Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI O’QITISHDA KOMMUNIKATIV MASHQLAR ORQALI PRAGMATIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH (TЕХNIKА YО’NАLISHI TАLАBАLАRI MISOLIDA)'

INGLIZ TILINI O’QITISHDA KOMMUNIKATIV MASHQLAR ORQALI PRAGMATIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH (TЕХNIKА YО’NАLISHI TАLАBАLАRI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so`zlar: Mоtivаtsiоn-mаqsаdli / kommunikativ mashqlar / lingvоmаdаniy / kоmmunikаtiv-fаоliyаtli / ijtimоiy-shахsiy / 4 роg’оnаli mеtоdi. / Key words: Motivational-targeted / communicative exercises / linguisticcultural / communicative-active / social-personal / 4-point method.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qarshiyeva B.F.

Annotatsiya. Ushbu maqolada texnika yo’nalishi talabalariga ingliz tilini o’qitishda kommunikativ mashqlar orqali pragmatik kompetensiyani аlgоritmik rivоjlаntirishga, kеyingi hаr bir dаrаjа еsа оldingi kо’rsаtkiсhlаrning sifаt о’zgаrishlаri bilаn tаvsiflаnishiga e’tibor berilgan. Shuningdek, maqolada Ingliz tili о’quv fаni mоdullаrini kоmреtеntli yоndаshuv аsоsidа о’rgаnilgаnidаn kеyin tаlаbаlаrdа bilim vа kоmреtеntligi shаkllаngаnlik dаrаjаsidа ijоbiy о’zgаrishlаr yuz bеrgаnini kо’rsаtаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF PRAGMATIC COMPETENCE THROUGH COMMUNICATIVE EXERCISES IN TEACHING ENGLISH (IN THE EXAMPLE OF ENGINEERING STUDENTS)

Abstract. This article focuses on the algorithmic development of pragmatic competence through communicative exercises in teaching English to technical students, and each subsequent level is characterized by qualitative changes of previous performances. Also, the article shows that after studying the modules of the English language subject based on the com-retentive approach, positive changes occurred in the level of knowledge and com-retentiveness of the students.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI O’QITISHDA KOMMUNIKATIV MASHQLAR ORQALI PRAGMATIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH (TЕХNIKА YО’NАLISHI TАLАBАLАRI MISOLIDA)»

UDK: 801.82

Qarshiyeva B.F.

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Termiz davlat universiteti https://orcid.org/0009-0006-5922-5118

INGLIZ TILINI O'QITISHDA KOMMUNIKATIV MASHQLAR ORQALI PRAGMATIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH (TEXNIKA YO'NALISHI TALABALARI MISOLIDA)

Annotatsiya. Ushbu maqolada texnika yo'nalishi talabalariga ingliz tilini o'qitishda kommunikativ mashqlar orqali pragmatik kompetensiyani аlgоritmik rivоjlаntirishga, kеyingi hаr bir dаrаjа еsа оldingi kо'rsаtkiсhlаrning sifat о 'zgarishlari bilan tavsiflanishiga e 'tibor berilgan. Shuningdek, maqolada Ingliz tili o 'quv fani modullarini kompetentli yondashuv asosida o 'rganilganidan keyin talabalarda bilim va kompetentligi shakllanganlik darajasida ijobiy o 'zgarishlar yuz berganini ko 'rsatadi.

Kalit so^zlar: Motivatsion-maqsadli, kommunikativ mashqlar, lingvo-madaniy, kommunikativ-faoliyatli, ijtimoiy-shaxsiy, 4pog'onali metodi.

Karshieva B.F., doctor of philosophy in education (PhD)

associate professor Termez State University

DEVELOPMENT OF PRAGMATIC COMPETENCE THROUGH COMMUNICATIVE EXERCISES IN TEACHING ENGLISH (IN THE EXAMPLE OF ENGINEERING STUDENTS)

Abstract. This article focuses on the algorithmic development of pragmatic competence through communicative exercises in teaching English to technical students, and each subsequent level is characterized by qualitative changes of previous performances. Also, the article shows that after studying the modules of the English language subject based on the com-retentive approach, positive changes occurred in the level of knowledge and com-retentiveness of the students.

Key words: Motivational-targeted, communicative exercises, linguistic-cultural, communicative-active, social-personal, 4-point method.

Kirish. Ta'lim jarayonida talabalarning Xorijiy tillarni bilish kompetentligi komponentlarining rivojlanganlik darajasini tashхislash Oliy ta'lim muassasalaridagi teхnika yo'nalishida tayyorlanayotgan bo'lajak muxandislarning ingliz tilini bilish kompetentligini rivojlantirish jarayonining bir butunligini tasavvur qilishda va pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishda kommunikativ mashqlarga murojaat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Pragmatik kompetentsiyani shakllantirish jarayoni bo'lajak muhandislarda etika va deontologiyaning asosi bo'lgan maxsus "antropotsentrik" fikrlash, bag'rikenglik, tinglash qobiliyati kabi muhim kasbiy fazilatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Xorijiy tildan ta'lim berish jarayonida talabalarni xorijiy tillarni bilish kompetentligining komponentlari o'zgarishida ijobiy dinamika mavjud bo'lsa, samarali hisoblanadi. Pragmatik komponentlardagi o'zgarishlar dinamikasining miqdoriy ko'rsatkichlarini aniqlash uchun xorijiy tillarni bilish kompetentlikni rivojlanganlik ko'rsatkichlarini baholashni tavsiflash lozim. Pragmatik kompetensiyani rivojlantirish asosida talabalarning xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish metodikasini mashqlar to'plami taqdim etilgan bo'lib, kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini tekshirish bo'yicha tajriba-sinov ishlari olib boriladi[3, 258].

Pedagogik jarayonni diagnostika qilishning o'ziga xos xususiyatlaridan biri talabalarda xorijiy tillarni bilish kompetentlikni rivojlanganlik ko'rsatkichlar asosida aniqlanadigan miqdoriy xususiyatlarni aniqlashdir. Pedagogika fanida o'rganilayotgan obyektni kuzatish va o'lchash uchun mavjud bo'lgan xususiyatlarini, uning bevosita tadqiqot uchun mavjud bo'lmagan boshqa xususiyatlarini baholashga imkon beradi. Xorijiy tillarni bilish kompetentlikning baholash mezonlari sifatida tanlangan: motivatsion-maqsadli, lingvo-madaniy, kommunikativ-faoliyatli, kommunikativ, pragmatik komponentlar. Boshlang'ich, oraliq va yakuniy nazorat davomida tajriba ishlarini o'tkazishda mavjud ko'rsatkichlar orqali aniqlanadi.

Ta'lim jarayonida xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish darajasi fan sohasidagi rivojlanish darajasi, kasbiy madaniyat bo'yicha o'qitish va o'zlashtirish darajasi tushuniladi. Chet tilini o'qitish asosida xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish dolzarb bo'lib, bizning ishimizda har bir talabaning xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish darajasini ta'lim jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajasi sifatida tushunish taklif etiladi[2, 114].

Talabaning xorijiy tillarni bilish kompetentligi komponentlarini rivojlantirishning tanlangan darajalari o'zaro bog'liq ravishda va algoritmik rivojlanadi, keyingi har bir daraja esa oldingi ko'rsatkichlarning sifat o'zgarishlari bilan tavsiflanadi. Ta'lim jarayonida talabalarning Xorijiy tillarni bilish kompetentligi komponentlarining rivojlanganlik darajasini tashxislash uchun 1 -jadvalda keltirilgan metodikadan foydalanish taklif etiladi.

1-jаdvаl

Xorijiy tillаrni bilish kоmреtеntligini rivojlantiruvchi kоmроnеntlаrni _aniqlashning diagnostik vositalari va metodlari_

Lingvistik kompetensiyaning komponentalari Diagnostika vositalari va metodlari

Motivatsion Kirish test (kirish nazorat) Avtomatlashtirilgan test (oraliq va yakuniy nazorat),(Ishlab chiqilgan mobil ilovaning tarkibida).

Lingvo-madaniy Kuzatish, topshiriqlar to'plami. Kurs loyihalari(yakuniy nazorat)

Kommunikativ, pragmatik Esse, keys topshiriqlari

Lingvistik kompetensiyaning komponentalarining motivatsion bo'limida Kuzatishlar mobaynida o'rganilayotgan o'quv jarayoni uchun ayrim jihatlar ajratib olindi. Masalan, talabalarning auditoriyada ishlashi, ularning o'rganilayotgan mavzularga bo'lgan qiziqishi, muayyan vazifani bajarishda dasturiy vositalardan foydalanish ko'nikmasining oshganligi, javoblarning sifati (haqiqiyligi, to'liqligi, mazmunliligi, amaliyotga tadbiq eta olishi va boshqalar).

Ushbu natijalar ingliz tili o'quv fani modullarini kompetentli yondashuv asosida o'rganilganidan keyin talabalarda bilim va kompetentligi shakllanganlik darajasida ijobiy o'zgarishlar yuz berganini ko'rsatadi.

Talabalarini chet tilidan o'qitish jarayonida hamda ularning bo'lajak kasbiy faoliyatlarida umumkabiy va ixtisoslik fanlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday bo'lsada, umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni to'liq o'zlashtirishlari uchun ta'lim yo'nalishi nuqtai-nazaridan chet tilini bilish qanchalik muhim ahamiyat kasb etishiga e'tibor qilishmaydi. Professor-o'qituvchilar bilan o'tkazilgan suhbatlardan shu narsa ma'lum bo'ldiki, chet tilidan olingan bilimlar bo'lajak mutaxassislarningkasbiy faoliyatida muhim o'rin egallaydi. Lekin, birinchi kurs talabalarining ko'pchiligida chet tili bo'yicha bilim darajasi yetarli emasligi va ulardan mustaqil foydalanish ko'nikmasi shakllanmaganligi muammolar keltirib chiqaradi. Buning uchun talabalar bilan individual ishlash, ta'lim farayonida har bir mavzuga chet tilini qo'llash, chet liga doir dasturiy vositalar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish orqali bo'lajak professional ta'lim o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo'naltirish lozim.

Tajriba-sinovning dastlabki bosqichining tahlili natijalari shuni ko'rsatdiki: > talabalarning professional ta'lim sohasiga chet tilining tadbiqi to'g'risida tasavvurga ega emas;

> xorijiy tildan talabalarning bilimi yetarli darajada emas, ya'ni mutaxassisligi nuqtai nazaridan kasbiy yo'naltirilmagan;

> ta'lim jarayonida aksariyat talabalarda tabiiy hodisa va jarayonlarga chet tilini qo'llash unchalik muhim bo'lmay, balki ular nazorat ishlarini yaxsh i topshirishlari muhimdir.

Talabalarning xorijiy tillarni bilish kompetentligining rivojlanganligi uchta darajasi bo'yicha aniqlandi (2 jadval):

1. Boshlang'ich-kasbiy (xorijiy tildan bilim va ko'nikmalarga egaligi, uslubiy-didaktik vositalar va elektron lug'atlardan foydalanib, loyihalashni amalga oshirishi);

2. Tayanch-kasbiy (muammoli vaziyatlarni hal qila olishi)— talabalarning loyihalash faoliyatiga tayyorgarlik darajasi;

3. Yetakchi-kasbiy (yuqori darajadagi kasbiy faoliyat)- talabalarning ilmiy-tadqiqot kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik darajasi.

2- jadval

Talabalarning xorijiy tillarni bilish kompetentligining rivojlanganligi

daraja ari

Mezon va darajalar Yuqori O'rta Past

Motivatsion-maqsadli -talaba muammoni aniqlaydi va shakllantiradi, o'z faoliyatini o'zi tashkil qila oladi; -ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun vosita va metodlarni tanlay oladi. -ilmiy-tadqiqot farazi, maqsadi, obyekti va predmetini mustaqil aniqlay oladi; olingan natijalarni takomillashtirish maqsadida o'z faoliyatini tahlil qila oladi; -talaba mavjud namuna va to'plangan tajribaga asosla-nib topshiriqbo'yicha o'z loyihaviy-konstruktorlik faoliyatini qurish ko'nikmasini namoyish etadi;-mavjud sharoitga ko'ra o'z faoliyatini tashkil eta oladi, farazni shakllantiradi, maqsadni aniqlaydi va metodni tanlay oladi; -talaba mavjud namuna va konstruksiyaga ko'ra topshiriqlar bo'yicha loyihalash va tadqiqotchilik faoliyatini qurishni namoyish etadi. Ammo u qo'yilgan loyihalash va tadqiqotchilik masalalarini yechish holatida emas; -talaba o'z faoliyatini mustaqil tahlil qila olmaydi;

Lingvo-madaniy -kasbiy sohada xorijiy tillarni bilish bo'yicha mutaxassis; -axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish yo'llarini biladi; -kasbiy sohada xorijiy tillarni bilish bo'yicha mutaxassis; ko'pgina standart hayotiy vaziyatlarda muloqot qila oladi; -kasbiy muammoli masalalar yechish chet el adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatlariga ega;

Kommunikati v-faoliyatli -kasbiy-amaliy sohadagi muammoli kasbiy masalalarni xorijiy adabiyotlardan - professional talim sohasida modellashtirish va loyihalash jarayonida -professional talim yo'nalishi uchun ishlatiladigan chet

foydalanib yechimini topa oladi; -murakkab mavzulardagi matnlarni yaratish usullarini biladi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga harakat qiladi; tilidan texnik so'zlarni biladi;

Ijtimoiy-shaxsiy -kasbiy faoliyatda tanqidiy tahlil qilishni amalga oshiradi; -professional talim loyihaviy ishlarda o'z o'zlashtirish darajasini baholaydi; -loyiha natijalarini chet tilida tahlil qila oladi; -professional talim yo'nalishida qo'llaniladigan atamalarni biladi;

Tajriba-sinov davomida tajriba guruhlarida quyidagi ta'lim metodlaridan foydalanildi:

Amaliy mashg'ulotlarda talabalarni xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirishda loyihalash, muammoli ta'lim metodi, ko'rgazmali ta'lim metodi, reproduktiv, o'qitishning 4 pog'onali metodi, bahs-munozara metodlaridan foydalanildi.

Xulosa. Ta'lim muassasalarida o'tkazilgan tajriba-sinov jarayonida ingliz tili fanidan har bir dars mashg'uloti mavzusining malaka talablariga mosligi, o'quv materialining talabalar tomonidan o'zlashtirilishidagi sifat ko'rsatkichlar, mavzularining tadrijiyligi, o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan mavzular tadqiqotchilar, respondent o'qituvchilar tomonidan aniqlab borildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karshiyeva, B. (2023). Solving complex communicative-knowledge tasks based on integrated bilingual education in English. Interpretation and Researches, 7(18). https ://interpretationandresearches.uz/index.php/iar/article/view/1538

2. Karshieva Bogdagul Faxriddinovna, (2023). Theoretical views of teaching English to engineering students. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 5(12), 113-116. https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume05Issue12-15

3. Karshieva B.F. (2023). A component of professional communicative competence in English is professional engineering knowledge. Journal of Universal Science Research, 7(12), 257-261. Retrieved from https://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/3290

4. Karshieva B.F. (2023). The current state of teaching English to technical students, methodological approaches."Xorijiy tillarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar" mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya. Vol. 4 No. № 4.1 (2023). 135-138.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.