Научная статья на тему 'QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI MAXSUS IQTISODIY ZONA, KICHIK SANOAT ZONASI, TEXNOPARK VA KLASTERLARNING IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI'

QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI MAXSUS IQTISODIY ZONA, KICHIK SANOAT ZONASI, TEXNOPARK VA KLASTERLARNING IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
46
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksport / import / investitsiya / kichik sanoat zona / klaster / maxsus iqtisodiy zona / sanoat / texnopark.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Amanov A.K., Nazarov D.M.

Ushbu maqolada Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidagi maxsus iqtisodiy zonalari (keyingi orinlarda MIZ), kichik sanoat zonalari (keyingi orinlarda KSZ), texnoparklar va klasterlarning rivojlanishidagi o’ziga xos iqtisodiy geografik xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Keyingi yillarda iqtisodiy rayon iqtisodiyotida muhim sanalgan MIZ, KSZ, texnoparklar va klasterlar, hamda ularning o’ziga xos jihatlari iqtisodiy-statistik va iqtisodiy-geografik tahlil usullar yordamida ochib berildi. Shu bilan birga Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni sanoatining kelajakdagi istiqbollari haqidagi taklif va tavsiya ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI MAXSUS IQTISODIY ZONA, KICHIK SANOAT ZONASI, TEXNOPARK VA KLASTERLARNING IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI»

DOI 10.5281/zenodo.10823122 UDK: 914/919

Amanov A.K.

Urganch davlat unversiteti "Geografya" kafedrasi o'qituvchisi

Nazarov D.M.

Urganch davlat unversiteti Geografyayo'nalishi 1-kurs talabasi

QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONIDAGI MAXSUS IQTISODIY ZONA, KICHIK SANOAT ZONASI, TEXNOPARK VA KLASTERLARNING IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

Anotatsiya. Ushbu maqolada Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidagi maxsus iqtisodiy zonalari (keyingi orinlarda MIZ), kichik sanoat zonalari (keyingi orinlarda KSZ), texnoparklar va klasterlarning rivojlanishidagi o'ziga xos iqtisodiy geografik xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Keyingi yillarda iqtisodiy rayon iqtisodiyotida muhim sanalgan MIZ, KSZ, texnoparklar va klasterlar, hamda ularning o 'ziga xos jihatlari iqtisodiy--statistik va iqtisodiy-geografik tahlil usullar yordamida ochib berildi. Shu bilan birga Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni sanoatining kelajakdagi istiqbollari haqidagi taklif va tavsiya ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar: eksport, import, investitsiya, kichik sanoat zona, klaster, maxsus iqtisodiy zona, sanoat, texnopark.

Amanov A.K. teacher

Urganch State University "Geography" department Nazarov D.M.

Geography 1st year student Urganch State University

ECONOMIC GEOGRAPHICAL CHARACTERISTICS OF SPECIAL ECONOMIC ZONE, SMALL INDUSTRIAL ZONE, TECHNOPARK AND CLUSTER IN LOWER AMUDARYA ECONOMIC DISTRICT

Abstract. In this article, special economic zones (hereinafter referred to as MIZ), small industrial zones (hereinafter referred to as KSZ), technoparks and clusters in the development of special economic zones in the Lower Amudarya economic region are discussed. In the following years, MIZ, KSZ, technological parks and clusters, which were considered important in the economy of the economic region, and their specific aspects were revealed using economic-statistical and economic-geographical analysis methods. At the same time, a

proposal and recommendation about the future prospects of the industry of the Lower Amudarya Economic Region was developed.

Key words: export, import, investment, small industrial zone, cluster, special economic zone, industry, technological park.

Kirish. Mintaqalar iqtisodiyotining rivojlanishi u yerdagi tabiiy va ekologik sharoit, resurslar bilan ta'minlanganlik darajasi, tarixiy rivojlanganlik, hukumatning olib borayotgan to'g'ri islohatlari kabi bir qator omillar ta'sirida bo'ladi. Qachon-ki yuqoridagi omillar bir-biriga uyg'un holatda bog'liqligi amalga oshsa, ushbu hududda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu borada iqtisodiyotning har bir jabhasiga turtki bo'ladigan, hukumat islohotlarining ahamiyati beqiyosdir. 2017-2021 yillarga va keyinchalik 20212026 yillarga mo'jallangan "Harakatlar strategiyasi" davlat dasturlarida bunday islohotlarini amalga oshirish, ayniqsa o'z ifodasini topgan.

Adabiyotlar tahlili. Davlat dasturlarida quyidagilarga alohida e'tibor qaratilgan.

Viloyat, tuman va shaharlarni, kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtsiodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidansamaarali va optimal foydalanish:

-ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo'jaligi turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta'minlash;

-hududlar iqtisodiyotini moderinizatsiyaa va diversifikatsiya qiish ko'lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo'lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo'li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqaalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdarajasidagi farqlarni kamaytirish;

-yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo'jalik birlashmalarining mablag'larini, banklarning kreditlari va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;[1].

Ushbu farmon ijrosi doirasida Quyi Amudaryo iqtisodiy rayon hududida amalga oshirilgan ishlar mintaqani kompleks rivojlanishidajuda muhim rol o'ynadi. Misol tariqasida, Pitnak sanoat qutbi va Mo'ynoq turistik markazi ko'rsatish mumkin. Bu borada MIZ, KSZ, texnopark va klasterlarning o'rni beqiyosdir.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- iyul holatiga ko'ra jami 20 ta MIZ, 116 ta KSZ, 12 ta texnopark va 467 ta klasterlar mavjud bo'lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni 2864 tani tashkil etgan [2].

Tadqiqot metodologiyasi. Jumladan Qorqalpog'iston Respublikasida 2 ta "Nukus" va "Qoraqalpoq-agro" erkin iqtisodiy zonalari, hamda Xorazm viloyatida "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonasi bunyod qilingan.

1-jadval

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidagi MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar

soni

Iqtisodiy rayon Jami Shu jumladan

tarkibidagi MIZlar KSZlar Texnoparklar Klasterlar

ma'muriy soni soni soni soni

birliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasi 90 2 11 - 77

Xorazm viloyati 63 1 11 7 44

Quyi Amudaryo 153 3 22 7 121

iqtisodiy rayoni

Jadval O'zbekiston statistika qo'mitasi hamda internet saytlari ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan tayyorlandi.

Mintaqda KSZlarining umumiy soni 22 tani tashkil qilib, har ikki ma'muriy birlikka 11 tadan to'g'ri keladi, hamda ular mintaqa sanoati rivojida keyingi yillrda muhim o'rin egallaydi.

Texnopark, bu — hududiy, ilmiy, texnologik va innovatsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etuvchi texnologik baza hisoblanadi. Texnopark — mulk kompleksi bo'lib, u ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat obyektlari, biznez markazlari, ko'rgazma maydonlari, ta'lim muassasalari, va shuningdek, xizmat ko'rsatish obyektlari: transport vositalari, o'tish yo'llari, aholi yashaydigan qishloqlar va qo'riqlash xizmatini o'z ichiga oladi [4].

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining Xorazm viloyatida 7ta texnopark tashkil qilingan, bu butun mamlakatimizdagi texnoparklaring yarmidan ko'pi demakdir. Ammo ularning aksariyati o'z faoliyatini endi boshlagan sanaladi.

Klasterlarni rivojlantirish mintaqalarda iqtisodiy o'sishni rivojlantirish vositasi sifatida hukumatning kun tartibiga kiritilgan [3], va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida turli sohalarda 121 ta klaster tashkil qilingan.

XULOSA. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida yo'qilg'i-energetika, kimyo, qurilish resurslari va arzon ishchi kuchining, shuningdek qishloq xo'jaligi ekinlari hosili(xususan, paxta tolasi, bog'dorchilik va uzumchilik, sabzavot hamda poliz ekinlari)ni qayta ishlash imkoniyatlarining mavjudligi va kabi boshqa omillar kelajakda xorijiy va mahalliy investorlarning ishonch bilan investitsiya kiritishi bilan sanoat tarmog'ining rivojlantirish asos bo'ladi.

Xulosa o'rnida, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni sanoat tarmoqlarining jadal rivojlantirishda:

- Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi MlZlari, KSZlari, texnoparklar va sanoat klasterlarining yanada jozibadorligini oshirish va bu orqali ko'proq investorlarni jalb qilish;

- zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari asosida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;

- mahalliy xomashyo va resurslarni chuqur qayta ishlash asosida xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar mablag'larini jalb qilgan holda, sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash orqali yangi mahalliy brend mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy etish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 3-ILOVA

2. O'zbekiston Respublikasi statistika qo'mitasi. O'zbekiston Respublikasida maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zonasi, texnopark va klasterlar faoliyati (2022- yil yanvar-iyun) Toshkent-2022.

3. GOàSPIN Илм-фан, технология ва инновацион сиёсат буйича мамлакат профиллари 10-Жилд

4. https://nsp.gov.uz/technos/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.