Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI MUSIQA RAHBARLARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHДА RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI MUSIQA RAHBARLARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHДА RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijodkorlik / kasbiy kompetensiya / model / pedagogik modellashtirish / metodik model / praksiologik diagnostika / pedagogik shart-sharoitlar.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Amanova Durdona Kaxramonovna

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda eng samarali usullar va texnologiyalarni tanlash, maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning metodik modelini ishlab chiqish va bu modelni qo‘llashning afzalliklari, usullari keltirib o‘tilgan. Ushbu metodik model musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maqolada metodik model mazmuni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI MUSIQA RAHBARLARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHДА RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI MUSIQA RAHBARLARINING

KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH^A RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING O'RNI Amanova Durdona Kaxramonovna

MTTDMQTMOI "Maktabgacha va musiqiy ta'lim" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10982371

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda eng samarali usullar va texnologiyalarni tanlash, maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning metodik modelini ishlab chiqish va bu modelni qo'llashning afzalliklari, usullari keltirib o'tilgan. Ushbu metodik model musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga yordam berish uchun mo'ljallangan bo'lib, maqolada metodik model mazmuni yoritilgan.

Kalit so'zlar: ijodkorlik, kasbiy kompetensiya, model, pedagogik modellashtirish, metodik model, praksiologik diagnostika, pedagogik shart-sharoitlar.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'lim tizimidagi islohotlar, innovatsion o'zgarishlar, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta'lim sifat va samaradorligini oshirish yo'lida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun katta mas'uliyat yuklab, yangi avlodni voyaga yetkazish maqsadida pedagoglar oldida ulkan vazifalarni qo'ymoqda.

Ma'lumki, inson oldida muayyan muammo turgandagina, u ijod qilishga ehtiyoj sezadi. Musiqa rahbari faoliyati ana shunday ijodkorlikni talab qiladi. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati musiqa rahbari faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan bog'liq. Pedagogik faoliyat ta'lim va tarbiya oluvchilar shaxsi, dunyoqarashi, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga qaratilgan ko'plab pedagogik masalalarni yechishdan iborat harakatdir. Musiqa rahbari faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullari, ularni hal qila olish yo'llarini qidirib topishda namoyon bo'ladi.

Pedagogik ijodkorlikning manbai pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba - muammoli vaziyatlarni qo'ya olish va ularni tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlikda yechishda namoyon bo'ladi. Bunda har bir maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogi ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalana olishi zarur. Jumladan musiqa rahbarlari ham o'z faoliyatlarida ta'lim texnologiyalardan foydalangan holda mashg'ulotlar samaradorligini oshirish tajribasini egallashlari kerak. Interfaol metodlardan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya jarayonida foydalanish musiqa rahbarlaridan faollik, pedagogik mahorat, ijodkorlikni talab qiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish maqsadida biz pedagogik modellashtirishga murojaat qilishimiz zarur.

Pedagogik nazariya va amaliyotda modelni yaratish - pedagogik tizim, jarayon yoki vaziyatni va ularni yoritishning asosiy yo'llarini yaratishning maqsadlarini, umumiy g'oyasini ishlab chiqishdan iborat.

Ta'lim jarayonida modelni ishlab chiqish tanlash bilan boshlandi. O'ziga xos ilmiy kategoriya sifatida yondashuv nafaqat har qanday nazariyaning rivojlanish asosi, ta'limning maqsadi ishga nisbatan turli yechim topa olish malakasini rivojlantirish ham hisoblanadi. Ya'ni, bilimlar biror narsani qila olishga o'rganish uchun zarur va buning uchun esa - buni qanday qilishni bilib olish zarur. Binobarin, ta'limning maqsadi amal qilish, harakat qilish malakasini

rivojlantirish hisoblanadi. Bilimlar esa amaliy jarayonlarga o'qitish, o'rgatish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Muayyan tur vazifalarini yechish jarayonlarining tizimi amal qilish tarzi deb ataladi. Demak, o'qitishning pirovard maqsadi amaliy jarayonlar usulini rivojlantirishdan iborat. Fanlar asoslariga har qanday o'qitish bir vaqtning o'zida tegishli aqliy jarayonlarga o'qitish ham hisoblanadi, aqliy ishni rivojlantirish esa muayyan bilimlarni o'zlashtirmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi.

Bizning tadqiqotimiz uchun keltirilgan yondashuvlarda maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlariga faoliyat obyektlari, tajribasi ta'lim jarayonining muhim va ajralmas qismi hisoblangan faol ishtirokchilari sifatida qaraladi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning metodik modelini ishlab chiqish uchun biz eng mos keladigan pedagogik texnologiyalarini saralab olish va ularni jarayonga moslashtirish vazifasini belgiladik. Biz jarayonni musiqa rahbarlari oldiga izchil va maqsadga yo'naltirilgan holda bilish vazifalarini qo'yish va ularni yechishda bilimlarni faol o'zlashtiradigan va kasbiy voqelikka "sho'ng'ib" ketadigan, bilish faolligi va kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yordam beradigan muammoli ta'lim texnologiyasiga tayanib qurdik. Hozirgi davrda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar ta'lim jarayonining pedagogik ta'minotini ham o'zgarishini va ta'limni individuallashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish, idrokning, bilish faoliyatini, moyilliklarning, ehtiyojlarning va qiziqishlarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni taqozo yetadi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida biz an'anaviy, ham noan'anaviy ta'lim berishning vositalari, shakllari, metodlaridan foydalandik. Ma'ruzalar, seminar-treninglar, master-klasslar, amaliy mashg'ulotlar, mustaqil va ilmiy-tadqiqodchilik ishlari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat maktabgacha ta'lim tashkilotlari musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishni tashkil qilish shakllari hisoblanadi. Muammoli ta'lim, faol ta'lim metodlari, ijodiy izlanishlar maktabgacha ta'lim tashkilotlari musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida biz qo'llagan asosiy metodlar sifatida, didaktik materiallar, dastur, o'qitishning texnik vositalari ta'limning asosiy vositalari sifatida qo'llanildi.

Kasbiy kompetensiyani takomillashtirish komponentlari rivojlanish jarayonida kasbiy-pedagogik yo'naltirilganlik, o'z bilimlari, malakalari va ko'nikmalarini olishga bo'lgan shaxsiy ehtiyoj uning asosi hisoblanadi va bu shuningdek kasbiy o'z imkoniyat, qobiliyat va salohiyatlarini ro'yobga chiqarish ehtiyojida ham ifodalanadi. Ehtiyojlarning mavjudligi har qanday faoliyatning oldindan qo'yiladigan zarur shart-sharoitlarini tashkil etadi, biroq o'z holatida ehtiyoj faoliyatga muayyan yo'naltirilganlik xossasini bera olmaydi. Komponentlar kasbiy faoliyatning xususiyatlari va shart-sharoitlari haqidagi va kompetentlikni rivojlantirishga nisbatan bilimlar, tasavvurlarga asoslanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining modeli maqsad, vazifalar, tamoyillar, bosqichlar (diagnostika, amaliy, analitik), shakllar, metodlar, vositalar, pedagogik shart-sharoitlar, mezonlar va natijani o'z ichiga oladi. Kasbiy-pedagogik faoliyatda musiqa rahbarlari olingan bilimlar, malakalar, ko'nikmalar, pedagogik intuitsiya, hayotiy tajribalariga tayanib, kasbiy vazifalarni yechishga mustaqil, ijodiy yondashuv, o'qitishning innovatsion texnologiyalarini ijodiy mulohaza qilib tushunib o'z texnologiyalarini yaratishga harakat qilishadi. Bizning fikrimizcha, bu musiqa rahbarlariga kasbiy faoliyatda o'z ijodiy potensiallarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi va bu istalgan (kerakli) natijani - maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy

kompetensiyalarining zarur bo'lgan darajasiga erishishini belgilaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modelida biz qo'yidagi bosqichlarni taklif qilamiz:

• 1-bosqich - diagnostika: individual qobiliyat va kasbiy kompetensiyalarni baholash (so'rovnomalar o'tkazish, natijada musiqa rahbari qaysi sohalarda bilimini oshirishni hohlashi, kasbiy faoliyatda qanday qiyinchiliklar borligi aniq bo'ladi; individual ish rejasi tuzadi, mustaqil ta'lim uchun mavzu tanlaydi).

• 2-bosqich - amaliy: musiqa rahbarining kasbiy muhim sifatlarini rivojlantirish (uslubiy maslahatlar, seminarlar, muammoli guruh ishida ishtirok etish, o'z-o'zini rivojlantirish va malaka oshirish kurslari, zamonaviy musiqa rahbarining raqobatbardosh shaxsini shakllantirishga hissa qo'shadigan tadbirlar, uslubiy qo'llanmalar xulosalarini ishlab chiqish).

• 3-bosqich - analitik: musiqa rahbarining kasbiy mahorat darajasini baholash (ta'lim faoliyatidagi shaxsiy yutuqlar, bolalarning musiqiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish natijalari orqali musiqa rahbarlarining kasbiy mahoratini o'sishini monitoring qilish), musiqa rahbarining maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga qo'shgan hissasi).

Shunday ekan, musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonlarini modellashtirish musiqa rahbarlarini tarbiyalanuvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash, faollik, tezkorlik, zukkolik ko'nikmalarini va musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishga tayyorlash talablari asosida ishlab chiqilgan, ilg'or metodlardan foydalanish bosqichlari va funksiyalari aks ettirilgan andoza deb qarash mumkin.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning metodik modeli - bu musiqa rahbarlarining kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, ya'ni nafaqat pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun musiqa rahbarlarining tayyorgarligini rivojlantirish, balki ularning o'zini-o'zi rivojlantirish va kasbiy kompetensiyasi yo'nalishidagi ehtiyojlarini qondirish jarayonini tashkil etish andozasi bo'lishi zarur.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning metodik modelini amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini kasbiy kompetensiyasi komponentlarining o'zaro aloqasini va ularning mantiqiy izchilligini ta'minlashni va integrativ yondashuvni nazarda tutuvchi jarayon sifatida tashkil etish muhim hisoblanadi.

Mazkur metodik model maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonlari shakllarining o'zaro bog'liqligi, aloqadorligi va integrativligini ta'minlash hamda ularni innovatsion rivojlantirishni nazarda tutadi. Mazkur modelda belgilangan maqsad musiqa rahbarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat. Bunda musiqa rahbarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga oid bilimi, ko'nikma va malakalari hamda kasbiy tayyorgarligi shaxsiy xislatlari, kasbiy ahamiyatga ega shaxsiy sifatlari, qobiliyati va kompetentligiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham modelda maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bo'yicha maqsadga erishish yo'lida amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri sifatida keltiriladi.

Mazkur modelda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, fan va texnika yutuqlari, yaratilayotgan yangiliklar, yangi islohotlar, shaxs ehtiyojlari va zamonaviy talablarni o'rganish, rivojlantirish yo'nalishidagi vazifalarni belgilash ham uning komponentlari sifatida keltirilgan bo'lib, qayta aloqani ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish davlat, jamiyat va shaxsning rivojlanib borayotgan ehtiyojlarini to'laqonli qondirish uchun yangi vazifalar belgilash va amalga oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining 2023 yil 9 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to'g'risida"gi 124-son buyrug'i.

3. Muslimov N., Usmonboyeva M., Sayfurov D., To'rayev A. "Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari". O'quv metodik qo'llanma - Toshkent, 2015 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.