Научная статья на тему 'BUXORO VOHASI SHAHARLARI RIVOJLANISHINING GEOGRAFIK JIHATLARI'

BUXORO VOHASI SHAHARLARI RIVOJLANISHINING GEOGRAFIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi manzilgohlari / Buxoro vohasi / shahar / kent / Zarafshon daryosi / Varaxsha / Vardonze.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Jalilova Ch.Z.

Ushbu maqolada Buxoro vohasi shaharlari rivojlanishining ayrim geografik jihatlari haqida fikr yuritilgan. Maqolada Buxoro vohasi shaharlari rivojlanishi turli tarixiy davrlar misolida tahlil qilinib, daryo omilining shaharlar rivojiga ta’siri xususida ham so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO VOHASI SHAHARLARI RIVOJLANISHINING GEOGRAFIK JIHATLARI»

Jalilova Ch.Z.

Buxoro davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

BUXORO VOHASI SHAHARLARI RIVOJLANISHINING GEOGRAFIK

JIHATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Buxoro vohasi shaharlari rivojlanishining ayrim geografik jihatlari haqida fikr yuritilgan. Maqolada Buxoro vohasi shaharlari rivojlanishi turli tarixiy davrlar misolida tahlil qilinib, daryo omilining shaharlar rivojiga ta'siri xususida ham so'z boradi.

Kalit so'zlar: aholi manzilgohlari, Buxoro vohasi, shahar, kent, Zarafshon daryosi, Varaxsha, Vardonze.

Jalilova Ch.Z. teacher

Bukhara State Pedagogical Institute

GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF BUKHARA

OASIS CITIES

Abstract. This article discusses some geographical aspects of the development of Bukhara oasis cities. The article analyzes the development of the cities of the Bukhara oasis on the example of different historical periods, and also talks about the influence of the river factor on the development of cities.

Key words: settlements, Bukhara oasis, city, town, Zarafshan river, Varakhsha, Vardonze.

KIRISH. O'rta Osiyo, xususan O'zbekiston sharoitida aholi manzilgohlarining taraqqiyotida gidrografiyani ta'siri yuqori. Diyorimizda qadimda daryo va daryochalarning quyilish qismida yoki deltasida suv miqdoriga mos holda shaharlar paydo bo'lgan, ko'pgina soylar o'zlarining shaharlari, vohalari bilan ajralib turgan. Masalan, So'x daryosi - Qo'qonga, Isfarasoy -Konibodomga, Chortoqsoy va Namangansoy - Namanganga, Kosonsoy -Kosonsoy va To'raqo'rg'onga, Shohimardonsoy Marg'ilonga hayot bag'ishlagan.

Asosiy qism. Buxoroi Sharifning vujudga kelishi, shahar rivojlanishidagi qiyinchilik va muammolar ham qisman uning Zarafshon daryosi quyi qismida joylashganligi bilan bog'liq. Shahar mikrogeografik o'rni, ya'ni tabiiy sharoiti o'ziga xos. Bu esa, o'z navbatida, shahar taraqqiyotiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Arxeologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, dastlab Buxoro shahrining o'rni botqoq, ko'l-to'qay landshaftlaridan iborat bo'lgan. Buni Muhammad Narshaxiy quyidagicha tasvirlaydi: "Hozirga Buxoro o'rnashgan bu mavze, ilgari botqoqlik bo'lib, uning ba'zi yerlarini to'qayzor, daraxtzor va ko'kalamzorlar tashkil etgan,

ayrim joylarida esa shunday bo'lganki, biron hayvon ham oyoq qo'yishga joy topa olmagan" [1].

Zarafshon daryosi suvining kamayib borishi tufayli ko'llar sayozlanib, qisqarib boradi hamda ulardagi to'qayzorlarda qurg'oqlashuv yuz beradi. Keyinchalik bu yerlarning insonlar tomonidan o'zlashtirilishi va ularning dehqonchilik o'chog'iga aylantirilishi oqibatida madaniy qatlamlar vujudga kelgan.

XX asrning 60-yillari oxirida akademik Ya.G'ulomov rahbarligida maxsus arxeologik ekspeditsiya tashkil etildi. U Buxoro shahri hududida bir necha bor arxeologik qazish ishlarini olib bordi. Dastlab 1970-1974 yillar, so'ngra 19771980 yillarda Buxoroning eski shahar qismida keng ko'lamdagi qazishmalar o'tkazildi. Deyarli barcha qazish hududlarida Buxoroning botqoqlik ustida hosil bo'lgan ro'yizaminigacha qazib ochishga muyassar bo'lindi. Asrlar davomida Buxoroning ba'zi joylarida 14 m, ba'zilarida esa 20 metrli qalin madaniy qatlam vujudga kelgani aniqlandi [2].

Ushbu madaniy qatlam Zarafshon daryosining mahsulidir. Xuddi Misr "Nil hadyasi" deganlaridek, Buxoro vohasini ham Zarafshon in'omi desak bo'ladi. Chunki, daryo adog'ida joylashgan bu o'lkaning o'zi ham Zarafshonning ming yillab keltirgan yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryodan chiqarilgan kanal va ariqlar esa voha tabiatining shakllanishi va o'zlashtirilishi hamda manzilgohlarning vujudga kelishida asosiy omil sifatida xizmat qilgan.

Darhaqiqat, hozirgi Buxoro vohasining hududi qadimiy aholi manzilgohlari shakllangan mintaqalardan hisoblanadi. Xususan voha shaharlari juda boy tarixga ega. Ammo ular goh rivojlanib, goh tushkunlikka tushib, hatto ayrimlari butunlay rivojlanishdan to'xtab, ayni paytda xarobalarga aylanib qolgan. Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha voha hududida shaharlarning shakllanish tarixi miloddan avvalgi V - IV asrlarga borib taqaladi. Dastlab shaharlar qulay geografik o'rinda, atrofdagi joylar uchun markaz sifatida vujudga kela boshlagan. Ular nafaqat boshqaruv funkstiyasini, balki ijtimoiy-iqtisodiy (hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangan) va harbiy-siyosiy (qala, mudofaa inshootlari) sohalarning mavjudligi bilan ham ajralib turgan. Lekin yuqoridagi tarmoqlar barcha qadimiy shaharlarda bir xilda rivojlanmagan edi. Bunga shaharlarning geografik o'rni, katta-kichikligi, vazifasi va aholisining turmush darajasi ta'sir qilgan.

Buxoro vohasida turli tarixiy davrlarda har xil katta-kichiklikdagi shahar va kentlar paydo bo'lgan. Arab geograf va sayyohlari X asrda Buxoro vohasidagi 30 ga yaqin shaharlar nomini tilga olishgan. Bizningcha ushbu ro'yxatga mintaqadagi shaharlar bilan birga bozor yoki qala va istehkomga ega kattaroq kentlar ham kirgan. Ammo viloyatdagi Buxoro, Poykend, Varaxsha, Vardonze kabi tarixiy shaharlarda milodning boshlaridayoq shaharga xos hayot tarzi shakllangan edi. Mazkur davrda shaharlar odatda 3 qismdan: ark, shahriston va rabotdan iborat bo'lgan. Shaharlarning bunday tuzilishi yuqoridagi manzilgohlarning barchasida aniqlangan.

Masalan, Poykend xuddi shunday qismlardan tashkil topgan. Lekin uni shahriston qismi ikkiga - ichki va tashqi shahristonga bo'lingan edi. Umumiy maydoni 120 gektarni tashkil etgan Poykend Movarounnahrning strategik ahamiyatga ega shaharlaridan biri hisoblangan. Geografik o'rnining qulayligi bois Eftaliylar davlati hukmronligi davrida (V asrning II-yarmi VI asrning boshlari) u poytaxtga aylantirilgan.

Poykend mudofaa inshootlari nihoyatda mustahkam qurilgan bo'lib, zamonasining har qanday qamaliga bardosh bera olgan. 707 yilda arablar 50 kun qamal qilib qo'lga kirita olmagach shahar devori ostidan lahim (tunnel) qazib ichkariga bostirib kiradilar. Shahar aholisi savdogarlik bilan shug'ullangani sababli arablar ulardan juda katta boj yig'adilar. Tabariyning yozishicha, shaharning boyligidan arablar hayratga tushganlar. Shu boisdan arab geograflari Ibn Xurdodbeh va Ibn al-Fiqihlar Poykendni "Madina at-tujjor", ya'ni "Savdogarlar shahri" deb ta'rif etganlar.

Arab bosqinida vayrona qilingan shahar Somoniylar davrida qayta tiklanib, gurkirab yashnadi. XI asrga kelib sug'orish tarmoqlarining suvsizlik oqibatida qurib qolishi bilan shahar yana xarobaga aylanadi. XII asrning I choragida Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon hukmronligi davrida Poykend qayta tiklanib, atrofi obodonlashtiriladi. Suv ta'minotini yaxshilash maqsadida Qorako'l daryosidan uzunligi 1 farsaxli kanal qazib chiqarishga harakat qilinadi. Biroq, kanal qazilishi yakunlanmay qoladi. Poykend suvsizlikdan XII asrning II yarmida butunlay qurib yana vayronaga aylanadi [3].

Varaxsha Buxorodan 40 km shimoli-g'arbda, Buxoro - Xorazm karvon yo'li yoqasida joylashgan. Arxeologik qazishmalardan ma'lum bo'lishicha, Varaxsha miloddan avvalgi II asrda qad ko'targan. Milodning V asriga kelib Buxoroning qadimiy hukmdorlari Buxorxudotlarning qarorgohiga aylangan. Markaziy shahar vazifasini bajarishi bilan Varaxshaning mavqei yanada oshgan. Ana shu davrda shaharning janubiy qismida ark qurilib, uni atrofi mustahkam devor bilan o'ralgan. Varaxsha VIII - X asrlarda ayniqsa obod bo'lib, u atroflari bilan birga 12 ta kanal orqali sug'orilgan. XI - XII asrlarda shahar hududi eniga 6 km dan ziyod bo'lgan [4].

1-jadval.

Buxoro vohasidagi ayrim shaharlar rivojlanishining xususiyatlari

shaharlar vujudga kelishiga ta'sir etuvchi omillar tarixiy rivojlanishi hozirgi holati kelajak istiqboli izoh

Buxoro suv O'rta Osiyo shaharlari orasida eng ko'p poytaxt vazifasini ba-jargan. Jumla-dan, Somoniylar - 188 yil, xon-lik va amirlik - 420 yil Buxoro viloyati- ning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy markazi Janubi-g'arbiy O'zbekiston-ning ilmiy va madaniy markazi bo'-lib, turizm asosida yanada rivojlanadi 2500 yildan buyon bir joyda rivojlanib kelayotgan shahar.

Varaxsha geografik o'rin Kushonlar, Buxorxudotlar va Somoniylar davrida madaniy hayot gullab yashnagan. Shahar Buxorxudotlar davrida (VI asr) yozgi qarorgoh hisoblangan Hozirda xarobalar-ga aylanib qolgan Tarixiy, arxeologik va cho'l ekoturizmini rivojlanti-rish imkoniyat-lari mavjud Antik davr shaharsozlik namunalarini o'zida aks ettirgan.

Kogon Temir yo'l liniyasini o'tkazilishi 1888 yilda temir yo'l bekati sifatida tashkil topgan Buxoro viloyati- ning transport tuguni (darvozasi) Yangi transport koridorlarni ishga tushishi bilan Markaziy Osiyoning eng yirik transport markaziga aylanadi Buxoroning yo'ldoshi sifatida transport darvozasi vazifasini bajarmoqda

Jac val muallifning o'rganishlari asosida tuzilgan

XII asr oxirlarida vohaning shimoli-g'arbidagi Shopurkom, Zandana kanallari bo'ylab va Zarafshonning o'rta oqimida sug'oriladigan erlar maydonining kengayishi natijasida daryo suvining ko'plab sarflanishi, quyi qismdagi Varaxsha va uning atroflarida dastlab suv tanqisligiga, keyinchalik qurg'oqchilik yuz berishiga sababchi bo'ldi. Suv etishmasligi natijasida aholi yoppasiga ko'chib keta boshladi, oqibatda vohada qayta cho'llanish ro'y berdi [2]. Xuddi shunday holatni Poykent, Qo'rg'oni-Romitan va Vardonze kabi shahar va kentlar misolida ham ko'rish mumkin.

Vardonze qo'rg'onining rivojlanish tarixi o'ziga xos bo'lib, u yuqoridagi ikki shahar taraqqiyotidan biroz farq qiladi. Birinchidan, Vardonze Varaxsha va Poykendga nisbatan ancha keyin (VI asrda) vujudga kelgan. Ikkinchidan, uning aholisi XX asr o'rtalarigacha, ya'ni 1954 yilgacha yashagan. XVIII - XX asr boshlarida obod shahar bo'lgani bois, Buxoro Amirligining Shofirkon tumani markazi bo'lgan. S.Ayniyning yozishicha, 1880 yillarda Vardonze va uning atroflarini qattiq shamol esishi natijasida qum bosadi. Shunday bo'lsada, shahar XX asrning boshida ham savdo va hunarmandchilikning markazi sifatida o'z mavqeini saqlab qoladi. Ammo 1954 yildagi so'nggi qum bosishidan keyin aholi uni tark etishga majbur bo'lgan. Bugungi kunda Vardonze o'rnida (uzunligi 110 m, kengligi 60-70 m, balandligi 45-50 m li) qo'rg'on tepalik hosil bo'lgan.

Bundan tashqari Buxoro viloyatining turli tumanlarida Zandani, Romishtepa, Qo'rg'oni Romitan, Narshaxtepa kabi ko'plab shahar va kentlarning xarobalari qolgan. Ular ham yuqoridagi shaharlar singari o'z davrida gavjum manzilgohlar sifatida dong chiqargan. Keyinchalik turli omillar mazkur shaharlarda ijtimoiy hayotning to'xtab qolishiga sababchi bo'lgan. Ushbu shaharlarning bu holga tushishiga ijtimoiy omillar (jangu - jadal, talon-tarojlar)

bilan birga tabiiy sharoit, ya'ni Zarafshon daryosi suvining kamayishi va cho'llashish jarayonining rivojlanishi ham ta'sir qilgan.

Shu bilan birga mazkur shaharlar bilan bir vaqtda paydo bo'lib hozirgacha taraqqiyotda davom etayotganlar ham yo'q emas (masalan, Buxoro, G'ijduvon). Mazkur shaharlar bilan deyarli bir vaqtda paydo bo'lgan Buxoroi Sharif esa suv resurslari bilan yaxshi ta'minlanganligi va qulay geografik o'rni bois, hozirgacha yashab kelayotgan qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Muhim strategik o'rni tufayli Buxoro Somoniylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang'itlar hukmronligi davrida davlat poytaxti vazifasini bajargan. Natijada shahar bu davrlarda Turkistonning eng yirik markazlaridan biriga aylangan.

Buxoro shahrining IGO'ni qulayligi, uni mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanishiga olib kelgan. Shu bois ushbu boy va go'zal shaharga doim dushmanlar ko'z olaytirib kelganlar. Natijada, Buxoro shahri bir necha bor bosib olingan va vayronalarga aylantirilgan. Shaharni erksevar xalqi esa har doim o'z mustaqilligi uchun kurashgan. Buni Respublika mizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi jumlasi ham tasdiqlaydi. «Bu azim shahar, Karmana, Boykent, Vobkent, Shofirkon, Romitan, G'ijduvon kabi qadimgi kentlarni o'z bag'riga olgan Buxoro vohasida yashagan erksevar ajdodlarimiz har qanday istibdod va zulmga qaramay, el-yurt ozodligi yo'lida muttasil qahramonona kurashib keldilar».5

Darhaqiqat, Movarounnahrning barcha hududlari singari Buxoro vohasidagi aholi manzilgohlari ham bir qancha yovuz dushmanlar zulmiga duchor bo'lgan. Ayniqsa voha aholi manzilgohlari arablar, mo'g'ullar va ruslar zulmidan katta talofat ko'rgan. Shunday bo'lsada, ma'lum bir vaqt o'tgandan so'ng shahar va qishloqlar kayta tiklanib, rivojlanishda davom etgan. Ammo turli davrlarda ularning rivojlanishi turlicha bo'lgan.

Xulosa. Garchi Buxoro viloyatidagi shahar manzilgohlari qadimdan shakllanib kelgan bo'lsa-da, ularning rivojlanishi asosan so'nggi 140-150 yil davomida avj oldi. Bugungi kunda Buxoro vohasida 2,0 mln kishi atrofida aholi yashaydi. Qolaversa, voha hududida Buxoro, Kogon, G'ijduvon, Qiziltepa singari sanoat markazlari va tugunlari joylashgan. Bundan tashqari, Buxoro vohasi O'zbekistonning eng yirik qishloq xo'jaligi mintaqalaridan biri. Vohada o'rtacha yiliga 300 ming t. paxta, 500 mint t. g'alla, 200 ming t kartoshka, 200 ming t ga yaqin uzum va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari tayyorlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Muhammadjonov A.R. Qadimgi Buxoro. - T.: Fan, 1991. - 50 b.

2. Muhammadjonov A.R. Buxoro shahri 2500 yoshda. - T.: Fan, 1998. - 54 b.

3. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. - T., 2001. 2-jild. - 703 b.

4. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. - T., 2006. 12-jild. - 707 b.

5. Muhammadovich, M. A., & Zakirovna, H. N. (2021). Agglomeration Processes in Modern Urban Planning (On the Example of Bukhara

5 Karimov I. A Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. 6-jild. -Т. : O'zbekiston, 1998. -b. 369.

Agglomeration). European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 10, 9-12.

6. Muhamadovich, M. A. (2021). DEVELOPMENT OF MIDDLE CITIES IN ZARAFSHAN REGION. EPRA International Journal of Research & Development (IJRD), 6(12), 1-1.

7. Mavlonov, A., & Jalilova, C. (2020). Geographical aspects of use of recreation resources for tourism (on the example of Bukhara region). InterConf.

8. Muhammadovich, M. A., & Zarifovna, J. C. (2020). GEOGRAPHICAL ASPECTS OF USE OF RECREATION RESOURCES FOR TOURISM (ON THE EXAMPLE OF BUKHARA REGION). EDITOR COORDINATOR, 1081.

9. Muhammadovich, M. A., & Zakirovna, H. N. (2021). Agglomeration Processes in Modern Urban Planning (On the Example of Bukhara Agglomeration). European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 10, 9-12.

10. Muhamadovich, M. A., Elmurodovna, M. I., & Davronovna, K. D. (2020). The Desert Tourism And Opportunities For Its Development (On The Example Of Bukhara Region). The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(12), 68-73.

11. Салиев, А., Курбанов, П., & Мавлонов, А. (2008). Городское расселение в пустынях Узбекистана. QÖLLERI ÖZLE§DIRMEGIN PROBLEMALARY ПРОБЛЕМЫ ОСВОЕНИЯ ПУСТЫНЬ PROBLEMS OF DESERT DEVELOPMENT, 21.

12. Мавлонов, А. М. Бухоро агломерациясининг шаклланиши ва ривожланиши. Узбекистон География жамияти ахбороти, 23(23), 174.

13. Мавлонов, А. М., Нематов, А. Н., & К,аландарова, Д. Д. Бухоро вилоятининг чул худудларидаги ахоли манзилгохлари ривожланишининг айрим жихатлари. Узбекистон География жамияти ахбороти, 57(1), 2020107.

14. Мухамадович, М. А. (2019). Развитие средних городов в Республике Узбекистан. Материалы Географического общества Узбекистана, 79-83.

15. Мухамадович, М. А. Бухоро вилояти шахарларининг классификацияси. Узбекистон География жамияти ахбороти, 26(26), 2005-70.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.