Научная статья на тему 'QUTADG‘U BILIGDA ALLOHNING MUQADDAS ISMLARI TALQINI VA TARJIMALARI'

QUTADG‘U BILIGDA ALLOHNING MUQADDAS ISMLARI TALQINI VA TARJIMALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qutadg'u bilig / Yusuf Xos Hojib / diniy so'zlar / Allohning ismlari / asliyat tili / ekvivalentlik / tarjima tili / ilohiyot ilmi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulnoza Odiljon Qizi Ismailova

Ushbu maqolada jahon Turkiyshunosligining yirik namoyondasi bo'lmish ―Qutadg'u bilig asaridagi Allohning muqaddas ismlari talqini va ularning ingliz tiliga tarjima masalalariga alohida e‘tibor berilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUTADG‘U BILIGDA ALLOHNING MUQADDAS ISMLARI TALQINI VA TARJIMALARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

QUTADG'U BILIGDA ALLOHNING MUQADDAS ISMLARI TALQINI VA

TARJIMALARI

Gulnoza Odiljon qizi Ismailova

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jahon Turkiyshunosligining yirik namoyondasi bo'lmish "Qutadg'u bilig" asaridagi Allohning muqaddas ismlari talqini va ularning ingliz tiliga tarjima masalalariga alohida e'tibor berilgan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Qutadg'u bilig, Yusuf Xos Hojib, diniy so'zlar, Allohning ismlari, asliyat tili, ekvivalentlik, tarjima tili, ilohiyot ilmi

ABSTRACT

This article focuses on examining and analyzing the sacred names of God as interpreted in "Qutadgu Bilig," a significant work in Turkic studies worldwide. It pays particular attention to translating these names into English and delves into their meanings and significance within the context of the text.

Keywords: Kutadgu bilig, religious translation, holy names of Allah, source language, target language, equivalency,

XI asrda yashab, ijod qilgan, o'zining ilmiy salohiyati, badiiy tafakkuri bilan olam ahlini hayratga solgan, buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojibning dunyoga mashxur "Qutadg'u bilig" asari necha asrdirki tilshunoslar, adabiyotshunoslar, turkiyshunoslar va qo'yingki butun dunyo siyosatshunos hamda san'atsevarlari e'tiborini tortib kelmoqda.

Ma'lumki, bu asarning ingliz tiliga tarjimasi ikki ijodkor Robert Dankoff hamda Walter May tomonidan amalga oshirilgan. Asarning asl ma'nosini kitobxonga yetkazib berish uchun ushbu tarjimalar ustida ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Qutadg'u biligni jahon olimlari tomonidan tadqiq etila boshlanganiga ham uch asrdan oshdi. Bu borada yirik turkiyshunos olimlar H.Vamberi, V.Radlov A.Samoylovich, S.Malov, S.Ivanov, R.Arat, R.Dankoff larning xizmatlari alohida alohida tahsinga

loyiq[1].

Qutadg'u bilig XI asrda markaziy osiyoda islom sivilizatsiya gullab-yashnagan vaqtda yozilgan shu boisdan ham asarda ko'plab islom aqidasiga oid baytlarni uchratishimiz mumkin. Ma'lumki, aqida ilmlari islom ta'limotida to'rt qismga bo'lib o'rganiladi: ilohiyot, nubuvvat, kavniyot, sam'iyot (g'aybiyot). Qutadg'u bilig

646

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

ÇMrçMqdavjat^

asarida esa yuqoridagi ilmlarning barchasiga oid manbalar va atamalar mavjud. Qutadg'u bilig asari basmala bilan ya'ni "Bismillahir -rohmanir-rohiyim" (Mehribon va rahmli Alloh nomi ila) bilan boshlanadi. Shuni ham takidlashimiz kerakki, Yusuf Xos Hojib dostonnavislik tarixida o'z asarini basmala bilan boshlagan ilk ijodkor hisoblanadi. Ilohiyot aqidasi allohning sifati va zotini ifodalaydi hamda allohga xos bo'lgan barcha sifatlarni o'rganadi.

Kitobxon asarni o'qir ekan adib hech bir baytda Alloh nomini sof arabchada qo'llamaganligiga guvoh bo'ladi. Baytlarda yozuvchi allohga nisbatan faqatgina bayat, idi, tenri kabi eski turkiy muqobillaridan foydalanadi. Muallif jannat, do'zax yoki farishta kabi leksemalarning o'rnida ularning turkiy muqobillari hisoblanadigan uchmaq (jannat), tamug' (do'zax) singari leksik birliklarni qo'llagan.

Har qanday islom diniga yo'g'rilgan asar eng avvalo ilohiyot ilmi bilan, ya'ni allohning borligi va sifatlarini keltirish bilan boshlanishi an'anaga aylanib ulgurgan. Bilamizki, Qur'onda Al-Asmä' al-Husnä (Arab tilida: ¿r1^ 1 ¿1-^1), ya'ni allohning 99 ta go'zal ismlari keltiriladi va mazkur ismlar asar matnida ham mavjud ekanligini ko'rishimiz mumkin. Ular musulmon ahli uchun qay darajada ahamiyatli va mazkur xususiyatni tarjima materiallarida ham saqlab qolish asar mazmunini to'liq saqlanib qolishida muhim ahamiyatga ega. O'zbek Qutadg'ubiligshunosligiga katta hissa qo'shib kelayotgan professor Z.Sodiqov " "Qutadg'u bilig"da Allohning muqaddas ismlari talqini va ularning ma'nolarini hozirgi zamon tillariga o'girish muammolarini yoritish alohida ahamiyatga ega"[2], - deb ta'kidlaydi. Quyida Qutadg'u bilig asaridagi alloh ismlarini va ularning ingliz tiliga tarjimalarini ko'rib chiqamiz.

Tevhit ve münacat bo'limi islom diniga oid bo'lgan ko'plab so'zlarni o'z ichiga olgan bo'lumdir.

Tevhit ve münacat bo'limi quyidagi bayt bilan boshlanadi

Bayat atï birlä sözüg basladïm,

Törütgän, igiögän, kecürgän iöim (QB.120)[3]

Mazmuni: Xudo nomi bilan so'zni boshladim, yaratgan, parvarishlagan, kechirgan egamdir.

Ikkinchi qatorda biz allohning go'zal ismlaridan uchtasiga e'tibor qaratishimiz mumkin Törütgän, igiögän, kecürgän.

Törütgän ya'ni bu so'z eski turkchadan olingan bo'lib, törüt + gen= yaratgan degan ma'noni beradi. Bundan biz allohning Jl^JI ya'ni al-Xoliq(Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq — Asli va o'xshashi yoq narsaning o'lchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir) ismiga ishora olishimiz mumkin.

647

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Navbatdagi sifat esa igiSgan so'zi hisoblanib, igid (oziqlantirish)+gen so'zi arabchada IJÜj-1 ya'ni Ar-Rozzaq(ma'nosi: Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi) nomli Allohning ismiga ishora qiladi.

Navbatdagi sifat Ke?ürgen ya'ni kechur +gen, kechiruvchi degan ma'noni beradi. Buning arabcha ekvivalenti sifatida esa Gafur, Gaffar ya'ni allohning yana bir go'zal ismi hisoblanmish al-G'offar (G'affor — Ko'plab mag'firat qilib, bandalarning aybini o'z fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu ma'siyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi) * ^ ismiga ishoradir. Bu baytning inglizcha Robert Dankoff tarjimasiga qaraydigan bo'lsak: With glory to God, I begin on my courses, In praise of the founder of all finest forces. [4]

Ko'rishimiz mumkinki Robert Dankoff "the founder of all finest forces" ya'ni barcha yaxshi kuchlarning asoschisi deya tarjima qilyapti. U asliyat tilida keltirilgan allohning kechiruvchi ekanini va al-razzoq ekanini(rizqlantiruvchi) tarjima tilida ko'rsatmagan va umumiy yaratuvchi deya ifodalagan. Walter May tarjimasida esa: I began my discourse with the name of God, My Lord, creator, nourisher, pardoner. [5]

Walter May Robert Dankoff dan chuqurroq yondashgani ko'rinib turadi chunki

Walter May o'z tarjimasida pardoner(kechiruvchi), nourisher( rizqlantiruvchi),

creator(yaratuvchi) kabi allohning sifatlarini keltiradi.

Yana bir baytga e'tibor beradigan bo'lsak

"Oqus okdu birle tuman mln sana,

Ogan bir bayatqa anar yoq fana."

Bu baytning Q.Karimov tabdili:

Talay madhlar bilan tuman ming sanolar bo'lsin,

Qodir va vohid ilohga, foniylik uning uchun yotdir.

Ko'rib turganimizdek yuqoridagi baytda o'zbekcha tabdilida Qodir va Vohid iloh deya tarif beriladi. Asliyatdagi Ogan so'zi eski turkiy tilda O+gan ya'ni har narsaga qodir degan ma'noni beradi. Bu so'zning arabcha ekvivalenti sifatida al-Qodirni olishimiz mumkin. Bu esa o'z o'rnida allohning yana bir go'zal ismi hisoblanmish al-Qodir ga ishora beryapti. Yana bir e'tiborimizni tortadigan so'z bu "bir bayatqa" iborasidagi "Bir" so'zidir. Bir so'zi eski turkiy tilde yakka-yagona degan ma'noni beradi, arabchada esa JAtjJt ya'ni allohning yana bir go'zal ismiga ishoradir. Al-Vahid ya'ni Yagona. Bita. Bo'linmas. U zot o'z zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir. Degan ma'noni beradi. Ingliz tilidagi Dankoff tarjimasiga ko'ra:

648

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

Countless praises to the Almighty one, Who does not pass away. May tarjimasida esa:

His praises and glory are ever-increasing, The Lord is Almighty, his power never ceasing

Ko'rinib turibdiki har ikkala ijodkor ham Almighty ya'ni buyuk xudo so'zidan

foydalanyapti. Cambridge dictionaryga qaraydigan bo'lsak Almighty "(of God)

having the power to do everything"kabi izohlanadi. [6] Bundan ko'rinib turibdiki har

ikkala ijodkor ham tarjimada al-Qodirga to'gri ekvivalent topa olgan. Lekin ikkala

ingliz tarjimasida ham allohning al-Vohid sifatiga ishora topa olmaymiz.

Aynan shu bo'limning 5 baytida quyidagicha fikr keltiriladi:

Ay erklig ugan menu munsuz bayat

Yaramas senindin adinka bu at(QB.5)

Q.Karimov tabdilida:

Ey erkli, qodir, mangu, mungsiz xudo

Sendan o'zgaga bu nom yarashmaydi.

Birinchi misrada allohning 4ta sifatini payqashimiz mumkin: erklig, ugan, menu,

munsuz kabi sifatlar keltiriladi. Bu to'rt sifat orqali esa allohning to'rt go'zal ismiga,

al-Muqtadir(erklig) al-Qodir(ugan), al-Baqi(menu), as-Somad(munsuz) ishora

olishimiz mumkin.

Robert Dankoff tarjimasida:

Almighty, independent, eternal God!

You alone this name befits.

Robert Dankoff tarjimada juda yorqin ifoda beradi va allohning Almighty,

Independent, eternal kabi sifatlarini ishlatadi. Eternal God Cambridge dictionary da

"lasting forever or for a very long time:"(ma'nosi abadiy davom etadigan)degan

ma'noni beradi. Bundan ko'rinib turibdiki Robert Dankoff tarjima tilida asardagi

ma'noni to'liq ochib bera olgan.

Walter May bu baytni quyidagicha tarjima qiladi:

O Thou, ever-living in sorrowless power,

Thou gavest all beings their names and their hour.

Xudoga nisbatan May O Thou so'zini ishlatyapti va ever-living in sorrowless power deya tarif qo'shyapti. Collins dictionary[7]da bu so'zga quyidagicha tariff beriladi: Thou is an old-fashioned, poetic, or religious word for 'you' when you are talking to only one person. It is used as the subject of a verb. Manosi: thou bu hozirda urfda bo'lmagan , odatda nasrda foydalanilgan "siz" degan manoni beruvchi diniy so'zdir. May O Thou deya xudoga iltijo qilayapti. Ever-living(abadiy yashovchi), in

649

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchjq^avlat^edagogika^niVii^^

sorrowless(mungsiz) power(kuch) sifati orqali allohning al-Qodir(ugan), al-Baqi(menü), as-Somad(munsuz) sifatlarini keltira olgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Qutadg'u biligdagi Alloh nomini ingliz tiliga tarjima qilish juda murakkab va muhim shu bilan birga nozik vazifadir. Chunki u tarjimondan nafaqat lingvistik mulohazalarni balki diniy hamda madaniy bilimlarni ham talab qiladi. Bu muqaddas nomlarning bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish jarayoni asliyat tiliga sodiqlikni saqlash bilan birga tilda aniqlik va resonansni ta'minlash o'rtasidagi nozik muvozanatni talab qiladi. Til ko'prigi qurilar ekan, tarjimalar nafaqat madaniyatlararo muloqotni osonlashtiradi, balki "Qutadgu bilig" asarida Allohning ismlarini tasvirlashda mujassamlangan azaliy hikmatning dunyo miqyosida tarqalishiga ham hissa qo'shadi.

REFERENCES

1. "Qutadg'u bilig to'rtliklarining inglizcha badiiy tarjima xususiyatlari. Q.Sidiqov. Toshkent - 2014

2. "Юсуф Хос Х,ожиб "K,утадFу билиг" асарининг немисча ва инглизча таржималари киесий тахлили". Z.Sodiqov. Toshkent -2019

3. Юсуф Хос Х,ожиб. Кутадгу билиг (Саoдатга йулловчи билим), транскрипция ва хрзирги узбек тилига тавсиф. Нашрга тайёрловчи К Каримов. - Тошкент: Фан, 1971

4. Yusuf Has Hajib. "Wisdom of Royal Glory" Translation with an Introduction and Notes by Robert Denkoff. The University of Chicago Press, - Chicago: 1983.

5. Yusuf Balasaguni. Beneficent Knowledge // Translated into English by Walter May. - MoscowBishkek: 1998.

6. https ://dictionary.cambridge. org/dictionary/english/almighty#google_vignette

650

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.