Научная статья на тему 'CHET TILI O‘QITISH METODIKASIDAZAMONAVIY METOD VA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

CHET TILI O‘QITISH METODIKASIDAZAMONAVIY METOD VA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: innovatsiya / texnologiya / chet tili o‘qitish metodikasi / samaradorlik / ko‘nikma / malaka / Key words: innovation / technology / foreign language teachingmethodology / efficiency / skill / competence.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shukurov N.N.

Annotatsiya. Ushbu maqolada chet til o‘qitish metodikasi haqida, chet til o‘qitish metodikasida qo‘llanilayotgan zamonaviy metod va texnologiyalar turlari va ulardan foydalanish xususida so‘z boradi. Chet tilini o‘qitishda zamonaviy metod va texnologiyalardan o‘rinli foydalanish orqali o‘qituvchining darslarga yangilik kiritishi darsning jonli va qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MODERN METHODS AND TECHNOLOGIES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING METHODOLOGY

Abstract. This article discusses about modern methods and technologies used in foreign language teaching methodology and their use. The teacher's innovation by implementing the appropriate use of modern methods and technologies in teaching foreign languages ensures that the lesson will be lively and interesting.

Текст научной работы на тему «CHET TILI O‘QITISH METODIKASIDAZAMONAVIY METOD VA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

Shukurov N.N. Navoiy davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta o 'qituvchisi

CHET TILI O'QITISH METODIKASIDAZAMONAVIY METOD VA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada chet til o'qitish metodikasi haqida, chet til o'qitish metodikasida qo'llanilayotgan zamonaviy metod va texnologiyalar turlari va ulardan foydalanish xususida so'z boradi. Chet tilini o'qitishda zamonaviy metod va texnologiyalardan o'rinli foydalanish orqali o 'qituvchining darslargayangilikkiritishi darsning jonli va qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: innovatsiya, texnologiya, chet tili o'qitish metodikasi, samaradorlik, ko'nikma, malaka

Shukurov N.N. teacher

department of interfaculty foreign languages Faculty of Foreign Languages Navoi State Pedagogical Institute

USE OF MODERN METHODS AND TECHNOLOGIES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING METHODOLOGY

Abstract. This article discusses about modern methods and technologies used in foreign language teaching methodology and their use. The teacher's innovation by implementing the appropriate use of modern methods and technologies in teaching foreign languages ensures that the lesson will be lively and interesting.

Key words: innovation, technology, foreign language teachingmethodology, efficiency, skill, competence.

Bugungi kunda jamiyatimizda o'qituvchi kadrlarning aqliy salohiyatiga, pedagogik ko'nikma va malakalariga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan yuksak talablar qo'yilgan. Hozirgi kundagi global o'zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o'qituvchisidan pedagogik mahoratni, o'tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo'lishini talab qiladi.

Pedagogik texnologiya - barcha tashkiliy qismlar va ularning bog'liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash hamda nazorat qilish yo'li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko'tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni

joriy etishni ifodalaydi. Nima uchun bugungi kunda ta'lim texnologiyalarining nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zarurati tug'ildi?

Birinchidan, an'anaviy o'qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og'zaki usullarga tayangani tufayli "axborotli o'qitish" sifatida tavsiflanadi, chunki o'qituvchi faoliyati faqat o'quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta'kidlagan holda baholanmoqda.

Ikkinchidan, ilmiy- texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko'payib borayotganligi va ulardan o'qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash, malakali mutaxassislarni yetishtirish kabi talablar tizimi texnologik yondashuvni joriy etishni taqozo etmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, ta'limni texnologik asosga qurish sifat darajasini oshirishga, natijalarni kafolatlash tizimiga o'tishga, o'z-o'zini takomillashtiruvchi mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.

Ta'lim texnologiyasi - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda ta'lim sohasida katta burilishlar yuz beradi, o'qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba- yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash, bilimga intilish, o'z ustida ishlash, izlanish, o'z-o'zini rivojlantirish tizimli ravishda shakllanadi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob'ektlariga bosqichma bosqich ta'sir etish natijasida sifatli mahsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir. Ya'ni: ta'lim texnologiyasi - bu o'qituvchi(tarbiyachi)ning o'qitish(tarbiya)ning turli xil vositalari yordamida o'quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda samarali ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.

Talaba faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (muammoli o'qitish texnologiyalari, loyihaviy texnologiyalar, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalar, tayanch konspektlar, o'yinli texnologiyalar); Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar (hamkorlikda o'qitish texnologiyalari, insonparvarlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar va b.); Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari (talaba shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, o'quv motivatsiyasini, bilish ehtiyojlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari). O'quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyalari, modulli o'qitish, ta'limning jamoa usuli, guruhli o'qitish, kompyuterli ta'lim texnologiyalari). Interfaol metodlar va texnologiyalar (innovatsion texnologiyalar, interaktiv usullar, grafik organayzerlar, rolli-didaktik o'yinlar, treninglar). Ta'limda axborot texnologiyalari (multimediya, prezentatsiya, audio-video materiallar, internet, masofaviy ta'lim, ommaviy ochiq onlayn kurslar, videokonferensiya, o'rgatuvchi mobil ilovalar). Tarbiyaviy

texnologiyalar (estetik-axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo'naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional-axloqiy texnologiyalar, shaxsning o'z-o'zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo'naltirilgan texnologiyalar, notiqlik, seminar-treninglar, to'garaklar, ma'naviy tadbirlar). Bulardan tashqari, xususiy (o'quv fanlari), alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo'nalishlari ham mavjud.

O'qituvchi interfaol ta'lim metodi va texnologiyalari yordamida o'quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o'z-o'zini nazorat, o'z-o'zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o'z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo'ladi.

Innovatsion metod va texnologiyalarini qo'llash jarayonida o'quvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladi: guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash; tengdoshlari orasida o'z g'oyalarini erkin bayon qilish, bilimlarini hech qanday ruhiy to'siqlarsiz namoyish etish; muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish; o'z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to'liq namoyon qila olish; fikrlash, fikrlarni umumlashtirish, eng muhimlarini saralash; o'z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash; - o'z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish ko'nikmalarini o'zlashtirish; o'quvchilarda bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi; ta'lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag'batlantiradi.

Bugungi kunda respublika ta'lim muassasalarida interfaol ta'limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo'llanilmoqda:

1. Interfaol metodlar: "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blis-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Munosabat", "Reja", "Suhbat" va b.

2. Strategiyalar: "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zigzag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotatsiya", "T-jadval", "Yumaloqlangan qor" va h.k.

3. Grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "BBB", "Konseptual jadval", "Venn diagrammasi", "Insert", "Klaster", "Nima uchun?", "Qanday?" va b.

Bu texnologiyalar fan doirasida tushunilishi qiyin bo'lgan so'z, atamalar va boshqa bir qancha muammoli vaziyatlarni yechishda yordam beradi. Darslarni esa faol va qiziqarli tarzda olib borilishini ta'minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy metod va pedagogik texnologiyalar - bu ilmiy asoslangan didaktik jarayon amalga oshiriladigan, samaradorligi va ishonchliligi yuqori bo'lgan hamda ta'lim natijasiga erishishni kafolatlaydigan pedagogik faoliyat. Pedagogik metod va texnologiyani o'qitish, tarbiya, rivojlantirish texnologiyalari sifatida ham tavsiflash mumkin. Zamonaviy metod va texnologiyaslar dars jarayon-ning ilmiy loyihasi (modeli) bo'lib, pedagogik amallarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaydi.

Adabiyotlar:

1. Abdullaeva Sh. A. Pedagogik diagnostiki. - Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2008

2. Adeyanju, R.J. (1999). Basic Concepts in Educational Technology. A handbook for Preservice and Inservice Teachers in West African Countries. Winneba-Ghana.

3. Samarova, S. R. (2019). Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences.

4. Shokarimova, K. A. (2020). Pedagogik qobiliyat va pedagogik mahoratnmgta'Hm-tarbiya berishdagi ahamiyati. Science and Education.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.