Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY BAG‘RIKENGLIK TA’MINLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY BAG‘RIKENGLIK TA’MINLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijimoiy bag‘rikenglik / siyosiy izimlar / jamiyat tuzilmasi / demokratlashirish / harakatlar strategiyasi / taraqqiyot strategiyasi / social tolerance / poliical systems / society structure / democraizaion / acion strategy / development strategy

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Alisher Muminov

Bugungi kunda har bir davlat zamonaviy dunyoda o‘zining munosib o‘rnini egallash maqsadida, samarali siyosiy izimlarni shakllanirish va rivojlanirish, davlat hamda jamiyat tuzilmasini modernizatsiya va demokratlashirishning yangicha yondashuvlarini faol izlamoqda. O‘zbekiston ham shu mamlakatlar qatorida o‘z rivojining hozirgi bosqichida Yangi O‘zbekistonni barpo qilish borasida ish olib bormoqda. So‘nggi 10-15 yil ichida O‘zbekiston bag‘rikenglikning asosiy tamoyillari buzilayotgan davlat sifaida turli hisobot, ma’ruza va chiqishlarda tez-tez ilga olindi. Mamlakaimizda to‘planib qolgan muammolarni hal eish maqsadida 2016 yilda “Yangi O‘zbekiston”ni barpo eishga qarailgan jadal islohotlar va tub o‘zgarishlar boshlandi. Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasini rivojlanirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, keyinchalik 2022 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi. Joriy yilda esa mamlakatning kelgusi 7 yilda asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi. Bu dasturiy hujjatlar zamonaviy bosqichda mamlakat rivojining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bilan bir qatorda, yurimizda shakllangan bag‘rikenglik madaniyaini yanada rivojlanirish, millatlararo hamda fuqaroviy hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN DIRECTIONS OF PROVIDING SOCIAL TOLERANCE IN THE NEW UZBEKISTAN

Today, every country is acively looking for new approaches to the formaion and development of effecive poliical systems, modernizaion and democraizaion of the state and social structure in order to take its righful place in the modern world. Among these countries, Uzbekistan is working on the establishment of New Uzbekistan at the current stage of its development. In the last 10-15 years, Uzbekistan was often menioned in various reports, lectures and speeches as a country where the basic principles of tolerance are being violated. In order to solve the accumulated problems in our country, in 2016, rapid reforms and fundamental changes aimed at establishing "New Uzbekistan" began. In a short ime, the Strategy of Acions on the five priority direcions of the development of the Republic of Uzbekistan, and then the Development Strategy of New Uzbekistan for 2022-2026 were developed. This year, the "Uzbekistan-2030" strategy, which defines the main direcions of the country's development in the next 7 years, was adopted. These program documents, in addiion to determining the priority direcions of the country's development at the modern stage, serve as a legal basis for the further development of the culture of tolerance formed in our country, for the development of effecive mechanisms for strengthening inter-ethnic and civil solidarity and harmony.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY BAG‘RIKENGLIK TA’MINLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI»

YANGI O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY BAG'RIKENGLIK TA'MINLASHNING ASOSIY YO'NALISHLARI

professor, siyosiy fanlar doktori Alisher MUMINOV O'zbekiston Milliy Universiteti ORCID: 0000-0003-3441-5338

Annotasiya. Bugungi kunda har bir davlat zamonaviy dunyoda o'zining munosib o'rnini egallash maqsadida, samarali siyosiy tizimlarni shakllanti'rish va rivojlanti'rish, davlat hamda jamiyat tuzilmasini modernizatsiya va demokratlashti'rishning yangicha yondashuvlarini faol izlamoqda. O'zbekiston ham shu mamlakatlar qatorida o'z rivojining hozirgi bosqichida Yangi O'zbekistonni barpo qilish borasida ish olib bormoqda. So'nggi 10-15 yil ichida O'zbekiston bag'rikenglikning asosiy tamoyillari buzilayotgan davlat sifatida turli hisobot, ma'ruza va chiqishlarda tez-tez tilga olindi. Mamlakatimizda to'planib qolgan muammolarni hal etish maqsadida 2016 yilda "Yangi O'zbekiston"ni barpo etishga qaratilgan jadal islohotlar va tub o'zgarishlar boshlandi. Qisqa vaqt ichida O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi, keyinchalik 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi. Joriy yilda esa mamlakatning kelgusi 7 yilda asosiy rivojlanish yo'nalishlarini belgilab beruvchi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi qabul qilindi. Bu dasturiy hujjatlar zamonaviy bosqichda mamlakat rivojining ustuvor yo'nalishlarini belgilash bilan bir qatorda, yurtimizda shakllangan bag'rikenglik madaniyatini yanada rivojlantirish, millatlararo hamda fuqaroviy hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy bag'rikenglik, siyosiy tizimlar, jamiyat tuzilmasi, demokratlashtirish, harakatlar strategiyasi, taraqqiyot strategiyasi

Annotation. Today, every country is actively looking for new approaches to the formation and development of effective political systems, modernization and democratization of the state and social structure in order to take its rightful place in the modern world. Among these countries, Uzbekistan is working on the establishment of New Uzbekistan at the current stage of its development. In the last 10-15 years, Uzbekistan was often mentioned in various reports, lectures and speeches as a country where the basic principles of tolerance are being violated. In order to solve the accumulated problems in our country, in 2016, rapid reforms and fundamental changes aimed at establishing "New Uzbekistan" began. In a short time, the Strategy of Actions on the five priority directions of the development of the Republic of Uzbekistan, and then the Development Strategy of New Uzbekistan for 2022-2026 were developed. This year, the "Uzbekistan-2030" strategy, which defines the main directions of the country's development in the next 7 years, was adopted. These program documents, in addition to determining the priority directions of the country's development at the modern stage, serve as a legal basis for the further development of the culture of tolerance formed in our country, for the development of effective mechanisms for strengthening inter-ethnic and civil solidarity and harmony.

Keywords: social tolerance, political systems, society structure, democratization, action strategy, development strategy

KIRISH.

Globallashib borayotgan bugungi sharoitda mamlakatimizda tinchlik, totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash masalasi eng ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Hozirgi kunda mazkur masalalarning dolzarbligi yanada oshib borayotganligini teran anglagan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev "... bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to'qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda", deb alohida ta'kidlagan edi (Mirziyoev, Sh. 2021, yanvar 19).

Bunday holat bag'rikenglik tamoyillari o'zining turli ko'rinishlari orqali jamiyatdagi tinch va barqaror taraqqiyotni ta'minlashga ta'sir etishi ma'lum.

Qayd etish lozimki, so'nggi 10-15 yil davomida xalqaro ekspertlar o'zlarining turli ma'ruza, hisobot va chiqishlarida O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilishning mustahkam kafolatlari bo'lmagan, tolerantlikning asosiy tamoyillari buzilayotgan, majburiy mehnat, jumladan, bolalar mehnati, fuqarolikni berishda muammolar mavjud bo'lgan, gender tengligiga rioya qilmayotgan davlat sifatida tilga olib keldilar.

Bu esa, tabiiyki, hozirda O'zbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida izchil va qat'yatlik bilan amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarga xalqaro hamjamiyat, xususan, yetakchi ekspertlar tomonidan katta qiziqish uyg'onishiga sabab bo'ldi (Mutalov, D. 2021, iyul 24).

METODOLOGIYA.

Xususan, xorijiy ekspertlar O'zbekistonda inson huquq va erkinliklari sohasida olib borilayotgan siyosatning quyidagi ustuvor yo'nalishlarni qayd etmoqdalar:

Birinchidan, 2020 yilda qabul qilingan Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiya va uni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" mustaqil O'zbekiston tarixida insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta'minlashga qaratilgan birinchi strategik hujjat bo'ldi (Gazeta.uz. 2020, iyun 27). Ushbu hujjatlarda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmlari belgilab berilgan.

Ularni tayyorlash jarayonida xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari inobatga olingani, huquqni qo'llash amaliyoti va xorijiy tajriba har tomonlama o'rganilgani, keng jamoatchilik muhokamalari, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar tashkil etilgani ekspertlar tomonidan alohida ta'kidlab o'tildi.

O'zbekiston parlamenti tomonidan inson huquqlari bilan bog'liq muammolarga tobora ko'proq e'tibor qilinmoqda. Jumladan, 2018 yilda birinchi marta Inson huquqlari bo'yicha parlament hisoboti taqdim etildi (AQShning O'zbekistondagi Elchixonasi. 2019, aprel 18). 2020 yil may oyida parlament quyi palatasi inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi to'g'risidagi axborotni eshitdi va BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi tavsiyalarini amalga oshirish bo'yicha Milliy harakatlar rejasini qabul qildi. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish bo'yicha beshta "yo'l xaritasi" tasdiqlanib, hayotga tatbiq etilmoqda. (IPU. 2020, may 18).

Ikkinchidan, O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini himoya qilish, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo'yicha xalqaro majburiyatlarini bajarilishi.

O'zbekiston tarixda ilk bor uch yillik muddatga - 2021-2023 yillarga BMT Inson huquqlari kengashiga a'zo etib saylangani xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilganiga misol bo'la oladi. Bundan tashqari, ushbu saylovlarda BMTga a'zo bo'lgan 193 davlatdan 169 tasi ovoz berdi, natijada O'zbekiston eng ko'p ovoz to'pladi. (Folker, T. 2023, mart 16).

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-, yubiley 75- va 76-sessiyalaridagi ishtiroki muhim voqea bo'ldi. Yangi hamkorlik muhiti tufayli O'zbekiston BMT faoliyatining barcha yo'nalishlaridagi jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylandi, bu esa a'zo davlatlarning respublikamizga nisbatan munosabatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Aytish joizki, O'zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo'lib inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarning samarali tizimini yaratdi. Bu boradagi ishlar izchilligini keyingi yillarda mamlakatimizda parlament Ombudsman, Bolalar ombudsman, Biznes-ombudsman institutlari tuzilib, o'z faoliyatini boshlaganida ham ko'rish mumkin (Nazarov, Z. 2021, yanvar 21).

Uchinchidan, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantirildi. 2020 yil avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan va yoshlar hayotini yaxshilash bo'yicha global hamkorlikni mustahkamlashda muhim o'rin tutadigan Samarqand forumi ana shunday hamkorlikka misol bo'la oladi (Murod, X. 2021, avgust 16).

BMT ekspertlarining fikricha (Freyzer, X. 2020, sentyabr 29), mamlakat rahbariyatining inson huquqlarini himoya qilish miqiyosdagi muhim tashabbuslari alohida e'tiborga loyiq. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

- Lider ayollar muloqoti uchrashuvini, Markaziy Osiyo mamlakatlari biznes-forumini tashkil etish;

- Nogironlarning o'zini o'zi anglash bo'yicha hududiy kengashini tashkil etish;

- Osiyoda inson huquqlarining regional mexanizmini ishlab chiqish.

BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissar boshqarmasining 2020 yilga mo'ljallangan hisobotida

so'nggi yillarda ushbu yo'nalishdagi ishlar bo'yicha, O'zbekiston demokratlashti'rish va BMT shartnomalari va nizomi doirasida inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek, qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashti'rish borasida O'zbekiston eng ko'p tilga olinadigan davlatlar qatoriga kiradi (Novosti Uzbekistana. 2021, iyun 22).

Xulosa qilish mumkinki, O'zbekistonda erishilgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik 2016 yildan buyon amalga oshirilayotgan va inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kabi bag'rikenglikning asosiy tamoyillarini, millatlararo tinchlik va fuqarolar osoyishtaligini ta'minlashga qaratilgan chuqur o'ylangan siyosat samarasidir.

Prezidentimiz O'zbekiston markaziy gazetalaridan birining bosh muxarri savollariga javob berar ekan, islohotlar davomida amalga oshirilayotgan ishlardan asosiy maqsad inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash ekanini ta'kidladi. "Yangi O'zbekiston - ko'pmillatli xalqimizning erkin, farovon va farovon hayotini ta'minlashdan asosiy maqsad bo'lgan davlatdir. Bu xalqaro hamjamiyat bilan do'stlik va hamkorlik jarayonlariga demokratik demokratiya, inson huquq va erkinliklarini saqlash umume'tirof etilgan me'yorlarga qat'iy kuch holda rivojlanayotgan davlatdir" (Gazeta "Yangi O'zbekiston". 2021, avgust 18).

Prezidentimiz mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat'i nazar, har bir fuqaroning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, xalqimiz turmush darajasi va sifatini oshirish izchil davom ettirilayotgan islohotlarning asosiy mazmuni ekanini ta'kidladi (Gazeta "Yangi O'zbekiston". 2021, avgust 18).

O'zbekiston BMTning teng huquqli a'zosi sifatida global va mintaqaviy muammolarni muhokama qilish va hal etish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda, O'zbekistonning BMTning yuksak minbaridan ilgari surgan tashabbuslari jahon hamjamiyatidan qo'llab-quvvatlanib, mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlashga katta hissa qo'shmoqda.

O'zbekiston tomonidan BMT doirasida ilgari surilgan barcha tashabbuslar bugungi kunda global tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash, inson huquqlarini himoya qilishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Aytish joizki, keyingi yillarda O'zbekistonning BMT bilan o'zaro manfaatli hamkorligi yaxshilanib bormoqda. Birgalikda qariyb 140 ta dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasining 6 ta rezolyusiyasi qabul qilindi (Daryo.uz. 2023, avgust 18).

ADABIYOTLAR SHARHI.

Xususan, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" (2018 yil iyun) (Zamonov, Z. (2021, avgust 18), "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" (2018 yil dekabr) (Raximov, M. 2021, dekabr 11)., "Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish" (2019 yil dekabr) (sputniknews.uz. 2019, dekabr 11), "Yoshlar 2020: global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari" Samarqand qarori (2020 yil iyul) (Saidov, A., Abdullaev, A., & Usmanov, M. 2021, c. 444-453), "Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish to'g'risida"gi qarorlar (2021 yil may) (uza.uz. 2021, iyun 4) qabul qilindi hamda BMT shafeligidagi Orolbo'yi mintaqasi uchun ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasi faoliyati tashkil etildi, bu Orolning qurishi oqibatlarini yumshatishga va bu hududda yashovchi odamlarning turmush tarzini yaxshilashga yordam beradi (Gazeta.uz. 2018, noyabr 18).

Aytish lozimki, O'zbekistonda so'nggi yillarda barqarorlik va xavfsizlikning zamonaviy muammolarini muloqot va hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish asosida hal etishning eng muhim yo'llaridan biri ekanligi to'g'risidagi tushuncha to'liq shakllandi. Shu munosabat bilan O'zbekiston bag'rikenglik tamoyillariga to'liq mos keladigan Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni saqlashga yordam beradigan, xalqaro barqarorlikni o'rnatishga katta hissa qo'shadigan keng ikki tomonlama va ko'p tomonlama sheriklikni rivojlantirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olgan.

NATIJALAR.

Mamlakatimizda qaror topgan bag'rikenglikning namunasi sifatida 2019 yildan buyon bir necha bosqichda amalga oshirilgan «Mehr operatsiyasi» natijasida Suriya, Iroq va Afg'onistondan kabi mojaroli hududlardan jami 531 ayollar va bolalar mamlakatga olib kelinganligini keltirish mukin

(Daryo.uz. 2021, aprel 30). Xalqaro hamjamiyat bu operatsiyalarni insonparvarlik, elparvarlik namunasi, davlatning o'z fuqarosiga, millatdoshiga ko'rsatgan oqibati, mehri sifatida baholadi.

"Mehr" operatsiyalari bag'rikenglik tamoyillarining ta'minlanishi, O'zbekistonda yangi davrda insonga munosabat qay darajada o'zgarganini, o'z yurtida haqiqiy qadr va e'tibor topganining amaliy dalili va ifodasi sifatida, har bir fuqaro davlat himoyasida ekanligi to'g'risidagi Konstitutsiya me'yorlariga (43-modda) to'liq mos kelishining yorqin namunasidir (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2019. B.19.).

O'z fuqarolariga bunday oqilona va adolatli munosabatni boshqa misollarda ham ko'rish mumkin. Masalan, Yaqin Sharq va Afg'onistondan tashqari, Ukrainada boshlangan taloto'plardan keyin 6 ming nafarga yaqin yurtdoshimiz O'zbekistonga olib kelindi (Rafiqov, Q. 2023, mart 18). Vaholanki, avvallari chet ellarda murakkab ahvolga tushib qolgan vatandoshlarimizni yurtimizga olib kelish, chorasiz qolgan fuqarolarimizning haq-huquqlariga e'tibor qilinmaslik bo'yicha ham ko'plab ma'lumotlar mavjud.

Ko'hna va serne'mat O'zbekiston zaminida ko'p asrlar davomida turli elat, madaniyat va din vakillari tinch va totuvlikda yashab kelmoqda.

Bugun 130 dan ortiq millat va elat vakillarini yagona maqsad - umumiy uyi - O'zbekiston taraqqiyoti g'oyasi birlashtirib turibdi (Jo'ramirzaev, D. 2022, oktyabr 10).

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarida O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari, millati, tili va dinidan qat'i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekanligi (18-modda) belgilab qo'yilgan (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2019. b.9). Ularga o'z etnik madaniyati, an'ana va urf-odatlarini asrab-avaylash va har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. 10 000 dan ortiq umumta'lim muassasalarining 1865 tasida ta'lim 6 tilda olib boriladi, oliy o'quv yurtlarida bir nechta turdosh va chet tillarida ta'lim olish imkoniyati mavjud. 12 tilda tele va radiokanallar efirga uzatilayotgani, 14 dan ortiq tilde (Toshev, A, 2022:2) gazeta va jurnallar nashr etilayotgani mamlakatimizda hukm surayotgan bag'rikenglik, millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitining amaliy ifodasidir.

O'zbekistonda etnik o'zlikni anglash, millatlararo munosabatlarni yanada uyg'unlashtirishda 152 ta milliy madaniy markazlar yetakchi o'rin tutadi (Toshev, A, 2022:4). Ular o'zlarining asl madaniyati, tili, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish orqali madaniyatlarning o'zaro boyib borishiga, milliy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yanada rivojlantirish va boyitishga hissa qo'shadilar.

2019 yil noyabr oyida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o'zaro hamkorlik darajasini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati konsepsiyasi (Salimov, O. 2021, iyul 30) tasdiqlandi.

2020 yilda O'zbekistonga 1995 yilgacha kelgan shaxslarni bevosita O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish tartibi o'rnatilgani bag'rikenglikning yana bir ko'rinishidir. Mazkur chora-tadbirlar tufayli birgina 2020 yilda 50 nafar fuqaro O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.

2021yilda bu ish davom ettirilib, 2005 yilgacha mamlakatimizga kelib, doimiy istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga bevosita O'zbekiston fuqaroligi berildi. Shunday qilib, yana 20 ming kishi davlatimiz fuqarosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldi (Novosti Uzbekistana, 2021).

XULOSA.

Xalqlar, millatlar, davlatlar, jamiyatning turli qatlamlari va tuzilmalari o'rtasidagi hamjihatlik, bag'rikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, do'stona munosabatlarni yanada rivojlantirish yo'lida 30 iyulda, har yili, Xalqlar do'stligi kunining o'tkazilishi muhim qadam bo'ldi. O'zbek xalqiga xos bag'rikenglik va abadiy do'stlik g'oyalarini o'zida mujassam etgan "Xalqlar do'stligi kunini belgilash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni ishlab chiqildi (Salimov, O. 2021, iyul 30).

Sh.Mirziyoev o'z nutqlarining birida to'g'ri ta'kidlaganidek, "Mamlakatda vijdon va e'tiqod erkinligini ta'minlash bilan bog'liq vaziyat tubdan yaxshilandi. Millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag'rikenglikni yanada mustahkamlash biz uchun eng muhim vazifadir" (President.uz. 2020, sentyabr 23).

2017 yil oktabr oyida mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bor BMT Inson huquqlari kengashining din va e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid mamlakatimizga tashrif buyurib,

O'zbekistonda bu borada erishilgan natijalarni alohida qayd etdi (Ahmedov, T. 2020, dekabr 8).

Shuningdek, xalqaro hujjatlar, jumladan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt, BMT va YeXHTning tegishli hujjatlaridan kelib chiqib, 2021 yil iyul oyida "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi (lex.uz. 2021, iyul 5).

Shunday qilib, aytish mumkinki, O'zbekiston Konstitutsiyasining O'zbekiston xalqi, millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarosi ekanligini e'lon qilgan va kafolatlagan, shuningdek, mamlakatda tillarga hurmat ko'rsatilishi ta'minlanganligi e'lon qilingan va kafolatlangan moddalari faol hayotga tatbiq etilmoqda, shuningdek. mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning urf-odat va an'analari, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilmoqda.

Shu bilan birga, mamlakat rahbariyati davom etayotgan globallashuv va xalqaro va mintaqaviy munosabatlarning transformatsiyasi sharoitida dunyoda iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy va boshqa ziddiyatlarning zo'rayishi, axborot va kibermakonda qarama-qarshiliklarning kuchayishi millatlararo munosabatlar, vijdon va diniy e'tiqod erkinligini ta'minlash sohasida bir qator muammolar keltirib chiqarayotganligini va ularni hal etishni talab qiluvchi dolzarb masalalar saqlanib qolayotganini teran anglaydi.

Adabiyotlar ro'yhati

Mirziyoev, Sh. (2021, yanvar 19). Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. https://president.uz/uz/lists/view/4089

Mutalov, D. (2021, iyul 24). 100 ekspertov opredelili 15 vajneyshix reform Prezidenta Shavkata Mirziyoeva. Gazeta novosti Uzbekistana. https://nuz.uz/politika/1203992-100-ekspertov-opredelili-15-vazhnejshih-reform-prezidenta-shavkata-mirziyoeva.html

Gazeta.uz (2020, iyun 27). Prinyata Natsionalnaya strategiya po pravam cheloveka. https://www.gazeta.uz/ru/2020/06/27/human-rights/

AQShning O'zbekistondagi Elchixonasi. (2019, aprel 18). O'zbekiston 2018 inson huquqlari bo'yicha hisobot. https://uz.usembassy.gov/uz/country-reports-on-human-rights-practices-for-2018-

uzbekistan-uz/

IPU (2020, may 18). IPU welcomes human rights efforts by Uzbek Parliament -https://www.ipu.org/news/news-in-brief/2020-05/ipu-welcomes-human-rights-efforts-uzbek-parliament; UZA (2020, oktyabr 6). Rastet rol parlamenta v sfere zarn,itbi prav. Materialbi mejdunarodnogo onlayn-seminara «Rol parlamenta v sovershenstvovanii pravovoy bazbi po preduprejdeniyu pbitok v ramkax Natsionalnogo preventivnogo mexanizma». https://uza.uz/ru/posts/rastet-rol-parlamenta-v-sfere-zashchity-prav-06-10-2020; National Centre of the Republic of Uzbekistan for Human Rights (2020, p.63). New Uzbekistan and Human Rights. Uzbekistan's progress towards compliance with international obligations on human rights. National Centre of the Republic of Uzbekistan for Human Rights.

Folker, T. (2023, mart 16). «Oldinda hali ishlar ko'p». BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissarining O'zbekistonga tavsiyalari. https://www.gazeta.uz/uz/2023/03/16/ohchr/

Nazarov, Z. (2021, yanvar 21). Bola huquqlari bo'yicha vakil va Oliy Majlis O'zbekistonda Bolalar Ombudsmani to'g'risida qonun loyihasini ishlab chiqishni qo'llab-quvvatlashga bag'ishlangan davra suhbatini o'tkazdi. https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/child-ombudspersons-law; Lex.uz. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi qonuni https://lex.uz/docs/3321352

Murod, X. (2021, avgust 16). Navqiron avlod — dunyoning ishonchi, kelajak tayanchi. https://yuz.uz/news/navqiron-avlod--dunyoning-ishonchi-kelajak-tayanchi-1-qism

Freyzer, X. (2020, sentyabr 29). V vbistuplenii Prezidenta Shavkata Mirziyoeva chetko otrajena vozrastayurn,aya rol Uzbekistana kak regionalnogo lidera vo mnogix oblastyax. https://uzbekistan.un.org/en/node/93140

Novosti Uzbekistana. (2021, iyun 22). Uzbekistan polojitelno otmechen v godovom doklade Upravleniya Verxovnogo Komissara OON po pravam cheloveka. https://nuz.uz/obschestvo/1201329-uzbekistan-polozhitelno-otmechen-v-godovom-doklade-upravleniya-verhovnogo-komissara-oon-po-pravam-cheloveka.html

Gazeta "Yangi O'zbekiston". (2021, avgust 18). Novbiy Uzbekistan - strana demokraticheskix preobrazovaniy, bolshix vozmojnostey i prakticheskix del. Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoev otvetil na voprosbi glavnogo redaktora gazetbi "Yangi O'zbekiston".

Daryo.uz. (2023, avgust 18). BMT tuzilmalari Yangi O'zbekistonni barpo etish dasturini qo'llab-quvvatlashi aytildi https://daryo.uz/k/2023/08/18/bmt-tuzilmalari-yangi-ozbekistonni-barpo-etish-dasturini-qollab-quvvatlashi-aytildi?utm source=push&utm medium=telegram

Zamonov, Z. (2021, avgust 18). Yangi O'zbekiston - Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik rejalar tashabbuskori https://uza.uz/uz/posts/yangi-ozbekiston-markaziy-osiyo-mintaqasidagi-strategik-rezhalar-tashabbuskori 293732?q=%2Fposts%2Fyangi-ozbekiston-markaziy-osiyo-mintaqasidagi-strategik-rezhalar-tashabbuskori 293732

Raximov, M. (2021, dekabr 11). BMTning "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" rezolyusiyasining mohiyati va ahamiyati http://isrs.uz/uz/smti-ekspertlari-sharhlari/bmtning-marifat-va-dinii-bagrikenglik-rezoluciasining-moiati-va-aamiati

sputniknews.uz (2019, dekabr 11). Turizm bo'yicha O'zbekiston tashabbusini BMT qo'llab-quvvatladi https://sputniknews.uz/20191211/Turizm-byicha-zbekiston-tashabbusi-BMT-llab-

uvvatladi-12990591.html

Saidov, A., Abdullaev, A., & Usmanov, M. (2021, c. 444-453). Vneshnepoliticheskiy M. kurs Novogo Uzbekistana. "O'zbekiston" nashriyoti.

Uza.uz (2021, iyun 4). "Orol muammosi - olam muammosi" https://uza.uz/uz/posts/orol-muammosi-olam-muammosi 273293

Gazeta.uz (2018, noyabr 18). Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'psheriklik trast fondi tashkil etilmoqda. https://www.gazeta.uz/uz/2018/11/27/orol/

Daryo.uz (2021, aprel 30). «Mehr-5» operatsiyasi doirasida 93 nafar o'zbekistonlik Suriyadan olib kelindi. http://daryo.uzA/2021/04/30/mehr-5-operatsiyasi-doirasida-98-nafar-ozbekistonlik-

suriyadan-olib-kelindi-foto

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2019. B.19.) O'zbekiston, NMIU.

Rafiqov, Q. (2023, mart 18). Vatan istiqbolini o'zimiz belgilaymiz. https://ishonch.uz/archives/12610 Jo'ramirzaev, D. (2022, oktyabr 10). Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik o'zbek xalqining yuksak qadriyatidir. https://uza.uz/uz/posts/millatlararo-totuvlik-va-diniy-bagrikenglik-ozbek-xalqining-yuksak-qadriyatidir 414278

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2019. B.9) "O'zbekiston" NMIU. Toshev, A. (2022). O'zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik. Tasvir nashriyoti. Salimov, O. (2021, iyul 30). Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik — demokratik jamiyatning asosiy tamoyili. https://yuz.uz/news/millatlararo-totuvlik-va-bagrikenglik--demokratik-ïamiyatning-asosiy-tamoyili

Novosti Uzbekistana. Prinyat Zakon «O vnesenii dopolneniy i izmeneniy v Zakon «O grajdanstve Respubliki Uzbekistan» // https://nuz.uz/obschestvo/1200698-uproshhena-proczedura-polucheniya-grazhdanstva-uzbekistana.html

Salimov, O. (2021, iyul 30). Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik — demokratik jamiyatning asosiy tamoyili. https://yuz.uz/news/millatlararo-totuvlik-va-bagrikenglik--demokratik-ïamiyatning-asosiy-tamoyili

President.uz. (2020, sentyabr 23). Vistuplenie Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoeva na 75-y sessii Generalnoy Assamblei Organizatsii Ob'edinennbix Natsiy. https://president.uz/ru/lists/view/3851

Ahmedov, T. (2020, dekabr 8). AQSh O'zbekistondagi diniy erkinliklarni ta'minlash bo'yicha islohotlarni tan oldi. https://www.xabar.uz/jamiyat/aqsh-ozbekistondagi-diniy-erkinliklarni-taminlash-boyicha

lex.uz. (2G21, iyul 5). "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi qonuni. https://lex.uz/docs/5491534

EXTENDED ABSTRACT

Today, every country is actively looking for new approaches to the formation and development of effective political systems, modernization and democratization of the state and society structure in order to take its rightful place in the modern world.

Among these countries, Uzbekistan is working on the establishment of New Uzbekistan at the current stage of its development.

In the last 10-15 years, Uzbekistan was often mentioned in various reports, lectures and speeches as a country where the basic principles of tolerance are being violated.

In order to solve the accumulated problems in our country, in 2016, rapid reforms and fundamental changes aimed at establishing "New Uzbekistan" began. In a short period of time, the Action Strategy on five priority areas of development of the Republic of Uzbekistan was developed.

As a result of the reforms defined in the action strategy, the necessary political-legal, socioeconomic and scientific-educational foundations for the establishment of New Uzbekistan were created in our country.

Later, the development strategy of New Uzbekistan for 2022-2026 was developed.

The large-scale reforms that are being implemented to build a new Uzbekistan have renewed the thinking of the society. This, in turn, put on the agenda the need for the state to literally implement legal foundations - constitutional updates.

According to the referendum held on April 30, 2023, a new version of the Constitution of the Republic of Uzbekistan was adopted.

This document is aimed at creating the necessary conditions for the free living and full development of every person in this country, and serves as a legal foundation for ensuring peace and stability in Uzbekistan and further strengthening the principles of tolerance.

This year, the "Uzbekistan-2030" strategy, which defines the main directions of the country's development in the next 7 years, was announced.

These program documents, in addition to determining the priority directions of the country's development at the modern stage, serve as a legal basis for the further development of the culture of tolerance formed in our country, for the development of effective mechanisms for strengthening inter-ethnic and civil solidarity and harmony.

In today's globalized world and in our country, strengthening peace and social stability has become one of the most important tasks of the present time.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

In such conditions, it is known that existing principles of tolerance affect the provision of peaceful and stable development in society through its various functions. This shows how urgent it is to study this concept, which is of scientific-theoretical, social-practical importance, in connection with the concrete social space and the characteristics of historical time.

In this regard, in order to ensure and strengthen social tolerance, it is important to further liberalize all spheres of the political life of our country, the construction of the state and society, to increase the political activity of the population, and to form a political culture based on national and universal values among our citizens.

This means that it is necessary to pay serious attention to increasing the effectiveness of the activities of the democratic state and all branches of government, non-governmental organizations and social institutions that are being established in our country. In turn, ensuring the principles of social tolerance in this direction requires combining the interests of each group with the interests of the state and society. This puts the study of the motivations of political subjects to tolerance, the development of theoretical conclusions and practical proposals as an urgent scientific task in our country, which is on the way to further deepen democratic reforms and develop civil society.

The most important political factor for ensuring and strengthening tolerance in any country is the state administration system. For this reason, after the independence of Uzbekistan, the foundations of national statehood were re-established, the creation of excellent institutions of state management was

started, and special attention was paid to the gradual formation of a modern system based on international models and traditions of national statehood.

It can be seen in many examples that any people, any nation, which has set itself the great goal of social development, free and free life, building a just society, goes through a difficult, difficult and complicated development path.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.