Научная статья на тему 'XX ASR BOSHLARIDA SURXON VOHASIDA XALQ TA’LIMI TIZIMI XUSUSIDA'

XX ASR BOSHLARIDA SURXON VOHASIDA XALQ TA’LIMI TIZIMI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Savodxonlik darajasi / Surxondaryo okrugi / sovet maktabi / Turkiston / madrasa va masjidlar / yangi usul maktablari / A.V. Lunacharskiy / Rus boshlang’ich maktabi. / Literacy level / Surkhandarya district / Soviet school / Turkestan / madrassas and mosques / new method schools / A.V. Lunacharsky / Russian elementary school.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tillayeva, Shohsanam Odil Qizi

Ushbu maqolada Sovet mustamlakachiligi davrida xalqimizning madaniy darajasi, yurtimizda amalga oshirilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va ularning amaliyotga joriy etilishi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE PUBLIC EDUCATION SYSTEM IN THE SURKHAN OASIS AT THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY

This article discusses the cultural level of our people during the Soviet colonial period, the cultural and educational activities carried out in our country and their implementation.

Текст научной работы на тему «XX ASR BOSHLARIDA SURXON VOHASIDA XALQ TA’LIMI TIZIMI XUSUSIDA»

XX ASR BOSHLARIDA SURXON VOHASIDA XALQ TA'LIMI TIZIMI

XUSUSIDA

Tillayeva Shohsanam Odil qizi,

Termez davlat universitetining Magistratura bo'limi, Tarix yo'nalishi I bosqich magistranti.

Tel: +998930390039

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Sovet mustamlakachiligi davrida xalqimizning madaniy darajasi, yurtimizda amalga oshirilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar va ularning amaliyotga joriy etilishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Savodxonlik darajasi, Surxondaryo okrugi, sovet maktabi, Turkiston, madrasa va masjidlar, yangi usul maktablari, A.V. Lunacharskiy, Rus boshlang 'ich maktabi.

ABSTRACT

This article discusses the cultural level of our people during the Soviet colonial period, the cultural and educational activities carried out in our country and their implementation.

Key words: Literacy level, Surkhandarya district, Soviet school, Turkestan, madrassas and mosques, new method schools, A.V. Lunacharsky, Russian elementary school.

KIRISH

Biz bilamizki, Tarix - bu insoniyatning kelajagini aniqlab beradigan, unga to'g'ri yo'l ko'rsatadigan, jipslashgan millatni har doim har qanday vaziyatlardan, bo'xtonlardan, ikkilanishlardan hushyor bo'lib yashashga chorlaydigan, o'tmish va bugundan to'g'ri xulosa chiqargan holda, kelajakka dadil qadam qo'yishimiz uchun yo'l ko'rsatadigan jarayondir. Shunday ekan, har bir inson o'z vatani tarixini o'rganishi, uning kamchiliklari va yutuqlariga to'g'ri baho berishi zarur.

Ma'lumki, oddiy xalq orasida savodxonlikni oshirishning birdan bir yo'li bu maktab, fan, texnika, xalq ziyolilarini takomillashtirib borib, uni rivojlantirishdan iborat. Bu masalani yechishda esa ommaning ongli harakati zarur bo'ladi. Bu esa xalqning madaniy darajasi qay axvolda ekanligiga ko'p jihatdan bo'g'liqdir. Aholi madaniy saviyasi ko'rsatkichlardan biri savodlilik darajasi bilan belgilanadi. Siyosiy qarashlarning noholisligi va milliy kamsitish ruhidagi yondashuvlar biron mamlakat yoki millat savodlilik darajasini belgilashda salbiy tasir ko'rsatadi. Chunonchi chor Rossiyasida chiqadigan „Вестник воспитания" jurnalida Turkiston aholisi nihoyatda qoloq va savodsiz elatlardan iborat va ularni savodli qilish uchun 4600 yil

41

kerak degan g'irt soxta xulosani yozgan.1 Sho'ro davridagi deyarli barcha ilmiy manbalarda esa 1917 yil oktabr to'ntarishiga qadar O'zbekiston aholisining savodxonlik darajasi atiga 1,5-2 % degan yolg'ondan iborat ma'lumotlar ko'rsatilardi.

Holbuki, 1897 yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra Turkiston aholisining savodxonlik darajasi 19,5 % ga tengligi qayd etilgan. So'ngi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan, ammo hali ham unchalik to'la bo'lmagan ma'lumotlarga ko'ra 1913 yilda Turkiston o'lkasida 7665 maktab va madrasa faoliyat ko'rsatgan. Birgina Surxondaryo okrugida 1924-yilda 205 ta eski maktab, madrasa va masjidlar faoliyat ko'rsatgan2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Chor xukumati O'rta Osiyo xonliklarini bosib olgach, shaharlarda amaldorlar va ofitserlarning bolalari uchun maktablar ocha boshlagan. Bu maktablarda mashg'ulotlar rus tilida olib boriladi. 1914-yilda xozirgi O'zbekiston xududida jami 160 ta shunday maktab bo'lib, ulardan 135 tasi boshlang'ich, 13 tasi to'liqsiz o'rta va 12 ta o'rta maktablar edi. Ulardan atiga 17300 bola o'qir edi 3.

Surxondaryoda sho'ro hokimyati o'rnatilgan dastlabki kunlarda bitta rus maktabi bor edi. Uning tarixi viloyat xalq maorifi bilan bog'liqdir. Rus mustamlakachilari tomonidan asos solingan bu cherkov qavmi maktabida 1917-yilning o'rtalarida bir guruh marifatparvar ota-onalarning mablag'lari hisobiga 1-Rus boshlang'ich maktabi Termezda ochilgan edi. Ushbu ilm ziyo maskani sho'rolar davrida ham faoliyat yuritib toboro rivolanib bordi. Maktab avval 7 yillik, so'ng 8-10 yillik o'quv muassasasi sifatida ishlab, o'g'il qizlarga rus tilida ta'lim-tarbiya berdi. 50-yillarda unga SSSR Maorif xalq komissari A.V. Lunacharskiy nomi berildi 4.

1918-yil noyabrda Turkiston xalq komissarlari kengashi cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish haqida dekret chiqardi. Shu munosabat bilan bilim yurtlarida Alloh qonununi o'qitish taqiqlandi. Mamurlar faqat ,,musulmon bilim yurtlariga nisbatan" istisnoni saqlab qoldilar. 1918- yil oxirida sovet maktabi bilan raqobat qiladigan turli tipdagi maktablarni tugatishga qaratilgan qonuniy chora tadbirlar belgilandi. 25- noyabrda maorif xalq komissarligining buyrug'i bilan barcha xususiy o'quv yurtlari xamma asbob-uskunalari, o'quv qo'llanmalari va mavjud hodimlari bilan xalq ta'lim mahalliy bo'limlari ixtiyoriga berildi. Bu shakldagi

1 O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi 7-jild. T. ,, O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 yil, 412-bet

2 Azimov M. Termez tarixi. Termez ,, Jayxun" 2001, 143 bet

3 O'zbekiston SSRda 30 yil ichida xalq maorifi (1924-19540 O'Z SSR davlat o'quv pedagogika nashriyoti. T.,1954,4-bet

4 Annayev D. muqaddas dargoh. Surxon ziyosi jurnali, 2006 yil 10-11 sonlari, 14-bet

42

milliylashtirish umumta'lim tarzidagi o'quv yurtlarini tashkil etishga davlat monapoliyalarining o'rnatilganligini bildirar edi.

Dastlabki o'zbek sovet maktablari mablag'lardan qisib qo'yilgan bo'lib, ularga o'quv vositalari va qo'llanmalar yetishmas edi. Moddiy ahvolning og'irligiga ko'p jihatdan ma'murlarning yerli aholining bilimli bo'lishiga nisbatan mustamlakachilik munosabatida bo'lishi tasir qildi. Bu esa 1918-1920 yillar davrida rus tilidagi o'quv yurtlari va tub yerli aholi bolalari uchun mo'ljallangan maktablarni mablag' bilan teng asosda taminlamaslikka olib keldi. Bundan tashqari, ko'pincha xalq ta'limi uchun ajratilgan mablag'ni deputatlar kengashlari boshqa maqsadlar uchun ishlatishardi.

Surxondaryo okrugida 1920-1922-yillardan boshlab sovet maktablari tashkil etila boshlandi. Okrug miqyosida 1924-yilda 5ta yangi sovet maktabi mavjud bo'lib, ularda 67 o'quvchi 400 nafar o'quvchiga bilim bergan. Vohada savodsizlikni tugatish va yangi usul maktablarini tashkil etish keskin mafkuraviy kurashlar bilan bordi. Shunga qaramasdan yangi usul maktablarini keng miqyosda tashkil etishga harakat qilindi5.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda xalq ta'limi to'liq bolsheviklar go'yasiga moslashtirilgan bo'lib, ,,Ommaviy savodsizlik" ni tugatish maqsadida milliy ta'limdan voz kechish uchun doimiy harakatlar olib borildi. Chor hukumatining mustamlakachilik va ,,ruslashtirish" siyosati o'lka xalqi ma'naviyatini butunlay yo'q qila olmadi. Xalq o'z intilishi kurashi bilan milliy ma'naviyatini saqlabgina qolmadi, balki uni yanada mustahkamladi. O'z mutafakkirlari, allomalari va donishmandlari bilan dunyoga tanilgan xalq sho'ro manbalarida yozilganidek, 2 foiz savodlilari bilan emas katta foizni tashkil etgan masjid, madrasalarida, yangi tipdagi maktablarda o'qigan, o'qiyotgan yoshlari bilan XX asrga qadam qo'ygan edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi 7-jild. T. ,, O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 yil,

2. Azimov M. Termez tarixi. Termez ,, Jayxun" 2001,

3. O'zbekiston SSRda 30 yil ichida xalq maorifi (1924-1940 O'Z SSR davlat o'quv pedagogika nashriyoti. T.,1954,

4. Annayev D. muqaddas dargoh. Surxon ziyosi jurnali, 2006 yil 10-11 sonlari,

5. Tursunov S.N, Qobilov E va boshqalar. Surxondaryo tarixi. T. "Sharq" 2004,

5 Tursunov S.N, Qobilov E va boshqalar. Surxondaryo tarixi. T. "Sharq" 2004, 308-bet

43

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.