Научная статья на тему '10-11 SINF O‘QUVCHILARIDA AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH'

10-11 SINF O‘QUVCHILARIDA AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborot vositalari / televidenie / radio / gazeta / internet / ratsional model / hissiy ta’sir usuli / maksimal / minimal va teskari ta’sir modellari.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Eminov B.A.

Ushbu maqolada o‘quvchi yoshlarni axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishga doir muhim ma’lumotlar berilgan. Axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta va internetning o‘quvchi yoshlar ongiga ta’siri, ularning mazmuni, turli g‘oyalar va qarashlar, yoshlar ongida milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalarni paydo qilishga sabab bo‘lmoqda, shu sababdan, axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish zamon talabidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по компьютерным и информационным наукам , автор научной работы — Eminov B.A.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «10-11 SINF O‘QUVCHILARIDA AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH»

10-11 SINF OQUVCHILARIDA AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH.

Eminov B.A.

Farg'ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi "Raqamli texnologiyalari" kaferdarasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14050373

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 07- Noyabr 2024 yil

KEYWORDS

Axborot vositalari, televidenie, radio, gazeta, internet, ratsional model, hissiy ta'sir usuli, maksimal, minimal va teskari ta'sir modellari.

Ushbu maqolada o'quvchi yoshlarni axborot vositalaridan to'g'ri foydalanish madaniyatini shakUantirishga doir muhim ma'lumotlar berilgan. Axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta va internetning o'quvchi yoshlar ongiga ta'siri, ularning mazmuni, turli g'oyalar va qarashlar, yoshlar ongida milliy mentalitetga to'g'ri kelmaydigan yot g'oyalarni paydo qilishga sabab bo'lmoqda, shu sababdan, axborot vositalaridan to'g'ri foydalanish madaniyatini shakllantirish zamon talabidir.

Axborotlashish globallashuv jarayonlari bilan uzviy bog'liq holda amalga oshadi. Bugungi kundagi ommaviy axborot vositalarining o'sib kelayotgan yoshlar ongida milliy mentalitetga to'g'ri kelmaydigan yot g'oyalarning paydo bo'lishiga hamda keskin qarashlarning shakllanayotganligiga sababchi bo'layotganligi to'g'risida bir tomonlama fikrlar e'tirof etilmoqda. Shu boisdan ham, ommaviy axborot vositalarining tarbiyasidagi ta'sir doirasi qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida tadqiqot ishlari, izlanishlar olib borishni, ta'lim-tarbiya jarayonida ommaviy axborot vositalarining asl mohiyatini ochib berilishini, unda berilayotgan materiallarga xolisona fikr bildira olish zakovatiga ega bo'lgan o'smir yoshidagi o'quvchilarni tarbiyalash, yo'naltirish shart-sharoitlarini belgilashni taqozo etmoqda.

Ijtimoiy muhit shaxsining asosiy ijtimoiy funksiyalarini belgilaydi. Bevosita shakllanayotgan o'smir yoshidagi o'quvchiga ijtimoiy omil sifatida ommaviy axborot vositalarining ta'sir doirasi benihoya kengayib bormoqda. Shu sababli ommaviy axborot vositalari ijtimoiylashuvida muhim o'rinni egallaydi. Ta'lim sohasida ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalanish, unda berilgan materiallarni to'g'ri tahlil qila olish qobiliyatini o'quvchilarda shakllantirishda pedagoglarning yo'naltira olish qobiliyati va mahoratiga ega ekanligida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, yoshlarimiz ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan yana bir omil, internetni olaylik. Internet ommaviy axborot vositasi hisoblanib, u tarqatayotgan xabarlar, reklamalar, kliplar, suratlar ommaviy fikrni shakllantirish kuchiga ega. Bugun jahondagi yirik axborot markazlarining ko'pchiligi internet orqali faoliyat ko'rsatmoqda. Shuning bilan birga, internetdagi axborotlarning ishonchlilik darajasi, ularning kishilar ongi va ma'naviyatiga aks ta'sir etayotgani qayd qilinmoqda. Afsuski, keyingi yillarda ommaviy axborot vositalarining barcha turlari kabi internet ham ayni shu tahdidlar bilan yoshlarni o'ziga jalb etmoqda. 70-80% yoshlar o'z

vaqtini internet kafelarda yoki mobil internetlardan foydalanish bilan o'tkazayotgani bunga yorqin misol bo'la oladi. Bu esa eng tezkor ta'sir vosita sifatida ham ijobiy, ham salbiy xulqni shakllantirishdagi omillardan biri ekanligi ma'lum. Kuzatuvlar natijasiga ko'ra, hamma vaqt ham yoshlar internet saytlaridan ma'lum bir mavzudagi materiallarni olish uchun kirmaydilar, aksincha aksariyat 70% o'smir yoshidagi o'quvchilar ko'ngilochar saytlarda o'z vaqtini o'tkazayotganliklarini ko'rish mumkin.

Shuningdek, ijtimoiy muhitda axborotlashtirish makonini yaratish, zamonaviy muhitning o'ziga xos tizimni shakllantirishga asos bo'ladi. Shu bilan birga axborotlashgan muhit, shaxsning aqliy salohiyati bilan hamohang ravishda borishi lozim. Bu esa shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. U yerda moddiy omillar emas, balki ma'naviy omillar - ya'ni, bilim va axborot birinchi o'rinda turadi. Jamiyat a'zolarining aksariyati axborot va bilim olish, ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va yetkazish jarayonida band bo'ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot tayyorlash moddiy ishlab chiqarishning rivojiga turtki beradi.

Axborot vositasi sifatida internetning ta'lim sohasiga olib kirilishi va uni ta'lim jarayonida qo'llanilishi uchun, albatta, o'quvchilarda ma'lum ko'nikmalarni shakllantirish lozim. O'tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalariga ko'ra, pedagoglar shaxsini shakllantirish jarayonida ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda quyidagi tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarni hisobga olishlari lozim:

o'quvchilarni internet saytidan fanlarga oid manbalarni olish, o'rganish, tahlil qilish malaka va ko'nikmalarini shakllantirishda texnologik yo'naltirish;

o'quvchilarni ommaviy axborot vositalari materiallarini o'qish, o'rganish va ularni amalda qo'llashda samarali foydalanishlari uchun ularni psixologik jihatdan tayyorlash, yo'naltirish; ommaviy axborot vositalari materiallarini to'g'ri idrok etishlari uchun tushuntirish, suhbat munozara usullaridan foydalanish;

o'quvchilarda axborot vositalari materiallariga nisbatan to'g'ri ijobiy munosabatni ma'naviy-axloqiy, estetik dunyoqarashni tarkib toptirish;

har bir o'qituvchi ommaviy axborot vositalari bilan muntazam tanishishi, tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini ular bilan boyitib borishi;

ota-onalar ham farzandlariga oilaviy tarbiya jarayonida axborot vositalari materiallarini to'g'ri tahlil qilib, mulohaza yuritib, erkin, mustaqil fikrlovchi sifatidagi ko'nikmalarni shakllantirib borishi lozim.

Bulardan tashqari, yana pedagogning axborot vositalaridan o'z pedagogik faoliyatida qanday foydalana olishi ham shaxsini shakllantirishda eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.

Ijodiy pedagogik faoliyat - bu inson shaxsini, uning dunyoqarashini, ishonchini, ongini xulqini shakllantirishga bo'ysundirilgan cheksiz masalalarni yechish jarayonidir.

Bugun kishilik jamiyatida yoshlar son jihatidan eng katta qismini tashkil etib, ayni damda ularning soni 2 milliard kishiga yetdi. Jamiyatimizni rivojlanganligi, ertangi tarqqiyoti yoshlarimiz barkamol shaxs bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Endigi asosiy maqsadimiz -o'quvchi yoshlarimizning qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishlariga imkon yaratish, tayziq o'tkazishdek "virus" yoyilishiga barham berishdir".

Mamlatimiz aholisining qariyib 64 foizini yoshlar, ya'ni 30 yoshgacha bo'lganlar tashkil etadi. Bu, bir tomondan davlatimiz zimmasiga ulkan ma'suliyat yuklasa, ikkinchi tomonidan

yoshlarga oid maqbul siyosat yuritish natijasida yirik imkoniyatlar ham beradi. Shu o'rinda, o'smir yoshidagi o'quvchilar ruhiyatiga axborot vositalarining ta'siri qanday?, degan savolga ikki xil ma'noda (salbiy yoki ijobiy) javob berish to'g'ri bo'ladi. Ijobiy nuqtai nazardan olganda, matbuot, televidenie, radio va internet tarmoqlaridan xabarlarni olib, o'rganishga asoslangan, dars mashg'ulotlari davomida ulardan ma'lumotlar bazasi sifatida foydalanish imkoni mavjudligida bo'lsa, salbiy tomoni o'rganishlar natijasida, o'smir yoshidagi o'quvchilar yosh davriga munosib bo'lmagan, behayo filmlar va ko'p qismli, jangari filmlarni katta qiziqish bilan kuzatayotganligi, oqibatda salbiy xarakter xususiyatlari, xulq-atvorning shakllanayotgani va boshqa holatlar aniqlangan.

Ommaviy axborotning yoshlar ongi va hissiyotlariga ta'siri o'tkazishning ikki yo'l orqali amalga oshiriladi:

1. Ratsional model - demokratik tamoyillarga tayangan davlatlarda muloqot va munosabatlarning, ommaviy ko'rinishida ratsional usuli dominantlik qiladi. Ularda axborotlarni tarqatish, isbotlarni keltirish, mantiqiy fikrlash normalari bilan asoslaganligi bilan ishontiradi va bu kishilar bashariyat tomonidan tan olinadigan ma'naviy - axloqiy mezonlarga bo'ysunishi lozim.

2. Hissiy ta'sir usuli - psixologik ishontirish usuli bo'lib, fanatizm, siyosiy raqiblarga, boshqa millat vakillariga ishonchsizlik, nafrat uyg'otish uchun qo'llaniladi. Bu hissiy ta'sir ko'pincha aqliy dalillar va asoslardan ham kuchli bo'lishi mumkin. Bunda totalitar, avtoritar va ayniqsa etnografik targ'ibotlardan keng foydalanilib, siyosiy tashviqotlar yoshlar ongini egallab oladigan hissiy mazmun bilan to'ldiriladi. Lekin, inson kundalik hayotidagi munosabatlar aqliy hamda ma'naviy - axloqiy munosabatlar asosida tartibga solinish muhim hisoblanadi. Hissiy ta'sir qanchalik kuchli bo'lmasin, OAVlarining siyosatga ta'siri axborot tarqatish orqali ro'y beradi. Axborot olish, saralash, sharhlash va tarqatish bu jarayonning asosiy bosqichlaridir.

Bundan tashqari, siyosiy ongga OAVlari ta'sirining 3 ta asosiy modeli ham mavjud:

1. Maksimal ta'sir

2. Minimal ta'sir

3. Teskari ta'sir modellari

Jamiyat o'z rivojining barcha bosqichlarida ma'naviy-axloqiy qoidalar ishlab chiqqan va ulardan foydalanib kelgan. Ma'lumki, insonning rivojlanishi uchun axborot juda zarur. Shuning uchun ham axborot - eng muxim hayotiy zarur elementdir. Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarni hech qanday "Filtrsiz" qabul qilishlari oqibatida o'smir yoshidagi o'quvchilar ongi va tafakkuri zaharlanishi kuzatilmoqda. Masalan, o'smir yoshidagi bola, biror bir kerakli ma'lumotni olish maqsadida yoki hech qanday maqsadsiz internet saytiga kiradi, u yerdagi ma'lumotlar ichida mashhur shaxslar haqidagi e'tiborni tortuvchi shov-shuvli xabarga ko'zi tushadi, beixtiyor uni ochadi va shou biznes vakillarining navbatdagi reklama ko'rinishidagi soxta ma'lumotlarni o'qishga kirishadi. Shu tariqa o'smir yoshidagi o'quvchilar asta-sekin keyingi ma'lumotlarni ochish maqsadida belgilangan yo'l asosida yovuzlarning qarmog'iga ilinadi. Natijada, bu kabi tuban "madaniyat" ta'siriga tushgan o'smir o'quvchi hayotga loqayd, qilayotgan ishiga e'tiborsiz, vatan ravnaqi, millat taqdiriga va xalq osiyishtaligiga befarq kishi sifatida ulg'ayadi.

Ayni shu sababdan, axborot asrining shiddati axborot oqimining mohiyatini, aql-idrok, tafakkur ko'zgusiga solib, to'g'ri tushunib olishga o'rgatish va axborotlarni saralash qobiliyatini shakllantirish, o'quvchilarning g'oyaviy kurashchanlik fazilatlariga jiddiy e'tibor

qaratishni taqozo etmoqda. Axborot ta'sirida o'quvchilarning faoliyat motivatsiyasida salbiy jihatlar shakllanib qolishini oldini olishda o'smir yoshidagi o'quvchilarda quyidagi jihatlarni shakllantirish kerak. Yoritilayotgan axborotlarni zarurini olish, ajratib olish, solishtirish va foydalana olishda, ongli farqlash imkoniyatini yuzaga kelishi, axborotlar bilan ishlash ko'nikmasini tarbiyalash, mantiqiy baholay olish malakalarini shakllantirish lozim. O'quvchilarning axborot vositalari bilan ishlash jarayonida, muhim axborotlarni tanlay bilish, axborot mazmunidagi ilgari surilayotgan fikr mohiyatini anglashi, g'oyaviy - mafkuraviy qarashlarga qarshi fikrlashda idrok etish madaniyatining yetarlicha shakllanganligi katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Axborot vositalaridan unumli foydalanish uchun har qaysi o'qituvchi, bir tomondan ularning yo'nalishini, mazmunini aniq bilishi kerak, ikkinchi tomondan qiziqishlarini va ehtiyojlarini o'rganishi shart. Axborotni qabul qilishda televideniening afzalligi shundaki, u audiovizual vositadir, ya'ni jonli nutq va obrazli ko'rsatuvdir. Televidenie - bu xususiyati bilan radio va matbuotdan ustun turadi. Bugungi kunda audiovizual vosita sifatida internetni ham etirof etish mumkin. Boisi ayni damda aksariyat o'smir yoshidagi o'quvchilar vaqtlarini mobil internetlardan foydalanish bilan o'tkazmoqdalar, bu esa eng tezkor ta'sir vositasi sifatida ham ijobiy, hamda salbiy xulqni shallantirishdagi omillardan biri hisoblanadi.

Adabiyotlar:

1. Asadov Yu., N.Turdiev, S.Akbarova, D.Temirov, S.Babadjonov. "O'quvchilarda kompetensiyalarning shakllanganligini tashhislash va korreksiyalash metodikalari". -Toshkent, 2016.

2. Badalov.M. Yoshlar ongida hayotbaxsh g'oyalar // Huquq va burch jurnali. - T., 2014. - №6. // www.huquqburch.uz.

3. G'afurov U. Globallashuv sharoitida yoshlarni din niqobidagi mafkuraviy tahdidlardan asrashda Internetdan samarali foydalanishning dolzarb masalalari. // "Armiya - davlat tayanchi, tinchlik kafolati". Qurolli Kuchlar tizimidagi tarbiyaviy ishlar organlari hamda targ'ibotchilar uchun uslubiy qo'llanma. - T.: "Sano-standart" nashriyoti, 2013.

4. Kuchukbaev F.M., Abduazimova D.F., Djuraev R.X., Divanova M.S., Inoyatova M.E. "O'quvchi shaxsiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi internet saytlari va teleko'rsatuvlarning ularda salbiy his-tuyg'ularni vujudga keltirishning oldini olish bo'yicha profilaktik korreksion dastur". -Toshkent, 2016.

5. Samarov R., Sattorov Yo. Axborot madaniyati va uni shakllantirishning nazariy-amaliy ahamiyati/Zamonaviy ta'lim/Sovremennoe obrazovanie. Toshkent, 2014, №1.

6. Tulepov A. Internetdagi tahdidlardan himoya: Yordamchi o'quv qo'llanma. -T.: Movarounnahr, 2016.

7. Eshbekov T. Mafkura maydonida axborot psixologik xavfsizlik. - T., 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.