Afandining "Avrupa Risalesi"dir. Bu ishda Yevropa taraqqiyoti fan-texnika taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lib, Yevropa yutuqlarining sog'liqni saqlash, ta'lim, sanoat kabi zamonaviy tarkibiy qismlari o'rganiladi. Muallif nafaqat bu ko'rsatkichlarning barchasini sanab o'tadi, balki bu hodisalar uchun uzr so'radi va Yevropaga ergashish
2Ortayli î. Osmanli'da 18. yüzyil Dûçûnce Dünyasina Dair Notlar. // Modem Türkiye 'de Siyasi Dü§ünce; Tanzimat ve Meçrutiyetin Birikimi, (ed) Murat Belge, îletiçim, Istanbul, 2002, s. 38.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
yo'liga rioya qilish zarurligi g'oyasini ilgari suradi. "Tanzimat arafasida Usmonli mutasaddilarining pragmatik va kuzatuvchan g'arblashuvi tasvirini vesternizatsiyaning birinchi namunasi deb hisoblash mumkin" Biroq, Tanzimat davrigacha Usmonli ma'rifatparvar elitasi orasida islohotlar muammosi ustida bosh qotiradigan, siyosiy nazariya darajasida ilmiy tadqiqot olib boradigan mutafakkirni uchratib bo'lmas edi. Bu Tanzimatdan keyingina, modernizatsiyaning yangi bosqichida mumkin bo'ldi. Usmonli imperiyasida vesternizatsiyani idrok etishning asosiy xususiyatlaridan biri bu jarayonni ma'lum bir zaruriyat sifatida qabul qilishdir, bu mamlakatning G'arb yo'liga kirishiga g'ayratli munosabatni bildirmaydi. Usmonli an'analari tarafdorlari Ahmet Jevdet Poshsho G'arb tajribasini o'zlashtirish siyosatini amalga oshirishga eng katta hissa qo'shgan davlat va jamoat arboblaridan biri bo'ldi. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan modernizatsiya o'zgarishlarining asosiy xususiyatini esga olish talab qilinadi. Ular mohiyatan o'zlarini G'arbdan himoya qilish istagiga asoslangan edi.3 Boshqacha aytganda, islohotlar o'z-o'zini saqlab qolish instinktiga asoslangan edi. Shu munosabat bilan, Yung va Pik-Koli Turk modernizatsiyasining butun yo'lini baholab, Usmonlilar tomonidan qabul qilingan model modernizatsiyani oldini olish uchun modernizatsiya ekanligini yozdilar.4
19-asrning yetakchi Usmonli mutafakkirlari ancha erkinroq rejimni xohlashdi. Biroq, bu istakni qay darajada g'arbiylik deb atash mumkinligi to'liq aniq emas. Ular G'arb jamiyatining barcha asosiy institutlarini Usmonli zaminiga o'tkazmoqchi bo'lishsa-da, yangi islom ijtihodi doirasida kechayotgan bu jarayon tarafdorlari edi. Barcha islohotlar islomiy qonuniylik bilan himoyalangan. Konstitutsiya va parlament islom huquqi mutaxassislari tomonidan o'ziga xos kollegial kengash sifatida talqin qilingan. boshqa tomondan, ko'pxotinlilik, ularning fikricha, islomning o'ta ko'p qirrali mohiyatiga ziddir. Namiq Kamolning ozodlikka bo'lgan muhabbatini zamonaviy millatchilik nuqtai nazaridan tushunish mumkin emas, lekin uni hech qanday tarzda dunyoviylik tarafdori sifatida tasniflab bo'lmaydi. U hatto "fuqarolik kodeksi" tushunchasini ham qo'llamaydi, ammo aynan shuning uchun islomchi Ali Suavining talablari islomiy qonuniylikdan ham oshib ketdi. Shuning uchun aytishimiz mumkinki, oxir-oqibatda Usmonli ma'rifatparvar doiralari G'arbga nisbatan birmuncha ehtiyotkor munosabatda bo'lganlar.Vesternizatsion taraqqiyot modelini tushunish bilan bog'liq burilish nuqtasi va radikal g'arbchilik namunasi sifatida tilga olinishi kerak bo'lgan birinchi ism, albatta, Abdulla Jevdet (1869-1931)dir. Shu bilan birga, an'anachilar g'arblashtirish islohotlariga sekinlik bilan munosabatda bo'lishmadi. Garchi ularning munosabati tubdan islomiy ehtiyojlardan
3 Tunaya T.Z. Osmanli-Bati Diyalogu. // Tanzimattan Cumhuriyete Türkiye Ansiklopedisi, eilt 1, s. 142.
4 Jung D., Piccoli W. Yol Aynminda Türkiye, (çev.) Berna Kurt, Kitap, Istanbul, 2004, s. 20-100.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
kelib chiqishi kerak bo'lgan - qarashlarni himoya qilish bo'lsa-da, mohiyatan, bular, avvalambor, an'anani davom ettirish talablari edi. Keyinchalik bu reaksiya boshqa shakllarni oldi. Uning negizida vatanparvarlik, dindorlik, millatchilik kabi tushunchalar yotardi.Oqimlar - usmoniylik, islomchilik va turkiylik.Shubhasiz, bu jarayonda eng munozarali narsa "taqlid qilish" va "moslashish" asosiy tushunchalarining qarama-qarshiligidir. Islohotlar jarayonida juda keng miqyosga ega bo'lgan g'arbiylashtirish doirasida modernizatsiya shakli bo'yicha chuqur kelishmovchiliklar mavjud edi. Munozara ishtirokchilaridan biri,Ahmet Jevdet Poshsho, fuqarolik kodeksi bo'yicha muhokamada, bunday shakldagi g'arbstandartlarini o'zlashtirishga qarshi chiqib, o'z nuqtai nazarini tan olishga majbur qildi va "Davraniç kodu" Majelle kodeksini yaratdi. Bu borada, masalan, Ahmet Jevdet Poshsho qanchalik an'anaparast, qanchalik g'arblik edi, degan savol tug'iladi. Tanzimat islohotlarining e'lon qilinishini ta'minlagan buyuk islohotchi Mustafo Reshid Poshshodan ta'lim olgan Ahmad Jevdet o'limigacha Reshid Poshsho maktabining o'gitlariga sodiq bo'ldi. Midhat Poshsho va uning tarafdorlarining to'liq Yevropa Fuqarolik Kodeksini qabul qilish taklifidan farqli o'laroq, "Medjealle-i Ahkam-i Adliye" (Islom ijtihodi tamoyillariga asoslangan fuqarolik qonuni) ishlab chiqildi. U 1950-yillargacha Kipr, Isroil, Iordaniya kabi Yaqin va O'rta Sharqning ko'plab mamlakatlarida amal qilgan. Bu Midhat Poshsho tarafdorlariga ham, Islom shariat qonunlari masalalarini ilohiyot ulamolari va musulmon huquqshunoslari qo'lidan chiqarishni istamagan islom ziyolilariga qarshi amalga oshirildi. Sulton farmoni shariat qonunlarini musulmon bo'lmaganlar uchun majburiy deb belgilovchi qoida kiritdi. Ya'ni Allohning ma'naviy qonuni o'rniga Sultonning dunyoviy qonuni qabul qilindi. Javdet Poshshoning mulohazalarini islomiy, millatchi yoki g'arbchilik deb tasniflash qiyin bo'lsa-da, ular asosan mantiqiy xarakterga ega, deyishimiz mumkin. Bunday an'anachilikning asosini biz yuqorida to'xtalib o'tganimiz Sultonga sadoqatning namoyon bo'lishi sanaladi. Bu yerda muhim jihat arabcha "sulola, zodagon oila" ma'nosini bildiruvchi "devlet"so'zini "devlet" (davlat) ma'nosida tushunish va qo'llashdir.5 Jevdet poshshoning ham eski oliy hokimiyat tushunchasi tarafdori, ham avtoritar hokimiyat tarafdori va pragmatik tanzimat elitasi vakili sifatida harakat qilganini hisobga olish to'g'riroq. G'arblashtirishning siyosiy dastur sifatida qabul qilinishi, shubhasiz, Ikkinchi Konstitutsiyaviy davrda sodir bo'ladi. G'arbchilik nomi bilan paydo bo'lgan bu siyosiy munosabat o'sha davrdan bugungi kungacha Turkiya siyosatining asosiy ustunlaridan biri bo'lib kelmoqda. 19-asrda Ikkinchi Konstitutsiya davridagidek takomillashtirilgan, tizimli va dasturiy xarakterga ega bo'lmasa-da, asosiy mafkuraviy yo'nalishlardan biriga aylandi.
5 Neumann C.K. Paradigmalar Arasinda, Ahmet Cevdet ve Aidiyet. // D^ünen Siyaset, 1999, 7-8, s. 219-36.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Faqatgina ushbu harakat hukmlarining mohiyatini batafsil va tubdan o'rganish bizga 19-asrdagi Usmonlilarning ma'naviy hayotini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Akyildiz, Ali, Osmanli Bürokrasisi ve Modernle§me, iletifim, Istanbul, 2004.
2. Akfin, Sina, Jön Türkler ve ittihat ve Terakki, istanbul, 1980.
3. Bilgegil, Kaya, Ziya Pa§a üzerine bir Araftirma, Ankara, 1979.
4. Danifmend, ismail Hami, Ali Suavi'nin Türkfülügü, Ankara, 1942.
5. Yeni Osmanhlar Tarihi, 3 cild, istanbul, 1973-74
6. Neuman, Christoff, Araf Tarih, Amaf Tanzimat: Tarihi Cevdetin Siyasi Anlami, fev.
7. Meltem Arun, Tarih Vakfi Yurt, ist. 2000.
8. Kushner, David, The rise of Turkish nationalism, 1876-1908 , Cass, London ,Totowa,1977