Научная статья на тему '14-16 YOSHLI BO‘LGAN SPORTCHILARNING CHIDAMLILIK SIFATINI OSHIRISH, ULARNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH'

14-16 YOSHLI BO‘LGAN SPORTCHILARNING CHIDAMLILIK SIFATINI OSHIRISH, ULARNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
368
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chidamlilik / jismoniy madaniyat / sport / 14-16 yoshli sportchilar toifasi / chidamlilikni oshirish usullari / yuklama / tezlik. / endurance / physical culture / sports / category of athletes aged 14-16 / methods of increasing endurance / load / speed.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Arabjonov, Shokirjon Shavkatovich, Xamidjonov, Muhammadbobir Ulug‘Bek O‘G‘Li, Muxtorova, Xusnida Abdug‘Porovna

Chidamlilik har bir sport turida katta ahamiyat kasb etadi hamda ushbu jismoniy sifatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini taqozo etadi. Maqolada 14-16 yoshli bo‘lgan sportchilarning chidamlilik sifatini oshirish, ularni nazorat qilish va baholash haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING, MONITORING AND EVALUATING THE QUALITY OF ENDURANCE OF 14-16 YEAR OLD ATHLETES

Endurance is important in any sport and requires special attention to the development of this physical quality. The article deals with the quality of endurance, monitoring and evaluation of athletes aged 14-16.

Текст научной работы на тему «14-16 YOSHLI BO‘LGAN SPORTCHILARNING CHIDAMLILIK SIFATINI OSHIRISH, ULARNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

14-16 YOSHLI BO'LGAN SPORTCHILARNING CHIDAMLILIK SIFATINI OSHIRISH, ULARNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH

Arabjonov Shokirjon Shavkatovich Xamidjonov Muhammadbobir Ulug'bek o'g'li Muxtorova Xusnida Abdug'porovna

ADU Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Chidamlilik har bir sport turida katta ahamiyat kasb etadi hamda ushbu jismoniy sifatni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish lozimligini taqozo etadi. Maqolada 14-16 yoshli bo'lgan sportchilarning chidamlilik sifatini oshirish, ularni nazorat qilish va baholash haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: chidamlilik, jismoniy madaniyat, sport, 14-16 yoshli sportchilar toifasi, chidamlilikni oshirish usullari, yuklama, tezlik.

АННОТАЦИЯ

Выносливость важна в любом виде спорта и требует особого внимания к развитию этого физического качества. В статье рассматриваются качество выносливости, мониторинг и оценка спортсменов 14-16 лет.

Ключевые слова: выносливость, физическая культура, спорт, разряд спортсменов 14-16 лет, методы повышения выносливости, нагрузка, скорость.

ABSTRACT

Endurance is important in any sport and requires special attention to the development of this physical quality. The article deals with the quality of endurance, monitoring and evaluation of athletes aged 14-16.

Keywords: endurance, physical culture, sports, category of athletes aged 14-16, methods of increasing endurance, load, speed.

KIRISH

Chidamlilik - bu insonning biron xarakat faoliyatini uzoq vaqt davomida uni samarasini pasaytirmasdan bajarish qobiliyati. Sport amaliyotida chidamlilik sifatini rivojlantirish uchun har xil usullarni qator olimlar tavsiya etganlar - birtekis, takroriy, intervalli, o'zgaruvchan, aylanma, musobaqa usullari.

Birtekis usulda, o'quvchilarning individual jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda yuklama berish va uni vaqt bo'yicha oson dazirofka qilish imkoniyati mavjud. Ushbu usulda, mashqlar bitta sur'atda bajariladi va umumiy chidamlilikni rivojlantirishga ko'maklashadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Takroriy usul, yuklamani etarlicha dam olish intervallari paytida, takrorlashlar soni bilan boshqarishga imkon beradi. Intervalli usul, mashqni bajarish va tiklanish vaqtini aniq reglamentlaydi.

O'zgaruvchan usul, mashqlarni o'zgaruvchan sur'atda, yuklamaning kattaligiga bog'liq holda, dam olish intervallari 1-1,5 dan to 3-4 minutga qadar, trenirovka qilganlikka bog'liq holda, 140-180 zarba/min kattalikdagi chidamlilik bilan bajarishni nazarda tutadi. Aylama usul, umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT), maxsus jismoniy tayyorgarlikning (MJT) har xil vositalarini va ularning kombinatsiyalarini xilma-xil qo'llash imkonini beradi. Musobaqa usuli, tanlangan sport turi uchun xos bo'lgan etakchi jismoniy sifatlarni raqib bilan keskin konfliktli faoliyatda takomillashtirishni samarali.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, tezkorlik xususiyatiga ega bo'lgan yuklamalar chidamlilikning ko'proq namoyon etilishini talab qiladigan yuklamalar uchun qulay fiziologik sharoit yaratadi. Ular esa o'zidan keyin bir necha soat mobaynida (agar jiddiy o'sish yuz bergan bo'lsa), tezkorlik mashqlarining bajarilishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan "iz" qoldirib ketadi. Masalan, K.Kuperning ta'kidlashicha, umumiy chidamlilikning yuqori darajasi, xususan, amerikalik futbolchilar o'rtasida o'yinning ikkinchi yarmida va mavsum oxirida raqobat faolligining oshishiga, shuningdek, jarohatlar sonining kamayishiga yordam beradi. Biroq umumiy chidamlilikning boshqa turdagi chidamlilik namoyon bo'lishiga ta'sirini ortiqcha baholash ham o'rinli emas [1, B. 224].

Tadqiqotchi M.Y. Nibatnikova umumiy chidamlilik deganda sportchining ko'plab mushak guruhlarini o'z ichiga olgan va uning sportga ixtisoslashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan har qanday jismoniy ishni (yuklamani) uzoq vaqt davomida bajara olish qobiliyati, maxsus chidamlilik esa sportchi ixtisosligining talablaridan kelib chiqqan holda vaqt o'tishi.ma'lum bir yuklamani samarali bajara olish qobiliyatidir deb hisoblaydi [2, B. 261].

Yana shu ham aniqlanganki, tezkorlik yuklamalari kuch xususiyatlariga ega bo'lgan ta'sirotlar bilan yaxshi uyg'unlashadi, bunda ijobiy davomli ta'sir ma'lum sharoitda, ya'ni kuch mashqlari tezkorlik mashqlaridan avval bajarilgandagi holatda ham, ularning teskari ketma - ketligi holatida ham amal qilishi mumkin.

Shuning uchun majmuali mashg'ulotlarda yuklamaning eng maqbul ketmaketligini tanlashda ularning asosiy yo'nalishiga qarab quyidagi tartibda qo'llash mumkin:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KUCH => TEZLIK => CHIDAMLILIK

yoki

TEZLIK => KUCH => CHIDAMLILIK

Yosh sportchilarni tayyorlash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rivojlanishning yosh xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasini, tanlangan sport turi xususiyatlarini, jismoniy sifatlar rivojining o'ziga xos jihatlarini, harakat ko'nikma va malakalarining shakllanishini sinchiklab hisobga olish zarurdir.

Trenerning yosh zonalarini bilishi ko'p yillik mashq jarayo-nini yaxshiroq tizimlashtirishga imkon beradi. Biroq yosh ko'p yillik mashg'ulotning oqilona tizimi qurishda e'tiborga olish zarur bo'lgan yagona omil emas. Sportchilarning alohida jismoniy qobiliyatlarini, jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun eng qulay davrlarni, shuningdek, texnik - taktik faoliyatlarni sifatli o'zlashtirish uchun moyillikni ham chuqur o'rganish lozim. Yoshlik davrida barcha jismoniy qobiliyatlar zahirasi mavjud bo'ladi. Buning uchun oqilona va muntazam pedagogik ta'sirotlar ta'daq-langan bo'lishi kerak. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyat-larini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik ta'sirot yoshga mos rivojlanish jarayonining u yoki bu pog'onasida o'sishi eng yorqin ifodalangan qobiliyatlarning to'la namoyon bo'lishiga yordam beradi.

Past shiddatli aerob yuklamalarni qo'llash bilan fiziologik faoliyatlarning haddan ziyod zo'riqishiga olib keladigan o'ta shiddatli yuklamalar yordamida erishiladigan natijalarga organizm uchun maqbul vositalar yordamida ham erishish mumkin. Chidamlilikni rivojlantiradigan sust shiddatli mashqlar ta'siriga, ayniqsa, 810 yoshli bolalar sezgir bo'ladi. 12 dan 15 yoshgacha bu mashqlarning samadorligi kamayib, chidamlilik barqarorlashadi yoki birmuncha pasayadi. Bolalar va o'smirlar chidamliligini rivojlantiruvchi fiziologik jihatdan asoslangan vositalar sirasiga organizmning aerob unumdorligini oshiruvchi tsiklik mashqlarning har xil turlari kiradi. Bu jihatdan davomiyligi asta-sekin oshirib boriladigan mo'tadil quvvatli (maksimalning taxminan 60% i chegarasida) bir me'yorli yugurishning boshqa mashqlarga nisbatan afzal ekanligi ma'lum bo'ldi. Shu maqsadda mashg'ulotlarga harakatli o'yinlar va o'yin mashqlarini kiritish tavsiya etiladi. Maksimalning 75% darajasidagi tezlik bilan yurish davomiyligi bo'yicha testlar o'tkazilganda, o'g'il bolalarda 13-14 yoshda, qizlarda esa 10-13 yoshda chidamlilikning eng katta o'sishi kuzatiladi. Wsmirlik davrida past shiddatli yugurish bilan bir qatorda tezligi o'zgaruvchan yugurish, 400-500m ga (o'g'il bolalar uchun) va 200-300m ga (qiz bolalar uchun ) tez sur'atli yugurish qo'llaniladi. Yugurishning haftalik hajmi 35 -45 km gacha oshiriladi. Bolalik va o'smirlik yoshlarida umumiy chidamlilikni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rivojlantirishga yo'naltirilgan jismoniy mashqlarga qo'yiladigan asosiy talab - yuqori hissiy ko'tarinkilik zaminida mashg'ulot-larning yumshoq, ehtiyotlovchi rejimini yaratishdir. Bu talabning bajarilishi yosh sportchilarda mashg'ulotlarga bo'lgan qiziqishni qo'llab-quvvatlash hamda keyingi ixtisoslashuv uchun sharoitni yuzaga keltirishning zarur sharti hisoblanadi. Wsmirlik davrigacha maktab sport to'garaklari sharoitida maxsus chidamlilikni tarbiyalash uchun fiziologik poydevor paydo bo'ladi.

Chidamlilikni o'stirishga qaratilgan jismoniy yuklamalarga o'rtacha jismoniy rivojlanish darajasiga ega bo'lgan bolalar va o'smirlar tezroq moslashadilar. Jismoniy rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan maktab o'quvchilarida tezlik va tezkorlik - kuch mashqlarini bajarish chog'idagi ishchanlik ularning jismoniy rivojlanish darajasi o'rtacha yoki past bo'lgan tengdoshlaridagiga nisbatan yuqoriroq bo'ladi.

Chidamlilikni rivojlantirish uchun qulay morfologik hamda funktsional sharoit 9- 10 yoshlarda yuzaga keladi. O'g'il bolalarda dinamik kuch mashqlariga yuqori sezgirlik 2 davrdan iborat bo'ladi: 9 yoshdan 10-12 yoshgacha va 14 dan 17 yoshgacha. Qiz bolalarda 11 yoshga ke-lib kuch chidamliligi 15-16 yoshli qizlarning ko'rsatkichlariga etib oladi. 7-10 yoshli o'quvchilarda turg'un kuchlanishlar toliqishning tez rivojlanishi bilan kechadi. Maktablarda 5-8 - sinflarning jismoniy tarbiya darslarida kichik og'irliklar (1-2 kg) bilan dinamik kuch mashqlari, arqonga chiqish, yuk tashish, cho'yan to'p irg'itish kabilardan muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda. 15-16 yoshda kuch chidamliligining ortishi munosabati bilan 2-3 kg li og'irliklar bilan o'tkaziladigan mashqlar soni ko'payadi, arqonga vaqtga qarab chiqish, kurash elementlari qo'llaniladi. Bu yoshdagi qizlarda kuch mashqlari nisbiy mushak kuchining kamayishi tufayli chegaralanadi. O'smirlar bilan o'tiladigan mashg'ulotlarda turg'un vaziyatlarni, dastlabki holatlarni, osilib, tayanib turishlarni talab etuvchi mashqlardan foydalanish lozim.

REFERENCES

1. Купер К. Аэробика для хорошего самочувствия / К. Купер. - [пер. с англ. -2-ое изд. доп., перераб.]. - M.: Физкультура и спорт, 1989.

2. Специальная выносливость спортсменов / Под общ. ред. M. Я. Набатниковой. - M.: Физкультура и спорт, 1972.

3. Филин В. П. Основы юношеского спорта / В. П. Филин, Н. И. Фомин. - M. : Физкультура и спорт, 1980.

4. Холодов Ж. К. Теория и методика физического воспитания и спорта / Ж. К. Холодов, В. С. Кузнецов. - M. : Академия, 2003.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.